ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
235
LAVANDA (LAVANDULA) O‘SIMLIGINING XALQ XO‘JALIGIDAGI
AHAMIYATI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
To‘raboyeva K.O‘
Denov tadbirkorlik va pedagogika isntituti katta o‘qituvchisi i.f.n (PhD).
Xo’jamova Zarina Zoir qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika isntituti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11164358
Annotatsiya.
Manzarali o‘simliklardan unumli foydalanish, ularni ko‘paytirish, shaharlar
va boshqa aholi yashaydigan manzillarni manzarali o‘simliklar bilan boyitish dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi. Dorivor va manzarali o‘simliklar inson salomatligini tiklash bilan
bir qatorda, insonlarga yaxshi kayfiyat va ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, atrof muhit havosini
tozalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Lavanda (Lavandula) o‘simligini yetishtirish
va uning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati bo‘yicha batafsil yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Lavanda, Lavandula angustifoliya, mahsulotlari, yetishtirish usuli, efir moyi.
LAVENDER (LAVANDULA) PLANT IN THE NATIONAL ECONOMY
IMPORTANCE AND CULTIVATION TECHNOLOGY
Abstract.
Effective use of landscape plants, their reproduction, enrichment of cities and
other populated areas with landscape plants is one of the urgent tasks. Medicinal and ornamental
plants, in addition to restoring human health, are of great importance in cleaning the air of the
environment by giving people a good mood and cheerful spirit. This article describes in detail the
cultivation of lavender (Lavandula) and its importance in the national economy.
Key words:
Lavender, Lavandula angustifolia, products, cultivation method, essential oil.
РАСТЕНИЕ ЛАВАНДА (LAVANDULA) В НАЦИОНАЛЬНОМ ХОЗЯЙСТВЕ
ЗНАЧЕНИЕ И ТЕХНОЛОГИЯ ВЫРАЩИВАНИЯ
Аннотация.
Эффективное
использование
ландшафтных
растений,
их
размножение, обогащение ландшафтными растениями городов и других населенных
пунктов является одной из актуальных задач. Лекарственные и декоративные растения,
помимо восстановления здоровья человека, имеют большое значение в очистке воздуха
окружающей среды, даря людям хорошее настроение и бодрость духа. В данной статье
подробно описано выращивание лаванды (Lavandula) и ее значение в народном хозяйстве.
Ключевые слова:
лаванда, Lavandula angustifolia, продукция, способ выращивания,
эфирное масло.
Kirish. Lavanda (lotincha Lavandula) -Lamiaceae (Labguldoshlar) oilasiga mansub bo'lib,
buta yoki doim yashil chala butalar turkumiga kiradigan o‘simlik hisoblanadi. Taxminan 47 turni
o‘z ichiga oladi. Shulardan 25 dan ortiq turi dengiz sohillarida uchraydi. Lavandaning vatani O‘rta
yer dengizining Ispaniya va Fransiya qirg„og„i bo‘lib, u yerda toshli yonbag„irlarida yovvoyi
holda o‘sadi. Bundan tashqari lavanda Kanar orollari, Shimoliy va Sharqiy Afrika, Avstraliya,
Janubiy Yevropa, Arabiston va Hindiston, Ukraina va Rossiya kabi davlatlarda ham o‘sadi.
Madaniy shakllari esa butun dunyo bog„larida o‘stiriladi. Qalamchalaridan ko‘paytiriladi.
Lavanda butasi kurtaklar to‘plamidan iborat bo‘lib, diametri 1 metr hamda balandligi 50-
70 smgacha o‘sishi mumkin. Eng avvalo u suvsizlikka chidamli bo‘lib , yil davomida sug‘orish
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
236
shart emas. Eng muhimi esa bir marta ekilgan ko‘chatlar maksimal darajada 30-50 yil hosil berar
ekan.
Lavandula angustifoliyaning uzunligi 1,3 metrgacha yetishi mumkin. Lavanda dorivor
achchiq o‘simlik bo‘lib, poyasi to‘g‘ri, barglari chiziqli, butun, chetlari b ir oz egilgan.
Shoxlarining pastki qismi linzalangan, kulrang-jiarrang tomentum(qoplama) bilan
qoplangan. Yoz oylarida kuchli xushbo‘y hid chiqaradigan gullardan iborat bo‘lib, ko‘k-binafsha
rangda gullaydi.
Mevasi qo‘shaloq, elliptik shakldagi sariq- jigarrang 4ta yong‘oqchadan tashkil topgan.
Lavanda yorug‘sevar, issiqsevar o‘simlik hisoblanadi. U o‘zining qurg‘oqchilik hamda -3
0C gacha chidamliligi bilan ham boshqa ko‘pgina o‘simliklardan farqqiladi.
