Authors

  • Shahnoza Abdullaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32440

Abstract

This article presents various strategies for the development of mining and metallurgy. In the course of the article, you will get information about the role and importance of investment projects and strategic development.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

358

“OKMK” NI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSION LOYIHALARNING O‘RNI

VA AHAMIYATI

Abdullaeva Shahnoza Arifdjanovna

Tadbirkorlik va biznes oliy maktabi 2-guruh magistranti,

https://doi.org/10.5281/zenodo.11193265

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kon-metallurgiyani rivojlanishi haqida turli xil

strategiyalar berilgan. Maqola davomida investitsion loyihalarning o‘rni va ahamiyati, stragetik
rivojlanish kabi ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Kalit so‘zlar:

kon-metallurgiya, strategiya, investitsion rivojlanish, kompaniya, loyiha,

klaster, tarmoqlar, vagon, kombinat.

THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF INVESTMENT PROJECTS IN THE

DEVELOPMENT OF "OKMK"

Abstract.

This article presents various strategies for the development of mining and

metallurgy. In the course of the article, you will get information about the role and importance of
investment projects and strategic development.

Key words:

mining and metallurgy, strategy, investment development, company, project,

cluster, networks, wagon, combine.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ В РАЗВИТИИ

«ОКМК»

Аннотация.

В данной статье представлены различные стратегии развития

горнодобывающей и металлургической промышленности. В ходе статьи вы получите
информацию о роли и значении инвестиционных проектов и стратегического развития.

Ключевые слова:

ГМК, стратегия, инвестиционное развитие, компания, проект,

кластер, сети, вагон, комбинат.

KIRISH:Dunyoda sanoat korxonalari investitsion salohiyatini oshirishning tashkiliy

iqtisodiy- metodologiyasini takomillashtirishning metodologik, uslubiy va tashkiliy iqtisodiy,
huquqiy asoslarini takomillashtirish sanoat tarmoqlarini rivojlantirish borasida xorijiy
sarmoyalarni jalb qilishni investitsion jozibadorlik koeffitsiyentlariga koʻra takomillashtirish;
sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash tizimini tashqi va ichki omillar
ta’siriga koʻra takomillashtirish; investitsion loyiha boʻyicha sheriklik huquqini beruvchi sukuk
qimmatli qog‘ozini emissiya qilish; sanoat korxonalariga xorijiy IPOlarni kiritish, qimmatli
qog‘ozlarni birja listingiga kiritish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida portfel
investitsiyalarni amaliyotga joriy etishdan iborat.

MUHOKAMALAR VA NATIJALAR:
Jahonda sanoat sohasida investitsion salohiyat darajasini ishlab chiqarishni optimal tashkil

qilishga va mintaqaviy imkoniyatlarga koʻra oshirish yoʻnalishdagi tadqiqotlar ustuvor darajada
amalga oshirilmoqda. Bu borada, jumladan ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali tashkiliy-
iqtisodiy metodologiyalarini takomillashtirish, sanoat korxonalarida inson kapitali samaradorligini
oshirish, ishlab chiqarish va mahsulot raqobatbardoshligini zamonaviy texnologiyalarga koʻra
oshirish, ishlab chiqarishning uzoq muddatli samarali strategiyasini ishlab chiqish va
infratuzilmani rivojlantirish mavzusidagi tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

359

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati — Oʻzbekistonda rangli metallurgiya sanoatining

yirik korxonasi. Kombinat 2 majmuadan — qoʻrgʻoshin-rux (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan,
Sardoba konlari, qoʻrgʻoshin-rux boyitish fabrikasi va rux zavodi) hamda Mis ishlab chiqarish
majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish fabrikasi, mis zavodi)dan iborat.Korxona tomonidan
Qurama tog‘laridagi polimetalli rudalarning boy zaxirasini keng ko‘lamda o‘zlashtirish maqsadida
kon-qurilish ishlari 1949-yildan boshlangan edi. 1950-yilda qo‘rg’oshin koni, 1954-yilda
qoʻrgʻoshin,rux boyitish fabrikasi, 1955-yilda Oltintopgan koni qurib bitkazildi. 1961-yilda mis-
molibden ruda boyitish fabrikasi, 1964-yilda miss eritish zavodi, 1970-yilda rux zavodi, 1974-
yilda Sari-Chiqqi karyeri ishga tushirildi. Olmaliq konmetallurgiya kombinati aksiyadorlik
jamiyati obyektlarini rivojlantirish 80-yillarda ham faol davom ettirildi. 1999-yildan kombinat
ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

