Authors

  • Nazokat Askaraliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32748

Abstract

The article analyzes the emergence and formation of military sociology, the history of the implementation of military sociological research, the prospects for the development of military sociology in Uzbekistan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

670

HARBIY SOTSIOLOGIYANING VUJUDGA KELISHI

Askaraliyeva Nazokat Mirzatilla qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Sotsiologiya yo‘nalishi talabasi.

askaraliyevanazokat0@gmail.com

https://doi.org/

10.5281/zenodo.11212714

Annotatsiya.

Maqolada harbiy sotsiologiyaning vujudga kelishi, shakllanishi,

harbiysotsiologik tadqiqotlarning amalga oshirilish jarayonlari tarixi, O‘zbekistonda harbiy
sotsiologiyaning rivojlanishi istiqbollari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

sotsiologiya, harbiy madaniyat, harbiy-kasbiy faoliyat, harbiy sotsiologiya,

harbiy-sotsiologik tadqiqotlar, jamiyat-davlat-armiya, “ruhiyat indeksi”.

THE EMERGENCE OF MILITARY SOCIOLOGY

Abstract.

The article analyzes the emergence and formation of military sociology, the

history of the implementation of military sociological research, the prospects for the development
of military sociology in Uzbekistan.

Key words:

sociology, military culture, military-professional activity, military sociology,

military-sociological research, society-state-army, "morale index".

ВОЗНИКНОВЕНИЕ ВОЕННОЙ СОЦИОЛОГИИ

Аннотация.

В статье анализируются возникновение и становление военной

социологии, история проведения военно-социологических исследований, перспективы
развития военной социологии в Узбекистане.

Ключевые слова:

социология, военная культура, военно-профессиональная

деятельность, военная социология, военно-социологические исследования, общество-
государство-армия, «моральный индекс».


Kirish

Insoniyat hamisha tinch va osoyishta yashashga intilib kelgan. Biroq odamzod umrining

aksar qismi katta-kichik konfliktlar va urushlar bilan o‘tgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha,
sayyoramizda 15000 ga yaqin katta-kichik urush va nizolar bo‘lib o‘tgan hamda ularda 3,5 mlrdga
yaqin kishi halok bo‘lgan [1]. Afsuski, bu kabi xunrezliklar dunyoning turli nuqtalarida hanuz
davom etmoqda. Urush va nizolarning kelib chiqish sabablari, uni keltirib chiqargan oqibatlari,
tinchlik va barqarorlik masalalarini tadqiq etish dolzarb bo‘lib qolmoqda, bunda harbiy soha va
harbiy xizmatchilar faoliyatini o‘rganish hamda tahlil etish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bu
muammolar an’anaviy ravishda ijtimoiy fanlar, xususan harbiy-siyosiy tarix doirasida o‘rganib
kelingan. Yuqoridagi muammolarni yanada maqsadga muvofiq o‘rganilishi ehtiyojlari esa
sotsiologiyaning tarmoq sohasi bo‘lgan harbiy sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishiga
zamin bo‘ldi.

Harbiy sotsiologiya paydo bo‘lishining sharoitlari umumiy sotsiologiyaning paydo

bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq. Tarixan dastlab harbiy sotsiologiya ijtimoiy
falsafa, harbiy san’at nazariyalari “ichida” bo‘lgan. Harbiy sotsiologiya umumiy sotsiologiyaning
bir qismi bo‘lib, u XIX asr oxiri – XX asr boshlarida sotsiologik bilimning alohida bir yo‘nalishi
sifatida ajralib chiqdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

671

Harbiy sotsiologiyaning bu davrda vujudga kelishi o‘sha paytda harbiy mutaxassislar

tomonidan XIX asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-tarixiy sharoitlarni to‘g‘ri anglab olinganligi va
o‘sha paytdagi ijtimoiy fanlarda falsafa va sotsiologiya g‘oyalari, tamoyillari va metodlarining
ta’siri natijasida ilmiy-ijtimoiy bilish mantiqiga ishonchning oshib borganligining natijasi edi. Bu
o‘z navbatida harbiy sotsiologiyaning obyekti, predmeti va funksiyalari aniqlanishini ta’minlagan.

Harbiy kasbiy faoliyat harbiy madaniyatdan ajralmas bo‘lib, u harbiy xizmatchilarning

submadaniyati, shu jumladan turmush tarzi, qadriyatlar va me’yorlar, til, marosimlar, ramzlar,
moddiy, badiiy madaniyat va san’atni o‘z ichiga oladi. Harbiy madaniyat davlat va qurolli kuchlar
tomonidan harbiy xizmatning ma’naviy asoslarini va harbiy xizmatchilar shaxsini shakllantirish
maqsadida maqsadli shakllantiriladi.

