Authors

  • Nodirabegim Nuriddinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32724

Abstract

Bugungi globallashuv, standartlashuv, moslashuv kuchli tus olayotgan jarayonda madaniyatlar mushtarakligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda, ayniqsa, ikki bir-biriga qardosh bo‘lmagan xalqlar ingliz va o‘zbek millatlari o‘rtasida rivojlanib boryotgan madaniy aloqalar va ularning o‘ziga xos o‘xshash va farqli jihatlari anglashinuvi biroz murakkabliklar tug‘ilsada o‘zlashayotganligini misol qilib olishimiz mumkin. Bunday tushunmovchiliklarning yuzaga kelishida qisman bo‘lsada hissa qo‘shayotgan tushunarsiz semema(tushuncha)lar tilshunoslikda ekvivalentsiz leksika tarkibiga kiruvchi realiyalar deb nomlanadi. Ushbu tezisda ingliz va o‘zbek madaniyatlarining ajralmas qismi bo‘lgan “wedding/to‘y” marosimiga oid bir qancha realiyalar tahlilga tortilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

626

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “WEDDING/TO‘Y” KONSEPTIGA OID

EKVIVALENTSIZ LEKSIKA(REALIYA)LARNING TAHLILI

Nuriddinova Nodirabegim Nuriddin qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) yo`nalishi 2-bosqich magistranti

nuriddinovanodirabegim1923@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11211762

Annotatsiya.

Bugungi globallashuv, standartlashuv, moslashuv kuchli tus olayotgan

jarayonda madaniyatlar mushtarakligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda, ayniqsa, ikki bir-biriga
qardosh bo‘lmagan xalqlar ingliz va o‘zbek millatlari o‘rtasida rivojlanib boryotgan madaniy
aloqalar va ularning o‘ziga xos o‘xshash va farqli jihatlari anglashinuvi biroz murakkabliklar
tug‘ilsada o‘zlashayotganligini misol qilib olishimiz mumkin. Bunday tushunmovchiliklarning
yuzaga kelishida qisman bo‘lsada hissa qo‘shayotgan tushunarsiz semema(tushuncha)lar
tilshunoslikda ekvivalentsiz leksika tarkibiga kiruvchi realiyalar deb nomlanadi. Ushbu tezisda
ingliz va o‘zbek madaniyatlarining ajralmas qismi bo‘lgan “wedding/to‘y” marosimiga oid bir
qancha realiyalar tahlilga tortilgan.

Kalit so‘zlar

: xos so‘zlar, realiya, lingvokultrologiya, to‘y, maishiy realiyalar, chimmat,

flower girl, ring bearer.

ANALYSIS OF NON-EQUIVALENT VOCABULARY REGARDING THE CONCEPT

"WEDDING" IN ENGLISH AND UZBEK

Abstract.

In today's process of globalization, standardization, and adaptation, the

commonality of cultures is clearly visible. In this case, let's take as an example that the cultural
relations that are developing between two unrelated peoples, the British and the Uzbek nations,
and the understanding of their unique similarities and differences, are being mastered even when
some complications arise. possible Unintelligible semes (concepts), which partially contribute to
the occurrence of such misunderstandings, are called realities that are part of the equivalent
lexicon in linguistics. In this thesis, several realities related to the "wedding" ceremony, which is
an integral part of English and Uzbek cultures, are analyzed.

Key words:

special words, reality, linguistic culture, wedding, household realities,

chimmat, flower girl, ring bearer.

АНАЛИЗ НЕЭКВИВАЛЕНТНОЙ ЛЕКСИКИ ПО ПОНЯТЕ «СВАДЬБА» В

АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

Аннотация.

В современном процессе глобализации, стандартизации, адаптации

отчетливо видна общность культур. В данном случае возьмем в качестве примера то, что
культурные связи, складывающиеся между двумя неродственными народами, британским
и узбекским народами, и понимание их уникальных сходств и различий осваиваются даже
тогда, когда возможны некоторые сложности. Непонятные семы (понятия), частично
способствующие возникновению таких недоразумений, называются реалиями, входящими
в эквивалентную лексику в лингвистике. В данной диссертации анализируются несколько
реалий, связанных со «свадебной» церемонией, которая является неотъемлемой частью
английской и узбекской культур.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

627

Ключевые слова:

специальные слова, действительность, лингвокультура, свадьба,

бытовые реалии, чыммат, цветочница, кольценосец.

So‘ngi yillarda madaniyatlararo verbal va noverbal kommunikatsion suhbat jarayonida

“muloqotning uzulishi”, “muvaffaqiyatsizlikka uchrashi”, “noqulay aloqa”, “lisoniy
to‘qnashuv”, “madaniy shok” va boshqa ko‘plab ijtimoiy madaniy noqulayliklar yuzaga
kelayotganligi ko‘p kuzatilmoqda. Ushbu jarayon ikki bir- biriga mutloq begona millatlarning
yaqinlashuv, do‘stona aloqalarning rivojlanishi, istiqbolli rejalarning amalga oshirilishi, har
sohada keng yo‘llar ochilishiga ham ma’nan, ham ijtimoiy- siyosiy jihatdan putur yetkazishi
mumkin. Bu holat tilshunoslikda realiyalar va ular bilan bog‘liq holatlar sirasiga kiradi.

