Authors

  • Oʼ Аbdullaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32124

Abstract

The study of the contribution of modern enlighteners to the development of pedagogical thought, their pedagogical views, their heritage and their image has always been the main goal of society. Known from history, the Jadids put forward in their views the ideas of public education and enlightenment, substantiating the need to reform the old school in order to rid the nation of ignorance, and laid the foundations of the Jadid method. This article discusses the views of the Jadid enlighteners on the above content.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

218

JАDID MА’RIFАTPАRVАRLАRINING PEDАGOGIK FIKRLAR TARRAQQIYOTIDA

TUTGAN OʼRNI.

(Hoji Muin misolida)

Oʼ. Аbdullaeva

TDPU,“Umumiy pedagogika” kafedrasi katta oʼqituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11164106

Annotatsiya.

Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo’shgan

hissasi, pedagogik qarashlari, qoldirgan me’rosi va ularning siymolarini o’rganish har doim ham
jamiyatning asosiy maqsadi bo’lib kelgan. Tarixdan ma’lumki jadidlar o’zlarining qarashlarida
milliy tarbiyani, ma’rifatparvarlik goyalarini ilgari surib, millatni ilmsizlik jahоlatidan qutqarish
uchun eski maktabni islоh qilishni zarurligini isbоtlab, usuli jadidiyaga asоs sоldi. Ushbu
maqolada jadid ma’rifatparvarlarining yuqoridagi mazmunga oid bo’lgan qarashlari haqida so’z
boradi.

Kalit so‘zlar:

Jadidchilik, ma’rifatparvarlik, usuli jadid maktabi, ma’naviyat, pedagogika,

tushuncha, yangilik, yangi usul, ijtimoiy tarbiya, milliy uyg’onish, renessans, eski maktab.

THE ROLE OF JADID ENLIGHTENERS IN THE DEVELOPMENT OF THE

HISTORY OF PEDAGOGY

(On the example of Khoja Muin)

Abstract.

The study of the contribution of modern enlighteners to the development of

pedagogical thought, their pedagogical views, their heritage and their image has always been the
main goal of society. Known from history, the Jadids put forward in their views the ideas of public
education and enlightenment, substantiating the need to reform the old school in order to rid the
nation of ignorance, and laid the foundations of the Jadid method. This article discusses the views
of the Jadid enlighteners on the above content.

Keywords:

Jadidism, Enlightenment, Jadid method school, Spirituality, Pedagogy,

Concept, Innovation, New method, Social education, National awakening, Renaissance, Old
school.

РОЛЬ ДЖАДИДСКИХ ПРОСВЕТИТЕЛЕЙ В РАЗВИТИИ ИСТОРИИ

ПЕДАГОГИКИ

(На примере Ходжи Муина)

Аннотация.

Изучение вклада современных просветителей в развитие

педагогической мысли, их педагогических взглядов, их наследия и их имиджа всегда было
главной целью общества. Известные из истории джадиды выдвинули в своих воззрениях
идеи народного образования и просвещения, обосновав необходимость реформирования
старой школы, чтобы избавить нацию от невежества, и заложили основы джадидского
метода . В данной статье рассматриваются взгляды джадидских просветителей на
вышеуказанное содержание.

Ключевые слова:

Джадидизм, просвещение, джадидская школа метода,

духовность, педагогика, концепция, инновации, новый метод, социальное образование,
национальное пробуждение, ренессанс, старая школа.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