Korxona tomonidan chiqarilayotgan rudalar tarkibidan 13 ta kimyoviy elementlarni ajratib

olib mis va mis buyumlar, rux, kadmiy, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, sulfat kislotasi, mis va
molibden konsentratlari, selen, tellur, mis va rux kuporosi kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Korxona bo‘linmalarini „Svedala“ (Shvetsiya), „Varmon“ (Germaniya), „Integra Grour“
(Amerika), „Mexanabr-Injiniring“ (Rossiya) va boshqa ilg‘or firmalarning zamonaviy asbob -
uskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. Kombinatt mahsulotlari chet mamlakatlarga
eksport qilinadi.[1]

2023-yilni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati salmoqli natijalar bilan yakunladi.

Jumladan, kombinat tomonidan 31,7 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, 1 128,2 mln
dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirildi, - deydi A. Saynazarov. – 661,9 mln dollarlik
mahsulotlar eksport qilingan. Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 429,0 mlrd so‘mlik mahsulot
tayyorlangan. Mahsulotlarning tannarxini tushirish bo‘yicha 404,7 mlrd so‘mlik natija qayd
etilgan. 14,95 trln so‘m mablag‘ esa byudjetga to‘lab berilgan. 6,7 trln so‘m sof foyda olingan.
163,5 mlrd so‘mlik geologiya-qidiruv ishlari bajarilgan. OKMKda investitsiyaviy loyihalar ham
muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, “Yoshlik-1” loyihasining tog‘-kon majmuasi
bo‘yicha 6 ta ob’yekti, 3-mis boyitish fabrikasi bo‘yicha 6 ta obyektning qurilishi yakunlangan.
Yangi metallurgiya majmuasining qurilishi bo‘yicha dastlabki loyiha ishlari boshlangan. 2024-
yilda ham mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar jadallashtiriladi. Jumladan, 32,2 trln
so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2 136,4 mln dollarlik investitsiyaviy loyihalar
amalga oshiriladi. 1 016,6 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. 15,73
trln so‘m mablag‘ byudjetga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.Raqamli OKMK 2030” konseptsiyasi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barcha ishlab chiqarish va biznes jarayonlarini
raqamlashtirish, ma’lumotlarni jamlash, tahlil qilish va operativ qaror qabul qilishga qaratilgan
bo‘lib, ushbu yo‘nalishda 2023-yil mobaynida 34 ta loyiha amalga oshirildi.

Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy axborot tizimlarini joriy

qilish yo‘nalishida Mis boyitish fabrikasida rudani qayta ishlash texnologik jarayonini yanada
aniqlik bilan nazorat qilish va energetik resurslardan samarali foydalanish maqsadida 27 ta raqamli
tenzometrik tarozilari o‘rnatildi. Shuningdek, 7-monoseksiyani texnologik jarayonini
avtomatlashtirish doirasida 37 ta dozator nasoslari va 5 ta yangi reagent rezervuarlari sozlanib,
ishga tushirish evaziga reagent sarfi 5 foizga qisqartirildi. Bundan tashqari, bunkerda ruda
darajasini nazorat qilish tizimi joriy etilib, tegirmonlarni optimal ravishda xom ashyo bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

360

ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizimlarni joriy etish natijasida rudadan mis ajratish darajasi 85
foizga chiqarilishi ta’minlandi.

Shuningdek fabrikada texnologik jarayonlarida ishtirok etuvchi asosiy qurilmalari

diagnostika tizimi (avariya holatlarini erta oldini olish evaziga to‘xtashlar sonini kamaytirish)
hamda ruda-suv jarayonini avtomatlashtirish tizimi sinov tarzda ishga tushirildi. Natijada suvni
tejash yiliga 1,8 mln m kubni tashkil etadi.

Bundan tashqari, Mis eritish zavodida “Metso-Outotec” va “Engineering Dobersek”

hamkorligida Suyuq vannada eritish Vanyukov pechi va Sulfat kislota sexining avtomatlashtirish
tizimlari takomillashtirilib, texnologik jarayonlarning uzluksiz ishlashi ta’minlandi.

Xondiza boyitish fabrikasida tegirmonlarni avtomatik boshqaruvini (SAU-3M)

takomillashtirish doirasida asosiy nazorat va o‘lchov asboblari yangilanib, texnologik jarayon
barqarorligi ta’minlandi. OKMK tarkibiy bo‘linmalari va Olmaliq shahrini issiqlik va issiq suv
bilan ta’minlaydigan Issiqlik elektr stansiyasi 5-qozon va 3-turbogeneratorning nazorat va o‘lchov
asboblarini modernizasiya qilish doirasida 12 mVt/soatiga (12 mln so‘m) elektr energiya ishlab
chiqarish jarayonini barqaror ishlashi ta’minlandi.

