Authors

  • Ruxshona Abduhakimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31732

Keywords:

hadith sahih roviy muhhaddis Sahihi-Bukhari fiqh.

Abstract

In this article, the role of the work of Imam Bukhari (Al-Jome Al-Sahih) as a social institution, its significance today, and people's interest in hadith are shown. In recent years, the development of the science of hadith and the study of Imam Bukhari's life will be highlighted in Uzbekistan. Differences in the understanding of hadiths are presented. The relevance of Imam al-Bukhari's works today and the research done to study Al-Jameh al-Sahih will be covered.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

80

IMOM BUXORIYNING “AL-JOME AS-SAHIH” ASARI IJTIMOIY ONGNI

SHAKLANTIRISHDAGI SOTSIAL INSTITUT SIFATIDA

Abduhakimova Ruxshona Hoshim qizi

Alisher Navoiy Nomidagi O`zbek tili va Adabiyot universiteti 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11115237

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Imom buxoriyning (Al-Jome As-Sahih) asarining ijtimoiy

ongni shaklantirishi sotsiol institut sifatida o`rni, bugungi kundagi ahamiyati, insonlarning
hadisga bo`lgan qiziqishlari ko`rsatiladi. O`zbekistonda so`ngi yillarda hadis ilmini rivojlantirish
va Imom Buxoriyning hayotini o`rganishga qilingan tadqiqotlar yoritiladi.

Hadislarni tushunishdagi tafovutli holatlar keltiriladi. Imom al-Buxoriyning asarlarini

bugungi kunda dolzarbligi va Al jome as-sahih asarini o'rganish uchun qilingan tadqiqotlar
yoritiladi.

Kalit so`zlar

; hadis, sahih, roviy, muhhaddis, Sahihi-Buxoriy, fiqh.

IMAM BUKHARI'S WORK "AL-JAMEH AS-SAHIH" AS A SOCIAL INSTITUTION

IN THE FORMATION OF SOCIAL CONSCIOUSNESS

Abstract.

In this article, the role of the work of Imam Bukhari (Al-Jome Al-Sahih) as a

social institution, its significance today, and people's interest in hadith are shown. In recent years,
the development of the science of hadith and the study of Imam Bukhari's life will be highlighted
in Uzbekistan. Differences in the understanding of hadiths are presented. The relevance of Imam
al-Bukhari's works today and the research done to study Al-Jameh al-Sahih will be covered.

Key words:

hadith, sahih, roviy, muhhaddis, Sahihi-Bukhari, fiqh

.

ПРОИЗВЕДЕНИЕ ИМАМА БУХАРИ «АЛЬ-ДЖАМЕ АС-САХИХ» КАК

СОЦИАЛЬНЫЙ ИНСТИТУТ В ФОРМИРОВАНИИ ОБЩЕСТВЕННОГО

СОЗНАНИЯ

Аннотация.

В данной статье показаны роль творчества Имама Бухари (Аль-

Джоме Ас-Сахих) как социального института, его значение в наши дни, интерес людей к
хадисам. В последние годы будут освещены исследования по развитию хадисоведения и
изучению жизни имама Бухари. Представлены различия в понимании хадисов. Будет
освещена актуальность работ Имама аль-Бухари сегодня и исследования, проведенные для
изучения Аль-Джаме ас-Сахих.

Ключевые слова;

хадис, сахих, рассказчик, мухаддис, Сахих-Бухари, юриспруденция.

KIRISH.

Imom al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy nomi bilan

ham tanilgan, taniqli islom olimi va hadis imomi edi. U 810-yilda Buxoroda tug‘ilib, 870-yilda
vafot etgan.Imom al-Buxoriyning otasi Ismoil ilmli olim, onasi esa taqvodor va ziyoli ayol
bo‘lgan.Imom al-Buxoriy yoshligidanoq islom ilmlariga katta qiziqish bildirgan va Muhammad
payg'ambarning hadislarini yod olishni boshlagan. Daxiliy, Muhammad ibn Salom Poikandiy,
Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy kabi taniqli olimlardan tahsil olgan. Imom al-Buxoriy 16
yoshida hadislarni to‘plash va o‘rganish maqsadida Islom xalifaligining turli mintaqalariga
sayohatga otlangan. Makka, Madina, Basra, Kufa, Bag‘dod, Suriya, Misr va boshqa ko‘plab
shaharlarni kezib, yo‘lda taniqli olimlardan saboq olgan, hadislar to‘plagan.Imom al-Buxoriyning


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

81

eng mashhur asari "Al-jome' as-sahih" bo'lib, u Qur'ondan keyin eng ishonchli hadislar to'plamidan
biri sifatida tan olingan. Bu jamlanmada 7397 ta hadis mavjud boʻlib, ulardan 2602 tasi noyobdir.

