Authors

  • Mohinur Yòldosheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32068

Abstract

In this thesis, the state requirements for the organization of insurance business, entities participating in the insurance business, organization of business processes in insurance organizations, formation of reserves in insurance organizations and the order of their use, providing theoretical knowledge and practical some information about the formation of skills has been given.

background image


60

SUG’URTA TASHKILOTLARIDA BIZNES JARAYONLARINI TASHKIL ETISH

Yòldosheva Mohinur Muzaffar qizi

Jizzax viloyati yuridik texnikumi òquvchisi

e-poshta:

mohinuryoldosheva427@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11126696

Annotatsiya.

Ushbu tezisda sug’urta biznesini tashkil etishga davlat tomonidan

qo'yiladigan talablar, sug’urta biznesida ishtirok etuvchi sub’ektlar, sug’urta tashkilotlarida

biznes jarayonlarini tashkil etish, sug’urta tashkilotlarida zahiralarning shakllantirilishi va undan

foydalanish tartibi haqida nazariy bilimlar berish va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish haqida

bir qancha ma`lumotlar berib o`tilgan.

Kalit so`zlar:

sug’urtaga qo'yiladigan talablar, sug’urta biznes, sug’urta zahira.

ORGANIZATION OF BUSINESS PROCESSES IN INSURANCE ORGANIZATIONS

Abstract.

In this thesis, the state requirements for the organization of insurance business,

entities participating in the insurance business, organization of business processes in insurance

organizations, formation of reserves in insurance organizations and the order of their use,

providing theoretical knowledge and practical some information about the formation of skills has

been given.

Key words:

insurance requirements, insurance business, insurance reserve.

ОРГАНИЗАЦИЯ БИЗНЕС-ПРОЦЕССОВ В СТРАХОВЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация.

В данной дипломной работе даны теоретические знания о

государственных требованиях к организации страхового дела, субъектах, участвующих в

страховом деле, организации бизнес-процессов в страховых организациях, формировании

резервов в страховых организациях и порядке их использования и некоторые сведения об

этом. дано формирование практических навыков.

Ключевые слова:

страховые требования, страхование бизнеса, страховой резерв.

Erkin bozorda iste'mol qilish uchun taklif etilishi mumkin bo'lgan va muayyan ehtiyojlami

qondirishga mo'ljallangan barcha narsalar mahsulot deb ataladi. Sug'urta mahsuloti -

sug'urtalanuvchiga sug'urta shartnomasi tuzish orqali taqdim etiladigan asosiy va yordamchi

xizmatlar yig'indisidir.

Sug'urta mahsuloti tarkibidan uning asosiy xususiyatlarini - beriladigan kafolatlar, sug'urta

summalari, franshizalar va narxni o'zida mujassam etgan “o'zak”ni shartli ravishda ajratib

ko'rsatish mumkin.


background image


61

Kafolatlar muayyan hujjatlarda (sug'urta polisi, unga ilova qilingan izohlar) va reklamada

ifoda topadi. Xuddi shular orqali sug'urtalanuvchi sug'urta mahsulotining iste'mol xususiyatlari

to'g'risida, o'z xarididan qanday manfaat topishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot oladi. Sug'urta

polisining va unga qo'shimcha hujjatlarning dizayni hamda sug'urta qiluvchining nomlanishi va

savdo markasi ham shu tarkibga kiradi.

Sug'urta mahsulotining yakuniy ifodasi kompaniya tomonidan mazkur sug'urta mahsuloti

doirasida taqdim etiladigan asosiy va qo'shimcha xizmat turlarida ifoda topadi.

Bu - sug'urta qoplamasini to'lash bilan bog'liq o'zi bajaradigan sug'urta amaliyotlari (asosiy

xizmatlar) va sug'urta hodisasini hal etish (shikastlangan avtomobilni ta'mirlash, yuridik maslahat

va yordam va h.k.) doirasidagi xizmatlardir.

