Authors

  • Zuhra Maxmudova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31712

Keywords:

verb explanatory dictionary main meaning synonym pronunciation

Abstract

This article provides information about the history and the stages of development of the explanatory dictionaries of Uzbek and English languages. Also in this type of dictionaries of both languages, the order of giving the verb phrase is shown with examples. Their similarities and differences are analyzed typologically

background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

461

OʻZBEK VA INGLIZ TILI IZOHLI LUGʻATLARIDA FE’LLARNING

BERILISHI

Maxmudova Zuhra Maqsud qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent

davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

tayanch doktoranti

E-mail: maxmudova.zuhra@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.11111163

Annotatsiya.

Ushbu maqolada oʻzbek va ingliz tillari izohli lugʻatlarining

tarixi va taraqqiyot bosqichlari haqida ma’lumot keltirilgan. Shuningdek, har ikkala
til izohli lugʻatlarida aynan fe’l soʻz turkumining berilish tartibi misollar bilan
koʻrsatilgan va ularning oʻzaro oʻxshash va farqli tomonlari tipologik jihatdan tahlil
qilingan.

Kalit soʻzlar:

fe’l, izohli lugʻat, bosh ma’no, sinonim, talaffuz


Annotation.

This article provides information about the history and the stages

of development of the explanatory dictionaries of Uzbek and English languages.
Also in this type of dictionaries of both languages, the order of giving the verb phrase
is shown with examples. Their similarities and differences are analyzed
typologically

Key words:

verb, explanatory dictionary, main meaning, synonym,

pronunciation

Kirish.

Fe’l soʻz turkumi koʻp bora murojaat qilingan va ustida ancha tadqiqot

va tahlillar olib borilgan soʻz turkumi hisoblanadi. Jumladan soʻngi yillarda
fe’llarning ba’zi semantik guruhlari, valentlik koʻrinishlari hamda semantik
xossalari

I.K.Qо‘chqortoyev,

R.Rasulov,

S.H.Muhamedova,

M.K.Abuzalovalarning doktorlik

va О‘.Sharipova, D.Abdullayeva, Z.U.Siddiqov,

T.T.Musayev, G.A.Narimova, V.A.Karimjonova va boshqalarning nomzodlik
ishlarida о‘rganib chiqilgan. [Кучкартаев, 1977:168]

Ingliz va о‘zbek tillaridagi fe’l va uning turlariga qiyosiy aspekt nuqtai

nazaridan о‘zbek tilshunoslari J.B.Bо‘ronov, О‘.Q.Yusupov, A.S.Sodiqov,
M.T.Irisqulov, R.Z.Muryasov, S.A.Xamzayev, G‘.K.Mirsanov, T.Ergashev,
N.R.Karimova, A.Q.Pо‘latovlar

tomonidan munosabat kо‘rsatilgan. J.B.Bо‘ronov

[Вuranоv, 1986:308] va boshqalarning izlanishlarida fe’l turlari о‘rtasidagi
о‘xshashlik va tafovutlarning aksariyati yoritib berilgan. S.A.Xamzayev ikkilamchi


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

462

predikativli qurilmalar (IPQ) tarkibidagi ayrim fe’llarning funksional semantik
jihatlariga e’tibor qaratgan va ularning о‘xshash hamda farqli jihatlarini qiyosiy
aspektda nazariy asoslab bergan. T.Ergashevning tadqiqotida kauzativlik
kategoriyasining farqli tizimli tillarda ifodalanishi borasidagi fikr-mulohazalar
keltirilgan. Ingliz tilidagi bog‘lovchi fe’llarning о‘zbek tilidagi ekvivalentlarini
aniqlash N.R.Karimova tomonidan, о‘zbek tilidagi fe’l shakllarining ingliz va rus
tillardagi adekvat muqobillarini belgilash esa A.Q.Pо‘latov tomonidan amalga
oshirilgan.[

Пўлатов, 2003: 404] Zero, leksikografik jihatdan fe’l soʻz turkumlari

ingliz va oʻzbek tillarida doirasida tipologik aspektda yetarlicha oʻrganilmagan.

Bugungi kunda ingliz va oʻzbek tillarida fe’llarni tipologik aspektda oʻrganish

va ekvivalentlarini topishda izohli lugatlarning oʻrni beqiyos. Oʻzbek tilining
ilgarigilaridan koʻra mukammalroq boʻlgan ilk izohli lugʻati Oʻzbekiston Fanlar
Akademiyasi Til va adabiyot institutida S.Akobirov, T.Aliqulov, A.Rustamov va
boshq. tomonidan tayorlanib, M.Ma’rufov tahriri ostida nashr etilgan. Ushbu lugʻat
oʻzida 60000 soʻz va soʻz birikmalarini qamrab olgan.

