Authors

  • Bunyodbek Qarshiboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32070

Abstract

In this thesis, the concept of insurance in the field of tourism, the practical and economic importance of insuring tourists and tourist organizations, familiarization with foreign experiences in insuring tourists are discussed.

background image


69

TURISTLAR VA TURISTIK TASHKILOTLARNI SUG`URTALASHNING CHET EL

TAJRIBALARI

Qarshiboyev Bunyodbek Islom o'g'li

Jizzax viloyati Yuridik texnikumi òquvchisi.

bunyodbekqarshiboyev98@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11126727

Annotatsiya.

Ushbu tezisda turizm sohasida sug`urta tushunchasi, turislarni va turistik

tashkilotlarni sug`urtalashning amaliy va iqtisodiy ahamiyati, turistlarni su`g`urtalashda chet el

tajribalari bilan tanishish kabilarga to`xtalib o`tilgan.

Kalit so`zlar:

turistik sug`urtalash, turistlar va sug`urta, sug’urta himoyasi, sug’urta

manfatdorligi, sug’urta javobgarligi.

FOREIGN EXPERIENCES OF INSURING TOURISTS AND TOURIST

ORGANIZATIONS

Abstract.

In this thesis, the concept of insurance in the field of tourism, the practical and

economic importance of insuring tourists and tourist organizations, familiarization with foreign

experiences in insuring tourists are discussed.

Key words:

tourist insurance, tourists and insurance, insurance protection, insurance

benefits, insurance liability.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ СТРАХОВАНИЯ ТУРИСТОВ И ТУРИСТИЧЕСКИХ

ОРГАНИЗАЦИЙ

Аннотация.

В данной дипломной работе затронуты понятие страхования в сфере

туризма, практическое и экономическое значение страхования туристов и туристских

организаций, ознакомление с зарубежным опытом страхования туристов и т.д.

Ключевые слова:

туристское страхование, туристы и страхование, страховая

защита, страховые выплаты, страховая ответственность.

Respublikamizda turistlarni shaxsiy sug‘urta qilish - sug‘urta qilishning maxsus ko‘rinishi

bo‘lib, turistlarning mulkiy manfaatini u turistik safarda, sayohatda bo‘lganda himoya qiladi.

Umuman olganda turistlarni shaxsiy sug‘urta qilish, sug‘urtalashning xavfli bir turi bo‘lib,

uning asosiy xususiyati (ahamiyati) qisqa muddatliligi shuningdek sug‘urta holatida sodir bo‘lishi

mumkin bo‘lgan katta darajadagi zararlardadir. Asosan turistlarni shaxsiy sug‘urta qilish

hodisalariga baxtsiz voqealardan sug‘urtalash, kasalliklardan sug‘urtalash, o‘lim yoki qurbon

bo‘lish hodisalari kiradi.


background image


70

Afsuski, bizning ko‘pgina fuqarolarimiz “Agar bunday bo‘lsachi-yoki unday bo‘lsachi”

degan fikr bilan bo‘lib, ya’ni ishonib-ishonmay ko‘ngli sug‘urta qilish xizmatlaridan to‘lmaganligi

sababli, turistik safarlarga chiqayotgan paytida oldindan o‘zini sug‘urtalash hayoliga ham

kelmaydi. Agarda Germaniya, Fransiya, Amerika va boshqa davlatga safarga chiqish oldidan bu

borada so‘raladigan bo‘lsa, u allaqachon sug‘urta muassasasiga murojaat qilib, bunga erishganini

bilib olish mumkin. Shaxsiy sug‘urta qilish turizmda alohida o‘rin tutadi, garchi sug‘urta qilish

holatning turlari juda kengdir.

