ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
285
STRATEGIK LOYIHALAR RESURSLARINI BOSHQARISHDA RAQAMLI
VOSITALAR
Azamov Abdussalomjon Baxtiyorjon o`g`li
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi”
tinglovchisi va “Olmaliq Kon Metallurgiya Konbinati” Aksiyadorlik jamiyati xodimi.
E-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11180304
Annotatsiya.
Ushbu maqolada strategik loyihalar resurslarini boshqarishda raqamli
vositalar, ularning turlari, o`rni va ularni joriy etish, samaradorligini oshirish haqida keltirib
o`tilgan.
Kalit so`zlar:
strategik loyiha, raqamli vosita, dastur, korporativ boshqaruv, ERP, MES,
SCADA.
DIGITAL TOOLS IN STRATEGIC PROJECT RESOURCE MANAGEMENT
Abstract.
In this article, digital tools, their types, their place and their implementation and
efficiency improvement are mentioned in the management of strategic project resources.
Keywords:
strategic project, digital tool, program, corporate management, ERP, MES,
SCADA.
ЦИФРОВЫЕ ИНСТРУМЕНТЫ В СТРАТЕГИЧЕСКОМ УПРАВЛЕНИИ
РЕСУРСАМИ ПРОЕКТОВ
Аннотация.
В данной статье упоминаются цифровые инструменты, их виды,
место, внедрение и повышение эффективности в управлении стратегическими ресурсами
проекта.
Ключевые слова:
стратегический проект, цифровой инструмент, программа,
корпоративное управление, ERP, MES, SCADA.
Strategik loyihalar resurslarini boshqarishda raqamli vositalarni o`rni beqiyos bo`lib,
hozirgi kunda ularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish, rivojlantirish bilan birga samaradorligini
oshirish ham muhim hisoblanadi. Ushbu jarayonni amalga oshirish taraqqiy etayotgan ilm-fan
yutuqlaridan, ishlanmalari, mahsulotlaridan hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari
vositalaridan foydalanishni talab etadi.
Hozirda O`zbekiston Respublikasining barcha sohalarda o`zgarishlar, tarkibiy islohotlar
olib borilmoqda. Bunday islohotlarni olib borilishi bevosita mamlakatdagi sohalarning
rivojlantirish, davlatning bosh islohotchiligi, ularning ustuvor yo`nalishlari va mamlakatdagi
sohalar faolligiga bog`liq.
1
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida zamonaviy raqamli texnologiyalar
ijtimoiy farovonlik o`sishini belgilovchi asosiy ishlab chiqarish resursi bo`lib qoldi. Tashkilotlar,
kompaniyalar va iqtisodiyot sektori korxonalari tomonidan zamonaviy kompyuter va axborot
1
Abdujabborov A.R. Investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish. –
Dissertatsiya. UDK:336.71 – 9 bet
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
286
tizimlaridan foydalanish, ularning iqtisodiyot va boshqa sohalarning samaradorligini oshirishning
muhim omilidir.
2
Har qanday tizimda, xususan hokimiyat yoki sanoat bo`lishidan qatiiy nazar sohadagi
ma`lum bir tashkil etishlar, o`zgarishlar, reformatsiyalar, modernizatsiyalar va boshqa harakatlarni
rejalashtirish, amalga oshirish, boshqarish kabi amallar ma`lum bir vositalar yordamida amalga
oshiriladi. Sanoatni boshqarish yoki qandaydir bir loyihalarini amalga oshirishda strategiyalar
tayangan holda, ularning resurslarini raqamli vositalar yordamida boshqarish mumkin. Bunda
sanoat sohasi yoki ushbu strategik loyihalarni ERP, MES, SCADA, PLC va boshqa tizimlar orqali
boshqariladi. Bu tizimlar ayniqsa sanoat loyihalari, korxonalarini boshqarishda foydali
xisoblanadi.
