Authors

  • SHaxnoza Buriyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32084

Abstract

This article analyzes the essence of the concept of Sufism, its emergence and development in the Islamic world, as well as the first scientific-theoretical views and studies related to Sufism scholars, and describes the process of their development as an image.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

205

TASAVVUF ALLOMALARI OBRAZINING TARIXIY TARAQQIYOTI

SHaxnoza Buriyeva

Termiz davlat universiteti 1-kurs

Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti) yo’nalishi magistranti.

Termiz, O’zbekiston.

+998948940119

sh.b.alisherovna@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11128099

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tasavvuf tushunchasining mohiyati, uning islom olamida

paydo bo’lishi va taraqqiy etishi, shuningdek, tasavvuf allomalari bilan bog’liq ilk ilmiy-nazariy
qarashlar, tadqiqotlar tahlil qilinib, ularning obraz sifatidagi taraqqiyot jarayoni tavsiflanadi.

Tayanch so’zlar:

shayx, manoqib, tabaqoti so’fiya, diniy-ma’rifiy qissa.

HISTORICAL DEVELOPMENT OF THE IMAGE OF MYSTICAL LOGISTICS

Abstract.

This article analyzes the essence of the concept of Sufism, its emergence and

development in the Islamic world, as well as the first scientific-theoretical views and studies
related to Sufism scholars, and describes the process of their development as an image.

Key words:

shaykh, manoqib, Tabaqati Sufi, religious-educational story.

ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ОБРАЗА МИСТИЧЕСКОЙ ЛОГИСТИКИ

Аннотация.

В данной статье анализируется сущность понятия суфизм, его

возникновение и развитие в исламском мире, а также первые научно-теоретические
взгляды и исследования, относящиеся к ученым-суфизму, и описывается процесс их
развития как образа.

Ключевые слова:

шейх, манкиб, суфий Табакати, религиозно-просветительский

рассказ.

Yurtimizda istiqlolning dastlabki yillaridayoq tasavvuf va unga aloqador mavzularda bir

qator yangiliklar, ilmiy izlanishlar olib borildi. Jumladan, mustaqillikdan so’ng tasavvuf allomalari
va ularning ilmiy merosiga yuksak hurmat va ehtirom ko’rsatildi. Xususan, 1993-yilda Xoja
Bahouddin Naqshbandning 675 yillik yubileyi, 2003- yilda Xoja Abdulholiq G’ijduvoniyning 910
yilligi, 2004-yilda Xoja Ahror Valiyning 600 yillik yubileyi keng nishonlandi. Bundan tashqari,
2008- yildan e’tiboran “Naqshbandiya” ilmiy-irfoniy jurnal nashr etilib kelinmoqda. Shuningdek,
tasavvuf allomalarining hayoti va faoliyatiga doir asarlar tarjima qilinmoqda. Jumladan, 1991- yil
Xoja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” to’plami, 1993-yilda Xoja Bahouddin Naqshband hayot
yo’li va ma’rifiy merosini yoritishga bag’ishlangan Muhammad Boqir ibn Muhammad Alining
“Maqomati Xoja Bahouddin Naqshband” asari, 2003-yilda Hakim Termiziyning “Manozil ul-ibod
min al-iboda” asari, 2004-yilda Xoja Ahror Valiyning to’rt asari jamlanib, “Tabarruk risolalar”
to’plami ostida nashr etildi.

Shuningdek, I.Haqqulovning “O’zbek tasavvuf she’riyatining shakllanishi va taraqqiyoti

(g’oyaviylik, izdoshlik, obrazlar olami)” (1995), A.Abduqodirovning “Tasavvuf va Alisher
Navoiy ijodiyoti (Vahdat ul-vujud problemasi bo’yicha)”, K.Mullaxo’jayevning “Alisher Navoiy
g’azaliyotida tasavvufiy timsol va badiiy san’atlar uyg’unligi (“Badoye ul-bidoya” asosida)”
doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarida tasavvuf ta’limotidagi badiiy nafosat, she’riy san’at,
ramz va ishoralar xalqimiz uchun ilmiy asosda sharhlanib soddalashtirilgan holda taqdim etilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

206

Tasavvuf allomalari haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo, uning mohiyati, yaratilishi bilan

bog’liq ilmiy-nazariy fikrlarni tadqiq etish lozim. Ma’lumki, islom dinining shakllanishi, uning
butun sharqqa yoyilishi bir qancha jarayonlarni qamrab olgan. Turk adabiyotshunos olimi Fuad
Koprulu o’zining “ Turk adabiyotida ilk mutasavvuflar” nomli kitobida Carra de vauxning ushbu
fikrini keltiradi: “Islom dinining yoyilishi jarayonida Erondan boshqa mamlakatlarda ham turli
urf-odatlar, e’tiqodiy qarashlar, hind madaniyati, qadimgi yunon faylasuflarining tarjima asarlari
asnosida paydo bo’lgan umumiy nazariyalar muhim ahamiyatga ega edi va bularning bari Islom
mamlakatlarining har tarafida farqli mazhab va tariqatlar vujudga kelishiga sabab bo’ldi”(1,7-8).

