Authors

  • Jamshid Fazilov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32749

Abstract

In this article, it is shown that in the implementation of economic reforms implemented in our country in recent years, drawing up of road maps and development concepts for the implementation of economic reforms in our country with the involvement of internationally experienced specialists and experts.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

674

O‘ZBEKISTONDA CAPITAL BOZORINING RIVOJLANISHIDA XORIJ

TAJRIBASIDAN

FOYDALANISH

Fazilov Jamshid Ravshanovich

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11212722

Annotatsiya.

Ushbu maqolada soʻngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

iqtisodiy islohotlarni joriy etishda xalqaro miqyosda tajribali mutaxassislar va ekspertlarni jalb
etgan holda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yoʻl xaritalari tuzish va
rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqilishi koʻrsatilgan.

Kalit soʻzlar:

Jahon banki, tijorat bank, investitsiya, iqtisodiyot, korxonalar, investitsiya

fondlari, aksiyador, dividend, kapital bozor, moliya bozor, regulyator.

USE OF FOREIGN EXPERIENCE IN THE DEVELOPMENT OF THE CAPITAL

MARKET IN UZBEKISTAN

Abstract.

In this article, it is shown that in the implementation of economic reforms

implemented in our country in recent years, drawing up of road maps and development concepts
for the implementation of economic reforms in our country with the involvement of internationally
experienced specialists and experts.

Key words:

World Bank, commercial bank, investment, economy, enterprises, investment

funds, shareholder, dividend, capital market, financial market, regulator.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА В РАЗВИТИИ РЫНКА КАПИТАЛА

В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье показано составление дорожных карт и концепций

развития реализации экономических реформ в нашей стране с привлечением специалистов
и экспертов с международным опытом реализации экономических реформ, реализуемых в
нашей стране в последние годы.

Ключевые слова:

Всемирный банк, коммерческий банк, инвестиции, экономика,

предприятия, инвестиционные фонды, акционер, дивиденды, рынок капитала, финансовый
рынок, регулятор.

Kapital bozori

, fond bozori — boʻsh turgan pul mablagʻlarini toʻplash, ularni ssuda

kapitaliga aylantirish, soʻngra uni ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar,
firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) oʻrtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qogʻozlar,
korxonalarning aksiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldi-sotdi operatsiyalari olib boriladi.

Pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va moliya-

kredit muassasalari majmuini oʻz ichiga oladi. Kapital bozori pul bozori bilan birga iqtisodiyotning
tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni
shakllantiradi.

Kapital bozori kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari bilan ham

shugʻullanadi. Kapital bozori qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, ixtisoslashgan
fond brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondi, sugʻurta kompaniyalari,
investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

675

etadilar. Manbalar va kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy Kapital bozorlari bor. Kapital
bozor ikki asosiy vazifani bajaradi:

a) birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori. Bunda investitsiya va b. maqsadlar uchun

zarur boʻladigan kapital yangi aksiya, obligatsiya va qimmatli qogʻozlarni chiqarish hisobiga
shakllantiriladi;

b) ikkilamchi bozor. Bunda mavjud qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar olib boriladi.
Ikkilamchi bozor qimmatli qogʻozlarni sotuvchilardan haridorlar qoʻliga oʻtishni

yengillashtiradi. Kapital bozori mamlakat moliya tizimida muhim oʻrin egallab, aholining
jamgʻarilgan mablagʻlarini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli qogʻozlar portfeliga
aylantirish mexanizmi boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega
boʻlgan "Toshkent" fond birjasi 1994-yildan qimmatli qogʻozlar savdosi bilan shugʻullanadi.

Investitsiyalarni jalb etishda asosiy yoʻl xaritasi hisoblanayotgan Oʻzbekiston

Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasini, “Buyuk kelajak”
Xalqaro nodavlat va notijorat tashkiloti tomonidan koʻrsatib berilgan maʼlumotlariga asosan 2020-
yilda Oʻzbekistonda jami investitsiyalarni hajmi 2019- yilning shu davriga nisbatan 101,5 foizni
yoki 6,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkichlarga “Oʻzbekistonning 2035 yilgacha
rivojlanishi konsepsiyasi” loyihasi toʻgʻri yoʻlga quyilganidan dalolat beradi. Albatta, bu hisob
kitoblarga asoslangan kelajak rejalar va bu rivojlanishni taʼminlash koʻplab muammoli
munosabatlarni hal qilish orqaligina amalga oshirilishi mumkin boʻladi.

