ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
104
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA IPO AMALIYOTINI
TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Boboyev Feruz
Bank-moliya akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11119831
Annotatsiya.
Ushbu maqolada IPO operaеsiyalarini tashkil qilish va ularni muvaffaqiyatli
o‘tkazish kompaniya uchun ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etishi tahlil qilingan. Xalqaro darajada
IPO amaliyotlari, ularning xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari, usullari ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
IPO, investor, aksiyadorlik jamiyati, innovatsion texnologiyalar,
anterrayterlik faoliyati, auksion.
PROSPECTS FOR IMPROVING IPO PRACTICES IN JOINT-STOCK
COMPANIES
Abstract.
In this article, it is analyzed that the organization of IPO operations and their
successful implementation provide many opportunities for the company. At the international level,
IPO practices, their features and unique aspects, methods are disclosed.
Key words:
IPO, investor, joint-stock company, innovative technologies, underwriting
activity, auction.
ПЕРСПЕКТИВЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРАКТИКИ IPO В
АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВАХ
Аннотация.
В данной статье анализируется, что организация операций IPO и их
успешное проведение предоставляют множество возможностей для компании. На
международном уровне раскрыты практики IPO, их особенности и уникальные аспекты,
методы.
Ключевые слова:
IPO, инвестор, акционерное общество, инновационные
технологии, андеррайтинговая деятельность, аукцион.
IPO (ingliz tilidan olingan – Initial public offering) – aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini
birlamchi oshkora taklif etish degan ma’noni bildiradi. Ya’ni u jamiyat tomonidan aksiyalarni
cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi, dastlabki taklif qilinishidir. Aslini olganda, IPO
(Initial Public Offering) – birlamchi ommaviy taklif bu kompaniyalar tomonidan o’z aksiyalarini
birinchi marta birja listingiga kiritib, ommaga taklif qilish jarayoni hisoblanadi. Demak, bundan
anglashiladiki, xalq IPO si o’z navbatida, kompaniya aksiyalari chet ellik investorlarga emas,
birinchi navbatda, mahalliy aholi uchun savdoga qo’yilishidir. Boshqacha aytganda esa, bu
mamlakat iqtisodiyoti rivoji yo’lida aholi qo’lidagi pul mablag’larini jalb qilishning bir usuli.
Bugungi kun sharoitida bu jarayon barcha taraflar – davlat, kompaniyalar va aksiyalarni xarid
qiluvchilar uchun birdek foydali hisoblanadi.
IPOning o’ziga xos xususiyatlarini keltirib o’tamiz:
IPO – jarayoni ko’p bosqichli, uzoq vaqtni oladi (bir necha yillar) va katta moliyaviy
chiqimlarni talab qiladi;
IPO yordamida, kompaniyada joriy chiqimlarni qoplashga va yirik proektlarni amalga
oshirish uchun uzoq muddatli tashqi moliyalashtirishni jalb qilishga imkon tug’iladi;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
105
Bank kreditidan farqli ravishda, IPO da pul olish bitta aniq kreditorning fikriga va qaroriga
bog’liq bo’lib qolmaydi.
SHu bilan birga kompaniyaning alternativ moliyalashtirish zaminini paydo bo’lishi unga
qarz mablag’larini olishni ham yengillashtiradi, chunki IPO uchun o’tiladigan jarayonlar
kompaniyani shaffofligini oshiradi va uning moliyaviy ahvolini yaxshiroq baholashga imkon
yaratadi;
Kompaniya qimmatli qog’ozlarini birjaga chiqishi - ularni erkin savdo-sotiq predmeti
bo’lishiga, likvidligini oshishiga va ularning bozor bahosini maksimal o’sishiga olib keladi.
IPO ni o‘tkazishdan asosiy maqsad korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi
investorlardan kapital jalb qilishdir. IPO, bu — kompaniya aksiyalarining birlamchi bozorga
chiqarilishidir. Ya’ni aksiyalar keng ommaga taklif etiladi. Hozirgi vaqtda respublikamizda moliya
bozorini rivojlantirish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda aksiyalarni
dastlabki ommaviy joylashtirish (IPO) amaliyotlari moliya bozori, xususan, qimmatli qog‘ozlar
bozorini rivojlantirishda muhim hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham “... moliya
bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy
maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak” deya ta’kidlab o‘tgan. Aksiyadorlik jamiyatlarida IPO
operatsiyalarini tashkil qilish va ularni muvaffaqiyatli o‘tkazish kompaniya uchun ko‘plab
imkoniyatlarni taqdim etishini ta’kidlab o‘tish lozim.
Aksiyalarni dastlabki ommaviy joylashtirish (IPO) orqali katta miqdorda kapital
(mablag‘lar) jalb qilish, aksiyalar narxining oshishiga erishish, investitsion jozibadorlikni oshirish,
o‘zining xalqaro imijini shakllantirish kabi jihatlarga erishish mumkin. Bunda moliyaviy
maslahatchi va anderrayter sifatida tanlangan institutsional investorlarning ahamiyati yuqoriligini
e’tirof etish lozim. Shu sababli xalqaro amaliyotda IPO amaliyotlarini tashkil etish bosqichlari,
ularda institutsional investorlar ishtiroki, IPO operasiyalarini amalga oshirish usullari, shuningdek,
yirik xalqaro IPO operasiyalarini o‘rganish va tahlil qilish dolzarb hisoblanadi.
