Authors

  • Shahzod Sag`dullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32548

Keywords:

Minors cyberbullying aggression hotline project program prevention.

Abstract

This article provides information about the project, programs and the work being done in this regard, which are effective in combating cyberbullying among minors.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

468

VOYAGA YETMAGANLAR O`RTASIDA KIBERBULLINGGA QARSHI KURASHDA

SAMARALI BO`LGAN LOYIHA VA DASTURLAR.

Sag`dullayev Shahzod

O`zbekiston respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

magistraturasi tinglovchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11198191

Annotatsiya.

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar o`rtasida kiberbullingga qarshi

kurashda samarali bo`lgan loyiha, dasturlar va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar
to`g`risidagi ma`lumotlar keltirilgan.

Kalit so`zlar

: Voyaga yetmaganlar, kiberbulling, tajovuz, ishonch telefoni, loyiha, dastur,

oldini olish.

PROJECTS AND PROGRAMS THAT ARE EFFECTIVE IN THE FIGHT

AGAINST CYBERBULLYING AMONG MINORS.

Abstract.

This article provides information about the project, programs and the work being

done in this regard, which are effective in combating cyberbullying among minors.

Key words:

Minors, cyberbullying, aggression, hotline, project, program, prevention.

ПРОЕКТЫ И ПРОГРАММЫ, КОТОРЫЕ ЭФФЕКТИВНЫ В БОРЬБЕ С

КИБЕРБУЛЛИНГОМ СРЕДИ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ.

Аннотация.

В этой статье представлена информaция о проекте, программах и

проводимой в связи с этим работе, которые эффективны в борьбе с кибербуллингом среди
несовершеннолетних

Ключевые слова

: несовершеннолетние, кибербуллинг, агрессия, горячая линия,

проект, приложение, профилактика.

Kiberbulling profilaktikasi dasturiga misol sifatida Buyuk Britaniyada tahqirlashni oldini

olish bo‘yicha Britaniya xayriya tashkiloti – “BeatBullying” tomonidan 2009 yil mart oyida ishlab
chiqilgan “Kibermurabbiylar” (CyberMentors) dasturini keltirsa bo‘ladi. Dastur Angliya va
Uelsning 81 ta mahalliy darajadagi boshqaruvida joriy etilgan.

Dasturning maqsadi bulling va kiberbullingdan aziyat chekayotgan yoshlarga maslahatlar

berish, yoshlarga bir-birlarini yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yaratishdir. Bulling
va kiberbullingdan aziyat chekayotgan yoshlar maxsus tizimga kirishlari va kiberustozdan tegishli
yordam olishlari mumkin. Kibermurabbiylar xavfsiz ijtimoiy aloqa mexanizmlari orqali
o‘zlarining tengdoshlariga yordam beradigan o‘qitilgan yoshlar hisoblanadi. Ularga 18 yoshdan
oshgan yoshlar hamda volontyor sifatida ilgari kibermurabbiylik faoliyatini olib borganlar saboq
berishadi. Kibermurabbiylar, odatda, ta’lim muassasalari tomonidan tanlanadi yoki ko‘ngillilar
bo‘lishadi.

Kibermurabbiylar uchun asosiy o‘quv dasturi 11-18 yoshdagi yoshlar uchun mo‘ljallangan

bo‘lib, mashqlar, guruhlarda ishlash, o‘yinlar, shu jumladan, rolli o‘yinlar, bulling va kiberbulling
to‘g‘risidagi munozaralardan iborat. Treningning birinchi kuni bulling, konfidensiallik
(maxfiylik), chegara va bolalarni himoya qilish va murabbiylik uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar
kabi tushunchalar mazmuniga bag‘ishlanadi. Ikkinchi kuni onlayn o‘qituvchilik va onlayn veb-
saytlardan qanday foydalanish o‘rgatiladi. Katta murabbiylar, bolalar bilan ishlovchi mutaxassislar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

469

va ota-onalar ham o‘qitilishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, shunga o‘xshash “Kichik murabbiy”
dasturi ham mavjud. Ushbu dastur kichik yoshdagi (5-11 yoshdagi) bolalar uchun mo‘ljallangan.
“Kichik murabbiy” dasturi boshlang‘ich maktab o‘quvchilariga o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilish va bir-
birlarini hurmat qilish muhimligini tushunishda yordam beradi. Bolalar ijtimoiy tarmoqlarda
boshqalarni o‘zlarining mashg‘ulotlarga qanday jalb qilish, do‘stlikni rag‘batlantirishni va bir-
birlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘rganadilar.

