Authors

  • Qodirjon Yusupov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32082

Abstract

In this article, the scope of related rights, objects of related rights, subjects of related rights, signs of protection of related rights, rights of the performer, transfer of the rights of the performer to another person, rights of the producer of the phonogram, rights of the organization that broadcasts or broadcasts on air or cable, related the period of validity of the rights, the transformation of objects of similar rights into social property and other similar cases are described with analysis.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

197

TURDOSH HUQUQLAR VA ULARNING AMAL QILISH SOHASI

Qodirjon Yusupov

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

magistratura bosqichi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11128056

Annotatsiya.

Ushbu maqolada turdosh huquqlarning amal qilish sohasi, turdosh huquqlar

obyektlari, turdosh huquqlar subyektlari, turdosh huquqlarning muhofaza belgilari, ijrochining
huquqlari, ijrochining huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish, fonogrammani tayyorlovchining
huquqlari, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari,
turdosh huquqlarning amal qilish muddati, turdosh huquqlar obyektlarining ijtimoiy mulkka
aylanishi va shu kabi boshqa holatlar tahlil qilingan holda bayon etiladi.

Kalit so‘zlar.

Turdosh huquqlar, fonogramma, “R” harfi, ijro yozuvi, efir, huquqiy voris,

efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv, retranslatsiya.

RELATED RIGHTS AND THEIR SCOPE

Abstract.

In this article, the scope of related rights, objects of related rights, subjects of

related rights, signs of protection of related rights, rights of the performer, transfer of the rights
of the performer to another person, rights of the producer of the phonogram, rights of the
organization that broadcasts or broadcasts on air or cable, related the period of validity of the
rights, the transformation of objects of similar rights into social property and other similar cases
are described with analysis.

Keywords:

Related rights, phonogram, letter "R", performance recording, broadcast, legal

successor, broadcast or cable broadcast, retransmission.

СМЕЖНЫЕ ПРАВА И ИХ ОБЪЕМ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются объем смежных прав, объекты

смежных прав, субъекты смежных прав, признаки охраны смежных прав, права
исполнителя, переход прав исполнителя к другому лицу, права исполнителя. Анализируются
производитель фонограммы, права организации, осуществляющей передачу или передачу в
эфир или по кабелю, срок действия смежных прав, превращение объектов смежных прав в
общественную собственность и другие подобные случаи.

Ключевые слова:

Смежные права, фонограмма, буква «Р», запись исполнения,

передача в эфир, правопреемник, передача в эфир или по кабелю, ретрансляция.


Intеllеktual faoliyat mahsullari orasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari

alohida ajralib turadi. Bu alohidalik ijodkor-muallif huquqiy maqomida ham, mualliflik huquqi va
turdosh huquqlar obyekti bo‘lgan fan, adabiyot, san’at asarlari, ijrochilik faoliyati huquqiy
rеjimida ham o‘z ifodasini topgan. Jahonda turli mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-madaniy aloqalar
o‘sib borgani sayin bir mamlakatdagi ijodkorlar asarlaridan boshqa mamlakatlardagi kishilar
foydalanish imkoniyatlari kеngayib bormoqda, bu esa mualliflik va turdosh huquqlar dunyoning
ko‘p mamlakatlarida bir xilda tartibga solinishiga bo‘lgan zaruratni vujudga kеltirmoqda.

Soha mutaxasislaridan, xususan Kazlen Valch hatto eng murakkab va kuchli sun’iy

intellekt ham tirik mavjudot emas, balki oddiy texnika bo'lib qoladi yoki boshqa qilib aytganda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

198

ixtirochilarning qo‘lidagi asbob ekanligini hisobga olsak, intellectual mulk huquqlari faqat
jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin, deb ta’kidlaydi.

Shuningdek, Maria Diazning fikricha, sun’iy intellekt inson ishtirokisiz mustaqil ravishda

asar yaratish qobiliyatiga ega emasligi sababli, sun’iy intellektning orqasida aynan inson ijodkorlik
huquqiga ega bo'lishi lozimdir. Gabrielening so‘zlariga ko`ra, agar sun’iy intellektga intellektual
mulk huquqlarini berish yuzasidan ko'rib chiqish kerak bo'lsa ham, hozir vaqti emas, chunki sun’iy
intellekt uni ko‘rib chiqish kerak bo‘lgan rivojlanish darajasiga chiqmagan.

Shu o‘rinda biz turdosh huquqlar o‘zi nima, obyekti va subyekti, turdosh huquqlarning

muhofaza qilishi kabi holatlarga oydinlik kiritib olishimiz lozim hisoblanadi

1

.

Bizga ma’lumki, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish

beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlar turdosh huquqlar deb hisoblanadi.

