ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
95
ХОРИЖИЙ ДАВЛАТЛАРНИНГ ЖИНОЯТ-ПРОЦЕССУАЛ ҚОНУНЧИЛИГИДА
ҲИМОЯ МАСАЛАЛАРИ
Xaitbayev Otabek Ganiyjon o’g’li
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi
Magistratura tinglovchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11115331
Annotatsiya.
Jinoyat protsessining barcha bosqichlarida ishni yuritishda himoyachi
huquqlarini amalga oshirishdagi muammolarni oʼrganish, tadqiq etish, uning protsessual
maqomini belgilash va shu asosda himoyachi huquqlarini kengaytirishga qaratilgan taklif va
tavsiyalar ishlab chiqishda rivojlangan xorijiy davlatlarning jinoyat-protsessual qonunchiligini
oʼrganish va tahlil etish muhimodda Mazkur tezisda aynan himoyachining haq-huquqlarini
ta'minlash bilan bogliq xorijiy davlatlar tajribasi ularning jinoyat-protsessual qonunlari asosida
tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar.
Xorijiy davlatlarning jinoyat-protsessual qonunchiligi, advokat, himoya
tushunchasi, Miranda qoidasi, xalqaro hamkorlik, dalillarni to’plash, himoya ostidagi shaxs,
xorijiy tajriba, gumon qilinuvchi va ayblanuvchining himoya huquqi, ayblovni yumshatish, himoya
tarafi, reabilitatsiya qilish.
DEFENSE ISSUES IN THE CRIMINAL-PROCEDURAL LEGISLATION OF
FOREIGN COUNTRIES
Abstract.
It is important to study and analyze the criminal-procedural legislation of
developed foreign countries in order to study and analyze the problems in the implementation of
the rights of the defender in all stages of the criminal proceedings, to determine its procedural
status and to develop proposals and recommendations aimed at expanding the rights of the
defender. In this thesis, the experience of foreign countries related to ensuring the rights of the
defender is analyzed on the basis of their criminal procedural laws.
Key words:
Criminal-procedural legislation of foreign countries, lawyer, concept of
defense, Miranda rule, international cooperation, collection of evidence, person under protection,
foreign experience, right of defense of suspect and accused, mitigation of charge, defense,
rehabilitation.
ВОПРОСЫ ОБОРОНЫ В УГОЛОВНО-ПРОЦЕССУАЛЬНОМ
ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВЕ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН.
Аннотация.
Важно изучить и проанализировать уголовно-процессуальное
законодательство развитых зарубежных стран с целью изучения и анализа проблем
реализации прав защитника на всех стадиях уголовного судопроизводства, определения его
процессуального статуса и разработки предложений. и рекомендации, направленные на
расширение прав защитника. В данной диссертации анализируется опыт зарубежных
стран, связанный с обеспечением прав защитника на основе их уголовно-процессуального
законодательства.
Ключевые слова:
Уголовно-процессуальное законодательство зарубежных стран,
адвокат, концепция защиты, правило Миранды, международное сотрудничество, сбор
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
96
доказательств, подзащитный, зарубежный опыт, право на защиту подозреваемого и
обвиняемого, смягчение обвинения, защита, реабилитация.
Jinoyat protsessida himoya tushunchasining mohiyatiga toʼxtalib oʼtib, shuni aytish
mumkinki, himoya – har bir shaxsning himoyaga boʼlgan konstitutsiyaviy huquqlarining
kafolatidir. Biroq shunga qaramay, amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksida himoya
tushunchasiga taʼrif berib oʼtilmagan. Garchi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
“Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʼllash
boʼyicha sud amaliyoti toʼgʼrisida”gi 2003 yil 19 dekabrdagi 17-sonli qarorida gumon qilinuvchi
va ayblanuvchining himoya huquqi deyilganda – vujudga kelgan gumon hamda qoʼyilgan
ayblovni rad etish yoki javobgarlik va jazoni yumshatish uchun unga qonun tarafidan berilgan
protsessual imkoniyatlar yigʼindisi tushunilishi belgilangan boʼlsada, biroq ushbu taʼrif ham
himoya tushunchasining mohiyatini toʼlaqonli ochib bera olmaydi[1]. Shu sababli aytish
mumkinki, himoya tushunchasining butun mazmunini oʼzida aks ettiruvchi norma nafaqat
JPKda, balki jinoyat-protsessual qonunchilikda mavjud emas.