Dastur samaradorligini baholash shuni ko‘rsatadiki, unda ishtirok etgan maktablarda

bolalar o‘rtasida bulling va zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berish 60 %ga oshgan bo‘lsa, ushbu
salbiy holatlar 43 %ga kamaygan.

73 % o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarning xulq-atvorida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berganligini,

88 % o‘qituvchilar o‘quvchilarning maktab hayotida faol ishtirokini e’tirof etishgan. Mazkur
dastur bulling va kiberbulling holatlarida voyaga yetmaganlarni qo‘llab-quvvatlash
strategiyasining ahamiyatini namoyon etadi, qolaversa, nafaqat bu dastur foydalanuvchilari uchun,
balki murabbiy sifatida ishlaydiganlar, umuman, maktab uchun ham ahamiyatli ekanligini
ko‘rsatgan. Umuman olganda, “Kibermurabbiy” dasturi bolalar va yoshlarni o‘z hayotlariga ta’sir
etuvchi muammolarni bartaraf qilish ishiga jalb qilishning innovatsion namunasidir desak,
adashmagan bo‘lamiz.

Hukumatlarning ishtiroki

Kiberbullingga qarshi kurashning samarali usullari albatta unga qarshi bo‘lgan barchada

qiziqish uyg‘otadi bunday usullarning ko‘payishidan ular manfaatdordir. Hukumatlarning ishtiroki
odatda boshqalar, ayniqsa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan bunday
tashabbuslarni moliyalashtirish bilan cheklanadi. Lekin ba’zi davlatlarda bu bo‘yicha qator amaliy
ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Estoniyada hukumat bolalar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha siyosatni ishlab

chiqish va amalga oshirish, shu jumladan tajovuz va kiberbullingga takliflar ishlab chiqish
maqsadida “Kanslerga maslahat qo‘mitasi”(bolalar Ombudsmani)ni tuzgan. Bundan tashqari,
Ombudsman tashabbusi bilan o‘qituvchilar, ota-onalar va talabalar uchun tajovuz va
kiberbullingni oldini olish va hal qilish bo‘yicha bepul amaliy maslahatlarni o‘z ichiga olgan
tajovuzsiz maktab (Bullying-free School) veb-sayti ishga tushirilgan. Shuningdek, tajovuz va
kiberbulling xavfi va bunga qarshi amaliy qarshi choralarnni tushuntirib beradigan “Bully-Free
School buklet” risolasi ishlab chiqilgan. Xuddi shunday, Estoniya bolalar Ombudsmani
tomonidan yaratilgan “Keling, yoshlar gaplashaylik” (Let’s Talk Young) loyihasi bolalar o‘z
tajribalarini ommaviy platformada baham ko‘rishlari va turli masalalarni shu jumladan zamonaviy
texnologiyalardan xavfsiz foydalanish muhokama qilishlari uchun imkoniyat yaratdi. Bundan
tashqari, Estoniya politsiyasi va chegara xizmati kengashi kibermakondagi ko‘ngilsiz hodisalarni
shu jumladan kiberbullingni oldini olish uchun onlayn vositalardan foydalanoladi. Xususan,
estoniyalik politsiya xodimlari “Facebook”dagi akkauntlari orqali yordamga muhtoj shaxslarga
yordam va maslahat berishi mumkin

1

. Niderlandiyada hukumat raqamli onlayn ko‘nikmalarni

o‘qitish va xavfsiz dasturlar ishlab chiqishni qo‘llab quvvatlaydi. Ular bu onlayn madniyatni
shakllantrish uchun xizmat qiladi deb hisoblashadi. Shvetsiyada nodavlat tashkilot tomonidan

1

’2014 Overview of the chancellor of justice activities (2015), op. cit. note 17.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

470

ishlab chiqilgan, hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan “Bris” onlayn qo‘llab-quvvatlash
xizmatlari loyihasi mavjud. “Bris” loyihasiga ko‘ra, kibermakon orqali tajovuz va kiberbulling
kabi muammolarga duch kelgan voyaga yetmagan shaxslar “E-Mail”, “chatroom” va “helpline”
tarmoqlarida qo‘llab-quvvatanadi, ular o‘z mummolari bilan ushbu xizmatga murojaat qilishi
mumkin

2

.