“Ijrochining huquqlari quyidagi shartlardan biriga rioya etilgan taqdirda, ushbu Qonunga

muvofiq unga tegishli deb e’tirof etiladi:

ijrochi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lsa;
ijrochining fuqaroligidan qat’i nazar, ijro birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi

hududida amalga oshirilgan bo‘lsa;

ijro ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalariga muvofiq muhofaza qilinadigan

fonogrammaga yozilgan bo‘lsa;

fonogrammaga yozilmagan ijro ushbu moddaning uchinchi qismi qoidasiga muvofiq efir

yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning muhofaza qilinadigan
ko‘rsatuv yoki eshittirishiga kiritilgan bo‘lsa.

Fonogrammani tayyorlovchining huquqlari quyidagi shartlardan biriga rioya etilgan

taqdirda, ushbu Qonunga muvofiq unga tegishli deb e’tirof etiladi:

fonogrammani tayyorlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O‘zbekiston

Respublikasi hududida joylashgan yeriga ega bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lsa;

fonogrammani tayyorlovchining fuqaroligi yoki joylashgan yeridan qat’i nazar,

fonogramma birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi hududida chop etilgan bo‘lsa.

Efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari, agar

tashkilot O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yeriga ega bo‘lsa hamda efirga uzatish
yoki kabel orqali yuborishni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uzatgichlar
yordamida amalga oshirayotgan bo‘lsa, ushbu Qonunga muvofiq mazkur tashkilotga tegishli deb
e’tirof etiladi.

Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro

shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan turdosh huquqlari
ham ushbu Qonunga binoan e’tirof etiladi”

2

.

turdosh huquqlar subyektlari ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar, efir yoki kabel

orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar hisoblanadi.

1

Gabriele (2021), Patent Systems and Artificial Intelligence: Towards a New Concept of Inventorship? Zenodo,

https://doi.org/10.5281/zenodo.5720649 .

2

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida/O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 20.07.2006-yildagi O‘RQ-

42-son/43-modda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

199

Turdosh huquqlarning yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun turdosh huquqlar

obyektini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.

Turdosh

huquqlar

postanovkalarga,

ijrolarga,

ijrolarning

yozuvlariga,

ko‘rsatuvlar/eshittirishlarni efir va kabel orqali uzatish tashkilotlarining ko‘rsatuv va
eshittirishlariga tarqatiladi.

“Shuni nazarda tutish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi intellektual mulk

ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza qilish va himoya qilish sohalarida yagona davlat
siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi bo‘lib, Intellektual mulk agentligining barcha
huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi”

3

.

Ijrolarga bo‘lgan huquqlar ijro etuvchilar – artistlar, sahnalashtiruvchi rejisserlar, dirijerlar

va ularning merosxo‘rlariga tegishli bo‘lvadi.Bunday ijrolardan foydalanish huquqi boshqa huquq
vorislariga o‘tishi mumkin.

Ijro yozuviga bo‘lgan huquq bunday yozuvni yaratgan shaxsga yoki uning huquq vorisiga

tegishlidir. Translatsiyaga bo‘lgan huquq ko‘rsatuv/eshittirishni yaratgan efirga uzatish
tashkilotlariga tegishlidir. Jamiyat manfaatlarini kеngroq ta’minlash, dunyoda sodir bo’layotgan
voqеa va hodisalardan хabardor bo’lish uchun mualliflik huquqi chеklanishi mumkin. Ayrim
asarlarga nisbatan mualliflik huquqi tadbiq qilinmasligi mumkin. Mualliflik huquqini muhofaza
qilish muddati tugagandan kеyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi va bunday asardan barcha erkin
foydalanishi mumkin.

Mazkur chеklashlar asardan normal foydalanilishiga o’rinsiz ziyon yеtkazmagan va

muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-moddasidagi o‘n to‘rt yoshdan o‘n

sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z
intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqining vudga
kelishini 29-moddasiga ko‘ra: Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar
quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar:

1) mayda maishiy bitimlar;
2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro‘yxatidan

o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar;

3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki

erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlar.

Ushbu moddaga to‘rtinchi band sifatida fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing

yoxud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini
amalga oshirish deb o‘zgartirilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki hozirgi zamonaviy dunyoda
axborot almashinuvi jadallik bilan rivojlanyapti va o‘n to‘rtga yoshga to‘lmagan bolalar ham turli
xil ixtiro, qo‘shiq, musiqa, san’at asarlari yoki boshqa intellektual faoliyat natijasining mualliflari
bo‘lishyapti, buning natijasida ushbu intellektual faoliyat natijalari himoya qilinishi kerak, aks
holda o‘zgalar tomonidan mualliflarning ushbu huquqlari buzib foydalanishlari mumkin. Biroq
mamlakatimizda o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalar intellektual faoliyat natijalarini yaratsa, ularda

3

Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini

takomillashtirish Scienceweb academic papers collection.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

200

mualliflik huquqlari vujudga kelmaydi. Agar bolalarga ular maktabga borganliklaridan mualliflik
huquqi nimaligini, u boshqalar mehnati mahsuli ekanligini, uni o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirish
mumkin emasligi tushuntirilsa, odamlarning huquqiy madaniyati hozirgidan ko‘ra yaxshiroq
bo‘lardi. Bundan tashqari, mualliflik huquqlari intellektual faoliyat tarkibiga kirganligi uchun
hozirgi kunda O‘zbekistonda amaldagi sudlarga qo‘shimcha ravishda yangi, intellectual mulk
masalalariga ixtisoslashgan sudlarni institutini shakllantirish kerak

4

.

