Authors

  • Muyassarxon Abdullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31718

Keywords:

Youth Public Policy Education governing bodies educational institutions legal consciousness legal culture.

Abstract

This article will focus on issues such as the focus on youth in our country, legislation that has determined the important directions of the state's youth policy, the competence of the state governing bodies of education and educational institutions in the field of youth public policy, the importance of education and education.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

50

MAMLAKATIMIZDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI AMALGA

OSHIRISHDA TAʼLIM-TARBIYA AHAMIYATI

Abdullayeva Muyassarxon Salohiddinovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi, 3-darajali yurist.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11113209

Annotatsiya.

mazkur maqolada mamlakatimizda yoshlar qaratilayotgan eʼtibor,

davlatning yoshlarga oid olib borayotgan siyosatining muhim yo‘nalishlarini belgilab bergan
qonunchilik, taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlarining va taʼlim muassasalarining
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari, taʼlim-tarbiyaning ahamiyati kabi
masalalarda fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar

: yoshlar, davlat siyosati, taʼlim-tarbiya, boshqarish organlari, taʼlim

muassasalari, huquqiy ong, huquqiy madaniyat.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА ПРЕДУСМАТРИВАЮЩУЮ

УГОЛОВНУЮ ОТВЕТСТВЕННОСТЬ ЗА ЛЕГАЛИЗАЦИЮ ДОХОДОВ,

ПОЛУЧЕННЫХ ОТ ПРЕСТУПНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ.

Аннотация.

B данной статье рассматриваются такие вопросы, как внимание,

уделяемое молодежи в нашей стране, законодательство, определяющее важнейшие
направления

государственной

молодежной

политики,

полномочия

органов

государственного управления образованием и образовательных учреждений в области
государственной молодежной политики, важность образования и воспитания.

Ключевые слова:

молодежь, государственная политика, образование, органы

управления, образовательные учреждения, правосознание, правовая культура.

IMPROVING LEGISLATION PROVIDING CRIMINAL LIABILITY FOR

LAUNDERING PROCEEDS FROM CRIMINAL ACTIVITIES.

Abstract.

This article will focus on issues such as the focus on youth in our country,

legislation that has determined the important directions of the state's youth policy, the competence
of the state governing bodies of education and educational institutions in the field of youth public
policy, the importance of education and education.

Key words:

Youth, Public Policy, Education, governing bodies, educational institutions,

legal consciousness, legal culture.

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarlarga, ayniqsa, ularning taʼlim-tarbiyasiga

qaratilayotgan eʼtibor beqiyos ekanligini, qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident va hukumat
qarorlari hamda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida guvohi bo‘lib turibmiz.

Yurtboshimizning bu ishlarning boshida turib: “...biz O‘zbekistonda olib borayotgan

demokratik islohotlarimiz jarayonida taʼlim tizimini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarishga
ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz. ...biz o‘zimizning milliy tajribamiz va jahondagi ilg‘or
yutuqlarni uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib boramiz”, “Barchamizga ayonki, taʼlim va tarbiya


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

51

bor joyda albatta ilm, albatta madaniyat va taraqqiyot bo‘ladi”,

1

- degan fikrlarini alohida

taʼkidlash o‘rinlidir.

Yoshlarga oid davlat siyosati borasida qabul qilingan davlat dasturilar, xususan

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 2016-yil 14-
sentyabrdagi O‘RQ-406-son Qonuni o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunga ko‘ra, biz
yoshlar deganda o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslarni tushunishimiz
lozim. Mazkur qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib,
ulardan baʼzilarini, yaʼni yoshlarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol
topishiga ko‘maklashish; yoshlar uchun ochiq va sifatli taʼlimni taʼminlash; yoshlarning huquqiy
ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish; iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash hamda rag‘batlantirish kabi yo‘nalishlarni yodga olib o‘tishni maqsadga muvofiq deb
o‘ylaymiz. O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan
amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual,
ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini
nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi”

2

dan iboratdir.