Ta’lim / xabardorlikni oshirish
E

stoniya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Gollandiya, Ruminiya, Shvetsiya va Buyuk

Britaniya davlatlarida maktab ichida va tashqarisida turli xil ta’lim dasturlari qabul qilingan.

Ushbu dasturlar bolalarni internetning xavfli tomonlari to‘g‘risida faol ravishda xabardor

qilish, qurbonlarni hodisa haqida xabar berishga undash orqali tajovuz va kiberbullingni oldini
olish, jinoyatchilarga ularning xatti-harakatlarining oqibatlarini tushunishga yordam berishga
qaratilgan. Yevropa Ittifoqi davlatlarida aksariyat hollarda hukumatlar ushbu tashabbuslarni
moliyalashtiradi va ularni amalga oshirishni o‘z zimmalariga oladi. Misol uchun, Niderlandiyada
hukumat bolalar tomonidan internetdan xavfsiz foydalanish haqida ma’lumot beradigan veb-
saytlarni yaratishga subsidiyalar beradi, bularga “Digital aware

3

”, “Knowledgenet

4

”, “Media

Guide

5

” va “My Child Online

6

” web-saytlarini misol qilib keltirish mumkin.

“The Sigur.info” Ruminiyadagi xavfsiz Internet bo‘yicha muvaffaqiyatli loyihalardan

biridir. Bu loyihada turli xil xolatlar haqida xabar berish uchun, ishonch telefoni, onlayn chat,
kiberbulling haqida ma’lumot berishda foydali bo‘lgan veb-sayt mavjud va ular yagona markaziy
dasturga birlashtirilgan. Ushbu dastur tajovuz masalasida bolalar bilan ishlaydigan davlat idoralari
mutaxassislari uchun kiberbulling va onlayn xavflarning oldini olish bilan bo‘gliq bo‘lgan foydali
ma’lumotlarni bo‘lishish nuqtasi sifatida xizmat qiladi. Maktablarda tolerantlikni kuchaytirish
maqsadida ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, voyaga yetmagan shaxslarga kiberbullingning salbiy
oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot berish dasturning bir qismini tashkil qiladi. Dastur doirasi juda
ham keng va u o‘zida ota-ona qaramog‘isiz qolgan, ko‘rish va eshitish qobiliyati zaif, qiyin
vaziyatlardagi voyaga yetmagan shaxslarni ham qamrab olgan

7

.

Shuningdek, Niderlandiyadagidagi “KiVa” dasturi ham yaxshi loyiha sifatida ajralib

turadi. Dastur ijobiy muhit yaratish, o‘quvchi, talabalarning ijtimoiy xavfsizligi va farovonligini
ta’minlash uchun butun maktab va ota onalar ishtirokini talab qiladi. Dasturga ko‘ra maktab
xodimlari, bolalar va ota-onalarning barchasi faol ishtirok etishi kerak. Har bir guruhga
tengdoshlarning bosimi, muloqot, hurmat va tajovuzni aniqlash, hal qilish va oldini olish kabi
mavzularda “KiVa” darslari beriladi. Dastur an’anaviy tajovuzga qaratilgan bo‘lsa-da, yaxshi
muloqot bo‘yicha ta’lim darslari kontekstida kiberbulling masalalari ham hal qilinadi. Bundan
tashqari, “KiVa” dasturi har bir maktabda tajovuz holatlarida davolovchi aralashuvlarni amalga
oshirish uchun tashkil etilgan. Har olti oyda o‘quvchilarga dastur natijasida tajovuz kamaygan yoki
yo’qligini tekshirish maqsadida so‘rovnomalar yuboriladi. Dasturga ko‘ra yiliga ikki marta

2

Secher (2014), op. cit. note 530

3

Digi aware website, (last accessed on 29 April 2016).