219

Jamiyat o‘z oldiga qo‘ygan ulkan maqsadlarga erishish uchun eng avvolo barkamol shaxsni

tarbiyalashga oid mukammal g‘oyalarga murojaat qiladi. Shuning uchun xam, O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zlarining har bir nutqida “Yangi O‘zbekiston”ni
qurishda yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi muhim omil ekanligini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2023 yil so‘ngida bo‘lib o‘tgan

yig‘ilishida davlatimiz rahbari soha vakillari va ziyolilar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan o‘ta
jiddiy va dolzarb vazifalarni qo‘ydi. Ayniqsa, o‘tgan asr boshlarida millat kelajagi uchun
qayg‘urgan, xalqning ma’rifatli, dunyoviy bilimlar egasi bo‘lishini orzu qilgan ma’rifatparvar
ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati
uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishini, xalqimiz jadidlar ko‘rsatgan yo‘ldan og‘ishmay borishi
kerakligini alohida ta’kidladi. Keyingi yillarda asrlar davomida jadidlar intilib kelgan ezgu
g‘oyalar ro‘yobga chiqmoqda. Prezidentimiz “Bu kimgadir yoqadimi yoki yo‘qmi, xalqimiz jadid
bobolarimiz ko‘rsatib bergan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerak. Chunki ularning g‘oya va dasturlari
yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohangdir”,
deganida ayni haqiqatni aytgan edi.

XIX asrning oxiri XX boshlarida yurtimiz Turkistonda ijtimoiy tarbiyaga oid o‘ziga xos

jarayon kechdi. Bu jarayon jadid ma’rifatparvar pedagoglari tomonidan tashkil qilinib, u Yevropa
va Rossiyada kechayotgan tajribalar asosida izchil va uzviy ravishda rivojlantirila bordi. Bu hol
pedagogik fikr taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli:

birinchidan

, olimlarimiz istiqlol

davrida shakllangan milliy tarbiyashunosligimizni jadid ma’rifatparvar pedagoglarining qarashlari
bilan boyitish fikrini ma’qul topdilar;

ikkinchidan

, davlat siyosatida jadid ma’rifatparvarlarining

o‘z davrida o‘ynagan roli e’tirof etildi. Bu ishlarda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning
da’vatlari asosiy yo‘naltiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi. Birinchi Prezidentimiz jadid
ma’rifatparvar pedagoglarimiz faoliyatiga shunday baho beradi:”XX asr boshidagi ma’rifatchilik
haqida ko‘p gapirganmiz. O‘sha harakatning namoyondalari boylik uchun, shon-shuhrat uchun
maydonga chiqishdimi? Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori Fitrat, Tavallolarning maktab
ochganiga, xalqni o‘z haq-huquqlarini tanishga da’vat etganiga birov maosh to‘laganmi?! Birov
ularga oylik berganmi?! Albatta, yo‘q! Ular o‘t bilan o‘ynashayotganlarini, istibdodga qarshi
kurashayotganlari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan yaxshi bilishgan. Bilaturib, ongli
ravishda mana shu yo‘ldan borganlar. Chunki vijdonlari, iymonlari shunga da’vat etgan”. Jadid
pedagoglari yoshlar tarbiyasi masalasiga hayot yoki mamot masalasi deb qaraganlar. Shu
ma’noda, XX asr boshi bilan oxiridagi ma’rifiy-ma’naviy va ijtimoiy-siyosiy hayotda ham ajib bir
o‘xshashlik va yaqinlikni tuyish mumkin.Jadidchilik harakatining tamal toshi usuli jadid
maktablaridir. Bu - jadidshunoslar tomonidan yakdil e’tirof etilgan fikr. Bu harakatning asl
maqsadi millatning o‘zligini tanitish, ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan isloh qilish, Millat, Vatan
istiqloli edi. Ma’lumki, bunday buyuk o‘zgarishlarni yangi avlodgina amalga oshira oladi deb
o‘ylashgan. Jadid ma’rifatparvarlarining o‘rganiishning yana muhim jihati shundaki jadidlar olib
borgan kurash oxiriga yetmagan bo‘lsa ham, milliy hukumat “Turkiston muxtoriyatini” qurishga
erishildi. Hali millatning o‘zligini anglash, milliy uyg‘onish darajasining ilk rivojlanish bosqichida
bo‘lib, bu davrda mustaqillik, istiqlol haqida ming xil va’dalar bergan bolsheviklar hukumati o‘ta
qabih munofiqona siyosat olib borildi. Turkiston muxtoriyatini hali oyoqqa turib ulgurmasdanoq


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

220

qonga botirdilar. Shunday bo‘lsa-da bu jadid mutafakkirlarining mustamlakadan mustaqillik sari
qo‘ygan birinchi dadil qadami bo‘ldi.

