ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
635
O‘ZBEKISTONDA OILA VA GENDER MUNOSABATLARINING TARTIBGA
SOLINISHINING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI
Maxsimova Madinabonu
Maxtum qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,
O‘zbek tili ta’limi fakulteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi,
sotsiologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11211828
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda oil ava gender munosabatlarining tartibga
solinishida huquqiy-me’yoriy hujjatlar qanday ahamiyatga ega ekanligi, oila to‘g‘risida
qonunlarda nimalar keltirilgani va oila kodeksi haqida gap yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Oila, kodeks konstitutsiya, qonunlar, moddanikoh, vazifalar, ijtimoiy
institutlar.
LEGAL-NORMATIVE BASES OF REGULATION OF FAMILY AND GENDER
RELATIONS IN UZBEKISTAN
Abstract.
This article discusses the importance of legal and regulatory documents in the
regulation of family-gender relations in Uzbekistan, what is included in the family laws and the
family code.
Key words:
Family, code, constitution, laws, articles, tasks, social institutions.
НОРМАТИВНО-ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ СЕМЕЙНО-
ГЕНДЕРНЫХ ОТНОШЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация.
В данной статье рассматривается значение нормативно-правовых
документов в регулировании семейно-гендерных отношений в Узбекистане, что включено
в семейное законодательство и Семейный кодекс.
Ключевые слова:
Семья, кодекс, конституция, законы, статьи, задачи, социальные
институты.
Oila-hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini
ta'minlaydigan, muqaddas urfodatlarimizni saqlaydigan, shu
bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga
bevosita ta'sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i.
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov
Kirish.
Oila va gender sotsiologiyasi sotsiologiya fanining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib,
u nikoh va oilaning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va vazifalarini bajarishini o‘rganadigan fan. Oila
va gender sotsiologiyasi oilaga xos ijtimoiy munosabatlar turlari, oila va nikohning tarkibi,
vazifalarini, oilani kichik ijtimoiy guruh va ijtimoiy institut sifatida xususiyatlarini, nikoh va
ajralishlarni, oilani rejalashtirishga ta‘sir qiluvchi omillarni, oiladagi kelishmovchiliklar va ularni
oldini olishni, oilaning boshqa ijtimoiy institutlar va ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan
o‘zaro munosabatini, nikoh – oila munosabatlarining tarixiy turlari va shakllarini, oila
rivojlanishining tendensiyalarini o‘rganadi.
Oila shakllanishi, uning mustahkamligini ta‘minlanish – zamonaviy jamiyatlarning asosiy
muammolaridan biridir. Oila, oilaviy va er-xotin munosabatlari falsafa, psixologiya, pedagogika,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
636
sotsiologiya, demografiya va boshqa ko‘plab fanlarning o‘rganish obyekti bo‘lib kelmoqda. Oila,
uning shakllanishi va tanazzulga yuz tutishi kabi munosabat nafaqat uning sotsial institut sifatida
kishilar turmush tarzini belgilab berishi, balki avlodning barkamolligi, millat va davlat
sog‘lomligi, shuningdek, doimiy o‘sib boruvchi sotsial buyurtmadan kelib shakllangandir. Zero,
oila barqarorligiga tahdidlarning o‘sishini barcha tadqiqotchilar e‘tirof etganlar.
1
Metod va materiallar:
Oila haqida gap ketar ekan, avvalambor oila so‘zining o‘ziga ta’rif
beramiz: Oila bu qon qarindoshchilik ya’ni nikoh orqali, yoki birga istiqomat qilish orqali
bog‘langan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir.Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro
yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bogʻlangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy
vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush
sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan
mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar
bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos
oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.
Oilaga sharqona, o‘zbekona sodiqlik, o‘tgan yetti pushtini bilish, ota-ona, qarindosh urug‘,
keksalarga hurmat, yoshlarga mehribonlik, oila a'zolari, er-xotin va farzandlar o‘rtasidagi
munosabatlarning mustahkamligi uning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Oilalar juda katta bo‘lib jamoa
asosida yashab kelganlar. O‘zbek oilasi or-nomusli, kuchli oiladir. Shuning uchun u o‘zining
milliy qiyofasini yo‘qotmagan holda butun oilaning sha'ni, obro‘sini saqlash uchunmas'uliyat bilan
ish tutadi. Er oila posboni, uning boquvchisi hisoblansa, xotin esa uning ko‘rki, fayzi barokatidir.
Ularning umr gulshanlari qobil farzandlaridir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
o‘zbek oilasining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tirof etib shunday deydi: "Oila-jamiyatning negizi.
Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunishimiz mumkin va lozim. Bunda o‘zaro
hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a'zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga
nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin
emas”. Birinchi Prezidentimizning yuqorida aytib o‘tgan gaplaridan ko‘rishimiz mumkin-ki oilani
mustahkamligini saqlashda har bir oila a’zolarining o‘rni va tarbiyasi alohida ahamiyatga ega.
Qonunchiligimizga nazar solar ekanmiz oilaga katta e’tibor qaratilganligini, jumladan,uni
qanday tashkil qilish, oila a’zolarining huquqlari va burchlari, umuman oilaviy hayotning barcha
masalalariga urg‘u berib o‘tilganini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining XIV bobi oilaga bag‘ishlanib,oilaning ijtimoiy maqomi aniq va ravshan
belgilab qo‘yilgani dunyo davlatlarining bosh qonunlarida uchraydigan kamyob voqelikdir.
Oʻzbekiston
hukumat
i oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan
ustuvor vazifa sifatida qaraydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
ning 63-
modda
siga ko'ra,
oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi, u jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada
boʻlish huquqiga ega.
Mulohaza va natijalar:
Oilani jamiyatning ravnaq topilishida tutgan oʻrni va ishtirokini
yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va
farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil
taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
1998-yil
ni "Oila yili" deb eʼlon qildi.
1
Tagiyeva G, Husanova H. Oila va gender sotsiologiyasi.-Samarqand.: 2021
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
637
Bundan
tashqari
Oʻzbekiston
Respublikasi
Xotin-qizlar
qoʻmitasi
huzurida
Respublika
"Oila" ilmiy-amaliy markazi
tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga
solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining
Oila kodeksi
qabul qilingan.
Oila kodeksi bu oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solib, oila aʼzolari (yaʼni, er-
xotinlar, ota-onalar, bolalar, shuningdek, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar va
oilaning boshqa aʼzolari) oʻrtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va
mustahkamlovchi qonun hujjati.
Huquqning
alohida tarmogʻi hisoblangan oila huquqining
maxsus
manbaidir.
Oʻzbekiston Respublikasining
amaldagi
Oila
kodeksi
Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining
1998-yil 30-apreldagi qarori bilan tasdiqlanib, ushbu yilning 1-
sentabrdan amalga kiritildi.
Kodeks
8 boʻlim, 30 bob, 238 moddadan iborat. Amaldagi Oila
kodeksi bir qator oilaviy huquqiy munosabatlarni yangicha hal etgan.
Oila kodeksining
2-modda
siga ko‘ra,oilaviy munosabatlarda ayol va erkak teng huquqli
bo‘lib,oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib
tuzgan ittifoqi,er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy
masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi,oilada bolalar tarbiyasi,ularning farovon
hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish,voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz
oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustunligi tamoyillari asosida amalga
oshiriladi.
2
Jamiyat va davlatning oila xususidagi g‘amxo‘rligi avvalombor, davlat yuritayotgan kuchli
ijtimoiy siyosatda namoyon bo‘lmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi
1994-yildan boshlab, har yili 15 may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishonlashga qaror qildi.
3
Xulosa.
Oilaviy jarayonlarni tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan tushunchalarni tartibga
solishga intilish, bu tushunchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash muhim bo‘lib qolgan. “Oila-
mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila-jamiyat negizi bo‘lib,
ko‘p asrlik mustahkam ma'naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo‘lgan ilk
tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali
amalga oshadi. Oiladagi sog‘lom muhit-sog‘lom mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda
har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o‘zaro hurmat va ahillikni ta'minlash-milliy
mafkurada ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi”
4
.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda oila va gender munosabatlarining tartibga
solinishida huquqiy-me’yoriy qonunlar ham katta rol o‘ynaydi. Huquqiy me’yorlarga
bo‘ysunmaydigan oilalarda kelishmovchiliklar,ajralishlar ko‘proq kelib chiqish holatlarini
ko‘rishimiz mumkin.
REFERENCES
1.
Tagiyeva G, Husanova H. Oila va gender sotsiologiyasi.-Samarqand.: 2021.252-bet
2.
O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi
3.
Oila huquqi Otaxo‘jayev F.M. Toshkent-2007. 247-bet
4.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.–T.: O‘zbekiston, 2000.
2
O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi 2-modda
3
Otaxo‘jayev F.M. Oila huquqi. -Toshkent.: 2007. 5-bet.
4
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: O‘zbekiston,