Mazkur maqolada fikr yuritmoqchi bo‘lganimiz yoshlarning taʼlim-tarbiyasi bilan bog‘liq

masalalarda ushbu qonun orqali taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlarining va taʼlim
muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari belgilab berildi. Demak,
taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari ushbu sohada:

- yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni

ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

- taʼlim sifatini oshirishga, malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan normativ-huquqiy

hujjatlarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- manfaatdor organlar va muassasalar bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy

taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligining tahlilini amalga oshiradi hamda uning natijalari
asosida taʼlim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni
ishlab chiqadi;

- yoshlarning taʼlimi va tarbiyasi sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga taʼlimning zamonaviy

shakllari va usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘radi;

- taʼlim muassasalarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni taʼminlash

maqsadida sport seksiyalari, fan, texnika to‘garaklari va ijodiy to‘garaklar, klublar tashkil etadi;

- yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek ularni

maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga doir faoliyatda ishtirok etadi;

- imkoniyati cheklangan yoshlarga ijtimoiy-psixologik va pedagogik yordam ko‘rsatadi;
- yosh fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-

tadbirlar ko‘radi;

- yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va

muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish bo‘yicha ikkinchi

Butunjahon konferensiyasi ochilish marosimidagi nutqi. https://president.uz/uz/lists/view/5696.

2

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 2016 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-406-

son Qonuni. https://lex.uz/docs/3026246.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

52

Yuqorida bildirilgan fikrlar hamda qonunchilik meʼyorlaridan ham ko‘rinib turibdiki,

davlatimizning har tomonlama rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishi, ilm-fan
taraqqiy etgan, yuksak salohiyatga aylanishida mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodning
taʼlim-tarbiyasining ahamiyati dolzarbdir. Respublikamiz mustaqillikka erishgach taʼlim-tarbiya
jarayoni qayta ko‘rib chiqilib, uni rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi.

Jumladan “Taʼlim to‘g‘risidagi” Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi

taʼlimni tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la halos
etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini berdi

3

. So‘nggi yillarda taʼlim

sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish va modernizatsiya qilish
bo‘yicha qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Xususan, taʼlim tizimida qabul qilingan eng
muhim hujjatlardan biri bu – “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi
bo‘ldi. Mazkur Qonunga asosan taʼlim sohasidagi asosiy prinsiplar, taʼlim tizimi, turlari va
shakllari aniq belgilab qo‘yildi. Mazkur qonun qabul qilinishi bilan 1997 yil 29 avgustdagi “Taʼlim
to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlar o‘z kuchini
yo‘qotdi.

Maʼlumki, taʼlim tizimi mamlakatlarning rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning pirovard natijasi, o‘sha davlatning taʼlim tizimini
rivojlantirishga va uni takomillashtirib borishga berilayotgan ahamiyat bilan belgilanadi. Zero,
barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar maʼlum maʼnoda taʼlim sohasiga ham tegishlidir.

Yoshlarimizning taʼlim-tarbiyasi xususida so‘z yuritganda, davlatimiz rahbarining yuksak

maʼnaviyatli, barkamol avlodni yangicha va mustaqil fikrlaydigan, o‘z haq-huquqini taniydigan
va buning uchun kurashadigan; masʼuliyatli, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan,
imkoniyatlarini ishga sola biladigan; tashabbuskorlik, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-
hodisalarga mustaqil munosabat bildira oladagan; vatanparvar, shaxsiy manfaatini mamlakat va
xalq manfaati bilan uyg‘un ko‘radigan va shu asosda faoliyat yuritadigan fazilatlarga ega qilib
tarbiyalash lozimligi haqidagi fikrlariga tayanish muhim deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim
berish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasi ochilish marosimidagi nutqi.
https://president.uz/uz/lists/view/5696.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 2016 yil 14
sentyabrdagi O‘RQ-406-son Qonuni. https://lex.uz/docs/3026246.

4.

Z.Abdurahmonova. Zamonaviy o‘qituvchining shaxsiy kompetensiyasini shakllantirish
muammolari. Zamonaviy taʼlim / sovremennoye obrazovaniye 2016, 55-b.

3

Z.Abdurahmonova. Zamonaviy o‘qituvchining shaxsiy kompetensiyasini shakllantirish muammolari. Zamonaviy

taʼlim / sovremennoye obrazovaniye 2016, 5. 55-b.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasi ochilish marosimidagi nutqi. https://president.uz/uz/lists/view/5696.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 2016 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-406-son Qonuni. https://lex.uz/docs/3026246.

Z.Abdurahmonova. Zamonaviy o‘qituvchining shaxsiy kompetensiyasini shakllantirish muammolari. Zamonaviy taʼlim / sovremennoye obrazovaniye 2016, 55-b.