Yetishtirish texnologiyasi.Lavanda o‘simligi quyosh yaxshi tushadigan va namni yaxshi
o‘tkazadigan tuproqlarda o‘stiriladi. Lavanda o‘simligi urug‘idan ko‘paytiriladi. Urug‘lar kech
kuzda dalaga ekiladi. Bunda qishlash davrida rozetka holida o‘taydilar. Agarda urug‘lar bahorda
ekilsa, bunda urug‘larni maxsus joylarda va salqin yerda saqlanadi. Nam qumni qutilarga vaqti -
vaqti bilan ularni mog‘orlamasligi uchun namlab va aralashtirib turiladi. Bahorda urug‘lar
aprelning boshlarida egat oraliqlarini 70 sm qilib ekiladi. Bir gektarga 4 - 4,5 kg urug‘ sarflanadi.
Ekishdan so‘ng sug‘oriladi. Urug‘lar 10-12 kunda unib chiqadi, 2 - 3 bargcha chiqqandan
so‘ng qator oralariga traktorda ishlov beriladi va kultivatsiya qilinadi. Bundan tashqari yer
yumshatiladi va yagana qilinadi. Yagana qilishda bir tupda 2 - 3 tadan o‘simlik qoldiriladi,
ularning oralig‘i 20-30 sm ni tashkil qiladi. Kuzda ekilgan o‘simliklar may - iyun oylaridan
gullaydi va bahorda ekilganlari iyul oyida gullaydi. Lavanda o"simligining ildiz tizimi yaxshi
tarmoqlanganligi sababli kop sug‘orishni talab etmaydi. Vegetatsiya davomida 6 - 9 marta
sug‘oriladi. 2 - 3 sug‘orishdan so‘ng, gektariga 80 - 100 kg dan ammiakli selitra va 70 - 80 kg
superfosfat solinadi. Go‘ngli eritma bilan oziqlantirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hozirda Lavanda bir qator davlatlarda yetishtirilmoqda .Hozirda Lavanda Rossiya
Fransiya davlatlarida eng ko‘p yetishtiriladi. Rossiyada lavanda maydonlarining gullashi
mintaqaning iqlim sharoitiga va o'simlik turiga bog‘liq. Uralskda o‘sadigan sovuqqa chidamli tor
bargli o‘simlik iyuldan avgustgacha gullaydi. Kavkaz va Krasnodar odkasida o‘sadigan issiqlikni
yaxshi ko‘radigan turlar ertaroq (iyun oyining boshida) gullaydi va sentyabrgacha gullashni davom
ettiradi. Lefkadiya vodiysi Rossiyadagi eng mashhur lavanta o‘sadigan hududdir va lavanda
Fransiyaning eng katta qismiga ekiladi va yirik plantatsiyalari tashkil etilgan . Lavanda o‘simligi
hozirda O zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatining 2ta tumanda yetishtirilmoqda.
Qo‘shrabot tumanining Jush qishlog‘ida bir yarim ming gektar yer holati o‘rganilgan va
unda paxta ekilmaganligini, holati yaxshi bo‘lgan lalmi yer o‘rganilib uning 110 gektariga bir
million dona lavanda ko‘chati ekilgan.Bundan tashqari Samarqand tumanining Xishrav
qishlog‘ida ham bir yarim gektar maydonga ekilgan va u o‘z foydasini bermoqda .
Lavanda o‘stirishning asosiy maqsadlari: sanoat miqyosida asosan efi moylarini ishlab
chiqarish uchun et ishtiriladi. U dezinfektsiyalash, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega,
shuning uchun u ko‘pincha turli malham va kremlarga qo‘shiladi. Shuningdek, u kuyishlar va
tishlashlarni davolashga yordam berishi bilan mashhur.
- Lavanda aromaterapiyada qo‘llaniladi. O‘simlik ekstraktlari yuvish vositalarida xushbo‘y
hid sifatida ishlatiladi. Uning xushbo‘yligi tinchlantiruvchi va tinchlantiruvchi ta"sirga ega.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
237
- Lavanda asalarilar va boshqa changlatuvchilar uchun yaxshi. Gullash davrida lavanta
ko‘plab asalarilarni o'ziga jalb qiladi. Asalarilardan tashqari, kapalaklar va boshqa foydali
hasharotlarni ham o‘ziga tortadi.
- Lavanda zararkunandalarga qarshi kurashadi. Yalpiz kabi, lavanda ham chivinlar va zararli
hasharotlarni qaytaradi. Shuning uchun, lavanda ko'pincha kovucu spreylarda qo‘llaniladi. U hatto
burga va bitlarni daf qiladi, shuning uchun u uy hayvonlari uchun qulaydir.
- Oziq-ovqat sifatli lavanta mazali taom tayyorlash uchun ishlatiladi. Oziq- ovqat
lavantasidan murabbo va jele tayyorlanishi mumkin, masalan, ko‘k lavanda murabbosi uchun
mashhur retsept mavjud.