Sanoat korxonalari strategik loyihalarini raqamli vositalar yordamida boshqarishni tadbiq
qilish uchun, avvalo shu korxona(lar)ning sanoat rivojlanishining qaysi bosqichida ekanligini
aniqlab olish zarur bo`ladi.
3
1-rasm. Birinchi to'rtta sanoat rivojlanishlarining diagrammasi: (1)
mexanizatsiyalash, gidroenergetika, bug` mashinasi; (2) elektr energiyasi, konveyer,
uzluksiz ishlab chiqarish; (3) kompyuter va avtomatlashtirish; (4) kiber-fizik tizimlar
Sanoat korxonalarini va ularning strategik loyihalarini resurslarini boshqarish uchun
korxonada quyidagi iyerarxiya bo`yicha tuzilgan tizimlar yo`lga qo`yish kerak bo`ladi.
2
Qodirov S.I. Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning xususiyatlari. – Maqola. Article DOI:
10.55439/EIT/vol10_iss2/a41
3
Wikipedia – Четвёртая промышленная революция.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Четвёртая_промышленная_революция
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
287
1-grafik. Boshqaruv tizimi iyerarxiyasi
Asosiy tizimlar:
ERP - Korxona resurslarini rejalashtirish
MES - Ishlab chiqarishni bajarish tizimi
SCADA - Nazorat nazorati va ma'lumotlarni yig'ish
Yordamchi tizimlar:
CRM - Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish
KPI - Asosiy ishlash ko'rsatkichlari
BI - Biznes razvedkasi
BPM - Biznes jarayonlarini boshqarish
MRO - Xizmat va ta'mirlash
EAM - Korxona aktivlarini boshqarish
CEM - Korporativ energiya boshqaruvi
APS - Kengaytirilgan rejalashtirish va rejalashtirish
PLM - Mahsulotning hayot aylanishini boshqarish
LIMS - Laboratoriya Axborotni boshqarish tizimi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
288
Strategik loyihalar resurslarini boshqarishda raqamli vositalarni o`rnini bir so`z bilan aytish
qiyin, chunki hozirgi kunda loyihalar, resurslar, raqamli vositalar va boshqaruv uchun maxsus
dasturlar to`plamlarisiz boshqaruv jarayonini tashkil etishning o`zi bir muommo sanaladi.
Strategik loyiha resurslari
- loyihani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mablag‘lar
majmuasi bo'lib, uni amalga oshirishni tartibga solishga sezilarli ta ’sir ko‘rsatadi. Strategik loyiha
resurslari loyiha mahsulotini yaratishda ishtirok etadigan turli xil obyektlarni o‘z ichiga oladi.
Resurslarga mehnat, moliyaviy va moddiy-texnik resurslar, makon va vaqtinchalik
resurslar (muddat, muddatlar va cheklovlar), axborot, intellektual, texnologik, kommunikatsiya,
majburiy va hayotiy resurslar va shu kabilar kiradi. Sanab o‘tilgan barcha resurs elementlari bir-
biri bilan bog‘liq. Shuning uchun resurslarni boshqarish rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlar bilan
loyiha natijalarini ishlab chiqarish uchun maqbul foydalanishni rejalashtirish va ta’minlashdan
iborat.
Shuni nazarda tutish kerakki, har qanday obyekt, element, mexanizm, mulk faqatgina
maqsad belgilanganida va unga erishish uchun faoliyat boshlanganda resursga aylanadi.
4
Raqamli vositalar
(yoki raqamli texnologiyalar) bizning har kungi hayotimizni
o'zgartirayotgan, bizga yangi imkoniyatlar va resurslar taqdim etayotgan vositalardir. Bu vositalar
bizning ma'lumotlarimiz, ishlarimizni, o'quv-ta'lim jarayonimizni, tadbirlarimizni va boshqa
ko'plab sohalarni boshqarishda yordam beradi.
Raqamli vositalar ma`lum bir vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan kompyuterlar,
smartfonlar, veb dasturlar (saytlar, sahifalar va boshqa), internet orqali ishlaydigan vositalar, bulut
xizmatlari, Big data, 3d-printerlar va boshqalar.