IPO amaliyotlarining samarali tashkil etilishi rivojlanayotgan mamlakatlar moliya bozorini
rivojlantirishda muhim hisoblanadi. Respublikamizda ham moliya bozorini rivojlantirishda IPO
amaliyotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish muhim. Biroq ushbu operatsiyalarni samarali tashkil etish,
mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish, ushbu amaliyotda institutsional investorlar faoliyatini
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kabi jihatlar bilan bog‘liq bir qancha muammolar mavjudligini ta’kidlash
lozim. Bu esa mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish uchun IPO amaliyotlaridagi ushbu
muammolarni tahlil va hal qilishni talab qiladi.
Hozirgi vaqtda jahon moliya bozorlaridagi IPO amaliyotlarida institutsional investorlar
muhim o‘rin tutadi. Xorijiy tadqiqotchi olimlar ham bu borada ko‘plab tadqiqotlar amalga
oshirganliklariga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Xususan, bir guruh iqtisodchi olimlar institutsional
investorlarning IPO amaliyotlaridagi ishtirok etishining muhim jihatlaridan biri anderrayterlik
faoliyati ekanligiga e’tibor qaratgan holda “institutsional investorlar IPO amaliyotlarida
anderrayterlik faoliyati orqali IPO o‘tkazgan kompaniyalar haqida muhim ma’lumotlarga ega
bo‘ladi, shuningdek, o‘z ishtiroklari uchun katta miqdorda xizmat haqi oladilar”, deya ta’kidlab
o‘tgan. Institutsional investorlarning ko‘pchiligi IPOning auksion savdolarida vaqti-vaqti bilan
ishtirok etadi. Ushbu turdagi institutsional investorlar, odatda, anderrayterlar tomonidan tavsiya
etilgan investorlardan iborat bo‘ladi. Ular aksiyalarning oz qismiga taklif bildiradi va kamdan-kam
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
106
hollarda aksiyalarni sotib olishadi. Institutsional investorlar orasida IPO auksion savdolarida
doimiy ishtirokchilar sifatida qatnashuvchilari soni ozchilikni tashkil etadi, lekin ular konservativ
takliflarga ega bo‘lishadi va bozor haqida yaxshi ma’lumotga ega bo‘lgan ishtirokchilar sifatida
ko‘riladi.
Bugungi kunda milliy fond bozorlarining rivojlanish darajasi unda ishlayotgan investitsiya
institutlari faoliyati ko‘lamiga bog‘liq ekanligini rivojlangan davlatlar tajribasi ko‘rsatib turibdi.
Chunki, institutsional investorlar o‘zlari katta hajmda operasiyalarni amalga oshiradilar va
ularning barqaror faoliyati noprofessional investorlarning katta ommasiga qimmatli qog‘ozlar
bozoriga kirishga dalda beruvchi omil sifatida ta’sir qiladi. Mamlakatimizda institutsional investor
sifatida faqatgina tijorat banklari va qisman sug‘urta kompaniyalari moliyaviy sektorning
rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda. Investitsiya fondlari esa yildan-yilga kamayib borish
tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Rivojlangan davlatlarda moliya bozorida investitsiya fondlarining
turli ko‘rinishlarining faolligi va ularni aholining bo‘sh pul mablag‘larini investitsiyalarga
aylantiruvchi asosiy institutlardan biri ekanini kuzatishimiz mumkin. Biroq institutsional
investorlarning qaysi turlari (banklar, investision banklar, investitsiya fondlari, pensiya fondlari,
sug‘urta kompaniyalari va boshqalar) IPO amaliyotlarida faol ishtirok etayotganligi, qaysi
institutsional investorlarda ushbu amaliyotda samarali ishtirok etish imkoniyati yuqori ekanligi
kabi jihatlarni ham o‘rganish zarur, deb hisoblaymiz. Hozirda xalqaro moliya bozorida
kompaniyalar tomonidan aksiyalarni ommaviy joylashtirish kapital jalb qilishning keng tarqalgan
usuli hisoblanadi. Shuningdek, aksiyalarni ommaviy joylashtirish kompaniyalarga imijini
shakllantirish, investitsion jozibadorligini oshirish va biznesni kengaytirish imkoniyatlarini taqdim
etadi. Kompaniyalar tomonidan IPO amaliyotini tashkil etish hamda o‘tkazish vaqt va mablag‘
talab qiladigan jarayon hisoblanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, IPO lar iqtisodiyotni qayta tiklashning tasdiqlangan usuli
bo’lib, ijobiy va keng ko’lamli to’lqin ta’sirga ega. IPO lar farovonlik sari aylanma yo’lni taklif
qilishlari mumkin bo’lsa-da, ular qiziqarli va istiqbolli yo’nalishga sarmoya kiritish taklifi bilan
ish o’rinlari yaratish va kata innovatsiyalar uchun ishonchli lokomativ hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Thomas Chemmanur, Gang Hu, Jiekun Huang. The Role of Institutional Investors in
Initial Public Offerings. // The Review of Financial Studies, November 2010. – P.46;
2.
Ufuk Güçbilmez, Tomás Ó Briain. Bidding styles of institutional investors in IPO
auctions. // Journal of Financial Markets, 2 June 2020, 100579. – P.21;
3.
Elmirzayev S.E., Boyev B.J. Aksiyalarni ommaviy joylashtirish operasiyalarini tashkil
etish va o‘tkazish. // “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 3, iyun, 2018
yil. – B.8;
4.
Q.Chinqulov. Respublikamizda ilk IPO hamda SPO: yutuqlar va muammolar. //
“Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 5, oktyabr, 2019 yil. – B.12
