ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
111
“RAMAYANA” EPOSIDA OBRAZLAR TIMSOLI
Saidova Mahzuna Farhod qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi 2-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11120072
Annotatsiya.
Ushbu maqolada qadimgi hindlarning mashhur eposi hisoblanmish
“Ramayana” eposi haqida, shu bilan birga asarda ishtirok etgan har bir obrazlar, qahramonlar
haqida hamda ularga xos xususiyatlar, ularning ta’rifi va tavsifi haqida so`z yuritilgan.
Kalit so`zlar:
Ramayana, epos, obraz, qahramon, Rama, Sita, Ravana.
IMAGES IN THE EPIC "RAMAYANA".
Abstract.
This article talks about the epic “Ramayana”, which is a famous ancient Indian
epic, and at the same time about each of the characters and characters involved in the work and
their characteristics, their definition and description.
Keywords:
Ramayana, epic, character, hero, Rama, Sita, Ravana.
ОБРАЗЫ В ЭПОСЕ «РАМАЯНА».
Аннотация.
В данной статье рассказывается об эпосе “Рамаяна”, который
является знаменитым древнеиндийским эпосом, и одновременно о каждом из
действующих лиц и персонажей, задействованных в произведении, и их характеристиках,
их определении и описании.
Ключевые слова:
Рамаяна, эпос, персонаж, герой, Рама, Сита, Раванa.
Tabiiyki, epos o‘zi nima degan savol yuzaga keladi.
Epos – yunoncha so‘z bo‘lib,
hikoya
degan ma’noni ifodalaydi. Eposda, asosan,
xalqalarning o‘tmishi, muayyan davrda sodir bo‘lgan voqealar hikoyachi tilidan bayon qilinadi.
Uning asosiy belgilaridan biri ko‘p holatlarda nasr yo‘nalishida yozilishidir. Eposda so‘z
orqali kitobxon tasavvurida real hayotga to‘g‘ri keladigan badiiy voqelik yaratiladi.
Qadimgi ertaklar, miflar va afsonalarning... asosiy mag‘zini chuqurroq tushuntirishingizni
istardim. Bularning asosiy g‘oyasi qadimgi davrlardagi mehnat kishilarining yukini
yengillashtirishga, ularning ish unumini oshirishlariga, to‘rt oyoqli va ikki oyoqli dushmanlarga
qarshi dushmanlarga qarshi qurollanishlariga hamda so‘z kuchi – “avrash”, “afsun” yo‘li bilan
tabiatning kishilarga xatarli bo‘lgan hodisalariga ta’sir etishlariga qaratilgan.
1
“Ramayana” haqida, undagi obrazlar haqida so`z yuritishdan avval qisqacha uning syujeti
bilan tanishib chiqsak.
Asar Kushalaning podshosi Dasharathaning befarzand ekanligi bilan boshlanadi. U frazand
tilab xudolarga iltijo qiladi. Najotkor tangri Vishnu ilohiy neʼmat olib Dasharathaga beradi.
Podsho xotinlariga ilohiy neʼmatni yediradi. Shundan soʻng podshoning birinchi xotini
Kavshaliya toʻngʻich oʻgʻil - Ramani dunyoga keltiradi, ikkinchi xotini Kaykeyi - Bhoratani,
uchinchi xotini esa egizak farzandlarni - Lakshmana va Shatrughnani dunyoga keltiradi. Bolalar
ulgʻayadi. Lakshmana - Ramaga, Shatrughna esa Bhorataga mehr qoʻyishadi. Donishmand
Vishramitra Dasharathadan oʻrmondagi maskanini rokshaslardan qoʻriqlash maqsadida Ramani
1
M.Gorkiy. Adabiyot haqida. O‘zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti. T.,1962, 265-bet.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
112
olib ketishni soʻraydi. Lakshmana ham ularga qoʻshilib ketadi. Rama oʻrmondagi rokshaslarni
gumdon qiladi. Shundan soʻng Vishvamitra Rama bilan Lakshmanani Mithila mamlakatiga taklif
etadi. U yerda podsho Jonak katta qurbonlik qilayotgan edi. U ham tirnoqqa zor edi. Jonak
qurbonlikka mos mehrob tiklash maqsadida muqaddas omoch bilan yer haydardi, nogahon egat
ichidan bir qiz chiqib keladi. Jonak uni oʻziga farzand qilib oladi va unga Sita, yaʼni egat deb ism
qoʻyadi. Malika ulgʻayadi. Jonak butun dunyoga “Kimki Shivaning sehrli kamalagiga tor bogʻlay
olsa, Sitani oʻshanga beraman” - deb jar soldiradi. Rama bu ishni uddalaydi. Jonak Sitani
Ramaning qalligʻi deb eʼlon qiladi. Podsho Dasharatha qarib kuch-quvvatdan qolib borardi. U taxt
vorisi etib Ramani qoldirmoqchi boʻladi. Lekin buni eshitgan Kaykeyni oqshochi Monthra yoʻldan
uradi va fitna qilib, Bhoratani taxtga chiqaradi. Ramani esa 14 yil quvgʻinda yurishga buyuradi.