Raqamli vositalar bizning hayotimizda katta o'zgarishlarga olib keldi va kelajakda ulardan
samarali foydalanish, rivojlantirish va yangi mahsulotlarini yaratishni oldimizga maqsad qilib
qo`yadi, ayniqsa bu vositalarni loyihalarni boshqarishda qo`llash ish samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi.
Loyihani boshqarish
— bu muayyan natijalarga erishish uchun loyiha ishini rejalashtirish,
tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish jarayoni. Bu korxonalar uchun mahsuldorlikni oshirish,
xarajatlarni kamaytirish va ish sifatini yaxshilash uchun muhim vositadir. Loyihani boshqarish,
shuningdek, loyihani amalga oshirish vaqtini nazorat qilish va xavflarni minimallashtirish
imkonini beradi. Barcha sohada loyihalarni boshqarish muhimdir, chunki natijaga ta’sir qiladigan
ko‘plab omillar mavjud. Bu sizga jamoa ishini boshqarish, jarayonlarni optimallashtirish,
xatarlarni boshqarish va loyihani belgilangan muddatlarda va byudjet doirasida saqlashni
ta’minlaydi.
5
Hozirgi kunda mamlakatimiz hamda xalqaro hamjamiyat miqyosida millionlab raqamli
vositalar mavjud bo`lib, ular sanoatning turli sohalarida foydalaniladi. Sanoat korxonalarida
foydalaniladigan raqamli tizimlar: ERP, MES, SCADA va boshqalar haqida to`xtalib o`tamiz.
ERP (Enterprise Resource Planning)
- Korxona resurslarini rejalashtirish (ERP)
zamonaviy sanoatning raqamli transformatsiyasida hal qiluvchi kuch hisoblanadi. ERP turli xil
4
Mamanazarov O.SH. Loyiha boshqaruvi. O`quv qo`llanma. – T.: “Ijod-Press”, 2019. 120-b.
5
Odilova
D. “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK
Loyihalar bajarilishini nazorat va tahlil qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi – Loyihalarni boshqarish bosqichlari va
usullari: chet elda qanday? Tahlil. ict.xabar.uz - 17.06.2023
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
289
sanoat jarayonlarini integratsiyalash va tartibga solish uchun mo'ljallangan, asosiy funktsiyalarni
boshqarish uchun yagona platformani taklif qiladigan keng qamrovli dasturiy yechim hisoblanadi.
Ma'lumotlar hajmi va real vaqtda qaror qabul qilish zarurati tufayli, ERP strategik vosita
hisoblanadi.
ERP tizimlari turli funktsiyalarni boshqarish, jarayonlarni soddalashtirish va
ma'lumotlardan amaliy tushunchalarni olish uchun yagona platformani taqdim etish orqali
tashkilotlarga kuch beradi. Moliya, inson resurslari, ta'minot zanjiri va mijozlar bilan
munosabatlarni boshqarish uchun mo'ljallangan modullar birgalikda uzluksiz va sinxronlashtirilgan
sanoat muhitiga hissa qo'shadi hamda uning strategik boshqaruvini ta`minlaydi. Yirik korxonalar
global miqyosda murakkab operatsiyalarni boshqarish uchun ERP tizimlarini ajralmas deb
hisoblaydilar, o'sib borayotgan korxonalar esa ERP taklif qiladigan miqyoslash va jarayonlarni
standartlashtirishdan foyda ko'radi
.
6
Hozirgi kunda foydalaniladigan eng mashxur xalqaro ERP tizimlariga quyidagilarni misol
qilib keltirish mumkin:
Microsoft Dynamics 365, Aptean ERP, Abas ERP, Oracle NetSuite, SAP
Business One; Axolt, Sage 300, Syspro, Acumatica, Workday, Deltek, Epicor, IQMS, Infor,
Veeqo
7
, 1C.ERP.
