Authors

  • Mohinur Umirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32310

Keywords:

Education reform innovation research reading intellectual ability creativity.

Abstract

This article discusses the importance of organizing extracurricular reading classes in elementary grades.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

282

BOSHLANG’ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI O’QISH DARSLARINI

TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI

Umirova Mohinur Mirzo qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11180290

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarini

tashkil etishning ahamiyati xususida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar

: ta’lim, islohot, yangilik, izlanish, tadqiqot, kitobxonlik, intellektual,

qobiliyat, ijodkorlik.

THE IMPORTANCE OF ORGANIZING EXTRACURRICULAR READING LESSONS

IN ELEMENTARY GRADES

Abstract.

This article discusses the importance of organizing extracurricular reading

classes in elementary grades.

Keywords:

Education, reform, innovation, research, reading, intellectual, ability,

creativity.

ВАЖНОСТЬ ОРГАНИЗАЦИИ ВНЕКЛАССНЫХ УРОКОВ ЧТЕНИЯ В

НАЧАЛНЫХ КЛАССАХ

Аннотация.

В данной статъе рассматривается важностъ организации уроков

чтения вне классах в началъных классах.

Ключевые слова:

Образование, реформа, инновации, исследования, чтение,

интеллектуалъные, способности, творчество.

KIRISH

Barchamizga ma’lumki, iste’dodli va iqtidorli yoshlar vatanimiz kelajagi, yurtning umidi

demakdir. Kelajak yoshlari har tomonlama yetuk, bilimli va salohiyatli bo’lishida esa, pedagog
kadrlarning vazifasi katta hisoblanadi. Bugungi kun yoshlarida, kelajakka bo’lgan ishonch
hissini uyg’otish, ularni yuksak marralar sari intilishga chorlash, yoshlar qalbida vatanga
bo’lgan mehr hissini yanada oshirish, kabilar ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.

Yoshlarning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish orqali, ularni turli xildagi yot

g’oyalar oqimidan asrashga erishiladi. Yurtimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlardan o’rinli
foydalangan holda, yoshlar vaqtini mazmunli o’tkazish, hamda kelgusida vatan taraqqiyotiga
munosib hissa qo’shadigan komil inson shaxsini shakllantirish bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biridir. Jamiyatning taraqqiyotida va rivojlanishida muhim omil vazifasini
o’taydigan tayanch bu ilm va yuqori saviyali yoshlar demakdir. Ta’lim –tarbiya murakkab
va uzviy ravishda amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi. Ta’lim –tarbiya jarayonida
amalga oshiriladigan islohotlar va boshqa targ’ibotlar, yoshlar ongining va ma’naviy
salohiyatining yuksak darajada bo’lishiga ko’mak beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to’g’risidagi qonun,

mavzuga oid adabiyotlardan va yana bir qancha qo’llanmalardan foydalanildi.

MUHOKAMA


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

283

Boshlang’ich sinflarda, sinfdan tashqari o’qish darslaridan ko’zlangan asosiy maqsad,

o’quvchilarning har tomonlama aqliy rivojlanishlari og’zaki va yozma savodxonliklarini
shakllantirish, bolalar shoiri va yozuvchilari tomonidan yaratilgan asarlarni o’quvchilarga
tanishtirish, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va shakllantirishdan iborat.

Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini tashkil etish orqali, o’quvchilarda kitobxonlikka

havas uyg’otish mumkin. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari 3 bosqichdan iborat .

1-bosqich: Tayyorlov bosqichi
Bu bosqich asosan 1-sinf o’quvchilarining savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi .
Ushbu davrda o’quvchilar kichik hajmli ertak yoki hikoyalarni, o’qituvchi tomonidan

eshitish orqali tasavvur doiralarida tahlil qiladilar. Qisqa hajmli asar namunalarining
mazmunidan kelib chiqqan holda, o’zlariga kerakli bo’lgan xulosalarni oladilar.

2-boasqich: Boshlang’ich bosqich
Ushbu bosqich 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. Sinfdan tashqari o’qish

mashg’ulotlari har haftada 1 marotaba 45 daqiqa ichida o’tkaziladi. Boshlang’ich bosqichda
o’quvchilar asar muallifi va sarlavhasi bilan tanishadilar. Asar elementar tarzda sodda
mushohada qilinadi.

3-bosqich: Asosiy bosqich
Quyidagi bosqich 2-4- sinflarni o’z ichiga oladi. Ushbu davrda o’quvchilarda o’qish

ko’nikmalari va malakalari ancha shakllangan bo’ladi. O’quvchilar mustaqil ravishda asarlarni
o’qiy oladilar va erkin tahlil qila oladilar. O’qigan bir nechta asarlarini o’zaro taqqoslay
oladilar. Asarda keltirilgan obrazlarni o’zaro solishtirib, yaxshini yomondan ajratish kabi
sifatlarni egallaydilar.

Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida, o’quvchilarning og’zaki fikrlash ko’nikmalari

yanada shakllanadi. Ijodiy fikrlar va o’zgacha qarashlar tizimi rivojlanadi.

Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari, o’quvchilarni ma’naviy ongini sayqallashi bilan

bir qatorda, ularni bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etishga ham yordam beradi.