Himoya tushunchasi xorijiy davlatlar jinoyat-protsessual qonunchiligida quyidagicha oʼz
aksini topgan boʼlib, unga koʼra:
Qirgʼiziston Respublikasi JPK (5-modda)da, himoya – bu himoya tarafi tomonidan
jinoyat yoki jinoiy harakatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxs huquq va manfaatlarini
taʼminlash, ayblovni rad etish yoki uni yengillashtirish, shuningdek, noqonuniy jinoiy
javobgarlikka tortilgan shaxslarni reabilitatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladigan
protsessual faoliyatdir[2].
Аrmaniston Respublikasi JPK (6-modda)da himoya – bu himoya tarafi tomonidan
ayblovni rad etish yoki javobgarlikni yengillashtirish, Jinoyat kodeksida taʼqiqlangan harakat
sodir etilganligi aniqlangan shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek
noqonuniy jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarni reabilitatsiya qilishga yordam berishdan
iborat boʼlgan protsessual faoliyat sifatida taʼriflangan[3].
Ozarbayjon Respublikasi JPKda himoya tushunchasi – jinoiy qonunda nazarda tutilgan
harakatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsga qarshi ilgari surilayotgan ayblovni rad
etish yoki uni yengillashtirish, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek
noqonuniy tarzda jinoiy taʼqibga uchragan shaxslarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash
maqsadida amalga oshiriladigan protsessual faoliyatdir, deya taʼrif berilgan[4].
Belarusiya Respublikasi JPK (6-modda)da himoya – bu himoya tarafi tomonidan gumon
yoki ayblovni rad etish yoxud ayblovni yumshatish, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxs va oʼzaro hamkorlik tamoyili asosida jinoyat ishlari
boʼyicha xalqaro huquqiy yordam koʼrsatish masalasi yuzasidan qaror qabul qilishga vakolatli
xorijiy davlat organining soʼrovi ijrosini taʼminlash toʼgʼrisidagi qaror asosida ehtiyot chorasi
qoʼllanilib yoki xalqaro qidiruvda boʼlganligi sababli topshirish maqsadida ushlangan shaxs
huquq va manfaatlarini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan protsessual faoliyatdir, deya
taʼrif berilgan[5].
Rossiya[6], Estoniya[7], Tojikiston[8] va Turkmaniston[9] Respublikalari JPKlarida esa
xuddi mamlakatimiz JPKda boʼlgani kabi himoya tushunchasiga taʼrif berib oʼtilmagan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
97
Ukraina JPK (22-modda)da esa himoya gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ning
himoyachisi yoki ularning qonuniy vakili tomonidan amalga oshirilishigina belgilangan,
xolos[10].
Yuqorida keltirilgan olimlar fikrlari va xorijiy davlatlar jinoyat-protsessual kodekslarida
keltirilgan himoya tushunchasiga berilgan taʼriflardan kelib chiqib xulosa qiladigan boʼlsak,
himoyaning asosiy maqsadi – jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan, ayblanayotgan shaxs
huquq va manfaatlarini himoya qilish, gumonni rad etish, ayblovni yumshatish, jazoni
yengillashtirish hamda noqonuniy tarzda jinoiy taʼqibga uchragan shaxslarni reabilitatsiya
qilishdan iboratdir. Himoya huquqi jinoyat protsessining barcha bosqichlarida taʼminlanadi.
Fransiya Jinoyat-protsessual kodeksi tahlil qilinganida, shaxs jinoyat ustida qoʼlga
tushganda yoki unda jinoyat izlari topilganda, unga oʼsha zahotiyoq qoʼyilayotgan gumon
mazmuni tushuntirilib, uning himoya huquqiga egaligi va advokat yordamidan foydalanish
huquqi taʼminlanishining maʼlum qilinishi va shundan keyingina shaxs soʼroq qilinishini
koʼrishimiz mumkin. Biroq jinoyatni sodir etgan shaxs maʼlum boʼlmagan holatda dastlabki
surishtiruv harakatlari amalga oshirilib, bunda gumon ostiga olingan shaxsni soʼroq qilishdan
oldin unga huquqlari, jumladan advokat yordamidan foydalanish huquqi mavjudligi
tushuntiriladi va uning advokat bilan uchrashuvi taʼminlanadi[11].