Al-Jome As-Sahih asari hadis asaridir. Al-Buxoriyning asari, hadislar haqida juda keng

ma'lumotlar beradi va bu asar, musulmonlar uchun muhim bir manba bo'ladi, Al-Buhoriy
ҳadislarini to'plagan paytda, ulug' muhaddislarning so'zlarini ham eshitgan edi va ularning aytgan
hadislarni tekshirib chiqqan edi. Uning asari, Islom dini tarixida ahamiyatga ega bo'lgan asarlardan
biri hisoblanadi va musulmonlar uchun amaliy yordamchi bo'ladi.

1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Asar musulmonlar uchun juda ahamiyatlik bo`lib ,qaysidir ma`noda insonlarni tartibga

soladi.Musulmon inson hayoti qandey bulishini bir ko`zgu sifatida ko`raatib beradi.Odob- axloq
tomonlama ham tizimlashtiradi.Asarning bugungi kundagi o`rni ;asar hali hamon usha davrdagi
kabi dolzarbligini yuqotmagan,bu asardagi hadislarni dasrliklarga kiritilganligi,yoshi ulug`
zotlarning bu hadilarni ko`pini bilishi, va hattoki yosh muslima qizlarimizda hadis haqida
tushunchalar borligidan asar hamma davrda kerakli adabiyot sifatida qo`lanishidan dark beradi.

Lekin ko`pchilik yoshlarda shu darslikda berilgan hadislar bilan cheklanib qolish

kuzatilmoqda. Bu asarni to`laqonlik o`qib o`rganganlar soni kam. Asardagi hadislarni ko`p qismini
yoshlarga o`rgatish singdirish uchun har bir adabiyot (5-11)darsliklariga kiritish,(yoshlarni
hadisga bo`lgan qiziqishini oshirish uchun hadisshunos yosh olimlarimiz)kabi ko`rsatuvlar qilish
lozim

Hadis-

soʻzlashuv va xabar berish maʼnosida kelgan naqlning (bayon va ifodaning)

nomidir. Keyin paygʻambar (s.a.v.) soʻzlari yoki feʼllari yoxud taqrirlari (biror masaladagi
toʻxtamlari) hadis deyilgan, ayrim olimlar, “hadis” tushunchasida “yangilik” degan maʼno bor deb,
bu soʻzni “qadim” soʻzining muqobili sifatida qoʻllashgan. “Qadim” deganda Alloh taoloning
Kitobi Qurʼoni karimni, “hadis” deganda esa paygʻambar (s.a.v) ning soʻzlarini nazarda tutishgan.

Shu sababli ulamolarning koʻpchiligi Alloh taolining kalomini hadis deb atashdan

saqlanganlar.

2

O`zbekistonda hadis ilmini rivojlantirish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-
apreldagi PF-5416-son Farmoni ijrosini ta’minlash, islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa
qo‘shgan buyuk vatandoshlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos
solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish hamda islom dini asoslari
va hadis ilmini mukammal o‘zlashtirgan oliy ma’lumotli yetuk mutaxassislarni tayyorlash
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni bilan
oliy diniy-ma’rifiy ta’lim muassasasi shaklidagi

Hadis ilmi maktabi (keyingi o‘rinlarda Maktab deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot

uchun qabul qilinsin.

1

https://bilimlar.uz/imom-al-buxoriy-haqida-hayoti-va-ijodi

2

HADISLARNING OʻRNI VA AHAMIYATI - Termiziy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

82

2. Belgilab qo‘yilsinki:Maktab O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi oliy

diniy ta’lim beruvchi nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanadi;Maktab bitiruvchilariga beriladigan
davlat namunasidagi diplom O‘zbekiston Respublikasida oliy diniy ta’lim sohasidagi tegishli
mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr darajasini beruvchi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat deb
e’tirof etiladi.

