Authors

  • Xadicha Saydullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32312

Keywords:

diplomacy foreign policy international cooperation ambassador regional cooperation international organization multilateral cooperation bilateral cooperation treaty agreement statute regulation.

Abstract

This article describes the cooperation between Uzbekistan and the USA in the field of culture.

background image


240

OʻZBEKISTON VA AQSH XALQLARINING KOʻP QIRRALI MADANIYAT

SOXASIDAGI ALOQALARI

Saydullayeva Xadicha Abdunarzullayevna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika universiteti doktoranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11180314

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston va AQShning madaniyat sohadagi hamkorlik

aloqalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

diplomatiya, tashqi siyosat, xalqaro hamkorlik, elchi, mintaqaviy hamkorlik,

xalqaro tashkilot, ko‘p tomonlama hamkorlik, xalqaro tashkilot, ikki tomonlama hamkorlik,

shartnoma, bitim, kelishuv, nizom, reglament.

MULTICULTURAL RELATIONS BETWEEN THE PEOPLE OF UZBEKISTAN AND

THE USA

Abstract.

This article describes the cooperation between Uzbekistan and the USA in the

field of culture.

Key words:

diplomacy, foreign policy, international cooperation, ambassador, regional

cooperation, international organization, multilateral cooperation, international organization,

bilateral cooperation, treaty, agreement, agreement, statute, regulation.

МУЛЬТИКУЛЬТУРНЫЕ ОТНОШЕНИЯ МЕЖДУ НАРОДАМИ УЗБЕКИСТАНА И

США

Аннотация.

В данной статье описывается сотрудничество Узбекистана и США в

сфере культуры.

Ключевые

слова:

дипломатия,

внешняя

политика,

международное

сотрудничество, посол, региональное сотрудничество, международная организация,

многостороннее

сотрудничество,

международная

организация,

двустороннее

сотрудничество, договор, соглашение, соглашение, статут, регулирование.

Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yilda mustaqillikka erishgach tarixiy taraqqiyotida yangi

bosqichga qadam qoʻydi. Oʻzbekistonning geosiyosiy maqomi va milliy-tarixiy anʼanalari bois,

davlat tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri madaniy aloqalarni, yaʼni madaniy

diplomatiya deb ataluvchi fenomen asosidagi munosabatlarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishdir.


background image


241

Madaniy diplomatiya, bir tomondan, bugungi oʻzaro bogʻliq dunyoning globallashuvi,

unda ommaviy muloqot texnologiyasining tarqalishi sharoitlarida turli mamlakatlar aholisining

muloqoti jadallashib borishini taʼminlaydi, tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim jihati

hisoblanadi

1

.

Shundan kelib chiqib mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Oʻzbekiston koʻplab

rivojlangan mamlakatlar bilan, jumladan AQSH bilan madaniy aloqalar oʻrnatdi. Bu, eng avvalo,

audiovizual soha, kinofilmlar, shuningdek multiplikatsion filmlar bozori boʻlib, ushbu mahsulotlar

nafaqat kinoteatrlarni, balki televideniyeni ham toʻldirib tashladi. Turli xususiyatga ega boʻlgan

madaniyatning umumiy mezonlarini targʻib qiluvchi va shakllantiruvchi AQSH filmlari haddan

ziyod koʻpaydi. Ushbu hodisa bilan bir qatorda ikki davlat oʻrtasida madaniygumanitar sohadagi

ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlana boshladi.

Xususan, ushbu faollik taʼlim va fan sohasida yaqqol koʻzga tashlandi. 1992-yil 20-aprelda

Amerika Xalqaro tadqiqotlar va ilmiy almashuvlar kengashining Toshkentdagi vakolatxonasi

AYREKS (IREX – International Research&Exchanges Board), soʻngra nufuzli xalqaro tashkilot

– Amerika xalqaro taʼlim kengashi (ACCELS-American Councils for International Education)

vakolatxonasi ochildi. Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasining axborot, madaniyat va maorif

boʻlimi taʼlim sohasidagi almashuvlar boʻyicha qator dasturlarni, masalan, Uilyam Fulbrayt

dasturi, Xyubert Xamfri dasturi, kichik oʻqituvchilar tarkibini rivojlantirish dasturi, OTM

bitiruvchilari uchun Edmund Mask stipendiyalar dasturi (har yili 250 dan ortiqroq stipendiantlari

bor) va boshqa dasturlarni amalga oshirmoqda.