Jadidchilik harakatining tamal toshi usuli jadid maktablaridir. Bu - jadidshunoslar

tomonidan yakdil eʼtirof etilgan fikr. Bu harakatning asl maqsadi millatning oʼzligini tanitish,
ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan isloh qilish, Millat, Vatan istiqloli edi. Maʼlumki, bunday buyuk
oʼzgarishlarni yangi avlodgina amalga oshira oladi deb oʼylashgan. Jadid maʼrifatparvarlarini
oʼrganishning yana muhim jihati shundaki jadidlar olib borgan kurash oxiriga yetmagan boʼlsa
ham, milliy hukumat “Turkiston muxtoriyatini” qurishga erishildi. Hali millatning oʼzligini
anglash, milliy uygʼonish darajasining ilk rivojlanish bosqichida boʼlib, bu davrda mustaqillik,
istiqlol haqida ming xil vaʼdalar bergan bolsheviklar hukumati oʼta qabih munofiqona siyosat olib
borildi. Turkiston muxtoriyatini hali oyoqqa turib ulgurmasdanoq qonga botirdilar. Shunday
boʼlsa-da bu jadid mutafakkirlarining mustamlakadan mustaqillik sari qoʼygan birinchi dadil
qadami boʼldi.

Ijtimoiy-ma’naviy hayotning barcha jabhalarini yangilashni ko’zda tutgan jadidchilik

harakatining haqida, milliy uyg’onish davri haqida ta’lim tizimining barcha bosqichlarida
o’qitiladi. Jumladan, o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida, umumiy tushuncha berib
boriladi.

Milliy uyg’onish davri Vatanimizda jadidchilik harakati shaklida namoyon bo’Idi. U 1865-

yildan boshlanib, 1929-yilda harakat namoyandalarini jismoniy tugatishgacha bo’lgan davrni o’z
ichiga oladi. Bu harakatning yuzaga kelishi bevosita istilo va uning oqibatlari bilan bog’langan
bo’lib, uning shakllanish davri 1865-1905-yillar bilan belgilanadi. Jadidchilik harakati
namoyandalari “qora xalqni oqartirmoq va ko’zini ochmoq chorasiga” (Avloniy) kirishdilar.
Shu tariqa, milliy uyg’onish (jadidchilik) nihoyatda tez rivojlandi. Milliy uyg’onish (jadid
adabiyoti) mazkur harakatlaming adabiy- badiiy ifodasi sifatida namoyon bo’ldi va yangi
o’zbek adabiyotini ham boshlab berishga erishdi.

Bizga ma’lumki, jadidlar o’zlarining maqsadlarini amalga oshirish uchun maktablardan

foydalanishgan. Bunday maktablar usuli jadid maktablari deb yuritilgan. Usuli jadid
maktablarining vujudga kelishi bilan anʼanaviy oʼqitish usullarining tubdan isloh qilish, taʼlim olib
borishning yangi usullarini ishlab chiqish, darslik va qoʼllanmalar yaratish jadid pedagogikasining
dolzarb masalasiga aylandi. Oʼqitishda koʼrgazmalik (Munavvar Qori), ifodali oʼqish va uning
turlari, ularda texnik vositalaridan foydalanish, nutq oʼstirish usullari, (Behbudiy, Fitrat) “Tovush-
harf” metodi orqali oʼqitish, hijjalab oʼrgatish, (Shakuriy) ijtimoiy tarbiya, maktabgacha taʼlim
tizimini yangi usulda olib borish, islox qilish(Xoji Muin) kabilar aynan jadid pedagoglari
tomonidan ishlab chiqildi.

