Authors

  • Mansur Mirzaxodjaev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32361

Keywords:

public-private partnership law state private partner project private sector.

Abstract

This article deals with the essence of the public-private partnership project and its performance indicators.

background image


275

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHASINING SAMARADORLIGINI TAHLIL

QILISH

Mirzaxodjaev Mansur

Bank - moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11186603

Annotatsiya.

Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik loyihasining mazmun-mohiyati va

uning samaradorlik ko’rsatkichlari hususida so‘z boradi

Kalit so‘zlar:

davlat-xususiy sheriklik, qonun, davlat, xususiy sherik, loyiha, xususiy sektor.

ANALYSIS OF THE EFFECTIVENESS OF THE PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP

PROJECT

Abstract.

This article deals with the essence of the public-private partnership project and

its performance indicators.

Key words:

public-private partnership, law, state, private partner, project, private sector.

АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОЕКТА ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОГО

ПАРТНЕРСТВА

Аннотация.

В данной статье рассмотрена сущность проекта государственно-

частного партнерства и показатели его эффективности.

Ключевые слова:

государственно-частное партнерство, право, государство,

частный партнер, проект, частный сектор.

Bozor mexanizmlarining rivojlanib borishi natijasida davlat va xo‘jalik yurituvchi

subyektlar o‘rtasida yangi iqtisodiy munosabatlar shakllanib boradi. Bunday iqtisodiy

munosabatlarning rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi bir ko‘rinishi, bu davlat va xususiy

tarmoqlar sheriklik munosabatlaridir. Davlat xususiy sheriklikning asosiy vazifasi

O‘zbekistonning barqaror ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi uchun davlat va xususiy sheriklikning

samarali o‘zaro harakatlanishi uchun sharoit yaratishi hamda xususiy sektor resurslaridan

umumjamiyat ehtiyojlarini qondirishda foydalanish tushuniladi.

Davlat-xususiy sheriklik tizimi (DXSH) - biror mamlakatga yoki ushbu mamlakat

tomonidan berilgan ko‘rsatmalar asosida xizmat ko‘rsatuvchi xususiy sektor uchun uzoq muddatli

shartnoma bo‘lib, xususiy sektor o‘zining moliyaviy, texnik va boshqaruv resurslaridan

foydalanish orqali loyihani ilgari suruvchi kuch hisoblanadi. Davlat sektori esa asosiy loyiha

aktivlari (misol uchun, yer uchastkalari) ni taqdim etadi va yuridik hamda shartnoma asosida uzoq

muddatli o‘zaro munosabatlarni o‘rnatadi, loyihaga tayyorgarlikni moliyalashtiradi.


background image


276

To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishning zamonaviy va eng samarali

yo‘nalishlaridan biri davlat-xususiy sherikligi uzoq muddatli, samarali va ikki tomon uchun ham

foydali hisoblanadi.

Quyidagi jadvalda davlat va xususiy sherik uchun foyda va ustunliklar berilgan.

Demak, davlat, xususiy sherikligining bir qator afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar amalga oshiriladi; davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi

resurslar birlashib, mulkdan foydalanish samaradorligi oshadi; qo‘shimcha manbalar jalb etilishi

natijasida davlat bilan xo‘jalik munosabatlari shakllanadi; davlat ortiqcha xarajatlarsiz biron-bir

faoliyat va xizmatni yo‘lga qo‘yadi.

Davlat-xususiy sheriklik, asosan, ijtimoiy, ya’ni maktabgacha ta’lim, umumiy va oliy

ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalari, uy-joy kommunal xo‘jaligi, avtomobil yo‘llari qurilishi

va elektr ta’minoti tarmoqlaridagi infratuzilma loyihalarini ro‘yobga chiqarishda keng

qo‘llaniladi.

So‘nggi 30 yilda 130 dan ortiq mamlakatda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi faol joriy

etilayotgani kuzatilmoqda. Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mexanizm yordamida

infratuzilma loyihalariga xususiy investitsiyalarning qariyb 15- 20 foizi jalb qilinayapti.