Rivojlangan mamlakatlarning protsessual qonunchiligida mavjud boʼlgan tergovga qadar
tekshiruv institutiga nazar tashlaydigan boʼlsak, АQShda politsiya xodimlari tomonidan gumon
ostiga olingan shaxs (koʼchada boʼlsa) toʼxtatilishi (ushlanishi) bilan soʼroq qilishdan oldin eng
avvalo unga uning sukut saqlash huquqi mavjudligi, har bir aytgan soʼzi sudda oʼziga qarshi dalil
sifatida foydalanishi mumkinligi, shuningdek advokat olish huquqiga egaligi, agar advokat
xizmati uchun pul toʼlash imkoniyati mavjud boʼlmasa, davlat tomonidan advokat bilan
taʼminlanishi, shu bilan birgalikda ushbu huquqlarni tushungan yoki tushunmaganligi soʼralib,
tasdiqlatib olinadi (“Miranda qoidasi”)[12]. АQShning Texas, Аrizona va Kaliforniya kabi
shtatlari qonunchiligida esa agar soʼroq qilinayotgan shaxs Аmerika Qoʼshma shtatlari fuqarosi
boʼlmasa, savollarga javob berishdan avval oʼz mamlakati elchisi bilan aloqada boʼlish
mumkinligi tushuntiriladi. Germaniyaning jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq esa
gumon ostiga olingan shaxs birinchi soʼroq oldidan qanday huquqbuzarlik sodir etganlikda
gumon qilinayotgani maʼlum qilinib, u Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat haqidagi tegishli
moddasi bilan tanishtirilishi, shuningdek ushbu gumonga nisbatan oʼz munosabatini bildirish
yoki bildirmaslik, har qanday vaqtda va soʼroq qilingunga qadar oʼzi tanlagan advokat bilan xoli
uchrashish kabi huquqlari tanishtirilishi kerakligi belgilab qoʼyilgan[13].
Jinoyat-protsessual huquqidagi eng munozarali masalalardan biri bu himoyachining isbot
qilish jarayonidagi ishtirokidir. JPKning 87-moddasi 2-qismida himoyachining jinoyat ishi
yuzasidan dalillar toʼplash va ularni taqdim etishga haqli ekanligi belgilangan. Shundan kelib
chiqqan holda himoyachining isbot qilish jarayonidagi ishtirokini uning dalillarni toʼplash va
taqdim etish bilan bogʼliq huquqlarini amalga oshirish jarayonini tahlil etish orqali koʼrib
chiqamiz. Shu oʼrinda dalillarni toʼplash tushunchasi mohiyatini tahlil etib, ushbu tushunchaning
xorijiy davlatlar jinoyat-protsessual qonunchiligida quyidagicha tartibga solinganligini
kuzatishimiz mumkin:
Ukraina Respublikasi JPKning dalillarni toʼplashni tartibga soluvchi 93-moddasida
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
98
dalillarni toʼplash tartibi quyidagicha belgilangan[14]:
1)
Dalillarni toʼplash vakolatiga jinoyat ishini yurituvchi subʼektlardan tashqari
jabrlanuvchi hamda yuridik shaxs vakili ega hisoblanadi;
2)
Dalillar tergov (qidiruv) harakatlarini va nooshkora tergov (qidiruv) harakatlarini
bajarish orqali toʼplanishi mumkin;
Xalqaro hamkorlikni amalga oshirish natijasida ham xorijiy davlat hududidan muayyan
ish yuzasidan dalillar olinishi mumkin.
Belarusiya Respublikasi JPKning dalillarni toʼplash deb nomlangan 103-moddasida
dalillarning tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari boʼyicha toʼplanishi mumkinligi belgilanmagan,
ammo “tezkor ish yuritish” va jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni tekshirish jarayonida ham
toʼplanishi belgilangan[15]. Shuningdek, dalillarni toʼplash yuzasidan Belarusiya Respublikasi
jinoyat- protsessual qonunchiligi va mamlakatimizdagi bu boradagi mavjud qonunchilikni
taqqoslaganimizda, Belarusiya Respublikasi JPKda dalillarni toʼplash vositalari hisoblangan
tergov harakatlari 8 ta boʼlsa, bizning JPKda esa ushbu tergov harakatlari 16 tani tashkil etadi.
Shu bilan birgalikda Belarusiya Respublikasi JPKda dalillar davlat ayblovchisi, xususiy
ayblovchi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, ularning himoyachisi, jabrlanuvchi, fuqaroviy
daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakili, shuningdek har qanday yuridik va jismoniy shaxs
tomonidan taqdim etilishi belgilangan. Ushbu holat ijobiy xorijiy tajriba oʼrnida dalillarni taqdim
qilishni isbot qilishning mustaqil bosqichi sifatida belgilash toʼgʼrisidagi normani qonunchilikka
kiritish yuzasidan bergan taklifimizning oʼrinli ekanligiga yaqqol misol boʼla oladi.