Boshqaruv jarayoni samaradorligini oshirish va ish yuritish jarayonlarini raqamlashtirish

maqsadida OKMKda qog‘ozsiz ish yuritish va yagona identifikatsiya tizimi konsepsiyasiga
muvofiq, barcha kombinat korxonalariga markazlashgan elektron kirish-chiqishni nazorat qilish
tizimi o‘rnatildi. 36 mingdan ortiq xodimlar yangi ID-kartalar bilan ta’minlanib, ushbu kartalar
nafaqat kirish-chiqish jarayonida, balki ishlab chiqarishda naryad-topshiriq qabul qilish, texnika
xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq, shuningdek oshxonalarda ovqat tarqatish jarayonida ham
qo‘llaniladi.

“E-Talon” axborot tizimi doirasida barcha qog‘oz shaklidagi ovqatlanish talonlarni chop

etish, muhrlash va tarqatish qisqartirilib, hisobotlarni shakllantirish vaqti 7 martaga tezlashtirildi.
Shuningdek, “Elektron jurnallar” axborot tizimida 20 ta turdagi ishlab chiqarish va xavfsizlik
texnikasi bo‘yicha jurnallarni shakllantirishda xodimlarning ID-kartalar yordamida tasdiqlanishi
yo‘lga qo‘yildi va ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish imkonini yaratildi.

OKMK xodimlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda onlayn o‘qitishga mo‘ljallangan

O‘qitishni boshqarish tizimi (“Learning management system”) dasturiy ta’minoti ishga tushirilib,
250 dan ortiq onlayn o‘quv kurslari yaratildi va xodimlarni o‘qitish xarajatlari 500 mln so‘m/yiliga
qisqartirildi.

Kon-transport kompleksi faoliyatini samaradorligini oshirish hamda axborot

texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish doirasida “Qalmoqqir” va “Yoshlik-I” konlarida
kon-transport boshqaruv tizimining 1-navbati yakuniga yetkazilib, 99 ta avtosamosval, 20 ta
ekskavator va 9 ta burg‘ulash texnikalaridan maxsus apparat vositalari orqali ma’lumotlarni
“onlayn” shaklda jamlash va qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi.

Investitsion loyihalarni boshqarish tahlili va ularning samaradorligini baholash natijasi

quyidagi xulosaga kelishimizga turtki bòldi: strategik investitsion loyihalarning samaradorligini
oshirish maqsadida va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, investitsion
faoliyatni professional boshqarish kompaniyaning yanada sifatli va progressiv rivojlanishiga, yani
minimal investitsiya xarajatlari bilan maksimal maqsadlarga erishishga imkon beradi. Ayniqsa
strategik va davlat ulushi bòlgan turli investitsion loyihalar oʻziga xos boshqaruv usullarini talab


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

361

qiladi. Sanoat korxonalari misolida ko‘radigan boʻlsak, katta hajmdagi investitsiyalarni talab
qilmaydigan investitsion loyihalar uchun pastdan yuqoriga qarab rejalashtirish va
markazlashmagan boshqaruv ustunlik qiladi, kóp kapital talab qiluvchi investitsion loyihalar esa,
masalan, mis klasteri investitsion loyihasini boshqarishda yuqoridan pastga rejalashtirish va
markazlashtirilgan boshqaruv qoʻl keladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan aksariyat investitsion loyihalarda strategik va

taktik boshqaruv bitta boʻlim tomonidan amalga oshiriladi va kòp hollarda bu operatsion
boshqaruv funksiyalariga ega bòladi. Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan davlat ulushi
ishtirokidagi investitsion loyihalarning alohida strategik boshqaruv bo‘g’inlarini yaratish
maqsadga muvofiq.

XULOSA: Mamlakatimizda metallurgiya tarmog‘i uchun vagonlarni qurish va ta’mirlash

faoliyati koʻrsatkichlarini ekonometrik modellashtirish mazkur tarmoqni tahlil qilish va kelgusida
rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ekonometrik modellar metallurgiya tarmog‘ining
rivojlanish ko‘rsatkichlarini miqdoriy tahlil qilibgina qolmasdan, balki unga tasir etuvchi omillar
tarkibi hamda har bir omilning ulushini aniqlab berishga ham imkon beradi.

