33
IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA TIJORAT BANKLARINING
O‘RNINI KENGAYTIRISH
Shoyimqulov Bobir O‘tkirjon o‘g‘li
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar
universiteti magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11116059
Annotatsiya.
Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda mmoliya-kredit tizimi muhim
o’rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur ilmiy tezisda tijorat banklarining milliy
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar:
milliy iqtisodiyot, moliya-kredit tizimi, tijorat banki, tadbirkorlik
sub’yektlari, iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi.
EXPANDING THE ROLE OF COMMERCIAL BANKS IN THE SUSTAINABLE
DEVELOPMENT OF THE ECONOMY
Abstract.
The credit system plays an important role in the sustainable development of the
national economy. Based on this, this scientific thesis discusses the role of commercial banks in
the sustainable development of the national economy.
Key words:
national economy, financial and credit system, commercial bank, business
entities, network structure of the economy.
РАСШИРЕНИЕ РОЛИ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ В УСТОЙЧИВОМ РАЗВИТИИ
ЭКОНОМИКИ
Аннотация.
В стабильном развитии национальной экономики кредитно-кредитная
система играет важную роль. Исходя из этого, в данной научной диссертации
рассматривается роль коммерческих банков в устойчивом развитии национальной
экономики.
Ключевые слова:
национальная экономика, финансово-кредитная система,
коммерческий банк, хозяйствующие субъекты, сетевая структура экономики.
Bugungi kunda tijorat banklari kredit siyosati va tadbirkorlik sub’yektlarini kreditlash
amaliyotidagi kamchiliklar va ularning kelib chiqish sabablari, jumladan, respublikada banklarning
kreditlash tartibi hanuzgacha jahon standartlari va mijozlarning talablariga javob bera olmasligi,
rivojlangan davlatlar tijorat banklarining kreditlash amaliyotining mamlakat tijorat banklariga
tatbiq etilmayotganligi mazkur dissertatsiya mavzusining tanlanishiga sabab bo‘ldi. Shu sababli,
tijorat banklarining bugungi kundagi tadbirkorlik sub’yektlarini kreditlash amaliyotidagi mavjud
34
muammolarini aniqlash, xorijiy banklar kreditlash amaliyotining ustuvor tomonlarini amaliy
tahlillar asosida o‘rganish, ularning bu sohadagi ilg‘or tajribalari, O‘zbekiston tijorat banklari
kreditlash amaliyotida joriy qilish yuzasidan aniq asoslanagan ilmiy takliflarni taqdim etish ko‘zda
tutilganligi ushbu ilmiy tadqiqotning dolzarbligini namoyon etadi.
Bugungi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi moliya bozorida, shu jumladan, bank
sektorida o‘tkazilayotgan islohotlarda unda sezilarli siljishlar va o‘zgarishlar amalga
oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar mustaqillik yillarida jahon andozalariga mos keladigan bank
tizimini bosqichma bosqich barpo etish bilan hamohang tarzda davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank
tizimining barqarorligini yanada oshirish va yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3270-
sonli qarori bank sektorining maqsadlarini belgilab berildi.Farmonga muvofiq tijorat banklarining
umumiy kapitalini oshirish, shu jumladan qo‘shimcha aktsiyalarning chiqarilishi, tijorat banklari
tomonidan korporativ obligatsiyalarning garovsiz ta’minlanishini nazarda tutuvchi tartibni joriy
qilish, ipoteka qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish va qaytarish, shuningdek ushbu masala
bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish vazifasi qo‘yildi. Farmonda belgilangan ko‘pgina vazifalar
ijrosi O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishiga, moliya-
kredit institut-larini xalqaro miqyosga ko‘tarilishi hamda banklarni moliyaviy boshqaruv
muammolarin hal etishga, ya’ni bank ka pitali va mablag‘larini, umuman olganda bank
xizmatlarini kompleks boshqaruviga bog‘liq hisoblanadi.