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim doirasida xususiy sheriklarga quyidagi

moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari taqdim etilishi mumkin:

• Subsidiyalar, shu jumladan, xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasini

amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini ta’minlashga yo‘naltiriladigan

subsidiyalar;

• Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan aktivlar va mol-

mulk tarzidagi qo‘yilmalar;


background image


277

• Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarilgan yoki

yetkazib berilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) muayyan miqdorini yoki bir qismini

iste’mol qilganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun to‘lovga yo‘naltiriladigan O‘zbekiston

Respublikasi byudjetlari tizimining byudjet mablag‘lari;

• Byudjet ssudalarini, qarzlarini, grantlarini, kredit liniyalarini va moliyalashtirishning

boshqa turlarini berish;

• O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari;

• Soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar;

• Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar.

O‘zbekiston hukumati ijtimoiy, transport va kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishi va

modernizatsiyasiga jalb qilish kabi ijtimoiy muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga

xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha faol harakat qilib kelmoqda.

Davlat va biznes o‘rtasidagi hamkorlikda yagona huquqiy mexanizm sifatida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning 10-mayida “Davlatxususiy sheriklik (DXSH)

to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

Qonunda “Har qanday yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs davlatxususiy

sheriklik loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirgan taqdirda, davlatxususiy sheriklik

loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherikning ta’rifi tender asosida amalga oshiriladi”,

deyiladi. Bunda xususiy tashabbuskorga davlat-xususiy sheriklik loyihasini davlat-xususiy

sheriklik loyihasining umumiy qiymatining 1 foizidan oshmaydigan miqdorda tender g‘olibi yoki

zaxira g‘olibi hisobidan tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar qoplanishi mumkin.

Qonunda xususiy sherik manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari nazarda tutilgan va

davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring va hisobdorlik

tartibi belgilandi. Davlat-xususiy sheriklikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari

belgilanmoqda. Davlatning mablag‘ (grantlar, subsidiyalar) bilan ishtirok etishi, soliqqa oid va

boshqa imtiyozlar, aktivlar, qarzlar tarzidagi qo‘yilmalar, xususiy sherikning kafolatlangan eng

kam daromadini ta’minlashga yo‘naltiriladigan subsidiyalar, davlat kafolatlari uning asosiy turlari

hisoblanadi.

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosining mavjudligi jamiyat va

iqtisodiyot uchun juda muhim. Mazkur qonunning qabul qilinishi DXSH sohasiga qonuniy asosni

yaratdi, bu esa o‘z o‘rinda respublikaga investorlar faolligini va ishonchini oshirishga, xususiy

sektorning moliyaviy va boshqa resurslarini jalb qilishiga olib keladi. Qonunning o‘ziga xos

jihatlari shundaki: u to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat hisoblanadi, demak.


background image


278

O‘zbekistonga DXSH yo‘nalishi bo‘yicha pul tikmoqchi bo‘lgan investor uchun boshqa

qonunosti hujjatlarni o‘rganish zaruriyati kamayadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik

asosining mavjudligi jamiyat va iqtisodiyotimiz uchun juda muhim bo‘lib, DXSH sohasiga

qonuniy asosni yaratdi, bu esa o‘z o‘rinda respublikaga investorlar faolligini va ishonchini albatta

oshirishga, xususiy sektorning moliyaviy va boshqa resurslarini jalb qilishiga olib keladi.

Qonun investorlarni himoya qilishga qaratilgan xususan hujjatda xususiy sherik va

kreditorlarni himoya qilish bo‘yicha alohida moddalar mavjud. Qonun aholiga ko‘rsatilayotgan

davlat xizmatlari va jamoat infratuzilmasi sifatini yaxshilashga qaratilgan.

REFERENCES

1.

“Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) to‘g‘risida”gi URQ-537 sonli Qonun. 2019-yil 10-may.

2.

Sirojov Z. Davlat -xususiy sheriklik asosida davlat ahamiyatga molik bo‘lgan dasturlarni

amalga oshirishda xorijiy davlatlar tajribasi// Jamiyat va boshqaruv. 2018, №2

3.

Qodirov A.M, Axmediyeva A. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanishda

xorij tajribasi. “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanishning dolzarb masalalari”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ilmiy maqolalar va materiallar to‘plami.

2019-yil 11-oktyabr.

References

“Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) to‘g‘risida”gi URQ-537 sonli Qonun. 2019-yil 10-may.

Sirojov Z. Davlat -xususiy sheriklik asosida davlat ahamiyatga molik bo‘lgan dasturlarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar tajribasi// Jamiyat va boshqaruv. 2018, №2

Qodirov A.M, Axmediyeva A. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanishda xorij tajribasi. “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ilmiy maqolalar va materiallar to‘plami. 2019-yil 11-oktyabr.