4

Knowledge net website, (last accessed on 29 April 2016).

5

Media Guide website, (last accessed on 29 April 2016.

6

Media Guide website, (last accessed on 29 April 2016).

7

Save the Children Romania, ‘Guide for safer internet use’ (Ghidul utilizării în siguranţă a internetului), Sigur.info,

(2014).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

471

“KiVa” jamoalari turli xil maktablarda tajriba almashish va ularga ko‘maklashish uchun
birlashadilar. Ushbu amaliyotning muvaffaqiyati aniq faktlar bilan tasdiqlangan. Turli tadqiqotlar
“KiVa” maktablarida, kiberbullingning ayniqsa ana’naviy tajovuz shaklining kamayganligini
ko‘rsatdi

8

.

Voyaga yetmaganlarni qo‘llab quvvatlash va yordam berish loyiha va dasturlari

Tajovuzdan jumladan kiberbullingdan jabrlanganlarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan

ishonch telefonlari Estoniya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Ruminiya, Shvetsiya va Buyuk
Britaniyada mavjud. Bunday xizmatlar odatda voyaga yetmagan murojaatchilarga onlayn
xavfsizlik muammolari va kiberhujum kabi turli mavzularda maslahat beradi. Shvetsiyada,
ishonch telefonidan tashqari, elektron-pochta, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatadigan,
moderatorlardan iborat bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash xizmati mavjud. Germaniyada qo‘llab-
quvvatlash telefon, elektron pochta orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi. Ishonch
telefonlari asosan voyaga yetmaganlarga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lsa-da, ba’zi
mamlakatlar masalan Italiya va Germaniyada ular ota-onalar yoki boshqa kattalar uchun ham
ochiq hisoblandi. Ruminiyada “Sigur.net” loyihasi misolida ishonch telefoni internetda mavjud
noqonuniy kontent haqida xabar berish uchun yaratilgan. Jiddiy holatlarda shikoyatlar politsiya
yoki boshqa vakolatli tashkilotlarga yuboriladi. Bundan tashqari, qo‘llab qo‘vvatlash xizmati
voyaga yetmaganlarga muammolarni onlayn tarzda oldini olish bo‘yicha maslahatlar beradi

9

.

Estoniyada ham ishonch telefoni murojaatchilarga voyaga yetmaganlar muammolari, shu

jumladan onlayn bezorilik bilan bog‘liq ma’lumotlar, maslahatlar beradi. Buyuk Britaniyada,
bolalar ishonch telefoni voyaga yetmaganlar uchun bepul va maxfiy xizmatdir ya’ni
murojaatchilarning shaxsi sir saqlanadi. Voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq turli mavzularda, shu
jumladan kiberbulling holatlarida ularnini tinglash, suhbatlashish, savollariga to‘liq javob berish
uchun mutaxasislar o‘qitiladi. Italiyada “Telefono Azzurro” nomli tunu kun uzluksiz ishlaydigan
ishonch telefoni, milliy call-markazi mavjud. Unda yoshidan qat’iy nazar murojaatchilar
kiberbulling va onlayn xavfsizlik haqida malakali mutaxassis bilan suhbatlashishi va shaxsi sir
qolishi mumkin. Jiddiy holatlarda operatorlar holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
xabar qiladi. Ushbu loyihalarning muvaffaqiyati qabul qilingan qo‘ng‘iroqlarning ko‘pligi bilan
namoyon bo‘ladi. Misol uchun, Italiyada “Telefono Azzurro” ishonch telefoni 2015-yil aprel
oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan muddatda taxminan 2000 ta so‘rovlarni qabul qilgan

10

. Buyuk

Britaniyada bolalar ishonch telefoni orqali 2014- yilng martidan 2015-yil apreliga qadar 280,000
ta holatga maslahat berilgan bo‘lsa shulardan 7300 tasi kiberbulling holatlariga to‘g‘ri kelgan

11

.

