Authors

  • Shaxlo Kamolova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32083

Abstract

In this article, the author briefly points out the relationship with insurance, the concept of insurance, the provisions established in some of our legislation, including the Constitution, the Civil Code of the Republic of Uzbekistan, the law of the Republic of Uzbekistan on insurance activities.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

202

SUG‘URTA MUNOSABATLARI XUSUSIDA QISQACHA FIKRLAR

Kamolova Shaxlo Tirkashevna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi, 3-darajali yurist.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11128079

Annotatsiya

. Ushbu maqolada muallif tomonidan sug‘urta bilan bog‘liq munosabatlar,

sug‘urta tushunchasi, ayrim qonun hujjatlarimizda, jumladan, Konstitutsiya, O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonunida belgilangan qoidalar xususida qisqacha fikrlar yuritilgan.

Kalit so‘zlar

: sug‘urta, iqtisodiy kategoriya, sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalovchi, naf

ko‘ruvchi, ixtiyoriy sug‘urta, majburiy sug‘urta, qayta sug‘urta

.

BRIEF THOUGHTS ON INSURANCE RELATIONS

Abstract

. In this article, the author briefly points out the relationship with insurance, the

concept of insurance, the provisions established in some of our legislation, including the
Constitution, the Civil Code of the Republic of Uzbekistan, the law of the Republic of Uzbekistan
on insurance activities.

Key words:

insurance, economic category, insurer, insurer, beneficiary, voluntary

insurance, compulsory insurance, reinsurance.

КРАТКИЕ МЫСЛИ О СТРАХОВЫХ ОТНОШЕНИЯХ

Аннотация.

В данной статье автором кратко рассмотрены отношения,

связанные со страхованием, понятие страхования, правила, установленные в некоторых
наших законодательных актах, в том числе в Конституции, Гражданском кодексе
Республики Узбекистан, Законе Республики Узбекистан “О страховой деятельности”.

Ключевые слова:

страхование, экономическая категория, страхователь,

страховщик, бенефициар, добровольное страхование, обязательное страхование,
перестрахование.

Bugungi kunda sug‘urta munosabatlari jamiyat hayotidagi ijtimoiy munosabatlarning bir

turi sifatida ancha rivojlangan, madaniy tus olgan, o‘zining qonunchilik mexanizmiga ega bo‘lgan
ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Maʼlumki, sug‘urta jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy
va shaxsiy nomulkiy manfaatlarini himoya qiluvchi samarali vosita biri sifatida insoniyat
taraqqiyotining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lgan.

Avvalo, sug‘urta mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida pul munosabatlari tizimida salmoqli

ahamiyat kasb etadi va moliya, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan chambarchas bog‘liqdir.

Odatda, moliya yalpi ichki mahsulotni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida vujudga

keladigan maqsadli pul fondlarining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pul
munosabatlarini ifodalasa, kredit aholi, korxona, tashkilotlar ixtiyoridagi vaqtincha bo‘sh turgan
mablag‘larni jalb etish va undan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlarining majmui
hisoblanadi. Sug‘urta deganda esa oldindan bilib bo‘lmaydigan tabiiy va boshqa hodisalar ro‘y
berishi natijasida ko‘riladigan zararlarning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq maqsadli pul fondlarini
shakllanishi va undan foydalanish bo‘yicha pul munosabatlari yig‘indisi tushuniladi.

prof. H.Sobirov ilmiy adabiyotlarda sug‘urta tushunchasiga quyidagicha taʼrif beradi:

“ko‘pchilik adabiyotlarda sug‘urta so‘zi xavf-xatar, dahshat, vahima maʼnosida ishlatiladi, chunki


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

203

ko‘rsatilgan tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalar natijasida jamiyat hayotiga moddiy zarar
yetkaziladi. Lekin sug‘urta deganda ana shu ruhiy holatlar emas, balki bular orasida vujudga
kelgan va paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda zararlar va ularni kuchini qirqishga
qaratilgan tadbirlar, zarar natijasida vujudga kelgan kamomadning o‘rnini to‘ldirish, bu
yo‘nalishda yuzaga keladigan sug‘urtalovchi tashkilotlar va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasidagi
munosabatlar ko‘zda tutiladi”

1

.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabr O‘RQ-730-son “Sug‘urta faoliyati

to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi

2

da sug‘urta bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardagi asosiy

tushunchalar xususida taʼriflar keltirilgan va unga ko‘ra, sug‘urta deganda muayyan voqea
(hodisa) yuz berganda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, tovonlar va boshqa to‘lovlar to‘lash
uchun maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan,
jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlar majmui
tushuniladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasning Fuqarolik kodeksining ham bir qator
moddalari, jumladan, 914-961-moddalari bevosita sug‘urta bilan bog‘liq fuqarolik huquqiy
munosabatlari tartibga soladigan normalarni belgilab beradi.