Rama oʻrmonda yashay boshlaydi. Bu orada Dasharatha vafot etadi. Kaykeyi Bhorataga
qanday qilib uni taxtga chiqargani haqida bor haqiqatni aytib beradi. Bhorata buni eshitib, onasini
koyiydi va Ramani izlab ketadi. Ramani topadi, undan yolvorib uyga qaytishini va taxtga
oʻtirishini soʻraydi, lekin Rama bunga rozi boʻlmaydi va oʻrmonda qoladi. Oradan vaqt oʻtib
rokshaslar hukmdori Ravana va Rama oʻrtasida ziddiyat paydo boʻladi . Ravan Sitani oʻgʻirlab
ketadi. Rama maymunlar podshosi Sugriva yordamida Sitani qutqarib, oʻz yurtiga qaytadi. Bhorata
podsholikni Ramaga topshiradi.
1.
Dasharatha
– Kushala podshohi, mohir ovchi, mehribon ota, rafiqasi Kaykeyi sababli
Ramani 14 yil o‘rmonga surgun qilishga majbur bo‘ladi. Shunda ham Ramaga “Sen mening bu
gapimga qarab o‘tirma, o‘g‘lim! Qo‘l-oyog‘imni bog‘lab meni zindonga tashla-yu, taxtga min,
taxt seniki!” deb yolvoradi.
2.
Vishnu –
najotkor tangri, Dasharathaning to‘rt o‘g‘li timsolida tug‘iladigan bo‘ladi.
Dasharathani farzandli bo‘lishi uchun ilohiy ne’mat keltirgan donishmand.
3.
Kovshalya –
Dasharathaning birinchi rafiqasi, xotinlarining kubrosi, Ramaning onasi.
4.
Kaykeyi –
Dasharathaning o‘rtancha, suyukli rafiqasi, Bhorataning onasi.
5.
Sumitra –
Dasharathaning kichik rafiqasi, Lakshmana va Shatrughnalarning onasi.
6.
Rama –
asarning bosh qahramoni, mard, jasur shahzoda. Unda Brihospati aqli-yu
Indraning shavkati mujassam. Asar Ramaga bag‘ishlangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
7.
Bhorata –
mard, jasur shahzoda. Akasi Ramani uyga qaytarish uchun harakat qiladi va
oxirida taxtni ham unga qaytaradi.
8.
Lakshmana –
kichik shahrodalardan biri. Ramaga judayam mehr qo‘ygan, hatto u bilan
surgunlikda yuradi.
9.
Jonak –
Mithila podshohi, Sitaning otasi.
10.
Sita –
Mithila malikasi, Jonakning qizi, Ramaning qaylig‘i. Vafodor yor timsoli. Rama 14
yil surgun qilinganda agar sen bilan ketmasam o‘lganim shu deya turib oladi va Rama Sitani olib
ketishga majbur bo‘ladi.
11.
Ravana –
Lanka orolining qiroli, shavkati butun 3 olamda – yazdonlar, devlar va odamlar
orasida mashhuri jahon bo‘lgan. Asarda Ravana Ramaning qaylig‘i Sitani yoqtirib qoladi, lekin
Sitadan rad javob olgach, dahshatli qiyofaga kirib, uni o‘g‘irlab ketadi. Eposda, asosan, Ravana
yovuz qahramon sifatida tasvirlangan.