Hozirgi zamondagi harbiy sotsiologik bilimlar tarkibida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish

mumkin: Birinchi (yuqori) daraja, ya’ni harbiy sotsiologiyaning umumiy nazariyasi turli ijtimoiy
birliklar, odamlarning urush va tinchlik muammosiga, mudofaa ishlariga, jamiyat va armiya,
fuqarolik va harbiy tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’siriga bo‘lgan munosabatini fundamental
o‘rganish bilan bog‘liq. Ikkinchi daraja – maxsus (xususiy) harbiy-sotsiologik nazariyalardir. U
nisbatan yaxlit ijtimoiy organizm sifatida armiya hayotining umumiy muammolarini (Qurolli
Kuchlarning ijtimoiy sohasi, harbiy mehnat va uning turlari sotsiologiyasi, harbiy hayot, dam olish
va boshqalar), armiya tarkibidagi jamoalarni va ularning o‘zaro ta’siri (harbiy jamoa
sotsiologiyasi, harbiy kasblar, xodimlarning turli toifalari, rasmiy va norasmiy birlashmalar, harbiy
xizmatchilarning oilalari va boshqalar), askarning shaxsiyati (harbiy xizmatchi, harbiy
mutaxassislar turlari, rasmiy va norasmiy rahbarlar, shaxslararo munosabatlar)ni o‘rganish bilan
shug‘ullanadi.

Harbiy sotsiologiyaning uchinchi darajasi amaliy (konkret) harbiy sotsiologik

tadqiqotlardir. Ularning vazifasi harbiy-ijtimoiy voqelik faktlarini, ya’ni harbiy xizmatchilarning,
Qurolli Kuchlar tarkibidagi turli jamoalarning xulq- atvori va mehnatini, shuningdek, ularning
ma’naviy hayotini – nazariy va kundalik ongini, ijtimoiy o‘zini namoyon qilishini, kayfiyatlar,
vaziyat holatlari va boshqalarni o‘rganishdir.

Harbiy sotsiologiya doirasida nazariy va empirik darajalar o‘zaro chambarchas bog‘liq.
Empirik sotsiologik tadqiqot ma’lumotlari asosida harbiy sotsiologiyaning maxsus

(xususiy) va umumiy nazariyalari shakllanadi, ular o‘z navbatida empirik tadqiqotlar uchun
metodologik uslub-vositalar vazifasini bajaradi.Hozirgi davrda respublikamiz Qurolli Kuchlari
tizimidagi harbiy oliy o‘quv yurtlarida harbiy sotsiologiyani (fan+amaliyot+o‘quv kursi uchligida)
o‘rganish, ilmiy izlanishlar olib borish, empirik sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish
har qachongidan ham dolzarb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy bosh Qo‘mondoni

Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 4-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy
xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish
to‘g‘risida" gi Qarorida "Harbiy okruglar boshqaruv apparatlarida "psixolog", "yetakchi sotsiolog"
lavozimlari joriy etilishi” [4], 2019-yil 22-fevraldagi “Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Farmonida "xavfsizlik, millatlararo
totuvlik va diniy bag‘rikenglik, shuningdek, tashqi siyosat sohalarida – mamlakat mudofaa
qobiliyatini, fuqarolar o‘rtasida va dinlararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlashga, tashqi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

672

siyosat sohasidagi faoliyat samaradorligini yanada oshirishga yo‘naltirilgan islohotlar to‘g‘risidagi
jamoatchilik fikrini o‘rganish va tahlil qilish” [5] kabi ustuvor vazifalar belgilangan bo‘lib bu
mamlakatimizda harbiy sotsiologiyaning fan-amaliyot-o‘quv kursi sifatida rivojlanishi uchun asos
sifatida xizmat qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, harbiy sotsiologiya fani va harbiy-
sotsiologik tadqiqotlarni kelajakda izchil rivojlantirish bo‘yicha quyidagi takliflarni ilgari surish
mumkin:

1. “Harbiy sotsiologiya” bo‘yicha davlat tilidagi adabiyotlar bazasini shakllantirish, va

harbiy sotsiologik tadqiqotlar olib boruvchilar uchun mo‘ljallangan sohaga oid darslik va o‘quv
qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yaratish.

2. Harbiy faoliyat va mudofaa sohaga doir sotsiologik tadqiqot ishlarini amalga oshirish,

tadqiqot natijalar asosida ilmiy maqola va monografiyalar chop etish.