2020 yilda davlat banklarini transformatsiya qilish, ularning faoliyatini bozor tamoyillari
va xalqaro standartlarga muvofiq qayta tashkil qilish hamda bank tizimida xususiy kapital
ishtirokini kengaytirish va raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 12 mayda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF-5992-sonli Farmoni bilan 2020–2025 yillarga mo‘ljal-langan
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi (O‘zR PF,2020).
Mazkur strategiya doirasida keyingi besh yillikda bank-moliya tizimini isloh qilish va
rivojlantirishning to‘rtta ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Jumladan:
1.
Bank tizimining samaradorligini oshirish;
2.
Banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish;
3.
Bank xizmatlari ommabopligini oshirish;
4.
Bank tizimida davlat ulushini qisqartirish.
Mamlakat bank-moliya sektori rivojlanish darajasi va barqarorligini baholash maqsadida
2024 yilning yakuniga qadar Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining dasturi (FSAP)
asosida moliyaviy sektor holatini baholash nazarda tutilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda
35
35 ta tijorat banki faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 10 tasi kapitalida davlat ulushi mavjud banklar
hisoblanadi. 2022 yilning 1 yanvar holatiga tijorat banklari filiallari soni 696 tani, mini-banklar
soni 158 tani, bank xizmatlari ko‘rsatish ofislari soni 1816 tani hamda tunu-kun (24-7) ishlaydigan
shahobchalar soni 3723 tani tashkil etadi.
Natijada, 2024 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan nobank
kredit tashkilotlari soni 169 tani (shundan, 84 tasi mikrokredit tashkiloti, 73 tasi lombard va 1 ta
ipotekani qayta moliyalash-tirish tashkiloti), to‘lov operatorlari soni 3 tani, to‘lov tashkilotlari soni
35 tani hamda kredit byurolar soni 2 tani tashkil etdi. Bank aktiv-larining 80 foizi, kreditlarning
84 foizi davlat ulushi mavjud banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Umumiy tarzda Respublika bank bozorining bugungi kundagi o‘ziga xos taraflaridan kelib
chiqib, uning istiqbolini quyidagicha aks ettirish mumkin:
Bank bozori yirik o‘sish sur’atlariga ega. Yuqorida ta’kidlan-ganidek, 2023 yil davomida
Respublika bank bozori yuqori o‘sish sur’atiga ega bo‘lib, jumladan, jami bank aktivlari 22,0% ga
o‘sdi. Respublika hukumati tomonidan bank-moliya tizimini mustahkamlash va yanada liberal-
lashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2024 yil davomida ushbu
o‘sish darajasi bundanda katta bo‘lishi kutilmoqda.
Respublika banklari xizmat ko‘rsatish profili bir-biriga juda o‘xshash. Respublika bank
tizimi nisbatan hali yoshligi tufayli banklar tomonidan hozirgi kunda kompleks tavsifga ega bank
brendini boshqalardan farqli qilishga dastlabki harakatlar kuzatilmoqda. Yaqin kelajakda o‘zaro
raqobatning kuchayishi natijasi bank tizimida marketing xizmatining roli oshishi, banklar o‘z
brendlarining rivojlantirilishi borasidagi ishlarni jadallashtirishlarini kutish mumkin.
Banklar asosan kam sonli murakkab bo‘lmagan xizmatlar ko‘rsatadilar. Bank tizimi
tomonidan hozirgi kunda kam sonli unchalik murakkab bo‘lmagan xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Yaqin kelajakda Respublika iqtisodi yanada rivojlanishi, mamlakat jahon bank tizimi bilan faol
integratsiya-lashuvi natijasida hamda mijozlarning moliyaviy bilimlari oshishi natijasida
qo‘shimcha, murakkabroq bo‘lgan xizmatlarga talablar oshishi kutilmoqda.