Asrlar o’tishi bilan islom dinini qabul qilgan turli madaniyatli xalqlar orasida o’ziga xos

e’tiqodiy qarashlar paydo bo’la boshladi Ularning ichida eng ko’p shuhrat qozongani tasavvuf edi.

Tasvvuf insonni ruhiy va axloqiy komillikka yo’naltiruvchi ta’limot hisoblanib, islom dini

ahkomlari asosida insonning botiniy va zohiriy olamini yuksaltirgan. Ushbu tushuncha dastlab
Eronda paydo bo’lib, mashhur tarixchi ibn Xaldunning ta’kidlashicha, tasavvuf “suvf” ya’ni
“po’stin”, “jun” so’zidan kelib chiqqan. Qadimdan tarki dunyo qilib, dunyo ne’matlaridan voz
kechgan insonlar ustilariga jundan qilingan xirqa kiyishgan. Ya’ni kiyimlarining oddiy
odamlarnikidan ajralib turishi tariqatga kirganliklarining belgisi hisoblangan. Ushbu
tushunchaning aynan qachon kelib chiqqani haqida aniq ma’lumot yo’q, ammo shunisi aniqki,
tasavvuf vakillarining aksariyati sunniy mazhabiga mansub bo’lgan. Xususan, fors shoiri,
mutasavvuf olim Abdurahmon Jomiyning ta’kidlashicha, ilk bor Abdulloh ibn Muhammad ibn al
Hanafiya “So’fiy“ nomi bilan atalgan.

Movarounnahrda islom dini yoyilgandan so’ng Eron va Xuroson orqali tasavvuf ham kirib

keldi. Hirot, Nishopur, Marvda hijriy III asrda mutasavvuflar ko’paya boshlagan bo’lsa, hijriy IV
asrda Buxoro, Farg’onada ham paydo bo’la boshladi (2,18). Hattoki, Farg’onada turklar o’z
shayxlarini

bob

, ya’ni

bobo

nomi bilan atashardilar.

Xurosonda paydo bo’lgan tasavvuf vakillari ta’sirida turklar orasida ham bu ta’limot yoyila

boshladi. Mashhur so’fiy Abu Said Abul Hayrining ziyoda hurmat qilgan insonlaridan bo’lgan
Muhammmad Mashuq Tusiy va Amir Abu Holislar turk edilar (3,275). Ayni shu kabi omillar
asnosida turklar orasida ham tasavvuf ta’limoti asta-sekin kengayib bordi va Buxoro, Samarqand
kabi buyuk islom markazlaridan butun O’rta Osiyoga yoyilib, taraqqiy etdi. Darhaqiqat, tasavvuf
turkiy olamda ravnaq topdi, dastlab faqat diniy e’tiqodni kuchaytirishga qaratilgan ushbu ta’limot
Imom Buxoriy, Imom Moturudiy, Ahmad Yassaviy, Farididdin Attor, Bahovuddin Naqshbandiy,
Xo’ja Ahror Valiy kabi buyuk insonlar soyasida takomillashdi.

Tasavvuf allomlarining obraz sifatida shakllanishi uzoq tarix, tasavvuf shayxlari, avliyolar

hayoti, faoliyati, karomatlari haqida yozilgan dastlabki asarlar bilan bog’liqdir. O’z davrida
avliyolar haqida tazkira bitish, ular haqidagi maqomat va manoqiblarini yozish ham bizda bir
an’anaga aylanib qolgan edi. Ulug’ shoir va mutasavvuf Farididdin Attor o’zining “Tazkirat ul-
avliyo” asarida “Avliyolarning so’zi kishi qalbining malhami va ruhining quvvatidir”, - deya
ta’kidlaydi. Tasavvuf shayxlari xalqning ma’naviy yetakchisi, rahbari sifatida maydonga chiqib,
islom dini arkonlari, Qur’on va hadislarga tayangan holda insonlarga hayot, oxirat, odamiylik,
komillik xususida fikr yuritib, ichki olamini tartibga solishda ko’mak berdi.