2

Vazirlar Mahkamasiiing 1992-yil 25-martdagi 142-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston

Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqa milliy uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi tashkil etildi. Tashkilotning asosiy faoliyat yoʻnalishi xalqaro

insonparvarlik, madaniy va iqtisodkiy aloqalarni, xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro bir-birini

tushunish, doʻstlik va hamkorlikni shakllantirish, rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek,

xorijda yashovchi vatandoshlar bilan aloqalarni kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi

fuqarolarining jamiyatlari, uyushmalari, klublari, harakatlari hamda boshqa shakllardagi

birlashmalarini faoliyatini birlashtirish etib belgilandi. Uyushma 1992-yil 16-iyunda qayta tashkil

topib, 1997-yil 26-maydan 2017-yilga qadar oʻz 29 faoliyatini Oʻzbekiston Xorijiy mamlakatlar

1

D.B. Sayfullayev. Oʻzbekiston respublikasi madaniy diplomatiyasining shakllanishi va rivojlanishi. Tarix fanlari

doktori (DSc) dissertatsiyasi Avtoreferati. Toshkent – 2020

2

Yuldasheva

G.

SSHA

Uzbekistan

– obzor proydennogo put voprosы buduщego // URL:

https://caanetwork.org/archives/8342


background image


242

bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari kengashi sifatida davom ettirdi. Oʻz

XAMU ixtiyoriy ravishda mamlakatimiz fuqarolarining uyushmalari, klublari, harakatlari va

boshqa birlashmalarining xalqaro madaniy aloqalarini muvofiqlashtirgan holda birlashtiradi.

Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, 1990-yillarda ular qatorida “Oʻzbekiston – AQSH”,

“Oʻzbekiston – Fransiya”, “Oʻzbekiston – Turkiya”, “Oʻzbekiston – Germaniya” kabi 30 dan ortiq

jamiyatlar faoliyat koʻrsatgan

3

.

1999-yil 15 okyabrda Amerika qoʻshma shtatlarida “Oʻzbekiston madaniyati haftaligi”ni

oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori eʼlon qilindi

4

.

Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi madaniy,

doʻstlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, milliy madaniyat yutuqlarini xalqaro miqyosda

keng targʻib etish maqsadida qoʻydagi tadbirlar amalga oshirdi:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi,

“Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi hamda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi tadbirkor va jamoat

guruhlari hamkorlikda 1999-yil 2—12-noyabr kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarida «Oʻzbekiston

madaniyati haftaligini oʻtkazildi.

-

AQSHda “Oʻzbekiston madaniyati haftaligi” doirasidagi “Buyuk Ipak yoʻli” nomli badiiy

koʻrgazma Filadelfiya va Nyu-York shaharlarida 2000-yil 15-yanvarga qadar davom etdi.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi haftalik davomida oʻzbek milliy

folklor sanʼati namunalaridan iborat konsert dasturlarini namoyish etishni tashkil etildi.

-

“Oʻzbeksavdo” kompaniyasi, “Usto” birlashmasi va “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish

markazi haftalik davomida oʻzbek milliy taomlari va xalq amaliy sanʼati namunalarining savdo-

koʻrgazmasini tashkil qilindi

5

.

Mamlakatimizda faol “xalq diplomatiyasi” asosida xorijiy davlatlar bilan doʻstona

aloqalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi madaniy

aloqalarning rivojlanishi va samarali natijalarida bir qator jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar va

fondlarning ahamiyati yuqori hisoblanadi.

Oʻzbekistonning mustaqilligi AQSH bilan madaniy hamkorligiga kuchli turtki berdi.

Mafkuradan xoli tashqi siyosat AQSH bilan hamkorlikda turli qoʻshma koʻrgazmalar tashkil etish,

musiqa va kinofestivallar oʻtkazish, teatr truppalarining gastrol safarlarida oʻzining aniq ifodasini

3

Nuriddinov E. Mejdunarodnoye sotrudnichestvo Respubliki Uzbekistan so stranami Yevropы. – T., 2002. – S. 156.

4

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.10.1999-yildagi 464-son.

https://lex.uz/docs/1668934

5

Uzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iktisodiy-texnikaviy va madaniy alokalari (AKD1 va Angliya misolida)

"Nauchnыe problemы sotsialno-ekonomicheskogo, istoriko-filosofskogo i kulturnogo razvitiya Respubliki
Uzbekistan", (sbornik nauchnыx trudov). Tashkent, TGTU. 1996. 0,5 pl.