Mana shunday ta’lim tizimiga, maorifga yangiliklar kiritgan, ta’lim oluvchilarning har

tomonlama o’sib ulg’ayishiga o’z hissasini qo’shgan ma’rifatparvar olimlardan biri Hoji Muinning
ijtimoiy tarbiyaga oid qarashlari jadid ma’rifatparvarlarini o’rganishda muhim o’rin tutadi.

Hoji Muin 1883-yil, 19-martda Samarqand shahrining Ruxobod mavzesida tugʻilgan. Eski

maktabda savod chiqargan. Madrasada Saidahmad Vasliydan taʼlim olgan. Uning oʼzi “Vasliy”
nomli maqolasida ilk ustoziga shunday baho beradi: “Vasliy XX asr boshlarida maydonga otilib
chiqib, usuli jadid maktablariga yordam va tarafdorlik eta boshlagan haqqoniy olimlarimizdan
biridir”.[6;10-12b.] Vasliy Hoji Muinning diniy va dunyoviy ilmlar egasi boʼlib yetishishida katta


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

221

taʼsir koʼrsatdi. Hoji Muin boshqa jadid ma’rifatparvarlari qatori rus tilini, Evropa madaniyatini
mustaqil oʻzlashtirgan. 1901-yildan oʻqituvchilik faoliyati boshlanadi. 1903 yili hatto
Samarqandning Xoʼja Nisbatdor mahallasida oʼz hisobidan yangi usuldagi maktab ochdi. Ushbu
maktab uchun 1908-yili “Rahnomai savod“ nomli alifbo nashr ettirgan. 1913-yildan Behbudiyning
“Samarqand“ gazetasida va “Oyna“ jurnalida ishlay boshlaydi. 1914-yili “Tarbiyat“ nomi bilan
oʻz uyida xususiy “usuli jadid“ maktabini ochgan.

1903 yili u Mahmudxoʼja Behbudiy bilan tanishdi va umrining oxirigacha unga munosib

shogird boʼlib qoldi. 1909 yildan Аbdurauf Fitrat bilan doʼstlashib, hamkorlik qila boshladi. Hoji
Muinning ijtimoiy faol va yetuk pedagog boʼlib yetishida ana shu uch shaxs - Vasliy, Behbudiy
va Fitratlarning taʼsiri katta boʼldi.

Hoji Muin turkiy, fors-tojik, arab va rus tillarini mukammal bilar edi. Bu hol uning ijtimoiy

pedagog sifatida voyaga yetishida muhim ro’l oʼynagan. U jadid maʼrifatparvarlari orasida
ijtimoiy tarbiya toʼgʼrisida eng koʼp fikr yuritgan pedagoglardan hisoblanadi. Uning fikricha,
millatning baxti - ijtimoiy muammolarni hal etishdadir. Bu haqda shunday yozadi: “Dunyoda
oʼzining hayotini himoya qilmoqchi va oʼz maishatini (turmush tarzini) taʼmin etmoqchi boʼlgʼon
kishining tabiat qonunlari va hayot sharoitlari qanday tadbirlar koʼrarga va qanday choralar izlarga
tutunmogʼi qancha lozim boʼlsa, sarbastona va maʼsudona bir suratda yashajakchi boʼlgʼon bir
millatning hayʼat majmuasi ham ijtimoiy hayotindagi vazifalarni bajarishga bogʼliqdir”.[6;38-
39b.] Demak, bu fikrdan shunday xulosalar kelib chiqadi:

-alohida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash bilan millatning (jamiyatning) ijtimoiy muammolarini

hal qilish mumkin;

- shaxsni ijtimoiy tarbiyalash tabiat qonunlari va real ijtimoiy sharoitlarga asosan amalga

oshiriladi;

- ijtimoiy tarbiya vositasi asosida shaxs masʼudona (baxtli) hayot kechirishga yoʼnaltiriladi.
Bunday qarash XX asr I- choragida jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega edi. Diqqat

qilinsa, unda tarbiyaning dunyoviylik printsipiga amal qilish ilk rejaga qoʼyilmoqda.