8

Kerstens, Veenstra, ‘Cyberbullying from a criminal perspective’ (Cyberpesten vanuit een criminologisch

perspectief), Tijdschrift voor Criminologie, [2013] (4), p. 375-393; Kerstens, van Wilsem, ‘Identification of Dutch
youth at risk on the internet’ (Identificatie van Nederlandse jongeren die risico lopen op Internet), Tijdschrift Voor
Veiligheid, [2012] 11 (2), p. 57–72.

9

Information collected through stakeholder consultation on 23 February 2016 with representatives of Save the

Children Romania and the Sigur.info programme

10

Telefono Azzurro, ‘Time of web: children and parents online’ (Il tempo del web: adolescenti e genitori online)

(2016)

11

‘Bullying and cyberbullying – Facts and Statistics’, NSPCC website, (last accessed on 29 April 2016)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

472

Shvetsiyada “Nätvaro” loyihasi mavjud va uning vazifalariga kiberbullingdan jabrlangan

voyaga yetmaganlarga nisbatan huquqiy yordam berish, diskriminatsiya va kiberbulling
qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash tartiblarini ishlab chiqish kiradi

12

.

Ishonch telefonlaridan tashqari Yevropada mahalliy hukumatlar shifoxonalarda ham

kiberbulling va boshqa onlayn jinoyatlardan jabr ko‘rgan shaxslarga yordam ko‘rsatish uchun
ixtisoslashgan bo‘limlar ochishni moliyalashtirmoqda. Gretsiyada Afina universiteti Pediatriya
bo‘limida yoshlarning “Men tajovuzsiz o‘zgaraman” uyushmasi mavjud va ular tajovuzdan aziyat
chekkan yoshlarni oflayn va onlayn tarzda davolashni yo‘lga qo‘ygan

13

. Shuningdek, uyushmadan

bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar, bolalar salomatligi, shu jumladan kiberbulling bo‘yicha
yordam va yo’l-yo’riq olishlari mumkin. Xuddi shunday, Italiyaning Milan shahridagi
“FatebeneFratelli” kasalxonasida ham, kiberbulling qurbonlari va ularning oila a’zolarini qo‘llab-
quvvatlash bo‘limi tashkil qilingan

14

. Tajovuzning oldini olish bo‘yicha dasturlar orqali

kiberbulling haqida xabar berish imkoniyati yaratilgan.Bunga misol qilib nemislar tomonidan
yaratilgan “Green List Prevention” ro‘yhatidagi dasturlarni olishimiz mumkin. Unda tajovuz yoki
kiberbullinga qarshi ishlab chiqlgan va o‘z samarasini bergan 75 ta dastur o‘rin olgan

15

.

Aniqlangan yaxshi amaliyotlarning aksariyati voyaga yetmaganlarga qaratilgan bo‘lsa-da,

ular aynan voyaga yetmaganlarni kiberbullingni oldini olish va unga qarshi kurashishga faol jalb
qilmoqdalar. Masalan Gretsiya, Italiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniyada, tengdoshlar o‘rtasida
o‘zaro yordam tarmoqlari tashkil etilgan. Xususan, Gretsiyada o‘rta maktab o‘quvchilari yosh
bolalarni “Marousi Attikis” loyihasi bo‘yicha internetning xavfliligi haqida xabardor qilib
borishadi

16

. Gretsiyada “o‘smirlar o‘rtasida bezorilik: Gretsiya va Kipr maktablarida tajovuzni

oldini olish va davolash” deb nomlangan loyiha mavjud unga ko‘ra o‘quvchilar uchun maktabda
zo‘ravonlik va tajovuzning oldini olish sohasidagi materiallar boshqa o‘quvchilar tomonidan
ishlab chiqiladi va amaliyotga tadbiq qilinadi

17

. Shunday loyihalardan yana biri

“Noncadiamointrappola” - bu kiberbulling holatining ikkala tarafidan ya’ni sobiq jinoyatchi va
jabrlanuvchi hisoblangan o‘quvchilarni jalb qilib ularning tajribalaridan foydalanib italiyaliklar
tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Bu loyiha internetdan to‘g‘ri foydalanish,
kiberbullingdan ogohlik, tajovuz to‘grisida onlayn tadbirlar va treninglar o‘tkazish bo‘yicha
bilimlarni oshrishni nazarda tutadi. Maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, voyaga yetmganlarning
tengdoshlarining ishtiroki bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish natijasida tegishli maktablarda

12

‘Net Presence’ post (Nätvaro), Nätvaro website, (2014).