Korporativ mijozlar uchun kuchli raqobat mavjud. Bu raqobat banklardan bank tizimiga
kichikroq darajada bog‘langan kichik biznes hamda jismoniy shaxslar guruhlari hisobiga
rivojlanishni talab qiladi. Bu bo‘lsa banklardan ushbu guruhlar uchun kerakli moliyaviy xizmatlar
ko‘rsatish imkoniyati hamda ko‘p sonli, lekin bir mijozga hisoblasa kam daromad keltiruvchi
mijozlar gruppasi bilan ishlab daromad keltirish imkoniyati-ni beradigan infrastrukturaga ega
bo‘lishini talab qiladi.
36
Uzoq muddatli resurslar tanqisligi mavjud. Bank tizimida uzoq muddatli resurslar
tanqisligi mavjud. Uzoq muddatli resurslar jalb qilishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri – jahon
moliyaviy bozorlaridan resurs jalb qilishdir. Bu bo‘lsa banklardan halqaro aloqalarni yanada
kuchaytirishni va jahon standartlari asosida ishlashni talab qiladi.
Bank sektorida davlatning ustun mavqei, banklarning turli davlat dasturlari va
korxonalarini moliyalashtirish uchun vositachi sifatida faol jalb qilinishi quyidagi tizimli xatarlar
va muammolarga olib keldi:
yirik tijorat banklarining tarmoqdagi zamonaviy talablarga muvofiq transformatsiya
jarayonlarida ortda qolishi, korporativ boshqaruv standartlari, axborot texnologiyalari
mahsulotlari, aktivlar va passivlarni boshqarish, mijozlar bilan aloqa qilish bo‘yicha zamonaviy
usullarni amaliyotga joriy qilishda kechikishi;
davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sektorlar va davlat ulushiga ega
korxonalarga bozor stavkalaridan past stavkalarda kreditlar beruvchi an’anaviy “rivojlantirish
banklari“ vazifasini qisman bajarishi. Chet el valyutasida uzoq muddatli imtiyozli
moliyalashtirishning mavjudligi daromad egri chizig‘ining pasayishiga olib kelib, bu, o‘z
navbatida, davlat ishtirokidagi korxonalar uchun uzoq muddatli kreditlarning qisqa muddatli
kreditlardan ko‘ra arzonroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi va ularning milliy valyutada emas, balki chet
el valyutasida qarz olishini rag‘batlantiradi;
aktivlar va passivlar dollarlashuvining yuqori darajasi mavjudligi, kreditlar va
depozitlarning yirik kompaniyalar va iqtisodiyotning alohida sektorlarida jamlanishi banklarni
valyuta va kredit xatarlariga, shuningdek, likvidlik xavfiga duchor qiladi;
banklar biznes-modellarining korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi,
nobank moliya tashkilotlari, innovatsiyalar va axborot tizimlarining sust rivojlanganligi sababli
moliyaviy ommaboplikning past darajadaligi. Natijada, boshqa mamlakatlarda jismoniy shaxslar
va korporativ mijozlarga ajratilgan kreditlar bir me’yorda taqsimlangan bir vaqtda,
mamlakatimizda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar jami kredit portfeli hajmining 19 foizini,
korporativ mijozlarga ajratilgan kreditlar esa 81 foizni tashkil etmoqda;
nobank kredit tashkilotlari, shu jumladan mikromoliyalashtirish institutlarining etarli
darajada
rivojlanmaganligi.
Buning
oqibatida
faoliyatini
endi
boshlayotgan
tadbirkorlar qatlamini qamrab oladigan, ularning bosqichma-bosqich bank kreditlarini jalb qila
oladigan to‘laqon-li biznes darajasigacha “o‘sishiga“ imkon yaratuvchi samarali mexanizmlar
yaratilmagan.
37
Bank sektorining moliyaviy barqarorligi va bardoshliligi rejalash-tirilgan islohotlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirishning hamda biznes va aholining milliy bank tizimiga bo‘lgan
ishonchini mustahkamlashning asosiy sharti hisoblanadi.