Bugungi

kunda

bu

tushuncha

lingvomadaniyatshunoslik,

tarjimashunoslik,

madaniyatlataro muloqot hamda sotsiolingvistikaga oid tadqiqotlarda faol qo‘llanilmoqda.

L.S. Barxudarov muqobilsiz leksikani uch guruhga ajratadi va (atoqli otlar, realiya va

tasodifiy lakunalar) realiyalarga shunday ta’rif beradi: “realiya- boshqa tilda so‘zlovchilarning
amaliy tajribalarida mavjud bo‘lmagan predmetlar, tushunchalar va vaziyatlarni ifodalovchi
so‘zlardir”.

1

Rеаliya so‘zi lоtinchа “realia” dаn оlingаn bo‘lib, u аshyoviy, hаqiqiy dеgаn mа’nоlаrni

аnglаtаdi. Lingvistik аtаmаlаr lug‘аtidа ungа quyidаgichа tа‘rif bеrilаdi: “Bоrliqdаgi аshyoviy
mаdаniyat nаtijаsi, mumtоz grаmmаtikаdа esа, muаyyan mаmlаkаtning dаvlаt qurulishi,
muаyyan хаlqning tаriхi vа mаdаniyatini ifоdаlоvchi so’zlаr, muаyyan tildа mulоqоt qilish
хususiyatlаrini ifоdаlоvchi lingvistik birlik”

2

Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki realiyalar boshqa tillarga tarjima qilishdagi

o‘ziga xosliklar, ular ifodalaydigan leksik, semantik, stilistik funksiyalar bilan ajralib turadi.

Quyida ikki farqli tillar ingliz va o‘zbek madaniyatlarida “wedding/to‘y” marosimiga oid

bir qancha realiyalarni tahlilga tortamiz:

Chimildiq

- o‘zbek folklorshunosi A.Musaqulov “Chimildiq – kelin-kuyovni magik

himoya qilish, ularning baxtli, serfarzand bo‘lishi uchun yasalgan ritual buyum”, – deya
ta’kidlaydi. Darhaqiqat, kelinkuyovga chimildiq tortish jarayoni o‘ziga xos irim-sirimlar bilan
ritual tarzda kechadi. Bu jarayonda qatnashayotgan yangalarning bir nikohli, uvali-juvali
ekanligiga alohida e’tibor qaratiladi. Odatda, befarzand yoki nikohi buzilgan, beva ayollarga
chimildiq tortish uchun ruxsat etilmaydi. Ularning boshiga tushgan ko‘rgulik bu yosh oilaning
boshiga tushishidan irim qilinadi.

3

Chimmat

- bu o‘zbek to‘yi kuni kelinning yuziga ro‘mol yoki yopinchiqlarining ham

tagidan bosh qismga yopib qo‘yilgan

yengil ,harir, oq mato

. Kelinchakning chiroyiga ko‘z

tegmasin deb yopib qo‘yiladi.

Quroq

ko‘rpacha – quroq bu mayda boʻlaklardan ulab, toʻplab bezak yaratish; shu usulda

yasalgan bezak,buyum ham quroq deb ataladi. Quroqdan tayyorlangan ko‘rpachalar niyat qilinib

1

Бархударов Л. С. "Язык и перевод (Вопросы общей и частной теории перевода)". -M:,1970. – C.94

2

Верещагин Е.М., Костомаров В.Г. Язык и культура: Лингвострановедение в преподавании русского языка

как иностранного. М.: Русский язык, 1983. C.381

3

Baxshilloyevna.M.Sh, Nikohdan so`ng ado etiladigan urf- odatlar tasviri. Scientific progress (2021), P-1125-1126.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

628

kelinning onasi tomonidan mustahkam tikiladi, kelin va kuyov to‘yning birinchi kuni birgalikda
o‘tirishlari uchun xozirlanadi.

To‘qqiz tovoq

- bu o‘zbek madaniyatida to‘ydan oldin birinchi kuyov tomonidan kelin

tomonga to‘qqizta tovoqqa shirinliklar-u taomlardan hamda sarpolardan solib hadya qilib
jo‘natiladi,keyin shu holat kelin tomonidan bajariladi.

Do‘ppi

-avra-astarli, ko‘pincha qavima, pilta urilgan, tepa, kizak va jiyakdan tarkib topgan

guldor yoki gulsiz, to‘garak yoki to‘rtburchak shakldagi bosh kiyim

4

ushbu bosh kiyim azaldan

to‘y kuni kuyov va erkak qarindoshlar tomonidan kiyilib, milliylikni ifodalaydi. Kuyovning
do‘ppisi kelin tomonidan hadya etilib “boshing omon bo‘lsin, baxting butun bo‘lsin” degan
ma’noda kiydiriladi.