Sug‘urta faoliyati bu sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani va qayta

sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatidir. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksiga muvofiq, sug‘urta fuqaro yoki yuridik shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urta tashkiloti
(sug‘urtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug‘urta shartnomalari asosida amalga
oshiriladi. Demak bu munosabat shartnoma tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilikka
asosan sug‘urta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. Ixtiyoriy sug‘urta turlari
bo‘yicha xizmatlar jismoniy va yuridik shaxslarga, ularning roziligi bilan ko‘rsatiladi. Ixtiyoriy
sug‘urta turlariga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki sug‘urtasi, transport
vositalarisug‘urtasi, hayot sug‘urtasi, moliyaviy va tadbirkorlik risklari sug‘urtasini misol
tariqasida keltirish mumkin. Ixtiyoriy sug‘urtadan farqli ravishda majburiy sug‘urta qonunchilik
hujjatlariga asosan o‘tkaziladi va bunda ko‘rsatilgan yuridik hamda jismoniy shaxslarning
manfaati ularning irodasidan qatʼi nazar, majburiy sug‘urta qilinadi.

Sug‘urta turi deganda sug‘urta tashkiloti tomonidan bir yoki bir nechta sug‘urta klasslari

doirasida ishlab chiqilgan va taqdim etiladigan aniq sug‘urta xizmati tushuniladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabr O‘RQ-730-son “Sug‘urta faoliyati

to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi:

- hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul

taʼminoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng
kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug‘urta summalarining sug‘urta shartnomasida
ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini qamrab
oladi);

- umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni

sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari).

1

H.Sobirov. Sug‘urta: 100 savol va javob.-T.: “Mehnat” nashriyoti, 1998 yil. 8-9-betlar.

2

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabr O‘RQ-730-son “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.

https://lex.uz/docs/5739117?ONDATE=25.02.2022%2000.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

204

Sug‘urta bilan bog‘liq qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham o‘z

ifodasini topganligini ko‘rish mumkin. Sug‘urta bilan bog‘liq masalalar asosan konstitutsiyaning
mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy
jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari, davlat aholining ijtimoiy jihatdan
ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli
ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini
mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni nazarda tutgan
moddalari mazmunidan anglashiladi.

Biroq Konstitutsiyamizning 48-moddasida “Davlat ... tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini

rivojlantirish... choralarini ko‘radi”

3

- deb belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bunda fuqarolarning hayoti va

sog‘lig‘ining sug‘urtalanishi eʼtirof etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 916-moddasida sug‘urtalashga yo‘l

qo‘yilmaydigan manfaatlar to‘g‘risidagi so‘z yuritilgan, yaʼni g‘ayriqonuniy manfaatlarni
sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi, qimor, lotereyalar va garov o‘yinlarida ishtirok etishda
ko‘riladigan zararni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi, garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida
shaxs majburan qilishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi va sug‘urta
shartnomalari mazmunida yuqorida aytilgan qoidalar ifolangan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan haqiqiy emas
deb topiladi.

Fikrlarimiz so‘nggida aytish lozimki, sug‘urta qilish yo‘li bilan to‘plangan sug‘urta

mukofotlarini katta qismi sug‘urta zahiralarida saqlanadi va u sug‘urta tashkilotlarini iqtisodiyotni
har xil tarmoqlarini investitsiya resurslari bilan taʼminlovchi yirik investorga aylantiradi. Sug‘urta
himoya vositasi bo‘lishi bilan bir qatorda iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini taʼminlovchi
omillardan biridir ham. Shu bois kutilmagan salbiy voqea-hodisalarning sodir bo‘lishi natijasida
ko‘rilgan zararni o‘rnini qoplash uchun insonlar o‘z hayotlarini baxtsiz hodisalardan, korxona va
tashkilotlar esa tabiiy hamda boshqa xavf-xatarlarning ro‘y berish oqibatlaridan sug‘urta qilishadi.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasning Fuqarolik kodeksi. https://lex.uz/docs/111189.

3.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabr O‘RQ-730-son “Sug‘urta faoliyati
to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/5739117?ONDATE=25.02.2022%2000.

4.

H.Sobirov. Sug‘urta: 100 savol va javob.-T.: “Mehnat” nashriyoti, 1998 yil.

3

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasning Fuqarolik kodeksi. https://lex.uz/docs/111189.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabr O‘RQ-730-son “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/5739117?ONDATE=25.02.2022%2000.

H.Sobirov. Sug‘urta: 100 savol va javob.-T.: “Mehnat” nashriyoti, 1998 yil.