ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
152
IQTISODIYOTDA DAVLAT ISHTIROKINI QISQARTIRISH VA XUSUSIY
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Pozilov Sanjarbek Muxammadismoilovich
Bank-moliya akademiyasi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11124274
Annotatsiya.
So‘nggi yillarda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat
aktivlarini xususiylashtirish orqali xususiy mulkchilikni kengaytirish, samarasiz ishlayotgan va
istiqbolsiz korxonalarni tugatish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu
maqolada iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
istiqbollari hususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
xususiy mulk, xususiy tadbirkorlik, iqtisodiyot, davlat ishtiroki.
PROSPECTS OF REDUCTION OF STATE PARTICIPATION IN THE ECONOMY
AND DEVELOPMENT OF PRIVATE BUSINESS
Abstract.
In recent years, systematic reforms have been implemented to reduce state
participation in the economy, expand private ownership through the privatization of state assets,
and liquidate inefficient and unpromising enterprises. This article talks about the prospects of
reducing state participation in the economy and developing private entrepreneurship.
Key words:
private property, private entrepreneurship, economy, state participation.
ПЕРСПЕКТИВЫ СОКРАЩЕНИЯ УЧАСТИЯ ГОСУДАРСТВА В ЭКОНОМИКЕ И
РАЗВИТИЯ ЧАСТНОГО БИЗНЕСА
Аннотация.
В последние годы проводятся системные реформы по сокращению
участия государства в экономике, расширению частной собственности за счет
приватизации
Ключевые слова:
государственных активов, ликвидации неэффективных и
бесперспективных предприятий. В данной статье говорится о перспективах сокращения
участия государства в экономике и развития частного предпринимательства.
частная собственность, частное предпринимательство, экономика, участие
государства.
Zamonaviy bozor tizimini davlatning aralashuvisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biroq,
aralashuvning o‘z chegarasi bo‘lib, uning mazkur chegaradan oshib ketishi bozor jarayonlarining
izdan chiqishiga ta‘sir etib, ishlab chiqarish samaradorligi pasayadi. Natijada iqtisodiyotni davlat
tasarrufidan chiqarish, xo‘jalik yuritishni tashkil etish va boshqaruv jarayonlarida davlatning
me‘yoridan ortiq ishtirokini pasaytirish masalasi maydonga tushadi. Davlat aralashuvi miqyosini
tartibga solish uchun muxim cheklovlar mavjud. Masalan, davlat tomonidan bozor mexanizmini
izdan chiqaruvchi xar qanday xattixarakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Iqtisodiyotga davlatning
aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk xuquqini himoya qilish va uning ustuvor
mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini
rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhit yaratish, xususiy mulk egalarining huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy
sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat aktivlarini shaffof holda
xususiylashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
153
Prezidentimizning
“Iqtisodiyotda davlat
ishtirokini
yanada
qisqartirish
va
xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g'risida”gi qarori
foydalanilmay turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bo‘sh binolarni shaffof holda
xususiylashtirish jarayonini tezlashtirishda muhim huquqiy hujjat bo‘ldi.
Ushbu hujjat bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimlarining, vazirlik, idora hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari
rahbarlarining davlat aktivlarini boshqarish yo‘nalishidagi asosiy vazifalaridan biri etib, bo‘sh
turgan, samarasiz foydalanilayotgan va asosiy faoliyat sohasiga taalluqli bo‘lmagan aktivlarni
aniqlash bo‘yicha xatlov ishlarini muttasil amalga oshirish va ulardan samarali foydalanish
choralarini ko‘rish belgilandi.
Qarorga muvofiq, mahallalardagi hokim yordamchilari zimmasiga ham bu borada
mas'uliyatli vazifa yuklandi. Ular o‘z hududlarida bo‘sh turgan bino va er uchastkalarini elektron
onlayn-auktsion savdolariga chiqarish uchun buyurtma berish imkoniyati yaratildi.
Mazkur hujjatda belgilanganidek, 2022 yil 1 apreldan boshlab, mahallada tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman
(shahar) hokimining yordamchilari tomonidan o‘z hududlarida bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk
ob'ekti yoki yer uchastkalari hududi 2 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk
ob'ekti aniqlanganda hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan Agentlik
tomonidan tasdiqlanadigan tartibga asosan to‘g'ridan-to‘g'ri elektron onlayn-auktsion savdolariga
chiqariladi.
Yana bir muhim jihati, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli
bo‘lgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan bo‘sh turgan ob'ekt, Agentlik tomonidan
tasdiqlanadigan tartibga muvofiq ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga
chiqariladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan davlat
aktivlari hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishda qarorning ahamiyati juda katta.