13

‘Adolescent Health Unit of the Second Department of Paediatrics – University of Athens, P&A Kyriakou Children’s

Hospital’ website, (last accessed on 10 May 2016).

14

Micucci, ‘Primo Centro nazionale contro il cyberbullismo’, Associazione Italiana Genitori website, (7 November

2015).

15

Such as the programmes ‘Surf-Fair, a Training and Prevention Program Against Cyberbullying, (Surf-Fair, Ein

Trainings- und Präventionsprogramm gegen Cybermobbing), website, (last accessed on 13 May 2016); Olweus,
‘Bullying Prevention Program’, Websitewebsite, (last accessed on 13 May 2016); and ‘Bullying Free School, Bullying
Free School – Be a Humdinger (‘Class’) Together!’ (Mobbingfreie Schule, Mobbingfreie Schule - gemeinsam Klasse
sein!), website, (last accessed on 13 May 2016).

16

Awareness-raising by the 1st Secondary School of Amarousio (Ευαισθητοποίηση-Ενημέρωση από το 1 ο Γυμνάσιο

Αμαρουσίου), the project’s website, (last accessed on 29 April 2016).

17

Education and not violence –Teenage Bullying: Prevention and treatment in the school environment of Greece and

Cyprus – (Παιδ(ε)ία και όχι βία – Εκφοβισμός των εφήβων: Τρόποι πρόληψης και αντιμετώπισης στο σχολικό
περιβάλλον Ελλάδας και Κύπρου) website, (last accessed on 29 April 2016)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

473

kiberbulling holatlari kamaygan ya’ni bu loyihalar o‘z samarasini bergan. Xususan, ma’lumotlar
shuni ko‘rsatdiki, Shvetsiyada 2009 yildan 2012 yilgacha kiberbulling darajasi voyaga yetmganlar
ishtiroki bilan ishlab chiqilgan loyhalar qo‘llangan hududlarda 14 foizga kamaygan

18

. Bundan

tashqari, Buyuk Britaniyada voyaga yetmaganlar o‘rtasida anti-bulling hamjamiyati bilan
hamkorlikda kiberbullingdan jabrlangan va uni oldin sodir qilgan voyaga yetmaganlarni jalb
qilgan holda, kiberbullingdan aziyat chekkan, va muommoga duch kelgan o‘z tengdoshlarini
online qo‘llab quvvatlash mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun “Habbo.com” platformasi ishlab
chiqilgan

19

. Ushbu mashg‘ulotlarning maqsadi voyaga yetmaganlarni kiberbullingga duch

kelganligi haqida gapirishga undash, jabrlanganlarni o‘z qo‘rquvini yengishga yordam berish,
jinoyatchilarga o‘z haraktlarning zararli oqibatlarini tushuntirishdan iboratdir. Buyuk Britaniyada
ushbu dastur ishtirokchilarining aksariyati taqdim etilgan qo‘llab-quvvatlashdan mamnun
ekanligini ma’lum qilgan. Ishtirokchilarning 7,4 foizi mashg‘ulotlar ularga kiberbulling bilan
bog‘liq muammolarni yengishga yordam berganini aytishgan. Kiberbullingga qarshi kurashga
aynan voyaga yetmaganlarni jalb qilishning yana bir misolini Gretsiyada uchratish mumkin.
Voyaga yetmagnlarni kiberbulling haqida o‘qitishga qaratilgan “Delete Cyberbulling” nomli
kitobni ishlab chiqishda 11 yoshdan yuqori bo‘lgan voyaga yetmaganlar bevosita jalb qilingan.
Kitob ijtimoiy joylar, maktab, uy ka’bi turli joylarda kiberbullingning turli shakllarini aks
ettiruvchi hikoyalardan iborat. Ushbu kitob Myunxen xalqaro yoshlar kutubxonasi tomonidan tan
olingan va ushbu kutubxonadan joy olgan