background image


243

topdi. Amerikadagi oʻzbek diasporasi vakillari AQSHda Oʻzbekiston sanʼati va madaniyatini

targʻib etish borasida samarali ishlarni amalga oshirildi. Buning natijasida koʻproq amerikaliklar

oʻzbek xalqining maʼnaviy yutuqlari va tarixi bilan, Oʻzbekiston aholisi esa AQSH madaniyati

bilan tanishmoqda

6

.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan, aniqrogʻi 1992-yil 20-apreldayoq Toshkentda

xalqaro tadqiqotlar va ilmiy almashuvlar boʻyicha Amerika Kengashi (IREX)ning

vakolatxonasi ochildi. Mazkur xalqaro notijorat tashkiloti oʻz faoliyatida innovatsion

dasturlarni taraqqiy ettirishga, mazkur yoʻnalishda tadqiqotchilarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-

quvvatlash bilan shugʻullanadi. Mazkur sanadan 5 kun oʻtib, yaʼni 25-aprelda Toshkentda Xalqaro

taʼlim boʻyichaAmerika kengashi (ACCELS)ning ofisi ochildi. Aynan shu davrdan boshlab ikki

davlatning fan taʼlim sohasida oʻzaro hamkorligi qisqa muddatlarda rivojlanib ketdi

7

. 1993-yil 28-

avgustda AQSH va Oʻzbekiston talabalari oʻrtasida almashuvlar amaliyotiga muvofiq bir guruh

amerikalik talabalar (32 nafar) Toshkentga keldi.

Talabalar respublikaning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdi va mamlakatimizning

yirik shaharlari Samarqand, Buxoro va Fargʻonadan tashqari Qashqadaryo va Surxondaryo,

shuningdek Orolboʻyi mintaqasidagi bir qancha hududlarga borib u yerdagi vaziyat bilan tanishdi.

Mazkur almashuv dasturi eng birinchi navbatda ingliz tilini oʻrganish, oʻqituvchilarga

amaliy ingliz tilini oʻqitish metodikasi boʻyicha bilimlarini oshirishga yordam berdi. Mazkur

oʻzaro almashuv dasturi doirasida Oʻzbekiston Xalq taʼlimivazirligidamamlakatning barcha

viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan toʻplangan 55 nafar yuqri sinf oʻquvchilari

AQSHga oʻqishga yoʻl olishi munosabati bilan 1994-yil 27-sentyabrda tantanali marosim boʻlib

oʻtdi. Mazkur oʻqishni tashkil etishni ACCELS Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashi

oʻz zimmasiga oldi

8

.

Fan-taʼlim sohasidagi oʻzaro aloqalari rivojida 1994-yil 20-noyabrda Oʻzbekiston

Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi delegatsiyasining AQSHga tashrifini alohida aytib oʻtish

kerak. Taʼlim boʻyicha Amerika departamentining taklifiga binoan Oʻzbekiston Xalq taʼlimi

vaziri Sh.Yoʻldoshev boshchiligidagi delegatsiya AQSHga tashrif buyurgan edi va mazkur

tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad taʼlim sohasida uzviy aloqalar oʻrnatish, AQSHdagi mavjud

taʼlim tizimi bilan tanishish va ikki tomonlama qoʻshma dasturlarni amalga oshirishdan iborat

6

Xolliyev A.G. Ekonomicheskiye, nauchno-texnicheskiye i kulturnыe svyazi nezavisimogo Uzbekistana s

Velikobritaniyey i SSHA: Avtoref. dis. kand. ist. nauk.-Tashkent 1998. S.3.

7

IREX 1992-1996-yillar. AnnualReport//IREX papers/List of Uzbekistan IREX Alumni including current

Participants. 1992-1996.

8

www.americancouncils.org


background image


244

boʻlgan. Aynan shu tashrif davomidaACCELS Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashi bilan

uzoq muddatli uzviy aloqalar oʻrnatildi.Taʼlim sohasida AQSH bilan Oʻzbekiston Respublikasi

oʻrtasidagi aloqalar fan sohasida ham davom ettirildi. Xususan 1995-yil 10-martda bir guruh

oʻzbek olimlari Nyu-York fanlari akademiyasining aʼzoligiga saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasi akademigi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, fizika-

matematikafanlari doktori, professor Rahim Bekjonov Oʻzbekistonliklardan birinchi boʻlib

Nyu-York fanlari akademiyasining aʼzoligiga saylandi. Nyu-York Fanlar Akademiyasi

mamlakatimizdagi bir guruh olimlarni ham oliy darajadagi olimlar deb eʼtirof etdi va ular

orasida tibbiyot fanlari doktori, professor S.Z.Kostko, Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti

rektori, akademik N.I.Ibroximov, tibbiyot fanlari doktori A.V.Voxidov, Zoologiya instituti

professori I.I.Mirabdullayev,Oʻzbekiston geologiya davlat qoʻmitasi oʻquv markazi direktori,

professor R.Yusupov va boshqalar bor edi. Shuningdek Nyu-York Fanlari Akademiyasining

haqiqiy aʼzosi Nabi Majidovning nomi “Dunyoning yetuk insonlari” Xalqaro maʼlumotnomasiga

kiritildi. Undan tashqari 1996-yil 10-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

bioorganik kimyo institutining ikki peshqadam olimi-fan doktorlari Tohir Oripov va Baxtiyor