3. Quyidagilar Maktabning asosiy vazifalari etib belgilangani inobatga olinsin:Qur’oni

karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rgangan,
hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta
o‘zlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasiga ega
mutaxassislarni tayyorlash;hadisshunoslik maktabi shakllanishi va rivojlanishi, uning ilmiy-
ma’naviy asoslarini har tomonlama chuqur o‘rganish, tadqiq etish va uning natijalari asosida
hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish.

i

4. Quyidagilar:Maktabda o‘qish muddati besh yil ekanligi, u kunduzgi ta’lim shaklida olib

borilishi;Maktabda “Hadisshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidagi kadrlar
tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi;Maktabga 2018/2019 o‘quv yili uchun qabul kvotasi jami 10 ta o‘rin
etib va keyingi yillar uchun qabul kvotasini shakllantirish ushbu sohadagi talab hamda ehtiyojdan
kelib chiqqan holda Maktab muassisi tomonidan belgilanishi;Maktabga arab tilini puxta
o‘zlashtirgan, hadislarni yod olishga salohiyati bo‘lgan o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining
iqtidorli bitiruvchilari saralab olinishi;Maktab bitiruvchisi ta’limni o‘z ixtisosligiga ko‘ra
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasida davom ettirishi, tayanch doktorantura va
doktorantura bosqichlarida tahsil olishi inobatga olinsin.

5. O‘zbekiston musulmonlari idorasiga:bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda belgilangan tartibda
Maktabning tuzilmasi va ustavini tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;Maktab faoliyatini
samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini respublika oliy ta’lim va ilmiy-
tadqiqot muassasalarida hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan
mutaxassislardan shakllantirish, shu jumladan, Maktabga xorijiy ta’lim (ilmiy) muassasalarida
malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar, sohaning
salohiyatli, yetuk mutaxassislarini jalb etish choralarini ko‘rish;Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi bilan

birgalikda Maktab bilan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasida
hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, xorijlik professor-o‘qituvchilarni Maktabga jalb qilish;(5-
bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-
maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y.,
09/23/193/0260-son

3

NATIJALAR.

Bu islohatlar O`zbekistonda yoshlarni hadisga qiziqishini kuchaytirish

hamda Davlatimizda hadis ilmini rivojlantirish uchun ham muhim ro`l o`ynamoqda . Islohatlarni
esa o`z navbatida hadisshunos yosh olimlarimizni yetishib chiqishi uchun ham muhim omil bo`lib
xizmat qiladi. Buni rivojlantirish esa buyuk hadis ilmini o`rgangan olimlarning asarlarini qaysidir
ma`noda chuqur o`rganish uchun ham sabab bo`ladi. Buxoriy hayotini o`rganishga bir necha

3

https://lex.uz


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

83

tadqiqotlar olib borilgan; uning hayoti, oilasi, ijodi, qandey sharoitda yashagani, u haqida aytilgan
rivoyatlar va hikoyalarni o`rganishgan, qaysi o`lkalarga sayohat qilgani, qayerlarda tahsil olganini
o`rgangan. Ularning tadqiqotlarining asl markazidan esa Sahih-Buxoriyning to`plashda
foydalanilgan metodologiyasini va jarayoni anglashga qaratilgan edi

MUHOKAMA.

Imom al-Buxoriy asarlari bugungi dunyoda juda katta ahamiyatga ega.

Uning “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan mashhur bo‘lgan hadislar to‘plami islom ilmining

eng sahih va ishonchli manbalaridan biri hisoblanadi. U hayotning turli jabhalarida, jumladan,
ma’naviyat, odob- axloq, va huquqshunoslik bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi.Hozirgi tez sur'atlar
bilan o'zgarib borayotgan dunyoda Imom al-Buxoriy asarlari islomiy tamoyillarga asoslangan
holda zamonaviy hayotning murakkabliklarida qanday harakat qilish bo'yicha yo'l-yo'riqlar berib,
abadiy hikmat manbai bo'lib xizmat qiladi. Uning hadislarning toʻgʻriligini tekshirishdagi
sinchkovlik bilan saʼy-harakatlari musulmonlarning Muhammad paygʻambar (s.a.v.) va u zotning
sahobalarining ishonchli taʼlimotlaridan foydalanishini taʼminlaydi. Imom al-Buxoriy asarlari ham
musulmonlar o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni targ‘ib qilishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Ular
turli diniy masalalar bo‘yicha konsensus o‘rnatishga yordam berib, imonlilar o‘rtasida hamjihatlik
hissini uyg‘otadigan umumiy ma’lumot nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi.