Masalan, Fransiyaning Shimolida qor chang‘isi dam olish maskanidagi “Inko” sug‘urta

kompaniyasi tajribasini olsak. Turistlarning son suyagi sinishi natijasida uni murakkab holatda

tog‘dan shifoxonaga tashishi, maxsus operatsiya, operatsiyadan so‘ng sog‘ligini tiklash jarayoni,

aeroportga eltib qo‘yish, so‘ngra esa maxsus transportda maxsus nazorat ostida uyiga eltib qo‘yish

jarayonlariga 17000 dollardan ziyod mablag‘ sarf bo‘lgan.

Agar sug‘urta kompaniyalari bo‘lmaganda edi, aziyat chekkan turist iqtisodiy jihatdan,

moliyaviy jihatdan tanazzulga yuz tutgan bo‘lar edi. Unga bo‘lsa bu faqatgina 15 dollarga tushdi,

chunki tog‘ echkisi havaskori 2 xafta safarini sug‘urta qilgan edi. (Barcha sarf-xarajatlarni sug‘urta

kompaniyasi to‘lab bergan). Bunga o‘xshagan misollarni ko‘plab keltirish mumkin masalan;

Rossiyada turistlarning turistik sayohatlarga chiqish salmog‘i tobora ortib bormoqda. Har

bir turist turistik sayohatni niyat qilgan bo‘lsa avvalo nimani bilish kerak degan savol tuq’iladi.

Har bir sayohatga chiqqan turist avvalom bor sug‘urtaning nima ekanligini yaxshi o‘rganib

olishi kerak. Bundan tashqari sug‘urtani foydasiz tovar sifatida qabul qilmasligi kerak. Hozirgi

vaqtda Respublikamizda 60 dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatayotganligi

hammamizga ma’lum.

Moskvada 150 dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatadi, Sankt-Peterburgda 15

dan ortiq sug‘urta kompaniyalari xorijga chiquvchi turistlarga o‘z xizmatlarini taklif qilmoqdalar.

Sug‘urta badali (sug‘urta to‘lovi) ko‘rsatiladigan xizmatning murakkabligiga, turiga, turist

o‘zi uchun xohlagan sug‘urta qoplamining miqdoriga, turist yo‘l olgan mamlakat holatiga

bog‘liqdir. Vaholanki, ko‘plab sug‘urta kompaniyalar o‘z faoliyatini faqatgina tibbiy sug‘urta

orqali emas, balki faoliyat diapazonini kengaytirgan holda quyidagi xizmatlar orqali ham amalga

oshirmoqda:

- texnik xizmat: avtoturistning zarar ko‘rgan avtomobilini remont qilish yoki qo‘riqlash;

- fuqorolar ishlari bo‘yicha;


background image


71

- yuridik qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, chunki Yevropaliklarga ma’lum va

tushunarli bo‘lmagan qonunlar, an’analar va urf-odatlar bo‘lgan bir qator arab mamlakatlarida

kutilmagan holat bo‘lishi mumkin.

- turistlarning bagajlarini (yuklarini) sug‘urta qilish:

- mehmonxonalardagi o‘g‘irlatish, yo‘qotib qo‘yish hollarida, aviakompaniya xizmatidan

foydalanganda va boshqalar.

Sug‘urta qiluvchining 2 xil faoliyat olib borish tizimi bo‘lib:

1. Sug‘urta qilingan shaxs o‘zining yashash joyiga qaytib kelgandan so‘ng xarajatlarni

to‘lash (maxsus xujjatlar taqdim etish sharti bilan)

2. Sug‘urta qilingan shaxsga ma’lum muassasada xizmatlarni bepul qilishni ta’minlash.

Sug‘urta to‘lovchi hozirda ba’zi vaqtlarda sarf miqdorini dori-darmonlar orqali

qoplamoqda. Hozirda hech bir sug‘urta kompaniyasi o‘z kuchi bilan fuqarolariga chet elda xizmat

ko‘rsata olmaydilar. Shuning uchun sug‘urta kompaniyalari bu xizmatlarini ta’minlay oladigan

chet el kompaniyalari bilan birgalikda ishlash majburiyati tug‘ildi.