Ibrohimov AQSHda ilmiy safarda boʻldi. Mazkur safar davomida ular Nyu-Yorkning peshqadam

kimyo laboratoriyasiga tashrif buyurdi va bu yerda ularga mashhur olim Sheldon Segal rhbarlik

qildi. Mazkur laboratoriyada gossipola-gʻoʻzada va chigitda boʻladigan moddani oʻrganish ishlari

olib borilar edi. Mazkur hamkorlik natijasida Toshkentdagi bioorganik kimyo institutiga

AQSHning Rokfeller jamgʻarmasidan 50 ming dollar mablagʻ ajratildi.

9

AQSHdagi “Amerika-Turkiston” oʻzbek jamiyati

– Jamiyat birinchi bor oʻtgan asrning 50-

yillari soʻnggida Amerikaga koʻchib oʻtgan oʻzbeklar tashabbusi bilan tashkil qilingan. Bu

nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega boʻlib turkistonlik vatandoshlarni birlashtiradi. Uning

faoliyati vatandoshlarimizga koʻmaklashish, ona tilimiz, milliy urf-odatlarimizni saqlash, joylarda

maʼrifiy-madaniy, mehr-muruvvat tadbirlarini tashkil qilishga yoʻnaltirilgan. Mazkur tashkilot

Roʻzi Nazar ismli oʻz yurtining fidoyi farzandi tashabbusi bilan va u kishini qoʻllab-quvvatlagan

bir necha amerikalik oʻzbeklar ishtirokida 1958-yil Nyu-Yorkning Bruklin degan hududida tashkil

etilgan edi. Bugungi kunda jamiyat Amerikada oʻz nufuzi va obroʻ eʼtiboriga ega yirik nodavlat

tashkilotlardan hisoblanadi. Ayniqsa Oʻzbekiston va AQSH mamlakatlarining mustaqillik kunlari,

Navroʻz, roʻzaramazon, hayit va boshqa bayramlar keng nishonlanadi. Jamiyat Oʻzbekistonning

AQSHdagi elchixonasi, BMTdagi vakolatxonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh Konsulligi bilan 1991-

9

Tengdoshlar davrasida bir yil. “Xalq soʻzi”, 2000-yil 6-iyul.


background image


245

yildan beri yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatib, birgalikda madaniy-maʼrifiy va boshqa

tadbirlarni tashkil etib kelmoqda. Elchixonada va Bosh konsullikda tashkil qilinadigan barcha

madaniy-maʼrifiy tadbirlarda amerikalik oʻzbeklar faol ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari,

Oʻzbekistondan tashrif buyurgan sanʼat, adabiyot, ilm-fan arboblari, jurnalist va yozuvchilar bilan

doimiy ravishda uchrashuvlar oʻtkaziladi. Oʻzbek adibiyotining zabardast adiblari Said Ahmad,

Erkin Vohidov, Pirimqul Qodirov va boshqalar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlar bunga misol boʻla

oladi. Bundan tashqari Oʻzbekistonda oʻtadigan saylovlarda va referendumlarda jamiyat vakillari

doimiy ravishda kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi

10

.

“Oʻzbekiston – AQSH” doʻstlik jamiyati

– ikki xalq oʻrtasida taʼlim, madaniy-gumanitar

sohalardagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga yoʻnaltirilgan umumiy maqsadlarni amalga

oshirib kelmoqda. 2017-yilda Oʻzbekiston – AQSH” doʻstlik jamiyati aʼzolarining yangi tarkibi

tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida madaniy-

gumanitar aloqalar kengayayotgani ilm-fan, taʼlim, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi

qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga katta turtki bermoqda. Taʼlimda xalqaro standartlarni joriy

etish, zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan oʻrtoqlashish shular jumlasidan.