Tasavvuf allomalari haqidagi dastlabki ma’lumotlar tabaqoti so’fiya kitoblari, manoqib

kitoblari va tazkiralarda keltirilgan. Usmon Turarning fikriga ko’ra, tabaqoti so’fiya asarlari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

207

mashhur mutasavvuflarning hayoti haqidagi hikoyatlardan, turli fikrlardan, ularning hikmatlari,
tasavvufiy martabalaridan, karomatlaridan so’z yuritadi. Bu kabi asarlarda roviylarga oid
ma’lumotlar berilganligi uslubiy jihatdan hadis ilmiga o’xshaydi. Manoqib asarlarda esa
shayxlarning faoliyatidan, xalifalaridan, tariqatlaridan hikoya qilish barobarida asli yo’q
mubolag’alar ham uchraydi. (5,14) Ushbu asarlar orqali tasavvuf allomalarinig obraz sifatida
shakllanishi ular haqidagi hayotiy voqealar, rivoyatlar, ilmiy- nazariy qarashlar bilan bog’liqligi
anglashiladi. Jumladan, Abdurahmon Sullamiyning “Tabaqatus so’fiya”, Abdulloh Ansoriyning
“Manozilus soirin”, Faxriddin Ali Safiyning “Rashahotul aynil hayot”(nashbandiya mashoyixi
haqida), Ahmadi Afloqiyning “Manoqibul orifin” (mavlaviya tariqati ahllari haqidagi risola)
Farididdin Attorning “Tazkirat ul-avliyo”, Abdurahmon Jomiyning “Nafahatul uns min hazarotil
quds”, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, Muhamad Siddiq Rushdiyning “Tazkirat ul-
avliyoyi turkiy” kabi kitoblari tasavvuf vakillari haqida ma’lumot beruvchi ilk ilmiy asarlardir.

Bundan tashqari, tasavvuf tarixiga bog’liq ta’rix, shohrangiz, qomus va sayohatnomalar

ham ushbu mavzuga oid tushunchalarni tavsiflashda yordam beradi.

O’zbek nasrida shayxlar, so’fiylar va tariqat egalari obrazi bir qancha badiiy asarlarda ham

uchraydi. Bu jarayon, ayniqsa, istiqlol davri adabiyotida yozilgan diniy mavzudagi asarlarda
ko’zga tashlanadi. Jumladan, Sa’dulla Siyoyevning “Ahmad Yassaviy” romani, Abdumutal
Abdullayevning “Hazrati Attor” ma`rifiy qissasi, Xurshid Davronning “Shahidlar shohi” diniy-
ma’rifiy qissasi, E.Samandarning “Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy”, K.Ikromovning “Mahmud
dorboz“ qissalarida qahramonlar tasavvuf kishisi, o’ziga xos g’ayb ilmi sohibi sifatida
tasvirlangan.

Umuman olganda, tasavvufning tarixiy taraqqiyoti sharqda islom dini kirib kelishidan

oldin mavjud bo’lgan diniy qarashlar bilan bog’liqdir. Shu bilan birga, ularning obraz sifatida
shakllanishi va bugungi o’zbek nasrida ham badiiy ahamiyat kasb etishi tasavvufning inson ongi
va ruhiyatini tarbiyalovchi kuchga ega ekanligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1.

Carra de Vaux, Gazali, F. Alcan, Paris, 1902, ch. 7-8

2.

Fuat Ko’prulu.Turk edebiyatinda ilk mutasavviflar. Turk tarih kurumu basimevi-Ankara
1976

3.

Abdurahmon Jomiy.Nafohot ul-uns tarjimasi .275-bet

4.

Farididdin Attor. “Tazkirat ul-avliyo” asari muqaddimasidan.7-bet

5.

5.Usmon Turar. Tasavvuf tarixi.-T.: “Istiqlol”1999 14

6.

https//:bukhari.uz

7.

Ibrohim Haqqul. Tasavvuf saboqdari. Buxoro, 2000. 78 bet.

8.

Omanova M. Istiqlol davri o'zbek romanlarida shayx valiylar obrazining badiiy talqinlari.
Филол. фан. б. фалс. док. дисс... автореф. – Jizzax, 2022.



References

Carra de Vaux, Gazali, F. Alcan, Paris, 1902, ch. 7-8

Fuat Ko’prulu.Turk edebiyatinda ilk mutasavviflar. Turk tarih kurumu basimevi-Ankara 1976

Abdurahmon Jomiy.Nafohot ul-uns tarjimasi .275-bet

Farididdin Attor. “Tazkirat ul-avliyo” asari muqaddimasidan.7-bet

5.Usmon Turar. Tasavvuf tarixi.-T.: “Istiqlol”1999 14

https//:bukhari.uz

Ibrohim Haqqul. Tasavvuf saboqdari. Buxoro, 2000. 78 bet.

Omanova M. Istiqlol davri o'zbek romanlarida shayx valiylar obrazining badiiy talqinlari. Филол. фан. б. фалс. док. дисс... автореф. – Jizzax, 2022.