Hoji Muin ijtimoiy tarbiyada dunyoviylik printsipiga asoslanish masalasiga doir fikrida

umrining oxirigacha qoldi. U nohaq ravishda “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinganida ham
oʼz fikridan qaytgan emas. Pedagogning asarlarini tahlil qilish shunday mulohazaga olib keladi:
ijtimoiy tarbiya jamiyat rivoji uchun zaruratdir va u keng koʼlamda olib borilishi kerak.

Hoji Muin ehtiyoj darajasidagi ijtimoiy tarbiyani yoʼlga qoʼyish uchun quyidagilarga amal

qilishni tavsiya qiladi:

1. Oilani isloh qilish. Bunda nikohning ixtiyoriyligi va qonuniyligiga qatʼiy rioya qilish;

toʼy, nikoh va taʼziya marosimlaridagi isrofgarchiliklarga chek qoʼyish; oilada bola tarbiyasiga
alohida eʼtibor berish,faqatgina o’gil bolalar emas balki qizlar tarbiyasiga ham alohida ahamiyat
berish muhimdir. O’zining oila tarbiyasiga oid qarashlarida kelgusida bizlardan mas’ud (baxtli)
oilalar etishib chiqishi uchun ta’lim-tarbiya borasida xatoga yo’l qo’ymaslik, erkak va qizlarni
ta’lim-tarbiyasiga bir xil mas’ul bo’lishimiz lozimligi haqida ta’kidlaydi.

2. Bolalar bogʼchalari tashkil qilish. Bunda taraqqiyparvarlik mamlakatlarda

kuzatilganidek, turar joylarning eng yaxshi maskanlarini bolalar bogʼchalariga aylantirish va
ularda yuksak darajadagi tarbiyani yoʼlga qoʼyish katta ahamiyatga egadir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

222

3. Taʼlim maskanlarini kengaytirish. Buning uchun yangi usuldagi maktablarni

koʼpaytirish, xalq dorilfununlari ochish, qizlar maktablari tashkil qilish,ularga muslima
muallimalar biriktirilib,o’qish-yozishdan tashqari qo’l hunarlari o’rgatishlari va hayotga
tayyorlashlari lozimligi, turli kasb-hunar oʼrgatuvchi oʼquv kurslari tashkil etish, oldinlari biror bir
kasbni o’rganish uchun shogirdlikka tushib vaqtini 10-15 yilini xo’jasining xizmatini qilib
o’tkazish, qachonki ustozi ruxsat bergandagina alohida o’zi mustaqil usta bolishi mumkin edi. Bu
esa yoshlarning anchagina vaqti, umri o’tib ketishiga sabab bo’lar edi. Shung uchun kasb-hunar
maktablarining ochilishi muhimligini alohida ta’kidlaydi. Shu bilan birga

oʼqituvchilar

tayyorlashni yoʼlga qoʼyish maqsadga muvofiqdir.Chunki er yigitlar va xotin-qizlarga ta’lim-
tarbiya berish uchun muallimlarni o’zini o’qitish,tayyorlash kerakligi alohida ta’kidlanadi.

4. Matbuotni kuchaytirish. Bunda kundalik gazeta, jarida (jurnal) va devoriy varaqalarni

nashr etishga va ular vositasida “xalqning koʼzini ochish”ga eʼtibor berish muhimdir. Albatta
bunda jadidlarning alohida xizmatlari va ulushi lozimdir.