Sug'urta xizmatining (sug'urta mahsulotining) sug'urtalanuvchi tomonidan xizmatni tanlab

olinishiga ta'sir ko'rsatadigan o'ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:

texnik xususiyatlar - taqdim etiladigan kafolatlar (sug'urta qoplamasi, sug'urtalanayotgan

xatarlar),

kafolatlash darajasi (sug'urta summalari), franshizalar va h.k.;

iqtisodiy xususiyatlar - narxi, sug'urta summasining indeksatsiyalanishi,

sug'urta qiluvchining foydasiga sheriklik, ssuda olish imkoniyatining mavjudligi,

sug'urta qiluvchining ishonchliligi; ijtimoiy qiymati (iste'mol bahosi) - taqdim etilayotgan

xavfsizlik, daromadlilik, umidvorlilik, sotuv amalga oshirilgandan keyingi xizmatlar (sug'urta

hodisalarini tekshirish, qo'shimcha xizmatlar, sug'urtalanuvchiga nisbatan hurmat e'tibor) sifatini

baholash.

Sug'urta mahsulotining bu xususiyatlari iste'molchi tomonidan sug'urta kompaniyasini va

lining muayyan ko'rinishdagi xizmatlami tanlab olishi uchun mezon sifatida xizmat qiladi. Albatta

bu omillarning ahamiyati bir iste'mol segmentida boshqasinikidagidan farqlanadi. Masalan,

korxonalaming rahbarlari uchun sug'urta mahsulotining texnik va iqtisodiy xususiyatlari katta

ahamiyat kasb etgan holda, ijtimoiy baholash unchalik muhim hisoblanmaydi. Jismoniy shaxslar

uchun esa, savdo markasining obro'-e'tiborga egaligi va umidvorliligi ahamiyat kasb etadi.

Mutaxassislaming tadqiqotlari ko'rsatishicha, bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan

mamalakatlarda sug'urta qoplamasi bir bo'lgan sharoitda sug'urta qiluvchini tanlashning muhim

omili sifatida quyidagilar yuz ko'rsatadi (ahamiyatliligi pasayib boradigan tartibda): o sug'urta

mahsulotining narxi (boshqa omillardan katta farq bilan oldinda turadi); sug'urta xizmatlar ining

sifati, ayniqsa sug'urta hodisalarini tekshirish va hal etish; o sug'urtalanuvchining sug'urta


background image


62

qiluvchiga bo'lgan ishonchi (savdo markasining obro'-e'tibori) va ulaming o'rtasida o'zaro

chambarchas aloqa mavjudligi.

Bozorda raqobatdoshlik kuchaygani sari sug'urta qiluvchilar o'z sug'urta mahsulotlariga

yondashuvni quyidagi masalalarda o'zgartirib turishga majbur bo'ladilar: -o'z sug'urta xizmatlari

va raqobatchilaming sug'urta mahsulotlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash; -sug'urta

mahsulotining sifati; sug'urta mahsulotining moslanuvchanligi - shartnomalar va tariflar bo'yicha

belgilangan shartlaming bozor talablarining hamda xususiy iste'molchilarning talablari

o'zgarishiga qanchalik tez moslasha olishi.

Sug'urta mahsulotlari ulaming amalda bo'lib turishiga sababchi bo'lgan asosiy, eng muhim

talab nuqtai nazaridan katta guruhlarga ajratiladi. Umumiy ehtiyoj, sug'urtaning vujudga kelish

sababi - o'z shaxsiy iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash istagini izohlaydi.

Uni bir necha o'ziga xos mayda talablarga ajratish mumlcin, ulardan eng asosiylari sifatida

quyidagilami ko'rsatish mumkin: tasodifiy noxush hodisa ro'y bergan taqdirda kafolatlanish talabi;

mehnatga layoqatlilik yoki o'lim yuz bergan holda o'zini va oilasini kafolatlash; muayyan muddat

ichida jamg'anma hosil qilish yoki o'ziga badavlat keksalikni ta'minlash. Muayyan talablar

bo'yicha sug'urta mahsulotlarini katta guruhlarga “oilalarga” ajratish mumkin va ularning har biri

bironta eng muhim ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi.

Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash uchun xizmat qiluvchi sug'urta mahsulotlari, xatarlilik

sug'urtalari sinfiga guruhlanadi va yuqorida sanab o'tilgan o'ziga xos ehtiyojlami qondirishga

yo'naltirilgan keyingi ikkitasi - hayotni sug'urtalash va pensiya sug'urtasi “oilasiga” bo'linadi.