Аrmaniston Respublikasi JPKda dalillarni tezkor-qidiruv tadbirlarini oʼtkazish yoʼli bilan
toʼplanishi belgilanmagan hamda dalillarni toʼplash vakolatiga ega subʼektlar
koʼrsatilmagan[16].
Moldova Respublikasi JPKda dalillarni toʼplashning quyidagi tartibi belgilanganligini
koʼrish mumkin[17]:
1)dalillarni toʼplash vakolatiga ega subʼektlar jinoiy taʼqib organlari va sud hisoblanadi;
himoyachi himoyasi ostidagi shaxsning roziligi bilan muayyan ish yuzasidan mutaxassis
fikrini soʼrash huquqiga ega;
Estoniya Respublikasi JPKda dalillarni toʼplashning quyidagicha farqli taraflarini koʼrish
mumkin[18]:
1) dalillarni toʼplash ularni yigʼish jarayonida qatnashayotgan shaxslarning shaʼni va
qadr-qimmatiga tajovuz qilmaslik, unga nisbatan har qanday koʼrinishdagi tahdid va zarar
yetkazmaslik sharti bilan amalga oshirilishi;
2) tergov va prokuratura organlarining dalil toʼplash jarayonida mustaqil ekspertlarni jalb
etish huquqiga egaligi;
3) dalillarni tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish yoʼli bilan toʼplashning alohida
normalarda tartibga solinganligi.
Rossiya Federatsiyasining JPKda esa dalillarni toʼplashning quyidagi farqli jihatini
koʼrishimiz mumkin[19]:
Himoyachi shaxslarni soʼrovdan oʼtkazish uchun ularning roziligini soʼrashi belgilangan.
Mamlakatimiz JPKda esa himoyachi shaxslardan yozma tushuntirish olishi uchun ularning
roziligini olishi talab etiladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
99
Qozogʼiston Respublikasining JPKdagi farqli jihatlar quyidagilardan iboratdir[20]:
1) dalillarni aniqlash va ularni mustahkamlash isbot qilishning mustaqil bosqichlari
sifatida belgilanganligi;
2) sudning dalil toʼplash tashabbusiga ega emasligining qatʼiy belgilanganligi;
himoyachi yuridik shaxslardan, xususan, davlat organlari va jamoat birlashmalaridan
maʼlumotnoma, tavsifnoma va boshqa hujjatlarni talab qilganida, ushbu hujjatlar yoki ularning
nusxalarini himoyachi yoki jabrlanuvchining vakiligi 10 kunlik muddat ichida topshirishi
shartligi toʼgʼrisidagi normaning qatʼiy belgilanganligi;
3) himoyachiga shartnoma asosida sud ekspertizalarini oʼtkazish va ishga mutaxassisni
jalb etish, jinoyat ishiga aloqador shaxslarni ularning roziligi bilan maxsus texnik vositalarni
qoʼllagan holda soʼrovdan oʼtkazish;
4) qamoqqa olish toʼgʼrisidagi masala koʼrib chiqilayotganda himoyachi tomonidan
soʼralayotgan hujjat 24 soat ichida unga taqdim etilishi shartligining belgilanganligi;
5) himoyachi tomonidan toʼplangan maʼlumotlar elektron tarzda
topshirish
mumkinligining belgilanganligi;
6) dalillarni toʼplash yuzasidan belgilangan protsessual majburiyatlarni bajarmaganlik
uchun javobgarlikning mavjudligi.
Аytish mumkinki, Qozogʼiston Respublikasi JPKdagi dalillarni toʼplash yuzasidan
belgilangan normalarni ijobiy xorijiy tajriba sifatida baholab, milliy qonunchilikka tatbiq etishni
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Qozogʼiston Respublikasi JPKda belgilangan himoyachining shartnoma asosida
ekspertiza xulosasini olish va mutaxassisni ishga jalb etishi toʼgʼrisidagi normaning Qirgʼiziston
Respublikasi JPKda ham belgilanganligini koʼrishimiz mumkin.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, himoyachi tomonidan shartnoma asosida ishga
ekspert va mutaxassisni jalb etish amaliyoti xorijiy davlatlar tajribasida yoʼlga qoʼyilgan va bu
amaliyot bugungi kunga qadar oʼzini ijobiy tarafdan oqlab kelmoqda. Bu esa ushbu amaliyotni
xorijiy tajribadan oʼtganligi nuqtai nazaridan milliy qonunchiligimizga tatbiq etish mumkinligini
anglatadi. Shu orqali himoyachining isbot qilish faoliyatidagi huquqlari kengayishiga va
protsessual imkoniyatlari oshirilishiga erishish mumkin boʼladi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini
himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo’llash bo’yicha sud amaliyoti
to’g’risida» 19.12.2003 yildagi 17-son qarori, https://lex.uz/uz/docs/-1453755
2.