5. Davrning ilgʼor kishilaridan ibrat olish. Bu borada pedagogimiz oʼz davrining mashhur

kishilari Behbudiy, Vasliy, Shokir Muxtoriy kabilarni namuna sifatida tasvirlab koʼrsatadi.

6. Ijtimoiy illatlarni isloh qilib borish. Bunda boylikka oʼchlik, poraxoʼrlik, tanballik,

gʼofillik, xiyonatkorlik, bahillik kabi xulqiy illatlarni bartaraf qilishga eʼtibor berish ahamiyat kasb
etadi. Maʼlum boʼladiki, Hoji Muin oʼz davrida bugungi kunimizga hamohang boʼlgan qarashlarni
ilgari surgandi. Shu tariqa u oʼz davrida keng koʼlamli ijtimoiy tarbiyaning yoʼlga qoʼyilishini orzu
qilgandi. Shunday qilib, Hoji Muin ijtimoiy tarbiya masalasida oʼziga xos qarashga ega edi. Bu
qarash bugun ham oʼz ahamiyatini yoʼqotmaganligi bilan diqqatni tortadi. Negaki uning maqsadi
odamlarni “ijtimoiy xastaliklardan xalos etish” edi.

Xulosa o’rnida shuni alohida ta’kidlash kerakki, jadidlar olib brogan siyosat o’z davrining

jasoratli qadamlari edi. Garchi ularning qilgan jasoratlari shafqatsizlarcha bostirilgan bo’lsada,
o’sha davr qatlami uchun ko’zini ochishga, ilm-ma’rifat yo’lida dadil qadam bosishga undadi.

Mana shunday ta’lim tizimiga, maorifga yangiliklar kiritgan, ta’lim oluvchilarning har

tomonlama o’sib ulg’ayishiga o’z hissasini qo’shgan ma’rifatparvar olimlarni uzliksiz ta’lim
jarayonida o’rganish ya’ni maktabdagi fanlar kesimida (hozirda “Tarbiya” fani) o’rganilishi kerak
deb hisoblayman.Shu bilan birga, o‘rta maxsus ta’lim, akademik litseylarda, professional ta’lim
tizimi va Oliy ta’lim bosqichlarida qator jadidchi olimlarni, ularning jasoratini, pedagogikaga
qoʼshgan hissasini, ularning yaratgan maktablari, qoldirgan merosi pedagogik fikr taraqqiyotida
katta ahamiyat kasb etishini qayta-qayta o’rgatishimiz, ular qalbida mana shunday jasoratli,
qo’rqmas ajdodlarimiz xotirasini har doim hurmat bilan eslab yurishlarini, mana shunday
zamonlarda yashayotganimizga shukronalar keltirishimiz kerakligini singdirib borishimiz kerak.

REFERENCES

1.I.А.Karimov. Yuksak maʼnaviyat-engilmas kuch.-T. -2008.
2. Sh.M.Mirziyoyev. “Toshkent Islom sivilizatsiyasi markazi”da so’zlagan nutqi.
3. U. Dolimov.Milliy uygʼonish pedagogikasi.-T.-2014.
4. K.Hoshimov.S.Nishonova va boshqalar.Pedagogika tarixi. .-T. -2008.
5. B.Qosimov va boshqalar. Мilliy uyg’onish davri.-T.-2004.
6. Xoji Muin. Tanlangan asarlar.- T-2005.

References

I.А.Karimov. Yuksak maʼnaviyat-engilmas kuch.-T. -2008.

Sh.M.Mirziyoyev. “Toshkent Islom sivilizatsiyasi markazi”da so’zlagan nutqi.

U. Dolimov.Milliy uygʼonish pedagogikasi.-T.-2014.

K.Hoshimov.S.Nishonova va boshqalar.Pedagogika tarixi. .-T. -2008.

B.Qosimov va boshqalar. Мilliy uyg’onish davri.-T.-2004.

Xoji Muin. Tanlangan asarlar.- T-2005.