Oʻzbekiston – AQSH” doʻstlik jamiyati tashabbusi bilan oʻtgan yil may oyida Oʻzbekiston

Fanlar akademiyasi Matematika institutida amerikalik talabalar uchun interaktiv darslar tashkil

etildi, avgust oyida Urganch davlat universitetida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Tadbirlarda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kaliforniya va San Diyego universitetlari

professor-oʻqituvchilari, yosh tadqiqotchilar, talabalari ishtirok etdi. Tajriba almashish

amaliyotlarida xorijlik talabalar mamlakatimizning oʻziga xos tarixi, madaniyati, rivojlanish

istiqbollari va turli sohalarga oid qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldi. Bu hamkorlik ikki tomonlama

yoʻlga qoʻyilayotgani “Oʻzbekiston – AQSH” doʻstlik jamiyatining uzoq kelajakka moʻljallangan

intilishlarini aks ettiradi. 2017-yil oktyabr oyida AQSH va Kanadaning Buxoro yahudiylari

kongressi tomonidan Nyu-York shahrida “Oʻzbekiston rivojlanish islohotining yangi bosqichida”

mavzuidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi. Unda “Oʻzbekiston – AQSH” doʻstlik jamiyati

aʼzolari ishtirok etib, jamiyat hayotining barcha jabhalarida olib borilayotgan islohotlar haqidagi

fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. Muzokaralar davomida mamlakatlarimiz hamkorligini

yanada kengaytirish, ijtimoiy-gumanitar sohalardagi muloqotni faollashtirishning qatʼiy tarafdori

ekani qayd etildi. Joriy yil kuz oylarida AQSHda Oʻzbekistondagi rivojlanish istiqbollariga

10

Shukurzoda Mavlon. AQSH-Oʻzbekiston hamkorligi fakt va raqamlarda. 1992-2016. -Toshkent, 2016.


background image


246

bagʻishlangan xalqaro konferensiya va oʻzbek mumtoz musiqasiga oid “Shashmaqom forever”

musiqiy kechasini tashkil qilishga kelishib olindi.

2023-yil 8-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti

universitetida “Oʻzbekiston – AQSH” doʻstlik jamiyati, YUNESKOning mamlakatimizdagi

vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusida respublika ilmiy-amaliy

xalqaro anjumani oʻtkazildi. Anjumanda xorijiy diplomatik korpus, milliy-madaniy markazlar

rahbarlari, tilshunos va adabiyotshunos olimlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda

Navoiy ijodini oʻrganishga qiziqish yanada oshib borayotgani, asarlari olamshumul ahamiyatga

ekani va butun dunyo Navoiy shaxsiga hurmat bajo etishining boisi u ilgari surgan gʻoyalar hech

qachon eskirmasligida ekani eʼtirof etildi

11

.

“Oʻzbekiston – AQSH” doʻstlik jamiyati oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish,

AQSHdagi fuqarolik hamjamiyati institutlari, xorijdagi vatandoshlar bilan doʻstona aloqalarni

mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratmoqda. Bu jamiyatning oʻzgarmas va strategik rejasi –

mamlakatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati

qurish borasidagi Oʻzbekiston pozitsiyasini, shuningdek, millatlararo munosabatlar va xorijiy

mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish tamoyiliga mosdir.

“Vatandoshlar” jamoat fondi

- 2021-yil 11-avgustda tashkil etilgan. Xorijda istiqomat

qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish, ularning qalbi va ongida

yurt bilan faxrlanish tuygʻusini yuksaltirish, milliy oʻzlikni saqlab qolish, vatandoshlar va ular

tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qoʻllab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat

yuritayotgan

vatandoshlarimizning

salohiyatini

mamlakatimiz

taraqqiyotiga

samarali

yoʻnaltirishdir.

2022-yilning aprelida "Vatandoshlar" jamoat fondi va AQSHning "Sietl-Oʻzbek

mahallasi", "Sietl-Toshkent" birodarlik shaharlari uyushmalari prezidenti Fazliddin Shamsiyev

bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida kelgusida xorijdagi vatandoshlar ishtirokida

hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar va tadbirlar yuzasidan fikrlar almashildi. Kelgusida

"Vatandoshlar" jamoat fondi va "Sietl-Oʻzbek mahallasi" oʻrtasida hamkorlik Memorandumini

imzolash hamda hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

12

.

Oʻzbek-Amerika vatandoshlar jamiyati

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik alokalari qoʻmitasi raisi

11

Oʻzbekiston-AQSH. Strategik sheriklikning yangi davri. M.:2018. 180 B.

