Authors

  • Maftuna Qobiljonova
  • Muhiddin Toshov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32729

Abstract

The article talks about the teaching methodology of works of art in the development of speech in elementary reading classes, its characteristics, communicative skills by achieving speech development in the process of quality education.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

638

O`QITUVCHILARDA (BOSHLANG’ICH SINFLARDA) BADIIY ASARLARNI

O’QITISH ORQALI NUTIQLIK SAN’ATINI RIVOJLANTIRISH

Qobiljonova Maftuna Komil qizi

Oriental universiteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3-bоsqich talabasi.

Toshov Muhiddin

Oriental universiteti

“Pedagogik mahorat” fani o`qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11211867

Annotatsiya.

Maqolada o’qituvchilarda boshlang‘ich sinf o’qish darslarida nutq

o‘stirishda badiiy asarlarning o’qitish metodologiyasi, o’ziga xos xususiyatlari, sifatli ta’lim
berish jarayonida nutq o‘stirishga erishish orqali kommunikativ ko‘nikmalar haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

nutq, nutq aspektlari, badiiy asarlar, hikoya, ertak, ta’lim va tarbiya, adabiy

til normalari, tafakkur va notiqlik san’ati, ta’lim sifati.

РАЗВИТИЕ РЕЧНОГО ИСКУССТВА ПУТЕМ ОБУЧЕНИЯ

ХУДОЖЕСТВЕННОМУ ПРОИЗВОДСТВУ У УЧИТЕЛЕЙ (В НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССАХ)

Аннотация.

В статье учителям предлагается методика преподавания

художественных произведений по развитию речи на уроках чтения в начальной школе, их
особенности, коммуникативные навыки путем достижения речевого развития в процессе
качественного образования.

Ключевые слова:

речь, стороны речи, художественные произведения, рассказ,

сказка, воспитание и воспитание, нормы литературного языка, искусство мышления и
речи, качество образования.

DEVELOPMENT OF SPEAKING ART BY TEACHING ARTISTIC WORKS IN

TEACHERS (IN PRIMARY CLASSES)

Abstract.

The article talks about the teaching methodology of works of art in the

development of speech in elementary reading classes, its characteristics, communicative skills by
achieving speech development in the process of quality education.

Key words:

speech, aspects of speech, works of art, story, fairy tale, education and training,

norms of literary language, art of thinking and speaking, quality of education.

KIRISH

Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda

shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z
bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar
esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish
jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni
o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda
o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi
hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya
masalalari hal etiladi [1].


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

639

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasa-da, amaliy

jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi. O’qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r,
ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan
tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o’qitiladi.

Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib,

ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik
jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak
matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan
tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash
orqali o’zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi.

SHunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar

tanlash talab etiladi [2].

O’qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam

beradi. Reja tuzishda o’quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo’ladi va har qaysi qismdagi asosiy
fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o’tiladi, ya’ni
bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida reja tuzish
jarayonida o’qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan
iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o’ylaydilar. Sarlavha topish
ustida ishlash, o’quvchilar topgan sarlavhani jamoa bo’lib muhokama qilish, reja tuzish
jarayonining o’zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o’z mulohazasini isbotlash,
asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o’qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja
doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida
hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o’zlashtirishdir. Reja asosida qayta
hikoyalash o’qituvchi savoligi javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning hiyla
mustaqil formasidir. O’qilgan asar mazmunini o’zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich,
qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga bo’linadigan, bu
bo’limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi.

Qisqartirib hikoyalashga o’rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o’qituvchi hikoyaning

oldindan belgilab qo’yilgan birinchi qismini o’qiydi va o’quvchilar bilan birgalikda eng muhim,
asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o’quvchilar ba’zan asardagi so’zlardan foydalanadilar. Bu
o’quvchilarga qiyinlik qilsa, bo’limdagi asosiy fikrni o’z so’zlari bilan aytib berishlari mumkin.

Keyin o’quvchilar o’qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida

gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar.

Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o’quvchilar asarni

qisqartirib qayta hikoya qiladilar. O’qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 3- sinfdan boshlab
o’rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o’stirish vositalaridan biridir
[3].

Tanlab hikoyalashda o’quvchi:
o’qigan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so’zlab beradi;
hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi;
hikoya mazmunini faqat bir syujet yo’nalishida so’zlab beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

640

Bolalar tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang’ich sinf izohli o’qish

darsida keng qo’llanadigan metodik usullar yordam beradi:

hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash;
hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;
tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.
O’quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o’qilgan matnni tahlil qiladi. Bunday tahlil

bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o’stiradi va o’qilgan matn mazmunini
o’zlashtirishga yordam beradi. Hikoyani o’qish bilan bog’liq holda o’tkaziladigan ijodiy ishlar
ham o’quvchilar nutqini, tafakkurini o’stiradi. Bular:

ijodiy qayta hikoyalash;
inssenirovka qilish;
o’qilgan asarga rasm chizish; hikoyani davom ettirish.
Ijodiy qayta hikoyalashda o’qilgan hikoyaning sharoitini, yo formasini o’zgartirib hikoya

qilinadi, yoki hikoyani yangi epizodlar bilan to’ldirib hikoya qilinadi.

Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o’quvchilar o’qilgan hikoyani sahnabop qilib

o’zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum, qatnashuvchilarning imo-
ishorasi haqida o’ylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantiradilar (bu tilni o’rgatish
nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi.

O’qilgan hikoyaga rasm chizishda o’quvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan

o’qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o’zi rasm chizadi. Agar o’quvchi rasmni
yaxshi chiza olmasa, o’zi chizmoqchi bo’lgan rasmni og’zaki tasvirlab beradi, ya’ni so’z bilan
rasm chizadi.

O’qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo’llanadi. Bu usul

hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo’llanadi.

Boshlang’ich sinflarda hikoya syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o’rganish bo’yicha

turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o’quvchining ijodiy faolligi ortadi,
ijodiy fikrlash doirasi kengayadi [4].

Hikoya mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga

oshiriladi:

Matn mazmuni yuzasidan o’qituvchi savollariga javob berish.
Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.
Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilarning savollar tuzishi.
Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.
Hikoya matnini qismlarga bo’lish.
Har bir qismga sarlavha topish.
Hikoyaga reja tuzish.
Reja asosida qayta hikoyalash (to’liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).
Reja asosida bayon yozish.
Tahlilda o’qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o’ziga xosligi, obrazli

tasvirning o’quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

641

Hikoyani o’rganishda savollarni, odatda, o’qituvchi beradi, ammo asar mazmuni,

qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga ham savol tuzdirish juda
foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o’z
fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq
esda saqlab qolishda o’quvchilarga yordam beradi.

Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga

o’rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og’zaki nutqni o’stiradi, bolalar nutqini yangi so’z va
iboralar bilan boyitadi [5].

Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g’oyalarni bolalar

ongiga yetkazish, yod oldirish yo’li bilan bog’lanishli nutqni o’stirish, nutqning ta’sirchanligini
oshirish lozim. Masalan, «Rostgo’y bola» (1-sinf) ertagida bola o’z rostgo’yligi bilan podshoga
ma’qul bo’lganligi hikoya qilingan. Ertak g’oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham
to’g’ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. O’quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa,
o’zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin [6].

Ertakni o’qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o’quvchilardan shaylanib, ro’parasida,

sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so’zlarining ma’nosi so’raladi. Javoblar to’ldiriladi,
umumlashtiriladi.

Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo’llangan badiiy vositalar: jonlantirish,

metafora, mubolag’alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi [7].

Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o’rganish darslarining qurilishi

quyidagicha bo’lishi mumkin:

Ertak bilan tanishtirish:
o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi, yod aytib berishi va hok.
Ertakni o’quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat

o’tkazish;

Ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh

so’zlarni topish, lug’at ishi (ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish) Ertakni aytib berishga
tayyorlanish (ichda o’qish);

Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning

eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi - bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va
ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va
barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga
yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi
va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi [8]

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida, ayniqsa,

bolalarning badiiy asarlarni o‘qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy
asarlarni qayta hikoya qilib berishga o‘rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish
o’qituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni
qanchalik yorqin ifodalangan bo‘lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga
ifodali, mazmunli yetkazilsa, bolalarni hayajonlantiradi, his-tuyg‘ularining rivojlanishiga, asar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

642

qahramonlari bilan bo‘ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug‘atining boyishiga hamda
nutqining grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar hech
qanday qiyinchiliksiz o’qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim
so‘zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab
beradilar, o’qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o‘xshatishga harakat qiladilar.

REFERENCES

1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. // Barkamol avlod.

O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.

2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.

T.: SHarq, 1997.

3. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi // O’zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi, 7-maxsus son. T.: SHarq, 1999.

4. Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti // Boshl. ta’l. jurnali.

Toshkent, 2005. №5. 5, 6, 8-9-betlar.

5. Zunnunov A. va boshq. Adabiyot o’qitish metodikasi. T.: O’qituvchi, 1992.
6. Rafiev A. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi va imlosi. T.: 2003.
7. G’ulomov A. Ona tili o’qitish printsiplari va metodlari. T.: O’qituvchi, 1992.

Internet kutubxona materiallari

8. www.natlib.uz
9. www.ziyonet.uz
10. www.kitob.uz
11. www.tdpu.uz
12. www.referat.arxiv.uz
13. www.testing.uz
14. www.math.com

References

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. // Barkamol avlod. O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.

Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi // O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi, 7-maxsus son. T.: SHarq, 1999.

Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti // Boshl. ta’l. jurnali. Toshkent, 2005. №5. 5, 6, 8-9-betlar.

Zunnunov A. va boshq. Adabiyot o’qitish metodikasi. T.: O’qituvchi, 1992.

Rafiev A. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi va imlosi. T.: 2003.

G’ulomov A. Ona tili o’qitish printsiplari va metodlari. T.: O’qituvchi, 1992.

Internet kutubxona materiallari

www.natlib.uz

www.ziyonet.uz

www.kitob.uz

www.tdpu.uz

www.referat.arxiv.uz

www.testing.uz

www.math.com