Lavanda efir moyining tarkibi. Lavanda gullarining tarkibida 1,2-2,3% foizdan ko‘p efir
moyi bo‘ladi Tabiiy mahsulot tarkibida 200 dan ortiq komponentlar mavjud. Vitaminlar: A, E, C,
B, PP guruhlari. Kislotalar: valerian, neylon, moy, sirka. Bundan tashqari, efir tarkibiga taninlar,
achchiq, qatronlar, spirtli efirlar, karyofilin, lavandiol, nonanal, geraniol, kumarin, borniol,
herniarin kiradi. Lavanda o‘simligi efir moyini parfyumeriya, kosmetika, sovun tayyorlash va
tibbiyotda qodlaniladi. Xalq tabobatida lavanta yog‘i kuyish va ko‘karishlarni davolash uchun
ishlatiladi.
Foydali xususiyatlari. O‘simlikning yer ustki qismi organizmga tinchlantiruvchi, stressga
chidamlilikni oshirishuvchi, ruhiy holatni me"yorlashtiruvchi, teri holatini yaxshilovchi ta"sir
etadi. Lavanda gullari diuretik, antikonvulsant va tinchlantiruvchi xususiyatga, moyi esa antiseptik
va bakteritsid ta"sirga ega. Bundan tashqari, lavanda moyi epidermal hujayralarni to‘liq qayta
tiklash xususiyati bilan faol yaralarni davolashda (ayniqsa, kimyoviy kuyishlarni) ijobiy ta"sir
ko‘rsatadi. Chandiqlarni kichraytirish va bo‘rtmalarni so‘rilishiga yordam beradi. Qabul
qilinganda kranial(cherepnoy) qon bosimi pasaytiradi, bronxospazmni yo‘qotadi, ichak tonusini
oshiradi, ichni yumshatuvchi va yengil
siydik haydovchi sifatida ta"sir ko‘rsatadi, oshqozon kislotaliligini oshiradi hamda
ishtaxani yaxshilaydi. Lavanda gullari markaziy asab tizimiga, shuningdek, nafas yodlarining asab
tizimiga tinchlantiruvchi ta"sir ko'rsatadi. Tarkibiga kiruvchi sineoldan farmakologiya sanoatida
antiseptiklar tayyorlashda va balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar olishda keng foydalaniladi.
Tarkibida taninlarning mavjudligi sababli, ular diareya, ayniqsa fermentatsiya bilan sodir
bodgan diareyaga qarshi ta’sirga ega. Ma'lum darajada, lavanda gullari ham xoleretik vosita
bodishi mumkin. Lavanda gullari kumarinlar saqlaganligi sababli sodda organizmlar va
hasharotlar rivojlanishiga yod qo‘ymaydi. Shu tufayli lavanda pedikulyoz, parazitlar va kuyaga
qarshi kurashda yaxshi samara beradi. Spirtli ichimliklar bilan suyultirilgan lavanda moyi migren
paytida, kuchli yurak urishi bilan, asabiylashish kuchaygan davrda, revmatizmning odkir
xurujlarida ichiladi. Lavanda gripp bilan ogdigan foydali ta"sir kodsatadi. Shuningdek ushbu
o‘simlik tarkibida vitamin va minerallarni ham kodishimiz mumkin.
Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Lavanda o‘simligi eng avvalo u suvsizlikka
chidamli bodib, uning barcha qismlari foydali xususiyatlarga ega, ayniqsa efir moyini
parfyumeriya, kosmetika,farmatsevtika va xalq tabobatida qodlaniladi shu sababdan lavanda
yetishtirishni xalqimiz orasida ommalashtirishimiz va ko'paytirishimiz kerak. Lavanda nafaqat
dorivorlik xususiyatlari tufayli balki manzarali dekorativ o‘simlik sifatida va estetik zavq olish
maqsadida ham ekib o‘stiriladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
238
REFERENCES
1.
Barno Zokirovna Baxromova., Mavlyuda Shernazarovna Ernazarova “Dorivor lavanda
o‘simligi haqida umumiy ma'lumot va uning tibbiyotda qo"llanilishi” Samarqand davlat
tibbiyot universiteti S. 88-89-90
2.
Ostonakulov, T., Alimardonov, O., Amanturdiev, I., & Shamsiev, A. (2021). Management
of Agrophysical Soil Properties, Plant Growth and the Formation of a Potato Yield with
Early and Double-yielding Culture by Optimizing Row Spacing and Maintenance
Measures in Southern UZBEKISTAN. Annals of the Romanian Society for Cell Biology,
11907-11916.
3.
XalmuratovM.A.,D.G.Sodiqova.,M.K.Hamroyeva.,A.A.Ergashev.,
A.X.Mammadiyev
“Botanika tadqiqot usullari”Toshkent-2023.