12

http://interkomitet.prepod.uz/bosh-sahifa-kir/a%d2%9bshdagi-vatandosh-bilan-uchrashuv-

%d1%9etkazildi/?lang=oz


background image


247

Rustambek Qurbonov va “Oʻzbek-Amerika” vatandoshlar jamiyati raisi Olim Sharipov oʻrtasida

onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv AQSHdagi “Oʻzbek-Amerika” vatandoshlar jamiyati

oʻrtasida anglashuv memorandumini imzolash hamda kelgusida ikki tashkilot oʻrtasidagi madaniy

aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Onlayn uchrashuvda Qoʻmita raisi R.Qurbonov qoʻmitaning maqsad va vazifalari hamda

faoliyati haqida qisqacha toʻxtalib, ushbu uchrashuv “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”ning

tegishli bandida koʻrsatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilganligi bilan ham ahamiyatli

ekanligini qayd etdi.

Qoʻmita va Jamiyat hamkorligi natijasida oʻtgan yillar davomida AQSHdagi vatandoshlar

farzandlari va Oʻzbekiston maktab oʻquvchilari oʻrtasida insholar tanlovining oʻtkazilishi, 2019-

yilda Oʻzbekiston delegatsiyasining AQSHga xizmat safari chogʻida Chikago shahridagi “Oʻzbek-

Amerika” jamiyati markazi faoliyati bilan uchrashilgani mazkur yoʻnalishdagi samarali faoliyat

natijasidir

13

. 2019-yilda AQSHdagi vatandoshlarning 20 nafarga yaqin farzandlari uchun

“Yoshlik” oromgohida 2 haftalik hordiq tashkil etildi hamda birgalikda 10 ga yaqin onlayn

uchrashuvlar oʻtkazildi. 2020-yil butun dunyoda hali hanuz davom etayotgan koronavirus

pandemiyasi sababli koʻplab rejalashtirilgan ishlarga toʻsqinlik qilgani taassuflidir. Shunday ogʻir

sharoitda “Oʻzbek-Amerika” jamiyati tomonidan koʻplab xayriya tadbirlari amalga oshirildi. Ayni

paytda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan

doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tomonidan bir qator loyihalar hamkorlikda amalga oshirildi. Shu bilan

birga, 2021-yilda ham pandemiyaga moslashgan holatda hamkorlikda ish olib borishga toʻgʻri

kelishi mumkinligi uchrashuvda taʼkidlandi. Qoʻmita 2021-yilda mazkur tuzilma bilan

hamkorlikda oʻzbek milliy bayramlari, turli seminar va konferensiyalar, yosh vatandoshlarimiz

uchun yozgi oromgoh tashkil etish istiqbollarini koʻrib chiqayotgani maʼlum qilindi. Uchrashuv

yakunida Qoʻmita va AQSHdagi “Oʻzbek-Amerika” vatandoshlar jamiyati oʻrtasida anglashuv

memorandumi imzolanib, tomonlarning oʻzaro birgalikda ish olib borish masalalarida

koʻmaklashish va hamkorlik qilishga kelishildi. Shuningdek, onlayn uchrashuvda bir qator yangi

takliflar bildirildi.

Amerika Oʻzbeklar Jamiyati

- Nyu-Jersi shtati (AQSH) Rendolf shahrida Oʻzbekiston

davlat mustaqilligining 31 yilligi va Amerika oʻzbeklar jamiyati diaspora tashkilotining rasmiy

ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Amerika oʻzbeklar jamiyati prezidenti

13

Yuldasheva G. SSHA i Uzbekistan – obzor proydennogo puti i voprosы buduщego // URL:

https://caanetwork.org/archives/8342


background image


248

Umid Ismatullayev, Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibrohimov,

Oʻzbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsuli Kamol Ikromov, Turkiston-Amerika uyushmasi

prezidenti Abdulla Xoʻja, “Mahalla AQSH” oʻzbeklar jamiyati rahbari Abdumalik Ahmedov,

“Yurtdosh” oʻzbek diaspora tashkilotlari faoli Akmal Xolboyev va boshqalar ishtirok etdi.

Amerika Oʻzbeklar Jamiyati prezidenti Umid Ismatullayev barcha yigʻilganlarni Oʻzbekiston

Mustaqilligi kuni va oʻzbek diasporasi tashkilotining rasmiy ochilishi bilan tabrikladi.

Tadbirning madaniy qismida ijodiy guruhlar va musiqiy jamoalarning chiqishlari, xususan,

xalq qoʻshiqlari va raqslari, Oʻzbekistonga oid video va fotomateriallar namoyishi, amaliy sanʼat

namunalari, milliy bayram liboslari, xalq taomlari taqdimoti oʻrin oldi. Tadbirning yosh

ishtirokchilari oʻrtasida Oʻzbekiston tarixi, uning geografik oʻrni, davlat ramzlari, buyuk alloma

va mutafakkirlar haqidagi bilimlari yuzasidan viktorina tashkil etildi. Viktorina gʻoliblariga

esdalik sovgʻalari va esdalik sovgʻalari topshirildi

14

.