Umuman olganda, Imom al-Buxoriy asarlari bugungi jamiyatda muhim o‘rin tutib, islom

ilmiga asos bo‘lib, shaxslarning ma’naviy yo‘lida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, sahih islom ta’limotlarini
saqlash va tarqatishda ko‘maklashmoqda. O‘zbekistonda hadis ilmini targ‘ib qilish va
rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Mamlakat boy islomiy merosga ega va
olimlar va muassasalar bu sohani rivojlantirish uchun turli tashabbuslarni amalga oshirdi.

Quyidagilar diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor

yo‘nalishlari etib belgilansin:

“jaholatga qarshi ma’rifat”

ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik

mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini
keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish; islom va jahon
sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish
asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish; dinni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir
qatorga qo‘yadigan buzg‘unchi yot g‘oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining,
ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish; jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga
yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish; jamiyatda bag‘rikenglik,
o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini
ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va ishtirokini yanada
oshirish; diniy-ma’rifiy tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, soha
vakillari mehnatini munosib rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish; globallashuv
sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid
tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan axborot-tahliliy
faoliyatni kuchaytirish; diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligini rivojlantirish asosida ta’lim
sifatini oshirish, diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish.

Hadis ilmi maktabini tashkil etish

to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Qur’oni karim va

hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rgangan, hadis ilmi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

84

rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta
o‘zlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasiga ega
mutaxassislarni tayyorlash hamda hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimiz, ayniqsa,
yosh avlodga yetkazish Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari etib belgilangani inobatga
olinsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Hadis ilmi maktabi
faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilsin.

4

O‘zbekistonda hadis ilmini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan e’tiborga moyil ishlar

qatoriga quyidagilar kiradi:1. Tadqiqotlar va nashrlar: Oʻzbekiston olimlari hadis adabiyoti
boʻyicha keng koʻlamli tadqiqotlar olib borib, hadislarni tasniflash, sharhlash va ishonchliligini
aniqlashga eʼtibor qaratdilar. Ular hadis ilmini oʻrganishga hissa qoʻshish maqsadida koʻplab
nashrlar, jumladan, kitoblar va ilmiy maqolalar chop etishgan. 2. Ta'lim dasturlari: O'zbekistonda
hadis ilmi bo'yicha ixtisoslashtirilgan dasturlarni taklif qiluvchi islomiy ta'lim muassasalari tashkil
etilgan. Bu muassasalar talabalarga keng qamrovli kurslar va treninglar o‘tkazib, ularga hadis
adabiyotini tahlil qilish va sharhlash bo‘yicha mutaxassis bo‘lish imkonini beradi.3. Tarjima
loyihalari: Muhim Hadis toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish, ularni mahalliy aholi uchun
qulayroq qilish boʻyicha ishlar qilindi. Bu hadis ta’limotlarini chuqurroq tushunishga yordam
beradi va yoshlarni ushbu mavzu bilan shug‘ullanishga undaydi.4. Ilmiy konferensiyalar va
seminarlar: O‘zbekistonda hadis ilmiga bag‘ishlangan konferensiya va seminarlar o‘tkazilib, ular
turli mamlakatlardan kelgan ulamolarni birlashtirib, fikr va tadqiqot natijalari almashish uchun
zamin yaratadi. Ushbu tadbirlar ilmiy nutqqa hissa qo‘shadi va sohada hamkorlikni
rag‘batlantiradi. 5. Ommaviy xabardorlik va targ‘ibot ishlari: Hadis ilmining ahamiyati haqida
aholining xabardorligini oshirishga harakat qilindi. Islomiy tashkilotlar va muassasalar aholi,
ayniqsa, yoshlarni Hadislarning islom e’tiqodi va urf-odatlarini shakllantirishdagi o‘rni haqida
ma’lumot berish maqsadida ommaviy ma’ruzalar, seminarlar va seminarlar tashkil etadi.

O‘zbekistonda bu tashbbuslar hadis ilmini rivojlantirish va islom an’analarini asrab-

avaylashga sodiqlikdan dalolat beradi. Al-Jomi' as-Sahih (Sahih al-Buxoriy)ni o'rgangan olimlar
Imom al-Buxoriy o'zining hadislar to'plamini tuzishda foydalangan turli manbalarni aniqladilar.