Undan soʻng bir necha

marotaba toʻldirilgan va qayta ishlangan koʻrinishlari ham nashrdan chiqarildi.
Ushbu yagona izohli lugʻat tarkibidan bir nechta sohalar doirasidagi izohli lugʻatlar
ajratilgan. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” [

til.gov.uz], “O‘zbek tili

sinonimlarining katta izohli lug‘ati” [

til.gov.uz], “O‘zbek tilining o‘quv imlo

lug‘ati”

[

til.gov.uz] va boshqalar shular jumlasidandir.

Ingliz tilidagi izohli lugʻatlarning tarixi esa bir necha yillar oldinga borib

taqaladi. Jumladan, Noah Webster izohli lugʻati 1872-yilda nashr etilgan, Kembrij
lugʻati esa 1584-yildan beri toʻldirishlar bilan turli xildagi lugʻatlar chop etib
kelmoqda. Ushbu lugʻatda korpus lugʻatdagi soʻzlar bilan birga 1,5 million soʻz
mavjud. Shuningde, ingliz tili izohli lugʻatlarining oʻzbek tilidagi lugʻatlar kabi
ma’lum soʻzlarning izohi, kelib chiqish tarixi, sinonimlari bilan birga, talaffuz
koʻrinishi ham berib boriladi. Albatta bu oʻquvchi yoki xorijlik til oʻrganuvchilar
uchun qulaylik yaratadi.

Dastavval, oʻzbek tili izohli lugʻatida fe’llarni koʻrib chiqadigan boʻlsak, ular

quyidagi holatda beriladi:

BOTIRMOQ Botmoq

fl. ort. n.

Gulnor chelakni loyqaroq suvga botirdi va

ariq bо‘yiga olib qо‘ydi.

Oybek, Tanlangan asarlar.

Yuvosh bir burda nonni oldin

choyga, keyin shakarga botirdi.

E. Raimov, Ajab qishloq.

Rо‘zimat ketmonni

zо‘g‘atasigacha botirib urdi-yu, Sidiqjonga qaradi.

A. Qahhor, Qо‘shchinor

chiroqlari.

Payg‘omov piyoladagi konyakni qoldirmay simirdi, kо‘kpiyozni


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

463

qatiqqa botirib, chaynadi.

S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.

Chо‘li bobo katta

qoziq uchlarini yerga botirib, qо‘lini fotihaga ochdi

. Mirmuhsin, Me’mor.

Chiroyiga (yoki husniga) non botirib yermidim

Chiroyidan nima foyda; faqat

chiroyiga uchamanmi? Chiroyga non botirib yeb bо‘lmas.

Maqol.

Husniga non botirib yermidim, demoqchisanda

? O. Yoqubov, Uchrashuv.

Qonga botirmoq

Qonga belamoq; qirgin qilmoq.

Gitlerchi

kallakesarlar panjalarini oq soqol otalarning, oq sochli onalarning,

baxtli bolalarning.. qonlariga botirib, ilgarilamoqda

.

Oybek, Quyosh qoraymas.

Qо‘lni qonga botirmoq

Qotillik qilmoq, о‘ldirmoq.

[Yormat:]..Nima ish qildim?Gunohmi ? Savobmi ? Soqolim oqarganda, qо‘limni
qonga botirdim

. Oybek, Tanlangan asarlar.

[

Мирзаев, 2006: 89

]


Yuqoridagi

botirmoq

soʻziga nisbatan fe’lning nisbat shakllari bosh sо‘z

sifatida berilganda, birinchi navbatda, ana shu ma’no va vazifasi grammatik belgi
bilan qayd etilgan.

Botirmoq

fe’li

botmoq

fe’lining orttirma nisbat shaklidagi

koʻrinishi hisoblanadi. Shuningdek, izohli lugʻatda turgʻun birikmalar misollar
yordamida ilyustratsiya qilingan lekin, ularning hech biri uchun grammatik
xarakteristika keltirilmagan. Tabiiyki, har qanday lugʻat xalq ogʻzaki ijodi
namunalari asnosidagi misollar bilan boy hisoblanadi. Aynan ushbu soʻz misolida
maqol keltirilgani soʻzimizning yaqqol misoli boʻladi.

LAMENT

verb

[ I or T ]

UK

/ləˈment/

US

/ləˈment/

to express sadness and feeling sorry about something:

The poem opens by lamenting

(over)

the death of a young man.

My grandmother, as usual, lamented the decline in moral standards in
today's society.

The late lamented (= dead and remembered with love) Frank

Giotto used to live here.

Synonyms

bemoan formal

bewail literary


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

464

LAMENT

noun

[ C ] formal

UK

/ləˈment/

US

/ləˈment/

a song, poem, or other piece of writing that expresses sadness about
someone's death:

The whole play can be interpreted as a lament

for

lost youth.