Mahr

- mahr nikoh ahdi yoki er- xotin bo‘lish bilan er zimmasiga yuklanadigan va xotinga

berish lozim bo‘lgan moldir

5

To‘ydan olding nikoh o‘qish jarayonida mahr qancha miqdorligi

ma’lum bo‘ladi. Hayotda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyatni hisobga olib, erning
ayoliga mahr berishi majburiydir.

Flower girl

- ingliz madaniyatida “flower girl” (gul qizaloq) deb nom olgan to‘y

marosimida muhim vazifalardan birini bajaradigan shaxs mavjud bo‘lib, uning o‘z burchi bor.

O‘tmishda flower girl kelinning yonida “yoshlikdan balog‘at yoshiga o‘tib

ulg‘ayganligini ifodalash uchun yurgan.”. Zamonaviy davrdaga kelib, gulli qiz yangiliklar
boshlanishi ya’ni, ikki oilaning birlashishi ramzi bo‘lgan atirgul barglarini kelin va kuyov poyiga
sochib, yo‘lak bo‘ylab yuradi. Atirgullardan tashqari, u qo‘lida guldasta, , sharlar yoki "Mana
kelin keldi" deb yozilgan yozuvni ham ko‘tarib olib yurishi mumkin To‘y ziyofatiga kichkintoyni
qo‘shish katta sharafdir. U jiyan, amakivachcha, biron bir yaqin qarindoshingiz bo‘lishi
mumkin

6

.

Ring bearer-

(uzuklarni ko‘tarib kelivchi yosh bola). Ingliz madaniyatida asrlar davomida

“ring bearer” ning o‘rni juda ham muhim bo‘lib, marosimga o‘zgacha fayz va beg‘uborlik
qo‘shib kelmoqda. Odatda, bolakayning yoshi 4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lishi mumkin. Ring
bearerning asosiy vazifasi marosim jarayonida kelin-kuyov nikoh uzuklarini cherkov o‘rtasida
joylashgan yo‘lakdan yurib juftliklarga yetkazib borishdir. Bu ramziy harakat er-xotinning
qasamlarini almashishi o‘rtasida sodir bo‘ladigan majburiyat va ittifoqni ifodalaydi. Bu ularning
abadiy sevgisi va rishtalarini anglatadi. Uzuklarni ko‘tarishdan tashqari, uzuk ko‘taruvchi
ko‘pincha yo‘l bo‘ylab gulbarglarini sochadigan gul qizning yonida yuradi yoki orqasidan
ergashadi. Birgalikda ular markaziy sahna tomon yo‘l olishda ajoyib sahna yaratadilar.

7

Xulosa qilib aytganda, inson samarali madaniyatlararo jamiyatni ta'minlash uchun turli

madaniyatlarga mansub suhbatdoshlar tomonidan baham ko'rilgan umumiy madaniy ma'noni
yaratish imkoniyatini beradigan tilni bilishi foydadan holi emas. Bu esa bizga noqulay lisoniy
aloqa, lisoniy to‘qnashuv, madaniy shok yuzaga kelmasligiga yordam beradi. Tilshunoslikning

lingvikultrologiya, tarjimashunoslik

va

chog‘ishtirma tilshunoslik

kabi sohalari bugungu kunda

4

O`zbek tilining izohli lug`ati – D harfi. B-677

5

https://muslimaat.uz/mahr-haqida/

6

https://medium.com/@nicolettescoutureinfo/duties-of-a-flower-girl-in-a-wedding-ceremony

7

https://differencedigest.com/lifestyleliving/marriage/what-is-the-difference-between-page-boy-and-ring-bearer/


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

629

yuqoridagi kabi realiyalarga xos tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun keng qamrovli
tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

REFERENCES

1.

Baxshilloyevna. M.Sh, Nikohdan so`ng ado etiladigan urf- odatlar tasviri. Scientific progress
(2021), P-1125-1126

2.

O`zbek tilining izohli lug`ati – D harfi. B-677

3.

Бархударов Л. С. "Язык и перевод (Вопросы общей и частной теории перевода)". -
M:,1970. – C.94

4.

Верещагин Е.М., Костомаров В.Г. Язык и культура: Лингвострановедение в
преподавании русского языка как иностранного. М.: Русский язык, 1983. C.381

5.

https://muslimaat.uz/mahr-haqida/

6.

https://medium.com/@nicolettescoutureinfo/duties-of-a-flower-girl-in-a-wedding-
ceremony

7.

https://differencedigest.com/lifestyleliving/marriage/what-is-the-difference-between-page-
boy-and-ring-bearer/

References

Baxshilloyevna. M.Sh, Nikohdan so`ng ado etiladigan urf- odatlar tasviri. Scientific progress (2021), P-1125-1126

O`zbek tilining izohli lug`ati – D harfi. B-677

Бархударов Л. С. "Язык и перевод (Вопросы общей и частной теории перевода)". -M:,1970. – C.94

Верещагин Е.М., Костомаров В.Г. Язык и культура: Лингвострановедение в преподавании русского языка как иностранного. М.: Русский язык, 1983. C.381