12.
Hanuman –
sharaf burchi timsoli. Shamol xudosining farzandi. Hanuman Ramaga Sitani
topishda katta yordam beradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
113
13.
Sugriva –
maymunlar podshosi, rokshaslar hukmdori otgan nayzadan yaralanadi. Sitaning
qutqarilishida muhim rol o‘ynagan.
14.
Valadi Danu –
xudolar dushmani, iblislar, Danu farzandlari.
15.
Aditi –
o‘n ikki yazdonning, jumladan, ummon ma’budi Varuna, chaqmoq ma’budi Indra,
quyosh ma’budi Suryalarning onasi. Asarda Ramaning onasi Kovshalya Aditiga tenglashtiriladi.
Bundan tashqari asarda bir qancha tog‘ nomlari ham keltirib o‘tilgan.
Sahya
Krishna
Vindhyo
Astochal
Gandham’adana – Gullarga boy tog‘ning nomi. Himolay tizmalaridan biri.
“Ramayana” ham shunday mag‘zi chuqur, mazmuni real hayotdan olinib, mifik, fantastik
shakllarda ifodalangan eng nodir asarlardan biridir. U, asrlar mobaynida bir necha marotaba
tahrirlarga uchradi, lekin shunga qaramay u hind madaniyati tarixida eng qadimiy va tom
ma’nodagi ilk badiiy adabiyot namunasi (“adikavya”), avtori esa (aytilishicha, Valmiki) birinchi
shoir (“adikavi”) deb hisoblanadi. Unda vatanga muhabbat, sevgida sadoqat, yaxshilik foydasiga
bahodirlik, harbda jasorat; to‘g‘ri so‘zlilik, va’daga vafo, adolat kuylanadi, zulm va zo‘ravonlik,
xiyonat va riyokorlik, xudbinlik va bekorga qon to‘kishlik, falokatli ixtiloflar va halokatli urushlar
qoralanadi, yomonlik ustidan albatta yaxshilik g‘alaba qiladi, adolat va tinchlik albatta tantana
qiladi, degan fikr “isbot” etiladi. Unda sevishganlarni bir-biridan judo qilish, hajr azoblari
hamda bevafolik iztiroblari ham juda katta o‘rin olgan bo‘lib, nihoyat darajada yuksak badiiy
mahorat bilan ifodalangan.
2
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bu qadimiy asarning asrdan asrga, avloddan avlodga
o‘tib kelishiga sabab undagi obrazlar, personajlar orasida ijobiy fazilatlar, ezgulik yo‘lidagi
qahramonliklar, ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishi namoyon etilgan.
Umuman olganda, asarning Ramaga bag‘ishlanishi, Rama va Sitaning bosh qahramon qilib
keltirilishi hamda Ramaning asarda mard, jasur, salobatli yigit sifatida tasvirlanishi har bir
kitobxonni befarq qoldirmaydi, ya’ni o‘ziga jalb qiladi. Qadimgi sanskrit tilida yozilgan ushbu
asar Muhammad Ali Ahmedov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Epos xalq og‘zaki
mahsulotlari bilan ham boyitilgan. Bundan tashqari, Sharq va G‘arb adabiyotida yaratilgan bir
qancha asarlarda tarkibida ham shu asarning ta’siri seziladi.
REFERENCES
1.
Muhammad Ali Ahmedov tarjimasi. “Ramayana”. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti, 1978. 172 b.
2.
M.Gorkiy. Adabiyot haqida. O‘zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti. T.,1962, 265-bet.
3.
“Mахабхарата”, “Рамаяна”, “Художественная лит-ра”, Москва, 1974.
4.
“Ramayana” poetikasining o‘zbekcha tarjimada talqini” (ruscha). Rossiya davlat
kutubxonasi.
2
[“Mахабхарата”, “Рамаяна”, “Художественная лит-ра”, Москва, 1974].
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
114
5.
6.
7.