20

. Kiberbullingga qarshi kurash bilan bog‘liq

muvaffaqiyatli amaliyotlar ko‘pincha manfaatdor tomonlarning keng doirasini o‘z ichiga oladi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, jahon bo‘ylab bolalar zo‘ravonlikka uchrayotgan bir

paytda quyidagi ishlarni amalga oshirish bu holatni yengillashtiradi:

oilada bolaga bo‘lgan e’tibor, uning kun tartibini to‘g‘ri taqsimlashni yo‘lga qo‘yish;

bu borada davlat tomonidan tartibga solingan qonun, farmon va boshqa normativ-

huquqiy hujjalar ijrosini kuchli nazoratga olish;

bolalar va ularning ota-onalari uchun davriy psixologik ishlar olib borishni yo‘lga

qo‘yish;

yakka ona yoki, yakka ota qaramog‘idagi bolalar, ota-onasi olamdan o‘tgan bolalar

uchun alohida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va hokazo.

REFERENCES

1.

2014 Overview of the chancellor of justice activities (2015), op. cit. note 17.

.

2.Secher

(2014), op. cit. note 530

2.

Digi aware website, (last accessed on 29 April 2016).

3.

Knowledge net website, (last accessed on 29 April 2016).

4.

Media Guide website, (last accessed on 29 April 2016.

5.

Media Guide website, (last accessed on 29 April 2016).

18

9 ‘Noncadiamointrappola against bullying’ (Noncadiamointrappola contro il bullismo) post, Istituto degli

Innocenti website, (17 October 2012).

19

Ditch the Label website, (last accessed on 18 May 2016)

20

“Delete cyberbullying” (Delete στον ηλεκτρονικό εκφοβισμό), APHCA website, (last accessed on 29 April 2016).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

474

6.

Save the Children Romania, ‘Guide for safer internet use’ (Ghidul utilizării în siguranţă a
internetului), Sigur.info, (2014).

7.

Kerstens, Veenstra, ‘Cyberbullying from a criminal perspective’ (Cyberpesten vanuit een
criminologisch perspectief), Tijdschrift voor Criminologie, [2013] (4), p. 375-393; Kerstens,
van Wilsem, ‘Identification of Dutch youth at risk on the internet’ (Identificatie van
Nederlandse jongeren die risico lopen op Internet), Tijdschrift Voor Veiligheid, [2012] 11
(2), p. 57–72.

8.

Information collected through stakeholder consultation on 23 February 2016 with
representatives of Save the Children Romania and the Sigur.info programme

9.

1Telefono Azzurro, ‘Time of web: children and parents online’ (Il tempo del web:
adolescenti e genitori online) (2016)

10.

‘Bullying and cyberbullying – Facts and Statistics’, NSPCC website, (last accessed on 29
April 2016)

11.

1‘Net Presence’ post (Nätvaro), Nätvaro website, (2014).

12.

‘Adolescent Health Unit of the Second Department of Paediatrics – University of Athens,
P&A Kyriakou Children’s Hospital’ website, (last accessed on 10 May 2016).

13.

Micucci, ‘Primo Centro nazionale contro il cyberbullismo’, Associazione Italiana Genitori
website, (7 November 2015).

14.

Such as the programmes ‘Surf-Fair, a Training and Prevention Program Against
Cyberbullying, (Surf-Fair, Ein Trainings- und Präventionsprogramm gegen Cybermobbing),
website, (last accessed on 13 May 2016)

15.

Olweus, ‘Bullying Prevention Program’, Websitewebsite, (last accessed on 13 May 2016);
and ‘Bullying Free School, Bullying Free School – Be a Humdinger (‘Class’) Together!’
(Mobbingfreie Schule, Mobbingfreie Schule - gemeinsam Klasse sein!), website, (last
accessed on 13 May 2016).

16.