O’quvchilarning bo’sh vaqtlari mazmunli va samarali o’tsa, turli yomon oqimlarga

tobe bo’lib qolishdan himoyalanadilar. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari sinfdan tashqari o’qish
darslarini tashkil etishda, ko’plab jihatlarni inobatga olgan holda, ushbu jarayonga mas’uliyat
bilan yondashmog’i lozim. O’quvchilarda o’z-o’ziga bo’lgan motiv hissini uyg’otishda,
boshlang’ich sinf o’qituvchisining ahamiyati katta. Sinfdan tashqari o’qish darslarini noodatiy
tashkil etish kitobxonlik kechalarini o’tkazish va boshqa bir qancha ishlarni amalga oshirishni
nazarda tutadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi, sinfdan tashqari darslarda mutolaa qilinadigan
asarlarni o’quvchi Yoshi va saviyasiga uyg’un holda tanlashi zarur. Mavzu tanlash
tamoyillarining quyidagilarga ahamiyat berish lozim.

1.

Sinfdan tashqari o’qish darslarining mavzusi o’qish darslarining mavzulari bilan

uyg’un bo’lishi.

2.

Mavsumiy bo’lishi, ya’ni har bir faslga mos holda tanlashi.

3.

O’quvchilar qiziqishlarini hisobga olinishi. Ya’ni turli qiziq sarguzashtlarni o’z ichiga

qamrab olishi nazarda tutiladi.

4.

O’quvchilarning yosh xususiyatlardan kelib chiqqan holda, mavzu tanlashi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

284

5.

Tanlangan asar mazmuni o’quvchilarga ta’lim berish bilan bir qatorda , tarbiyaviy

ahamiyatga ega bo’lishi

Yuqorida ko’rsatilgan jihatlarni e’tiborga olgan holda , asar mavzusi tanlanadi va

o’quvchilar bilan birgalikda sinfdan tashqari darslarda o’qib tahlil qilinadi. Yurtimiz rahbari
Sh. Mirziyoyev o’z nutqlarining birida, ma’naviyat haqida quyidagi fikrlarni keltiradilar.
“Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo’lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir’’.

Darhaqiqat ma’naviyatli inson komillik darajasiga yetadi. Yoshlarni ma’naviyatli

bo’lishida esa, kitob mutolaasi tayanch vazifasini o’taydi. Bundan ko’rinib turibdiki, yoshlarni
kitobga bo’lgan mehrini oshirish, bolalik davrlaridanoq ularga singdirish lozim. Ko’p kitob
mutolaa qilgan bolani ongida bo’shliq bo’lmaydi. Fikrlarini aniq va teran namoyon etadi.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari boshlang’ich sinf o’quvchilarida ko’plab ijobiy
fazilatlarni uyg’onishiga sabab bo’ladi.

XULOSA

Umumiy qilib aytganda, sinfdan tashqari o’qish darslari orqali, o’quvchilarni ta’limiy

sifatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, tarbiyaviy jihatdan ham ularni shakllantirib borishga
erishish mumkin. Ma’naviyatli va salohiyatli yoshlar, vatan kelajagi yurtning ertasi demakdir.

Shunday ekan har bir o’sib kelayotgan yosh avlod taqdiriga, e’tibor va mas’uliyat bilan

qaragan holda, ularga ta’lim-tarbiya berish lozim. Ayniqsa, boshlang’ich sinf o’qituvchilari
mana shunday ulkan vazifalarni bajarishda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashmog’i lozim.

Chunki boshlang’ich sinf davrida bola ko’plab jarayonni tasavvurida shakllantiradi,

ko’plab yangi bilimlarni egallashga muvaffaq bo’ladi.

REFERENCES

1.

Shavkat Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz ’’ asari.

2.

Y. A .Po’lotova “Ona tili o’qitish metodikasi’’ o’quv qo’llanma .

3.

Yuldasheva Dilorom Nigmatovna “ O’zbek tili o’qitish metodikasi’’

4.

Nuriddin Qirg’izov “Ona tili o’qitish metodikasi’’ o’quv qo’llanma.

5.

D. O’rinbayeva “Ona tili fanini o’qitish metodikasi ’’

6.

Xaitov Xamza Axmadovich “ Ona tili o’qitish metodikasi ’’ o’quv qo’llanma.

7.

A. G’ulomov va boshqalar “ Ona tili o’qitish metodikasi ’’ darslik

8.

Ziyonet tarmoqlari .



References

Shavkat Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz ’’ asari.

Y. A .Po’lotova “Ona tili o’qitish metodikasi’’ o’quv qo’llanma .

Yuldasheva Dilorom Nigmatovna “ O’zbek tili o’qitish metodikasi’’

Nuriddin Qirg’izov “Ona tili o’qitish metodikasi’’ o’quv qo’llanma.

D. O’rinbayeva “Ona tili fanini o’qitish metodikasi ’’

Xaitov Xamza Axmadovich “ Ona tili o’qitish metodikasi ’’ o’quv qo’llanma.

A. G’ulomov va boshqalar “ Ona tili o’qitish metodikasi ’’ darslik

Ziyonet tarmoqlari .