Respublikamizda «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining

samarali rivojlanish koʻrsatkichlarini ekonometrik modellashtirish – mazkur korxona investitsion
faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni miqdoriy aniqlash hamda ularni rivojlantirish boʻyicha optimal
qarorlar ishlab chiqarishga imkon beradi.

Metallurgiya sanoatining faoliyatini rivojlantirish uchun eng birinchi navbatda «Olmaliq

kon-metallurgiya kombinati» AJ tovar aylanmasi hajmining koʻpayishi hamda asosiy
vositalarning modernizatsiya qilinishi talab etiladi. Shu bilan bir qatorda hozirgi kundagi eng katta
muammolardan biri boʻlgan rentabellik darajasi past loyihalardan ba’zilarining oʻrniga tarmoqni
rivojlantirish uchun zamin yaratadigan investitsion loyihalarni ishga tushirish maqsadga muvofiq
boʻladi.

REFERENCES

1.

Muxitdinova K.A. Oʻzbekiston Respublikasi sanoat korxonalari investitsion salohiyatini
oshirishning tashkiliy-iqtisodiy metodologiyasini takomillashtirish. //Monografiya. 2023.
– 200 b.

2.

Mukhitdinova K.A. Tasks of implementation of investment policy// ACADEMICIA An
International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249- 7137 Vol. 11, Impact Factor:
SJIF 2021 = 7.492, Issue 9, September 2021 848- 852p.

http://dx.doi.org/10.5958/2249-

7137.2021.01999.6

3.

Mukhitdinova K.A. Assessment of investment attractivity of industrial enterprises// Web
of Scientist: International Scientific Research Journal ISSN: 2776-0979 Impact Factor:
7.565/26 Feb. 2022

https://philpapers.org/rec/ALIAOI-2

4.

Джиянмуратова Г.Ш., Гафуров О.У. Совершенствование государственной
молодежной политики в Новом Узбекистане. Ijtimoiy davlat sharoitida jamiyatni
faollashtirish va davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish imkoniyatlari. Xalqaro ilmiy-
amaliy

konferensiya

materiallari.

2023-yil

26-may.

B.

182-185.

/


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

362

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:MLfJN-KU85MC

5.

Mukhitdinova K.A. Investment climate in Uzbekistan and influencing on some factors//
Journal of Management Value & Ethics Jan-March. 22 Vol. 12 No. 01 SJIF 7.607 & GIF
0.626 ISSN-2249-9512 (08.00.00; №6)

https://www.jmveindia.com/journal/Jan-

March%2022.pdf#page=47

6.

Mukhitdinova K.A. Attracting investment to regions – an important factor of
development// Asian Journal of Research in Banking and Finance ISSN: 2249-7323 Vol.
12, Issue 3, March 2022 SJIF 2022=8.558 a peer reviewed journal.
http://dx.doi.org/10.5958/2249-7323.2022.00013.X

References

Muxitdinova K.A. Oʻzbekiston Respublikasi sanoat korxonalari investitsion salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy metodologiyasini takomillashtirish. //Monografiya. 2023. – 200 b.

Mukhitdinova K.A. Tasks of implementation of investment policy// ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249- 7137 Vol. 11, Impact Factor: SJIF 2021 = 7.492, Issue 9, September 2021 848- 852p. http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2021.01999.6

Mukhitdinova K.A. Assessment of investment attractivity of industrial enterprises// Web of Scientist: International Scientific Research Journal ISSN: 2776-0979 Impact Factor: 7.565/26 Feb. 2022 https://philpapers.org/rec/ALIAOI-2

Джиянмуратова Г.Ш., Гафуров О.У. Совершенствование государственной молодежной политики в Новом Узбекистане. Ijtimoiy davlat sharoitida jamiyatni faollashtirish va davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish imkoniyatlari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2023-yil 26-may. – B. 182-185. / https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAAAAJ&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:MLfJN-KU85MC

Mukhitdinova K.A. Investment climate in Uzbekistan and influencing on some factors// Journal of Management Value & Ethics Jan-March. 22 Vol. 12 No. 01 SJIF 7.607 & GIF 0.626 ISSN-2249-9512 (08.00.00; №6) https://www.jmveindia.com/journal/Jan-March%2022.pdf#page=47

Mukhitdinova K.A. Attracting investment to regions – an important factor of development// Asian Journal of Research in Banking and Finance ISSN: 2249-7323 Vol. 12, Issue 3, March 2022 SJIF 2022=8.558 a peer reviewed journal. http://dx.doi.org/10.5958/2249-7323.2022.00013.X