Bank sektori moliyaviy barqarorligini oshirishning strategik maqsadlariga erishish
uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish talab qilinadi:
1) kreditlashning o‘sish sur’atlari mo‘’tadilligini ta’minlash va kredit portfeli sifatini
yaxshilash;
2) bank sektori nazoratini takomillashtirish va banklarda tavakkalchiliklarni
boshqarishning zamonaviy tizimini tatbiq etish;
3) bank tizimi va iqtisodiyotning real sektoridagi davlat ulushi mavjud korxonalarni o‘zaro
muvofiq ravishda isloh qilishni ta’minlash, banklar tomonidan davlat korxonalari va tashkilotlari
faoliyatini transformatsiya qilishda tijorat asosida faol ishtirok etish, real sektor va moliya
sektoridagi o‘zgarishlar uyg‘un tarzda kechishini ta’minlash;
4) banklarning kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablarni, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga qo‘shilishi va respublika bank tizimining
xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini hisobga olgan holda oshirish;
5) eng yaxshi xalqaro tajriba asosida depozitlarni himoyalash tizimini izchillik bilan
rivojlantirish.
Tijorat
banklarini
xususiylashtirish
bank
tizimini
isloh qilishning
muhim
omili hisoblanadi.
Bu borada quyidagilarni amalga oshirish talab qilinadi:
1) kredit tashkilotlarini ularga xos bo‘lmagan funktsiyalarni bajarishdan, shuningdek,
ortiqcha yuklamalardan ozod qilish orqali ma’-muriy yukni izchillik bilan bartaraf etish;
2) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tijorat
banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari turlarini
kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
3) bank ishida etarli darajada tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan strategik investorlarni
jalb qilgan holda, qator tijorat banklarida davlat ulushini kamaytirish;
4) bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan
talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi (“loyihalar fabrikasi“)ni
joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida bir qancha banklardagi
davlat ulushini o‘rta muddatli istiqbolda saqlab qolish;
38
5) nazorat yuklarini, shu jumladan banklarning regulyator va davlat organlari bilan axborot
almashinuvini takomillashti-rish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonlarini soddalashtirish
va avtomatlashtirish orqali ularni taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan yuklarni kamaytirish.
REFERENCES
1.
Ro‘ziеv (2022), Ro‘ziеv N. Tijоrаt bаnklаri fаоliyatini trаnsfоrmаtsiya qilishdа
rаqаmlаshtirish vа rаqаmli tехnоlоgiyalаrning tutgаn o‘rni. Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 4-
son, 60-73 b.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2020 yildagi PF-5992-son “2020 — 2025
yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi
to‘g‘risida” Farmoni
3.
O‘zR VMQ (2014), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.03.2014 yildagi
71-son “Tijorat banklarining investitsiya faoliyatini rag‘batlantirishga va banklar tomonidan
korxonalarni yangi investorlarga sotishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” qarori
4.
Rashidov,F.
(2024).
Tijorat
banklarining
investitsiya
faoliyati
hamda
portfel
investitsiyalarining iqtisodiy ahamiyati
Journal of Fundamental Studies
,
2
(2),3–10.Retrieved
from https:// imfaktor.com/index.php /jofs/article/view/992
5.
Абдувохидов (2021), Абдувохидов А. А. и др. Ўзбекистонда банк тизимини
рақамлаштириш масалалари //Журнал Инновации в Экономике. – 2021. – Т. 4. – №. 2.
6.
Абдувохидов (2021), Абдувохидов А. А. Ислоҳотларнинг Ҳозирги Босқичида
Тадбиркорликни Ривожлантириш Аҳоли Фаровонлигини Оширишнинг Муҳим Асоси
Сифатида //Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2021. – Т. 1. – №. 6.
– С. 388-399.
7.
Abdulazizovich, Abduvakhidov Akmal, and Kamilova Sanobar Mirdjamolovna. "ISSUES OF
BANKING SYSTEM DIGITALIZATION IN UZBEKISTAN."
World Bulletin of
Management and Law
11 (2022): 14-19.