Imom al-Buxoriyning hadislarni tanlash va tekshirishdagi uslubi juda puxta bo‘lib, u o‘z

to‘plamidagi rivoyatlarning to‘g‘ri va ishonchliligini ta’minlash uchun bir qancha mezonlarni
hisobga olgan. “Al-Jomi’ as-sahih” (odatda “Sahihi Buxoriy” nomi bilan mashhur)ni o‘rganish
islomshunoslikning muhim tadqiqot yo‘nalishi hisoblanadi. Bu kitob eng sahih va koʻpchilik
tomonidan qabul qilingan hadislar toʻplamidir (Muhammad sollallohu alayhi vasallamning
soʻzlari va amallari).

Ko‘plab olimlar “Sahihi Buxoriy”da turli jihatlarga e’tibor qaratgan holda tadqiqot olib

borishgan. Ba'zi umumiy o'rganish yo'nalishlari quyidagilardan iborat: Sahihlik va jamlash:

Olimlar rivoyatlarning sahihligi va Imom Buxoriyning hadislarni to‘plash va saralashda

qo‘llagan uslubini o‘rganadilar. Matn tahlili: Olimlar “Sahihi Buxoriy”dagi hadislarning
mazmunini tahlil qiladilar, ularni boshqa Hadis to‘plamlari bilan solishtiradilar va ularning
huquqiy, axloqiy, tarixiy va ilohiy ahamiyatini o‘rganadilar. Fiqih ahamiyati: Tadqiqotchilar

4

https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-hadis-ilmi-maktabini-tashkil-etilad


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

85

“Sahihi Buxoriy”dagi hadislarning islom fiqhiga qanday ta’sir qilishini, jumladan, huquqiy
hukmlar chiqarish va Payg‘ambar ta’limotlarini tushunishdagi rolini o‘rganadilar. Qiyosiy
tadqiqotlar: Olimlar rivoyatlardagi oʻxshashlik, farq va farqlarni aniqlash uchun “Sahihi
Buxoriy”ni boshqa mashhur hadis toʻplamlari, masalan, “Sahihi Muslim” yoki boshqa “Sahih”
kitoblari bilan solishtiradilar.

Bular “Sahihi Buxoriy”ni oʻrganish bilan bogʻliq tadqiqot yoʻnalishlarining baʼzi

namunalari xolos. Olimlar tomonidan olib borilgan ishlar hadis anʼanasi, Paygʻambarimiz hayoti
va islom tarixini chuqurroq tushunish va qadrlashga xizmat qiladi.

Ko‘plab olimlar va tadqiqotchilar “Al-Jomi’ as-sahih” (Sahih Buxoriy)ni o‘rganib,

tushunishga hissa qo‘shganlar. Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobiga mashhur
olimlar tomonidan yuzdan ziyod sharh va xoshiyalar bitilgan. Jumladan, “Fathul-Boriy”, “Al-
Kavkab ad-Daroriy”, “Irshodus-Sariy”, “Umdat al-Qoriy”, “Fayzul Boriy” va boshqa ko‘plab
sharhlarni misol qilib keltirish mumkin.Bundan tashqari, Imom al Buxoriyning “Al-Adab al-
Mufrad” (Odob durdonalari), “Birr ul-Volidayn” (Ota-onani hurmat qilish), “At-Tarix al-Kabir”
(Katta tarix), “At-Tarix al-Avsat” (O‘rtacha tarix), “At-Tarix as-Sag‘iyr” (Kichik tarix), “Al-
Jome’ al-Kabir” (Katta hadislar to‘plami), “Kitab al-Ilal” (Nuqsonli hadislar kitobi), “Kitab al-
Kunya” (Hadis roviylarining taxalluslari) kabi yigirmadan ortiq asarlarlari mavjud.

Imom Buxoriyning ijodiy merosi o‘zining hajmi, zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini

to‘la-to‘kis qamrab olganligi bilan kishini hayratga soladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 14-15 aprel kunlari

Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida xalqaro
ilmiy-tadqiqot markazini qurish taklifini bildirib, shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir bobomiz,
barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriy mangu qo‘nim topgan ushbu maskanda o‘ziga xos
ma’naviy-ruhiy muhit mavjud. Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga ham kirib, o‘ziga
katta ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan o‘rganib ketsin. Shunda ularning qalbida ulug‘
ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi rivoj topadi, ayni paytda shunday buyuk zotlarning avlodi
mas’uliyatini his etadi”.