Bu borada “
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari”
to‘g‘risida 2023-yil 23-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori tasdiqlangan
bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatilib o‘tilgan.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, davlat aktivlarini shaffof holda xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish
maqsadida:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan Moliya
vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari hamda davlat ishtirokidagi korxonalar bilan birgalikda
60 ga yaqin vazirlik
, idora
va
2 mingdan ortiq
davlat ishtirokidagi korxonalarning
12 mingdan ortiq
ulushlari va ko‘chmas
mulk ob’ektlari yalpi xatlovdan o‘tkazilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimlarining, vazirlik, idora hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining davlat
aktivlarini boshqarish yo‘nalishidagi asosiy vazifalaridan biri etib, bo‘sh turgan, samarasiz
foydalanilayotgan va asosiy faoliyat sohasiga taalluqli bo‘lmagan aktivlarni aniqlash bo‘yicha
xatlov ishlarini muttasil amalga oshirish va ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘rilmoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
154
Xususan, oxirgi uch yilda ustav fondida davlat ulushi mavjud 300 ga yaqin xo‘jalik
jamiyatlari va davlat unitar korxonalari (keyingi o‘rinlarda – davlat ishtirokidagi korxonalar)
va 1 600 dan ortiq ko‘chmas mulk ob’ektlari
kunda xususiylashtirildi, 650 dan ortiq korxonalar tugatildi va 160 tasi qayta tashkil etildi.
Bugungi kunda
iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat
qilish boshqarmasi
faoliyat yuritayotgan bo’lib, boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar:
Qo‘mitaga yuklatilgan funksiya va vazifalarni hududiy boshqarmalar va qo‘mitaga qarashli
tashkilotlar bilan samarali bajarilishini ta’minlash;
raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga
ko‘maklashish;
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi
(ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik
berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan
shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil
etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini berish orqali
davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish ustidan nazoratni amalga oshirish;
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplaensni
joriy qilish va uni nazoratini amalga oshirish;
Boshqarma faoliyati sohasining me’yoriy-huquqiy va metodologik bazasini
takomillashtirish.
Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga
oshiradi:
shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav
kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarni
qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir harakatlarni (bitimlarni) amalga oshirishda qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasini nazorat
qiladi;
tovar, moliya va raqamli bozorlarda bozor konsentratsiyasini baholaydi;
bozor konsentratsiyasini nazorat qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni
ishlab chiqadi;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan
shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil
etishda (qayta tashkil etishda, qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish,
o‘zgartirishda, faoliyat turi o‘zgarganda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini
berish yuasidan tovar (ish, hizmatlar) bozorida o‘rganishlar oʻtkazish hamda maʼlumotlarni
belgilangan tartibda komissiyaga taqdim qiladi;
davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplaens
tizimini joriy qiladi va uni nazoratini amalga oshiradi;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
155
xo‘jalik yurituvchi subyektlarining qo‘shilishi, birlashishi hamda xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning aksiyalarini (ulushlari) olishga oldindan ruxsat berish hamda ushbu sohadagi
qonunbuzilishlar to‘g‘risida arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyaning ishchi
organi funksiyalarini bajaradi;
monopoliyaga qarshi kurash komplaensi samaradorligining muhim ko‘rsatkichlarini
bajarish natijalarini baholaydi;
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy va metodologik
bazasini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
Boshqarma va bozor konsentratsiyasini nazorat qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha
Qo‘mitaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hamkorlikni tashkillashtiradi;
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
Boshqarma o‘z vakolati doirasida qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur
harakatlarni amalga oshiradi;
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari
faoliyatini muvofiqlashtiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, xususiy mulkchilikni qo‘llab-quvvatlash, uning rivoji uchun
keng sharoitlar yaratish bozor iqtisodiyotining muhim talablaridan hisoblanadi. Davlatimiz
rahbarining mazkur qarori shubhasiz, davlat aktivlarini shaffof holda xususiylashtirish jarayonini
tezlashtirishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Шaдиeвa, Г. (2021). Иннoвaциoн иқтиcoдиёт шapoитидa тaдбиpкopликни
pивoжлaнтиpишнинг aйpим нaзapий жиҳaтлapи. Иқтисодиёт ва таълим, (4), 210-
215.
2.
SHADIYEVA, G. (2020). Social and economic concept of “Family economy”, its
development and conceptual ways to raise welfare. ЭКОНОМИКА, (9), 168-176.
3.
Mardievna, S. G., & Boltaevna, S. F. (2021). The role of public-private partnerships
in attracting investment projects in the transport sector. Journal of Contemporary Issues
in Business and Government Vol, 27(6).
4.
Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN
TEACHING SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF
EFFECTIVENESS. Bulletin of Science and Education , (6-3 (109)), 56-61.
5.
Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov,
D., ... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets
for mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.