Bu chet ellik sheriklar: sug‘urta qiluvchi, xizmat ko‘rsatuvchi-sug‘urtachi, xizmat

ko‘rsatuvchi, sug‘urtachi yangidan sug‘urta qiluvchi sifatida o‘zlarini tanitadilar yoki namoyon

bo‘ladilar. Bu kelishuvning asosiy sharti: bunday sharoitda javobgarlikni ularga topshirib sug‘urta

mukofoti miqdoridagi mablag‘ni o‘tkazib berish (tajriba ko‘rsatishicha bu miqdor 65-95 %

atrofida).

Sug‘urta qilingan turist chet elga jo‘nash davomida bexosdan og‘rib qolganda, jismoniy

shikastlanganda odatda ko‘ngilli xizmat ko‘rsatiladi. Biroq agarda biror kishi ma’lum muddatga

(2-3 oydan ko‘proqga chegaradan tashqariga chiqadigan bo‘lsa, uning o‘zi yoki oilasi tushib

qolishi mumkin bo‘lgan noqulay holatni to‘g‘ri baholay olib, u paytda qo‘shimcha yordam

berishni tashkillashtirish zarur.

Chet elda chet el fuqarolari uchun ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat - to‘lovli va qimmatdir.

Oddiy misol, chet el sug‘urta kompaniyalarida ko‘richakni olib tashlash uchun qilinadigan

operatsiyani olsak, to‘rt kun kasalxonada bo‘lish, zarur tashxizlar va tekshirishlar uchun eng kami

15000 dollar sarflanadi, agar turistning rejadan tashqari xarajatlari hisobga olinsa:

(mehmonxonada turishi, oziq-ovqat, transport va boshqa xarajat) bu summa turistik guruhning 1

haftalik xizmatiga yaqinlashib qoladi.

Bizning fuqarolarimizda esa kolliziya (collisio) holatida zarur bo‘lgan asbob-uskunalar

yo‘q. Masalan; Rossiya sug‘urta bozorlarida hozir ish juda faol ketmoqda, turistlarni sug‘urta


background image


72

qilishga talab juda katta, hatto oxirgi vaqtda bozorning bu sektorida ba’zi o‘ziga xos raqobatlar

ham vujudga kelmoqda.

Turist sug‘urta muassasasining bir mijozi sifatida tashkilotning zarur holatda yordam

qanchalik tez va kerakli darajada bo‘lishi bilan qiziqadi. Bu tashkilotning qaysi chet el sug‘urta

yoki xizmat tashkiloti bilan birga ishlayotgani ham muhim ahamiyatga ega. Javobgar sug‘urta

tashkilotlari, sotuvchi sug‘urta muassasalari hozirgi vaqtda assistance yordamiga shoshadi va

hokazo. Masalan; Rossiyada sug‘urta kompaniyalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki vositachi orqali tibbiy

yordam va boshqa xizmatlarga ixtisoslashgan firma bilan shartnoma tuzadi. Taklif qilingan

xizmatlar jadvali juda keng, toki vizalarni tayyorlash va chiptalarni almashtirishgacha bo‘lgan

muammolarni hal qilishadi.

Masalan Shveytsariyaning ELITA sug‘urta kompaniyasi GSF “Stinvest” bilan

hamkorlikda avtomobilchilar uchun maxsus xizmatlar taklif qilgan. Mashina urilganda,

avtohalokatda, texnika uzoq masofani bosib o‘ta olmaydigan holatda, firma yo‘lovchilar va

haydovchini o‘z yurtiga qaytishini ta’minlaydi.