Virjiniya Oʻzbek Madaniyati Markazi

15

- Shimoliy Virjiniyada joylashgan notijorat

tashkilotdir. U Vashington metropolitenidagi oʻzbek jamiyati madaniyati va tamoyillariga

qiziqqan shaxslar oʻrtasida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga bagʻishlangan. Markaz

turli dasturlar, tadbirlar va koʻngillilik imkoniyatlarini taklif qilish orqali oʻzbek madaniyati haqida

xabardorlikni oshirish va AQSHda madaniy xilma-xillikni oshirishni maqsad qilgan.

Shimoliy Virjiniya va Vashington, metro hududida oʻzbek madaniyati va tamoyillariga

qiziquvchi shaxslarni birlashtirib, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Faoliyati Oʻzbekistonning boy merosi haqida xabardorlikni va AQSHda madaniy xilma-

xillikni oshirishga oʻzbek madaniyatining mohiyatini ulugʻlaydigan jonli hamjamiyatni yaratishga

qaratilgan. Shuningdek, turli dasturlar orqali oʻzbek hamjamiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatish, jamiyat

ruhini yuksaltirish, oʻzbek-amerika submadaniyati haqida xabardorlikni oshirish va diniy va

siyosiy boʻlmagan notijorat tashkilot bilan hamkorlikda mazmunli aloqalarni qoʻllab-quvvatlashga

qaratilgan

16

.

USAID

- AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi 1961-yil 3-noyabrda AQSH Prezidenti

J.F.Kennedi tashabbusi bilan tashkil etilgan va uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari “insonning

asosiy ehtiyojlari” boʻlganoziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, sogʻliqni saqlash, taʼlim va inson

resurslarini rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur tashkilot oʻzining 50 yillik faoliyati davomida

14

http://tashkenttimes.uz/national/9571-uzbek-society-of-america-set-up-in-the-united-states

15

https://uccva.org/

16

https://projects.propublica.org/nonprofits/organizations/923134340


background image


249

demokratik anʼanalarni qaror toptirish, sogʻliqni saqlash, inson huquqlarini himoya qilish, oziq-

ovqat xavfsizligini taʼminlashga doir katta dasturlarni amalga oshirdi va oshirib kelmoqda.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning asosiy maqsadlaridan biri

demokratik qoidalarga asoslangan iqtisod va ijtimoiy tizimni shakllantirishda amaliy koʻmak

berishdan iborat. Agentlik Oʻzbekistonda 1993-yildan boshlab iqtisodiy rivojlanishnii

yaxshilash, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va sud-huquq tizimini isloh qilishga qaratilgan

dasturlari bilan faoliyat koʻrsatib kelmoqda

17

.

Madaniy merosni saqlash boʻyicha hamkorlik:

Amerika Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekiston

madaniy merosini asosan AQSH elchilarining madaniy merosni asrash jamgʻarmasi (AFCP) orqali

asrab-avaylashni qoʻllab-quvvatlaydi. Jamgʻarma 2001-yildan buyon Oʻzbekistonda 14 ta loyiha,

jumladan, Xivadagi XIX-asrga oid Toshhovli saroyini saqlab qolish hamda Buxoro, Samarqand

va Toshkentdagi bir qancha kolleksiya va tarixiy binolarni asarab-avaylash uchun 900 ming

dollarga yaqin mablagʻ ajratdi.

18

.

Sanʼat sohasidagi hamkorlik

.

2019-yilda AQSHda oʻzbek raqs sanʼatini oʻrganish dasturi

tashkil etildi. Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida boʻlib oʻtadigan tadbirda Kolumbiya

okrugi, Merilend, Virjiniya, Pensilvaniya, Nyu-York, Nyu-Jersi, Florida, Kentukki va boshqa

shtatlardan 20 ga yaqin tinglovchi ishtirok etdi. Elchixona maʼlumotiga koʻra, treninglarni

oʻtkazish uchun “Munojot”, “Tanovar”, “Intizor”, “Buxoro yulduzi” kabi va boshqa milliy raqslari

ijrochisi, taniqli raqqosa va xoreograf, Oʻzbekiston xalq artisti Qizlarxon Doʻstmuhammedova

kelgan. U yosh hamkasblari bilan mahoratini oʻrtoqlashdi. Uch kunlik trening dasturida anʼanaviy

oʻzbek raqsi va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarining oʻziga xos xususiyatlari va

elementlarini oʻrgatish, shuningdek, turli sozlardagi mahorat darsi, xalqimizning tarixi va

madaniyati boʻyicha seminar oʻtkazish koʻzda tutilgan.