Turdosh huquqlarning amal qilish muddati haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, unga ko‘ra

ijrochiga nisbatan nazarda tutilgan huquqlar ijro birinchi marta ijro etilgandan keyin ellik yil
mobaynida amal qiladi.

Ijrochining ismi-sharifga bo‘lgan hamda ijroni ijrochining sha’ni va qadr-qimmatiga zarar

yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha
tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqlari muddatsiz muhofaza qilinadi.

Fonogrammani tayyorlovchiga nisbatan nazarda tutilgan huquqlar fonogramma birinchi

marta chop etilganidan keyin ellik yil mobaynida yoxud, agar fonogramma uning birinchi
yozuvidan keyin ellik yil ichida chop etilmagan bo‘lsa, shu muddat mobaynida amal qiladi.

Efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning o‘z ko‘rsatuvi yoki

eshittirishiga nisbatan nazarda tutilgan huquqlari bunday ko‘rsatuv yoki eshittirish birinchi marta
efirga uzatilganidan yoki birinchi marta kabel orqali yuborilganidan keyin ellik yil mobaynida
amal qiladi.

Turdosh huquqlar obyektlariga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga

muvofiq muhofaza berilganda O‘zbekiston Respublikasi hududida turdosh huquqlarning amal
qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin bu muddat turdosh huquqlar obyektlari
kelib chiqqan mamlakatda belgilangan turdosh huquqlarning amal qilish muddatidan oshib
ketmasligi kerak.

Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning o‘ta boshlashi uchun

asos bo‘ladigan yuridik fakt ro‘y bergan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e’tiboran
boshlanadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarning qolgan qismi doirasida ijrodan,

fonogrammadan, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning
ko‘rsatuvi yoki eshittirishidan foydalanishni amalga oshirish yoxud foydalanishga ruxsat berish
va haq olishga bo‘lgan huquq ijrochining, fonogrammani tayyorlovchining, efir yoki kabel orqali
ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning merosxo‘rlariga (yuridik shaxslarga nisbatan —
huquqiy vorislariga) o‘tadi

5

.

Shuni nazarda tutish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi intellektual mulk

obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza qilish va himoya qilish sohalarida yagona davlat
siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi bo‘lib, Intellektual mulk agentligining barcha
huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi

6

.

4

Sharifxodjayev M. Formirovaniye otkritogo grajdanskogo obshestva v Uzbe kistane. – T., 2002 101-bet

5

https://lex.uz/ru/docs/-1022944#-1023271

6

Egamberdieva N.X.. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining

Oliy o‘quv kurslari axboratnomasi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

201

Bizning fikrimizcha, hozirgi kunda chet davlatlar ijrolari va musiqalardan ko‘chirib

olingan intellektual mulk obyektlariga ham davlat nazoratini ta’minlash lozim, hozirgi
qonunchiligimizda yuridik yoki jismoniy shaxs qachonki ariza bilan murojaat qilgandagina
o‘zining intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishi mumkinligi nazarda
tutilgan. Ushbu qonun hujjatlariga qo‘shimcha sifatida davlat o‘z tashabbusi bilan chet eldan kirib
kelayotgan noqonuniy intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi
va intellektual mulk sohasini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lar edi deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-sonli «Yangi
O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyundagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to‘g‘risida”gi qonuni 42-son Qonuni.

3.

Dadasheva A.A. INSON HUQUQLARI BO‘YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023)
Innovatsionnыe issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika 2 (17), 87-90

4.

Kasimova A.A Роль женщины в современной науке Society and innovations/in Science
LLC 8 (08/2023), 226-234

5.

Egamberdieva N.X.Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari AXBORATNOMASI

6.

Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining
huquqiy mexanizlarini takomillashtirish Scienceweb academic papers collection

7.

Sharifovna, Y. N. (2021). Theoretical Fundamentals of Spiritual Culture Research.
American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(9), 111-115.

8.

Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari - Academic research in
educational sciences, 2022

9.

https://lex.uz/ru/docs/-1022944#-1023271

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-sonli «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyundagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuni 42-son Qonuni.

Dadasheva A.A. INSON HUQUQLARI BO‘YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) Innovatsionnыe issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika 2 (17), 87-90

Kasimova A.A Роль женщины в современной науке Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

Egamberdieva N.X.Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari AXBORATNOMASI

Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish Scienceweb academic papers collection

Sharifovna, Y. N. (2021). Theoretical Fundamentals of Spiritual Culture Research. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(9), 111-115.

Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022