Keng qamrovli va anchadan beri ishlab kelayotgan (1959-yildan beri) fransuz kompaniyasi

- assistance GESA (Groupe Europen S .A) mijozni yuridik yordam va qarindoshlariga xabar berish

bilan ta’minlaydi. GESA boshqa adresga ketib qolgan yukni qaytarishni ta’minlaydi yoki

hujjatlarni yo‘qotib qo‘ysangiz yordam beradi, shu bilan birga sug‘urta qilingan shaxsni bolalarini

qaytarishni ta’minlaydi. (mabodo boshqaruvchi kerak bo‘lib qolsa). Bu kompaniya muassasalari

quyidagilarni taklif qiladi. “ROSNO” “Planeta fond”, “Evropolis”, “Medaso”. GESA faol ravishda

o‘z xizmatlarini jahon bozorlarida yurgizib turibdi. Uning tarmoqlaridan foydalanish va tegishli

polislarni sotish huquqiga ega bo‘lishlari uchun sug‘urtachilar “sug‘urtalash jamiyati”ga murojaat

qilishi kerak, u “GESA” ning Rossiyadagi vakilidir. Shuningdek, imtiyozli tarifli “minimal polis”

larni o‘z ichiga olgan turli spektrdagi bir nechta polis turlarini sotish ham ta’minlanadi.

Kelishuvga binoan sug‘urta kompaniyalari hamkori bilan polis tomonidan ko‘rsatiladigan

xizmatlar hajmini ham belgilab oladi. Keltirilgan xizmatlarni bajarish mas’uliyati assistance

kompaniya zimmasida yotadi va hamkor o‘rtasidagi hisoblar avans yoki xizmat haqi “asos

bo‘yicha” kelishuv bo‘yicha olib boriladi. Har bir assistance kompaniya, polis amal qiladigan

mintaqalarda joylashgan navbatchi markaz va byurolardan tashkil topgan tarmoqqa ega

Sug‘urtalash vaqti kelganda mijoz polis yoki identifikshezion kartochkada ko‘rsatilgan

biron bir navbatchi markaz telefon nomeriga qo‘ng‘iroq qilishi kerak.

Navbatchi markaz chaqiruvini mijoz uchun eng yaqin bo‘lgan byuroga jo‘natadi. U

xizmatning bevosita tashkillatishi bilan shug‘ullanadi va barcha xarajatlar qoplanishini


background image


73

tasdiqlaydi. Amalda markazning qanchalik ko‘p byurolari bo‘lsa, mijoz uchun shuncha tez yordam

beradi. Sug‘urta kompaniyalari ichida (shu o‘rinda o‘z mijozlariga) xizmat ko‘rsatuvchi barcha

assistance kompaniyalar obro‘li hisoblanadi. Ular Yevropani ham yetarli darajada qamrab olgan.

Agar turistlar Yevropadan tashqariga chiqmoqchi bo‘lsa, sug‘urta kompaniyasida uning

xorijiy hamkori turist bormoqchi bo‘lgan hududda qanchalik borligini aniqlashga harakat qiladi.

ASK “Iventa” (“Euenta”) sifatli xizmatining kafolati bo‘lib, xorijda Yevropadagi

medasismont kompaniyalarning eng obro‘lilaridan biri bo‘lgan “Roland assistance” (Germaniya)

hisoblanadi.

ASK “Ivento” polisi transnatsional, sug‘urta kompaniyasi tomonidan “I-ES-Ji” (ESG) da

100 mlrd. dollardan ortiq kapital bilan ishonchli sug‘urtalangan. ESG (European Specialitu Group

Hedical Consortion ) tarkibiga Mercantile va General, Bronto Union Re, Zurich Standia

international, stockndm CUP Assurances va boshqalar kiradi.

Dunyoning 50 mamlakatida ESG Roiiand assistance yordam markazi bilan bog‘lanish

uchun bepul telefonlar bor. Sug‘urtalash holati duch kelganda xorij tilida gapiruvchi operatorga

telefon qilindi deylik (telefonlar polisda ko‘rsatilgan). Bunda mijoz kasallangan turistga

davolanish, ko‘rinish, tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, avtotransport evakuatsiyasi kabi xarajatlarga

ketadigan moddiy hisobotlarda qatnashmaydi. Tibbiy xarajatning yana bir varianti bo‘lib, g‘arb

kompaniyalari ulushi bo‘lgan polislarni sotib olish kiradi.