19

Soʻngi yillarda AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy aloqalar ikki tomonlama

rivojlanmoqda. AQSH Oʻzbekistoning boy tarixiy merosiga katta qiziqish bilan qarayotgan, turli

loyihalar doirasida Oʻzbekiston madaniyati va sanʼtiga oid moddiy va maʼnaviy meroslarni

saqlash va targʻibni qoʻllab quvvatlayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston tomoni AQSHning fan, taʼlim va

turizm yutuqlaridan foydalanishga intilmoqda.

REFERENCES

17

http://www.usaid.gov/who-we-are/usaid-history

18

https://uz.usembassy.gov/uz/education-culture-uz/ambassadors-fund-cultural-preservation-uz/

19

https://www.theuca.org/about


background image


250

1.

G.A.Hidoyatov “Основы дипломатии”- 2022.

2.

N. Shomiy “Zafarnoma”.-1996

3.

O‘zbek diplomatiyasi tarixidan.-2003

4.

F.N.Ernazarov “O‘zbekistonning Osiyo davlatlari bilan madaniy aloqalari”.-dis,-2018.

5.

D.B. Sayfullayev “Mustaqillik davrida O‘zbekiston diplomatiyasining shakllanishi va

rivojlanishi” .-dis.-2017.

6.

“Taraqqiyot va hamkorlik yo‘llarida. O‘zbekiston tashqi siyosati va diplomatiyasi”.-1993.

7.

A. X. Parpiyev “O‘zbekiston diplomatiyasining tarixi va istiqbollari”. Maqola. 2021.

8.

Nodirbek Jalilov (2022). Oilalardagi tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olishda

huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorining faoliyati. Ta’lim fidoyilari, 03-10 , 129-137.

9.

B. Shermuhammedov “Yangi O‘zbekiston-xalqaro diplomatiya markaziga aylanmoqda”.

Maqola. 2022.

10.

Nodirbek Jalilov (2023). HUQUQBUZARLIKLARNING YAKKA TARTIBDAGI

PROFILAKTIKASINING USUL VA SHAKLLARI.

Ta’lim fidoyilari

,

21

, 29-35.

11.

Nuriddinov E Становление и дальнейшее развитие на этапе обновления страны

внешнеполитической деятельности Республики Узбекистан. Е., 2021

12.

Elektron ma’lumotlar:

13.

https://kun.uz/uz/news/2022/06/24/ozbekiston-aqsh-hamkorlik-va-sherikchilik-aloqalari-

rivojlanyapti

.

14.

https://qalampir.uz/uz/news/ak-sh-2021-yilda-uzbekiston-bilan-yanada-yakin hamkorlik

kilmokchi.

13. X.A.Saydullayeva (2023) O‘zbekiston-AQSh munosabatlari chuqurlashmoqda. The

American Journal of Political Science Law and Criminology (ISSN – 2693-0803)

14. Arxiv ma’lumotlari.

References

G.A.Hidoyatov “Основы дипломатии”- 2022.

N. Shomiy “Zafarnoma”.-1996

O‘zbek diplomatiyasi tarixidan.-2003

F.N.Ernazarov “O‘zbekistonning Osiyo davlatlari bilan madaniy aloqalari”.-dis,-2018.

D.B. Sayfullayev “Mustaqillik davrida O‘zbekiston diplomatiyasining shakllanishi va rivojlanishi” .-dis.-2017.

“Taraqqiyot va hamkorlik yo‘llarida. O‘zbekiston tashqi siyosati va diplomatiyasi”.-1993.

A. X. Parpiyev “O‘zbekiston diplomatiyasining tarixi va istiqbollari”. Maqola. 2021.

Nodirbek Jalilov (2022). Oilalardagi tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olishda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorining faoliyati. Ta’lim fidoyilari, 03-10 , 129-137.

B. Shermuhammedov “Yangi O‘zbekiston-xalqaro diplomatiya markaziga aylanmoqda”. Maqola. 2022.

Nodirbek Jalilov (2023). HUQUQBUZARLIKLARNING YAKKA TARTIBDAGI PROFILAKTIKASINING USUL VA SHAKLLARI. Ta’lim fidoyilari, 21, 29-35.

Nuriddinov E Становление и дальнейшее развитие на этапе обновления страны внешнеполитической деятельности Республики Узбекистан. Е., 2021

Elektron ma’lumotlar:

X.A.Saydullayeva (2023) O‘zbekiston-AQSh munosabatlari chuqurlashmoqda. The American Journal of Political Science Law and Criminology (ISSN – 2693-0803)

Arxiv ma’lumotlari.