5

Muhaddis olimlarning hadislarni sahih deb e'tirof etilishida asosan beshta shartlari mavjud

bo‘lib, ular quyidagilar:

1.Sahih hadisni rivoyat qilgan roviylarning barchasi sanadning avvalidan oxirigacha

ishonchli va adolatli bo‘lishi. Adolatli kishi shundayki, u taqvoli, adolatli va ko‘rinib turgan harom
ishlardan yiroqda bo‘lgan kishidir.

2.Roviyning o‘tkir zehn va mustahkam xotiraga ega bo‘lishi. Ya'ni, eshitgan narsasini

yodida saqlashi va keyinchalik uni shundayligicha rivoyat qilishi.

3.Hadisdagi roviylar sanadi uzilmasdan, orqama-orqa kelishi. Ya'ni, rivoyat qilingan hadis

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan to muhaddisgacha bo‘lgan roviylar silsilasi
uzilmasligi kerak. Sanadning xalqasidan birorta roviy tushib qolmasligi.

4.Hadis roviylarining qaysi biri ishonchliroq ekanini ajrata bilishi.
5.Hadisni rivoyat qiluvchi yomon illatdan xoli bo‘lishi.

6

5

https://www.bukhari.uz

6

https://religions.uz/uz/news/detail?id=501


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

86

XULOSA;
Imom Buxoriy asarlari hamma davrda ham o`z dolzarbligini yo`qotmagan bo`lib, ulardan

ayniqsa Sahihi –Buxoriy nomi bilan mashhur bo`lgan asar shu jumladandir. Ushbu asar musulmon
ahli uchun yo`l yo`riq beradigan bir qo`lanma hamdir. Al-jome As-Sahih eng ishonchlik sahih
hadislarni o`z ichiga olib bugungi kun yoshlariga eng ishonchlik islom ta`limotini bera oladigan
manba bulib xizmat qilmoqda. Hayotning turli jabhalarida, jumladan, ma’naviyat, odob-axloq va
huquqshunoslik bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. Hozirgi tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan
dunyoda Imom al-Buxoriy asarlari islomiy tamoyillarga asoslangan holda zamonaviy hayotning
murakkabliklaridan qanday harakat qilish bo'yicha va bu hayotni qanday qilib mazmunli, foydalik
o`tkazish mumkinligini o`rgatadi. Abadiy hikmat manbai bo'lib xizmat qiladi. Uning hadislarning
toʻgʻriligini tekshirishdagi sinchkovlik bilan saʼy-harakatlari musulmonlarning Muhammad
paygʻambar (s.a.v.) va u zotning sahobalarining ishonchli taʼlimotlaridan foydalanishini
taʼminlaydi. Imom al-Buxoriy asarlari ham musulmonlar o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni
targ‘ib qilishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Ular turli diniy masalalar bo‘yicha konsensus o‘rnatishga
yordam berib, imonlilar o‘rtasida hamjihatlik hissini uyg‘otadigan umumiy ma’lumot nuqtasi
bo‘lib xizmat qiladi.

Umuman olganda, Imom al-Buxoriy asarlari bugungi jamiyatda muhim o‘rin tutib, islom

ilmiga asos bo‘lib, shaxslarning ma’naviy yo‘lida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, sahih islom ta’limotlarini
saqlash va tarqatishda ko`maklashadi. Kitob hadislarni qabul qilish mezonlari, jumladan, bir-biriga
shaxsan guvoh bo‘lgan roviylar uchun guvohlarning ko‘rsatuvi talab qilinishi bilan yuqori
baholanadi.Imom al-Buxoriy asarlari hadislarni o‘rganish va islom ilmiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Uning aniq metodologiyasi va hadislarni qabul qilishdagi qat'iy me'yorlari bo'lajak olimlar

uchun mezon bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

https://bilimlar.uz/imom-al-buxoriy-haqida-hayoti-va-ijodi

2.

Choʻtmatov J. Imom Abu Iso Termiziy hayoti va ijodiy sahifalari.
Toshkent: Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyoti.

3.

https://lex.uz

4.

https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-hadis-ilmi-maktabini-tashkil-etilad

5.

https://www.bukhari.uz

6.

https://religions.uz/uz/news/detail?id=501

References