Shundan keyin sug'urta mahsulotlari oilalari ular tomonidan qoplanadigan xatarlaming

o'xshashligi jihatidan bo'linadi. Masalan xatarlilik sifatidagi sug'urtalar ichidan mol-mulk

sug'urtasi va salomatlik sug'urtalarini alohida toifaga ajratib ko'rsatish mumkin. Ana shu toifalar

ichidan ham mutaxassislar ancha tor doiradagi sug'urta ehtiyojlarini qondirish va xatarlami

qoplashga qaratilgan sug'urta mahsulotlarining alohida turlarini ajratib chiqaradilar.

Xususan, mol-mulk sug'urtasi toifasini ko'chmas mullc sug'urtasi, avtomobil sug'urtasi,

yule sug'urtasi kabilarga bo'lish mumkin. O'z navbatida ana shu sug'urta turlari ham jamlanmalarga

ajratiladi. Mol-mulk sug'urtasi turar-joy sug'urtasi, ofislar sug'urtasi va sanoat inshootlari sug'urtasi

kabilarga bo'linadi. Bu jamlanmalar esa bevosita sug'urta mahsulotlaridan ya'ni mijozga taklif

etilayotgan xizmatlaridan tashkil topadi.

Har bir sug'urta kompaniyasi o'zi taklif etayotgan xizmatlar turlari ichida juda ko'p

mahsulotlar shahobchalariga ega bo'ladi. Sug'urta ehtiyojlarining barcha turlarini qondirish uchun


background image


63

ularning miqdori ham anchagina bo'lishi talab etiladi. Ularning har biri muayyan bozorga yolci

uning yirik segmentiga yo'naltirilgan asosiy marketing birligi hisoblanadi.

Har bir jamlanma o'z dizayniga ega bo'lib, savdo markasi va sug'urta qiluvchining nomi

bilan javob beradi. Ehtimoldagi mijoz sug'urtalanuvchining vakiliga sug'urta shartnomasi tuzish

masalasida murojaat etgan chog'ida, unga mavjud sug'urta mahsulotlari jamlanmalari doirasida

tanlov imkoniyatini beradilar.

Har qanday sug'urta mahsuloti ikki usulda - marketing yondashuvi asosida va aktuar

texnika nuqtai nazaridan ifodalanishi mumkin.

Sug'urta mahsulotiga marketing yondashuvi bu - uning iste'molchining baholash atamalari

va qiziqishlari orqali ifodalanishi bo'Isa, texnilc aktuar yondashuvi esa, sug'urta qiluvchi

tomonidan berilayotgan kafolatlar ro'yxati, sug'urta summalari va tariflar, franshizalar va shu

kabilardan iborat.

Masalan bir yil davomida bosib o'tilgan yo'lga bog'liq ravishda tarif qo'yiladigan avtomobil

sug'urtasi mana bu ko'rinishda bo'ladi: bu shunday sug'urta xizmatlaridirki, unda siz faqat

foydalanish hajmiga mos ravishda pul to'laysiz va u mashinasidan kam foydalanadiganlar

(ikkinchi mashinaning mavjudligi, haydovchining keksa yoshda ekanligi va h.k.) uchun juda

qulay. Texnik ifodada esa, bu - kafolatlar va qalqib turuvchi tarif stavkalarini hisoblash uslublari

yig'indisidir.

Xulosa shuki sug`urta shakllarini rivojlantirish biznesga ham katta foyda keltiradi. Aynan

shuning uchun ham sug`urtani yanada rivojlantirishimiz va shakllantirishimiz lozimdir.

REFERENCES

1.

https://kutubxona.samduuf.uz/download/5264

2.

https://tiyin.uz/uz/news/sugurta-tarixi.html

3.

Малышенко А.В. Правовое регулирование экологического страхования в

Российской

4.

Бажайкин А.Л. Экологическое страхование: теория, практика правового

регулирования: Дисс. канд. юрид. наук. – . – М., 2002. – С.114.

5.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi – https://lex.uz/docs/-107115

References

Малышенко А.В. Правовое регулирование экологического страхования в Российской

Бажайкин А.Л. Экологическое страхование: теория, практика правового регулирования: Дисс. канд. юрид. наук. – . – М., 2002. – С.114.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi – https://lex.uz/docs/-107115