Bunday polislarni Germaniya hududiga boruvchilar sotib olishlari ma’qulroq bo‘lgan

Germaniyaning “Kolonia” kompaniyasi bilan mas’uliyatni bo‘lib oluvchi Moskvaning “Ruslan”

kompaniyasi sotadi. Masalaga yaqindan yondashadigan bo‘lsak chet el sug‘urta

kompaniyalarining barchasi bir-birlari bilan uzviy aloqada bo‘lishadi. Bizning Respublikamizda

ham turistlarni sug‘urtalashda chet el turistik sug‘urta kompaniyalari bilan aloqani

mustahkamlashni joiz deb bilamiz. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida chet el

tajribalaridan foydalanish turistlarimiz uchun ham sug‘urta kompaniyalari uchun ham juda katta

foyda keltiradi deb o‘ylaymiz.

Xulosa shuki turistlarni shaxsiy sug‘urta qilish, sug‘urtalashning xavfli bir turi bo‘lib,

uning asosiy xususiyati (ahamiyati) qisqa muddatliligi shuningdek sug‘urta holatida sodir bo‘lishi

mumkin bo‘lgan katta darajadagi zararlardadir. Asosan turistlarni shaxsiy sug‘urta qilish

hodisalariga baxtsiz voqealardan sug‘urtalash, kasalliklardan sug‘urtalash, o‘lim yoki qurbon

bo‘lish hodisalari kiradi. Afsuski, bizning ko‘pgina fuqarolarimiz “Agar bunday bo‘lsachi-yoki

unday bo‘lsachi” degan fikr bilan bo‘lib, ya’ni ishonib-ishonmay ko‘ngli sug‘urta qilish


background image


74

xizmatlaridan to‘lmaganligi sababli, turistik safarlarga chiqayotgan paytida oldindan o‘zini

sug‘urtalash hayoliga ham kelmaydi.

Bizning respublikamizda ham turistlarni sug‘urtalashda chet el turistik sug‘urta

kompaniyalari bilan aloqani mustahkamlashni joiz deb bilamiz. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish

jarayonida chet el tajribalaridan foydalanish turistlarimiz uchun ham sug‘urta kompaniyalari

uchun ham juda katta foyda keltiradi deb o‘ylaymiz.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.

2.

Гуляeв В.Г. Правовоe рeгулированиe туристской дeятeльности. - М.: Финансы и

статистика. 2005. - 360-364 с.

3.

Лифиц И. М. Стандартизация, мeтрология и сeртификация: Учeбник. – М.: Юрайт-

Издат. 2006. – 36-39 с.

4.

Боголюбов В.С. Экономика туризма. Учeбноe пособиe. - М.: Акадeмия. 2005. – 92-95 с

5.

Гвоздeнко А.А. Страхованиe в туризмe. Учeбноe пособиe. - М.: Акадeмия,

2005. -24-27

с

6.

www.world-tourism.org – Всeмирная туристская организация

References

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.

Гуляeв В.Г. Правовоe рeгулированиe туристской дeятeльности. - М.: Финансы и статистика. 2005. - 360-364 с.

Лифиц И. М. Стандартизация, мeтрология и сeртификация: Учeбник. – М.: Юрайт-Издат. 2006. – 36-39 с.

Боголюбов В.С. Экономика туризма. Учeбноe пособиe. - М.: Акадeмия. 2005. – 92-95 с

Гвоздeнко А.А. Страхованиe в туризмe. Учeбноe пособиe. - М.: Акадeмия, 2005. -24-27 с

www.world-tourism.org – Всeмирная туристская организация