Iqtisodiyotni liberallashtirishda muhim qadamlardan biri sifatida amalga oshirilishi koʻzda

tutilgan 2020-yilning 26-fevralida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat
ulushini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1gi Qarori loyihasi internet
tarmogʻida muhokamaga joylashtirildi. Ushbu qaror loyihasiga koʻra Oʻzbekistonda 115ta davlat
ulushi mavjud korxonalarni xususiy sektorga davlat ulushini sotish taklif etilgani ijobiy holat
ammo bu kabi yirik miqdorda davlat ulushini realizatsiya qilishda baʼzi tizimli yondashuvlarni
amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻladi nazarimizda. Yaʼni Davlat koʻchmas mulki obyektlari
belgilangan shartlarda ikki oy mobaynida (E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida)
sotilmagan taqdirda, bir soʻm qiymatda sotishga taklif etilgan.

Albatta, bu kabi katta miqdordagi taklifni qondirish uchun investorlarda yetarli

mablagʻlarning mavjud boʻlmaslik ehtimoli yuqori shu boisdan, Investitsiya fondlari (IF) rolini
oshirish ushbu fondlarni kapital jamlash va takliflarni qanoatlantirish uchun moliyaviy resurslarni
jamlashlari va nisbatan kam moliyaviy resurslari mavjud investorlarni ham ushbu savdolarda
qatnashish imkoniyatlarini yaratishlari zarur nazarimizda. Chunki, ikki oy davomida 1 soʻm
qiymatda olingan obyektlarga investitsiyalar kiritishda yana tijorat banklari resurslariga boʻlgan
talabning oshib ketishi kuzatiladi, aslida esa ushbu subyektlar harakatda boʻlmagan moliyaviy
resurslarni harakatlantirish orqali xususiylashtirsa nafaqat davlat ulushi xususiy sektorga oʻtib
ularni rentabelligi oshiriladi balki, pul massasini yuqori darajada oshirib yubormasdan jarayonni
amalga oshirish imkoniyati paydo boʻladi.

Buni amalga oshirishda IFlaridan keng foydalanish zarur boʻladi yaʼni ushbu fondlar

oʻzlari uchun investitsion jozibador boʻlgan xususiylashtirilayotgan korxonalar haqida barcha
maʼlumotlar (soʻngi yillarda foydasi, aksiyadorlar yoki ulushdorlarga berilgan dividendlar
kelajakda investorlar uchun daromadlilik darajasi prognozlari va h.k.ni) bilan qisqacha axborot


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

676

manbasi sifatida ommani tanishtirish orqali, moliyaviy resurslarni jalb qilish va investitsiyalash
imkoniyatlarini oshirish mumkin boʻladi nazarimizda.

Bundan tashqari, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishda kapital jalb qilish

mexanizmining eng asosiy dastaklaridan biri bu kapital bozorining regulyatori hisoblanadi.

Albatta, Oʻzbekistonda ushbu faoliyatni amalga oshirish tizimi soʻngi yillarda ancha

yaxshilandi ayniqsa Kapital bozorini rivojlantirish agentligining tashkil etilishi bu borada muhim
qadam boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi nazarimizda. Shu boisda dunyo mamlakatlarida bu
borada qanday amaliyotlar joriy etilganligi va ularning samaradorligini oʻrganish va bu orqali
Oʻzbekiston uchun zaruriy xulosalarga kelishimizda muhim axborot manbai boʻlsa ajab emas.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kapital bozorini nazorat qilish va tartibga soluvchi

tuzilma (regulyator) borasida dunyoning baʼzi davlatlari tajribalarini koʻrib chiqamiz.