3. Harbiy xizmatchilar faoliyatini takomillashtirishga doir sotsiologik tadqiqotlar olib

borgan holda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

4. Harbiy sohada "yetakchi sotsiolog" sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Qurolli Kuchlar

xizmatchilarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

5. Qurolli Kuchlar xizmatchilari va ularning oila a’zolariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy

xizmatning holati, muammo va kamchiliklarni empirik sotsiologik tadqiqotlar orqali o‘rganish
bo‘yicha ilmiy izlanishlarni amalga oshirish.

XULOSA

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida xulosa oʻrnida aytish mumkinki, harbiy-

sotsiologik tadqiqotlar – bu ijtimoiy tadqiqotlarning bir turi boʻlib, empirik ma‘lumotlarni yigʻish
va ishlab chiqish metodlari, shuningdek, sotsiologik ma‘lumotni tahlil va bayon qilish asosida,
harbiy tashkilotning (jamoaning) koʻp darajali hayotiy faoliyatining har xil sohasidagi ijtimoiy
jihatlari, harbiy xizmatchilar va harbiy ijtimoiy guruhlarning (urushdagi va harbiy xizmat)
faoliyatida, vaj-sabablarida va munosabatlarida namoyon boʻladigan harbiy-ijtimoiy jarayonlar va
hodisalarni oʻrganish va tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. Shu asosda milliy
armiyamizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasida puxta oʻylangan va izchil
harakatlarni davom ettirishimiz darkor.

Xususan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ―Sotsiologik tadqiqotlar

oʻtkazishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmoni orqali turli
sohalarda, xususan, harbiy tizimda sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazilishi orqali harbiy tizimdagi
kamchiliklar, qoʻshin tayyorlash va professional kadrlar tayyorlashda ta‘lim tizimidagi
muammolar, armiyadagi harbiy texnik va qurol-yarogʻ bilan ishlashdagi salbiy holatlar, harbiy
tashkilotlarning ijtimoiy tizimi va oʻzaro munosabatlarini va harbiy xizmatchilarning ijtimoiy
qoʻllabquvvatlashdagi muammoli holatlarning oldi olinadi. Askarlar orasida jamoatchilik fikrini
oʻrganish bugungi kun sotsiologiyasi oldida turgan juda ham qiyin masala. Bu esa Oʻzbekistonda
«harbiy sotsiologiya» yoʻnalishining hali rivojlanmaganligi hamda respondentlarning oʻziga xos
murakkabligi bilan bogʻliqdir.

Ammo Qurolli Kuchlar tarkibida turli koʻrinishdagi qonunbuzarliklarning oshib borishi,

sotsiologlardan bu sohada nazariy va amaliy tadqiqotlarni koplab oʻtkazishni talab etadi. Bu esa
katta kuchga ega boʻlgan armiyani har tomonlama nazoratda ushlab turish imkonini hamda yuzaga
keladigan muammolarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

673

REFERENCES

1.

Shvedkov, O. Harbiy xizmatdagi sotsiologiya O. Shvedkov Mustaqil harbiy. ko'rib chiqish.
- 2012. - 23 noyabr

2.

Segal, D. R. Harbiy ofitserlar ta'limida sotsiologiya / D. R. Segal, M. G. Ender

3.

Korf, N. A. Strategiyaga umumiy kirish, keng ma'noda tushuniladi. Harbiy fanlar falsafasi
bo'yicha tadqiqotlar / N. A. Korf. – Ed. 2. – M.: URSS ,2012. – 66 b. 6 D. Qarshiyeva
“HARBIY SOTSIOLOGIYA” darslik«Chirchiq»OTQMBYU, 2020y 224-b.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi harbiy xizmatchilarning
ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida PQ-3898-
sonli Qarori

5.

D. Qarshiyeva “HARBIY SOTSIOLOGIYA” darslik«Chirchiq»OTQMBYU, 2020y 224-b.

References

Shvedkov, O. Harbiy xizmatdagi sotsiologiya O. Shvedkov Mustaqil harbiy. ko'rib chiqish. - 2012. - 23 noyabr

Segal, D. R. Harbiy ofitserlar ta'limida sotsiologiya / D. R. Segal, M. G. Ender

Korf, N. A. Strategiyaga umumiy kirish, keng ma'noda tushuniladi. Harbiy fanlar falsafasi bo'yicha tadqiqotlar / N. A. Korf. – Ed. 2. – M.: URSS ,2012. – 66 b. 6 D. Qarshiyeva “HARBIY SOTSIOLOGIYA” darslik«Chirchiq»OTQMBYU, 2020y 224-b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida PQ-3898- sonli Qarori

D. Qarshiyeva “HARBIY SOTSIOLOGIYA” darslik«Chirchiq»OTQMBYU, 2020y 224-b.