Уголовно-процессуальный кодекс Кыргызской Республики от 2 февраля 2017 года
(по сост. на 16.02.2024). (Электр. ресурс). Режим доступа: http:base.spinform.ru
3.
Уголовно-процессуальный кодекс Республика Армения от 1 сентября 1998 года (по
сост. на 01.07.2022). (Электронный ресурс). Режим доступа: http:base.spinform.ru
4.
Уголовно-процессуальный кодекс Азербайджанской Республики от 14 июля 2000
года
(по сост. на 22.12.2023). (Электронный ресурс). Режим доступа:
http:base.spinform.ru
5.
Уголовно-процессуальный кодекс Республики Беларусь от 16 июля 1999 года (По
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
100
сост. на 17.07.2023). (Электронный ресурс). Режим доступа: http:base.spinform.ru
6.
Уголовно-процессуальный кодекс Российской Федерации от 18 декабря 2001 года
(по состоянию на 22.04.2024). (Электр. ресурс). Режим доступа: http:base.spinform.ru
7.
Уголовно-процессуальный кодекс Республика Эстонии от 12 февраль 2003 года (по
сост. на 01.04.2024). (Электронный ресурс). Режим доступа: https://www.juristaitab.ee
8.
Уголовно-процессуальный кодекс Республики Таджикистан от 3 декабря 2009 года
(по сост. на 03.01.2024). (Электр. ресурс). Режим доступа: http:base.spinform.ru
9.
Уголовно-процессуальный кодекс Туркменистана от 18 апреля 2009 года (по
состоянию
на
03.06.2023).
(Электронный
ресурс).
Режим
доступа:
http:base.spinform.ru
10.
Уголовно-процессуальный кодекс Украины от 13 апреля 2012 года (по состоянию
на 08.12.2023). (Электронный ресурс). Режим доступа: http:base.spinform.ru
11.
Мелешко А
.
Уголовный процесс Франции: краткий очерк. Часть 1, 2.– Санкт-
Петербург., 2017. // URL: https://www.advgazeta.ru/mneniya/ugolovnyy-protsess-
frantsii-kratkiy-ocherk-chast-1/
12.
Утениязов Т.
Ўзбекистонда “Миранда қоидаси” қандай ишлайди? Халқаро тажриба,
маҳаллий қонунчилик ва амалиётдаги муаммолар хусусида. Advokat №1–2, 2020.
13.
Утениязов Т.
Ўзбекистонда “Миранда қоидаси” қандай ишлайди? Халқаро тажриба,
маҳаллий қонунчилик ва амалиётдаги муаммолар хусусида. Advokat №1–2, 2020.
14.
Уголовно-процессуальный кодекс Украины от 13 апреля 2012 года (по состоянию
на 08.12.2023). (Электронный ресурс). Режим доступа: http:base.spinform.ru
15.
Уголовно-процессуальный кодекс Республики Беларусь от 16 июля 1999 года (по
сост. на 17.07.2023). (Электронный ресурс). Режим доступа: http:base.spinform.ru
16.
Уголовно-процессуальный кодекс Республика Армения от 1 сентября 1998 года (по
сост. на 01.07.2022). (Электронный ресурс). Режим доступа: http:base.spinform.ru
17.
Уголовно-процессуальный кодекс Республика Молдова от 14 марта 2003 года (по
сост. на 24.11.2023). Режим доступа: http:base.spinform.ru
18.
Уголовно-процессуальный кодекс Республика Эстонии от 12 февраль 2003 года (по
сост. на 01.04.2024). (Электронный ресурс). Режим доступа: https://www.juristaitab.
19.
Уголовно-процессуальный кодекс Российской Федерации от 18 декабря 2001 года
(по состоянию на 22.04.2024). (Электр. ресурс). Режим доступа: http:base.spinform.ru
20.
Уголовно-процессуальный кодекс Республики Казахстан от 4 июля 2014 года (По
сост. на 16.11.2023). (Электронный ресурс). Режим доступа: http:base.spinform.ru