Synonyms

dirge

elegy [dictionary.cambridge.org]


Ingliz tili izohli lugʻatidan olingan

lament

soʻzining izohida uning murakkab

polisemantik soʻz sifatidagi ham ot ham fe’l soʻz turkumi doirasidagi ma’nolari
keltirilgan. Shu bilan birga har bir ma’no misollar yordamida boyitilgan. Oʻzbek tili
izohli lugʻatidan farqli oʻlaroq, bunda har bir soʻz hamda soʻzning turkumlar
doirasida oʻqilishi (pronunciation) qavs ichida yozma va audio koʻrinishida
Britaniya va Amerika tallafuz me’yorlari asosida berilgan. Shuningdek, bu misolda
berilgan soʻzning har bir mustaqil ma’nosiga sinonimlar ham keltirilgan.

Shunisi ahamiyatliki, ingliz va o'zbek tili bir tilli izohli lug'atlari kabi tarjima

lug'atlarida bu qadar mukammal darajadagi tarjima va sinonimlar hattoki, maqol va
iboralar berilmagan.

Xulosa.

Tadqiqotimiz obyektidagi har ikala ingliz va oʻzbek tillari ham leksik

koʻlami, soʻz boyligi bilan bemalol oʻzaro bellasha oladi. Har ikkala tilda ham har
qanday fikrni bemalol, uslubga koʻra boʻyoqdor yoki boshqa holatda ifodalash
mumkin. Zero, ushbu tillar qardosh boʻlmagan til oila vakillari boʻlganliklaridan
lugʻatlarda berilishida farqli holatlar uchrab turadi. Bu esa, tarjimon va til
oʻrganuvchilarning mukammal darajada ziyrak va bilimdon boʻlishlari kerakligini
talab etadi. Shu bilan birga, yangi, yanada mukamallashtirilib bosmadan
chiqariladigan lug'atlar yanada boyroq, keng doirada qo'llanilgan ko'rinishlarda
ifodalanishi nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Ayniqsa, har bir so'z va uning ma'nolari
yuzasidan keltirilgan misollar yanada ko'paytirilsa, bir necha vaziyat, turli xil
kontekstda foydalanilgan gaplar berilsa, ham yangi til o'rganuvchilar ham doimiy
foydalanuvchilar, tarjimonlar uchun foydadan holi bo'lmasdi, nazarimizda.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

465

1.

Вuranоv J.B, Yusuроv U.K, Sadikоv A.S, Iriskulоv M.T. The Grammatical

Structures оf English, Uzbek and Russian. Рart I. – T.: Ukituvchi, 1986. – 308 p.;

2.

Кучкартаев И.К. Семантика глаголов речи в узбекском языке

(компонентный и валентный анализ). Дисс. … д-ра. филол. наук. – Т.: Фан,
1977. – 168 с

3.

Мирзаев.T (раҳбар) ва бошқ Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан

ортиқ сўз 16 ва сўз бирикмаси. Ж. 1. А—Д / Таҳрир ҳайъати;.; ЎзР ФА Тил ва
адабиёт ин-ти. — Т.; “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий
нашриёти, 2006.—680 б.

4.

Пўлатов А.Қ ва бошқалар. Дунёвий ўзбек тили. 1-жилд. Ўзбек

тилида феъл шакллари ва уларнинг рус, инглиз тилларидаги кўринишлари.
– Т., 2003. – 404 б.

Elektron manbalar:

5.

(

http://til.gov.uz/uz/literature/dict-and-encyclopedia/25

)

6.

(

http://til.gov.uz/uz/literature/dict-and-encyclopedia/24

)

7.

(

http://til.gov.uz/uz/literature/dict-and-encyclopedia/21

)

References

Вuranоv J.B, Yusuроv U.K, Sadikоv A.S, Iriskulоv M.T. The Grammatical Structures оf English, Uzbek and Russian. Рart I. – T.: Ukituvchi, 1986. – 308 p.;

Кучкартаев И.К. Семантика глаголов речи в узбекском языке (компонентный и валентный анализ). Дисс. … д-ра. филол. наук. – Т.: Фан, 1977. – 168 с

Мирзаев.T (раҳбар) ва бошқ Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз 16 ва сўз бирикмаси. Ж. 1. А—Д / Таҳрир ҳайъати;.; ЎзР ФА Тил ва адабиёт ин-ти. — Т.; “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006.—680 б.

Пўлатов А.Қ ва бошқалар. Дунёвий ўзбек тили. 1-жилд. Ўзбек тилида феъл шакллари ва уларнинг рус, инглиз тилларидаги кўринишлари. – Т., 2003. – 404 б.