MES tizimi (manufacturing execution system -
ishlab chiqarishni bajarish tizimi)
ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun infratuzilma hisoblanadi. Texnologik zanjirlarda
material oqimlarini o'rnatish uchun asosiy vositalardan iborat. Har qanday asosiy vazifalarni
amalga oshirishda yordam beradi - xom ashyo sotib olishdan tortib turli xil tovarlarni ishlab
chiqarishgacha.
Zamonaviy bozorda MEC dasturiy ta'minoti uchun dasturiy ta'minotni yetkazib berish,
sozlash va yaratish bilan shug'ullanadigan ko'plab kompaniyalar mavjud. Sanoatning eng yaxshi
mahsulotlari orasida: Hydra, Bluestreak, AutoSuite, Wonderware, FactoryLogix va boshqalarni o`z
ichiga oladi.
MESni tanlashda siz nafaqat ma'lum bir dasturiy ta'minotning funktsiyalari ko'lamiga, balki
uni joriy raqamli va axborot infratuzilmasi bilan birlashtirish imkoniyatiga ham e'tibor qaratishingiz
kerak.
8
SCADA (Supervisory Control and Data Acquisition - Nazorat nazorati va
ma'lumotlarni yig'ish)
- bu kompyuterlar, tarmoqqa ulangan ma'lumotlar kommunikatsiyalari va
mashinalar hamda jarayonlarni yuqori darajadagi nazorat qilish uchun foydalanuvchi grafik
interfeyslarini o'z ichiga olgan boshqaruv tizimi arxitekturasi. Shuningdek, u sensorlar va boshqa
qurilmalarni, masalan, dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlarni o'z ichiga oladi, ular
texnologik zavod yoki mashinalar bilan interfeysga ega.
6
Robocoder korporatsiyasining “ERP dasturi nima? Katta va kichik korxonalar uchun ERP tizimlari.” nomli
Medium.com platformasiga joylashtirilgan maqolasi – Maqola. 10.10.2023. https://medium.com/1erp/what-is-erp-
enterprise-resource-planning-software-87d9c3b5a07f
7
ERP tizimlari na`munalari - https://rigorousthemes.com/blog/erp-software-examples/
8
Sotish bo`yicha menejer - Bobkov Oleg – “MES tizimlari: bu nima, ishlab chiqarishni boshqarish dasturi”. Maqola.
24.01.2024.https://www.cleverence.ru/articles/auto-busines/mes-sistemy-chto-eto-takoe-programma-dlya-
upravleniya-proizvodstvom/
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
290
REFERENCES
1.
Abdujabborov A.R. Investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga
moliyalashtirish. – Dissertatsiya. UDK:336.71 – 9 bet
2.
Qodirov S.I. Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning
xususiyatlari. – Maqola. Article DOI: 10.55439/EIT/vol10_iss2/a41
3.
Wikipedia
–
Четвёртая
промышленная
революция.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Четвёртая_промышленная_революция
4.
Mamanazarov O.SH. Loyiha boshqaruvi. O`quv qo`llanma.-T.:“Ijod-Press”,2019. 120-b.
5.
Odilova D. “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK
6.
Loyihalar bajarilishini nazorat va tahlil qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi – Loyihalarni
boshqarish bosqichlari va usullari: chet elda qanday? Tahlil. ict.xabar.uz - 17.06.2023
7.
Robocoder korporatsiyasining “ERP dasturi nima? Katta va kichik korxonalar uchun ERP
tizimlari.” nomli Medium.com platformasiga joylashtirilgan maqolasi – Maqola.
10.10.2023.
https://medium.com/1erp/what-is-erp-enterprise-resource-planning-
software-87d9c3b5a07f
8.
ERP tizimlari na`munalari - https://rigorousthemes.com/blog/erp-software-examples/
9.
Sotish bo`yicha menejer - Bobkov Oleg – “MES tizimlari: bu nima, ishlab chiqarishni
boshqarish dasturi”. Maqola. 24.01.2024. https://www.cleverence.ru/articles/auto-
busines/mes-sistemy-chto-eto-takoe-programma-dlya-upravleniya-proizvodstvom/