Awareness-raising by the 1st Secondary School of Amarousio (Ευαισθητοποίηση-
Ενημέρωση από το 1 ο Γυμνάσιο Αμαρουσίου), the project’s website, (last accessed on 29
April 2016).

17.

Education and not violence –Teenage Bullying: Prevention and treatment in the school
environment of Greece and Cyprus – (Παιδ(ε)ία και όχι βία – Εκφοβισμός των εφήβων:
Τρόποι πρόληψης και αντιμετώπισης στο σχολικό περιβάλλον Ελλάδας και Κύπρου)
website, (last accessed on 29 April 2016)

18.

Noncadiamointrappola against bullying’ (Noncadiamointrappola contro il bullismo) post,
Istituto degli Innocenti website, (17 October 2012).

19.

Ditch the Label website, (last accessed on 18 May 2016)

20.

“Delete cyberbullying” (Delete στον ηλεκτρονικό εκφοβισμό), APHCA website, (last
accessed on 29 April 2016).


References

2014 Overview of the chancellor of justice activities (2015), op. cit. note 17.. 2.Secher (2014), op. cit. note 530

Digi aware website, (last accessed on 29 April 2016).

Knowledge net website, (last accessed on 29 April 2016).

Media Guide website, (last accessed on 29 April 2016.

Media Guide website, (last accessed on 29 April 2016).

Save the Children Romania, ‘Guide for safer internet use’ (Ghidul utilizării în siguranţă a internetului), Sigur.info, (2014).

Kerstens, Veenstra, ‘Cyberbullying from a criminal perspective’ (Cyberpesten vanuit een criminologisch perspectief), Tijdschrift voor Criminologie, [2013] (4), p. 375-393; Kerstens, van Wilsem, ‘Identification of Dutch youth at risk on the internet’ (Identificatie van Nederlandse jongeren die risico lopen op Internet), Tijdschrift Voor Veiligheid, [2012] 11 (2), p. 57–72.

Information collected through stakeholder consultation on 23 February 2016 with representatives of Save the Children Romania and the Sigur.info programme

1Telefono Azzurro, ‘Time of web: children and parents online’ (Il tempo del web: adolescenti e genitori online) (2016)

‘Bullying and cyberbullying – Facts and Statistics’, NSPCC website, (last accessed on 29 April 2016)

1‘Net Presence’ post (Nätvaro), Nätvaro website, (2014).

‘Adolescent Health Unit of the Second Department of Paediatrics – University of Athens, P&A Kyriakou Children’s Hospital’ website, (last accessed on 10 May 2016).

Micucci, ‘Primo Centro nazionale contro il cyberbullismo’, Associazione Italiana Genitori website, (7 November 2015).

Such as the programmes ‘Surf-Fair, a Training and Prevention Program Against Cyberbullying, (Surf-Fair, Ein Trainings- und Präventionsprogramm gegen Cybermobbing), website, (last accessed on 13 May 2016)

Olweus, ‘Bullying Prevention Program’, Websitewebsite, (last accessed on 13 May 2016); and ‘Bullying Free School, Bullying Free School – Be a Humdinger (‘Class’) Together!’ (Mobbingfreie Schule, Mobbingfreie Schule - gemeinsam Klasse sein!), website, (last accessed on 13 May 2016).

Awareness-raising by the 1st Secondary School of Amarousio (Ευαισθητοποίηση-Ενημέρωση από το 1 ο Γυμνάσιο Αμαρουσίου), the project’s website, (last accessed on 29 April 2016).

Education and not violence –Teenage Bullying: Prevention and treatment in the school environment of Greece and Cyprus – (Παιδ(ε)ία και όχι βία – Εκφοβισμός των εφήβων: Τρόποι πρόληψης και αντιμετώπισης στο σχολικό περιβάλλον Ελλάδας και Κύπρου) website, (last accessed on 29 April 2016)

Noncadiamointrappola against bullying’ (Noncadiamointrappola contro il bullismo) post, Istituto degli Innocenti website, (17 October 2012).

Ditch the Label website, (last accessed on 18 May 2016)

“Delete cyberbullying” (Delete στον ηλεκτρονικό εκφοβισμό), APHCA website, (last accessed on 29 April 2016).