AQSHda bir vaqtning oʻzida moliyaviy resurslar bozorini quyidagi 3 ta regulyator

boshqaradi:

1. Qoʻshma shtatlar qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC- The United States

Securities and Exchange Commission);

2. Fyucherslar bilan savdolar qumitasi (Commodity Futures Trading Committee);
3. Milliy fyucherslar assosatsiyasi (National Futures Association)
Ammo AQSHda 3 ta regulyator mavjud boʻlishiga qaramasdan qimmatli qogʻozlar

boʻyicha yagona siyosat olib boruvchi bu Qoʻshma shtatlar qimmatli qogʻozlar va birjalar
komissiyasi (SEC) boʻlib hisoblanadi.

Rossiya Federatsiyasida Rossiya Markaziy banki yagona regulyator hisoblanadi.
Kanadada Investitsiya sanoatini tartibga solish solish tashkiloti (IIROCInvestment Industry

Regulatory Organization of Canada);

Buyuk-britaniyada Moliyaviy hizmatlar idorasi (FSA — Financial Services Authority);
Germaniyada Federal nazorat idorasi (BaFin-T he Federal Financial Supervisory

Authority) Koreyada ikkita birinchisi, Davlat sektorida-Moliyaviy hizmatlar boʻyicha komissiya
(FSC-Koreaʼs Financial Services Commission), ikkinchisi, nodavlat sektorda-Korea moliyaviy
investitsiyalar assosatsiyasi (KOFIA-Korea Financial Investment Association);

Ukrainada Qimmatli qogʻozlar va fond bozori boʻyicha milliy komissiya (NSSMC-

National Securities and Stock Market Commission)

Qozogʻistonda Ostona xalqaro moliya markazi (AIFC-Astana International Financial

Centre).

Yuqorida keltirganlarimiz dunyo mamlakatlarida moliya bozori regulyatori vazifasini

asosan faqat bitta tashkilotga biriktirilganligi (Janubiy Koreyadan tashqari), ushbu mamlakatlarda
moliya bozorining rivojlanishi investitsion jarayonlarni amalga oshirishiga ijobiy hissa
qoʻshganligi shubhasiz shu boisdan davlatlarda investitsion muhitga baho berishda muhim
hisoblangan Jahon bankining Doing business indeksida aynan shu davlatlarning egallab turgan
oʻrnini koʻrib chiqamiz.

1-rasm


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

677

Jahon bankining “Doing business” 2020 reytingi


Yuqoridagi diagramma maʼlumotlarini hisobga olgan holda aytishimiz mumkinki, kapital

bozorini tartibga solishda va investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirishda bozor iqtisodiyotining
liberal modeli yoʻnalishini tanlagan Janubiy Koreya, AQSH va Buyuk Britaniya tajribalaridan
keng foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi, bundan tashqari bozor sharoitlari va rivojlanish
davrlari Oʻzbekiston bilan yaqin boʻlgan Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasi tajribalarini ham
oʻrganib mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda foydalanish maqsadga muvofiq
boʻladi nazarimizda. Chunki soʻngi yillarda yuqoridagi ikki davlatda amalga oshirilgan islohotlar,
iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirishda ijobiy natijalar berayotganligi dunyo hamjamiyatida eʼtirof
etilmoqda.

XULOSA

Hozirgi kunda dunyo mamlakatlari moliya bozoridagi munosabatlarni tartibga solish va

nazorat qilishda turli yoʻllardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Fikrimizcha ulardan
moliya bozorini davlat organi sifatida yagona nazorat qiluvchi organ (bitta regulyator) ning
mavjud boʻlishi eng samarali yoʻl boʻladi nazarimizda, chunki bunda nazorat qilish, istiqbollarni
belgilash, rivojlantirish va shunga muvofiq huquqiy bazani shakllantirish bitta tizimda
birlashsagina eng optimal natijalarga erishish mumkin boʻladi. Bundan tashqari kapital bozorini
tartibga solishda qabul qilingan va qabul qilinayotgan huquqiy bazani ham soddalashtirish,
tartiblashtirish va jahon standartlariga moslashtirish talab etiladi. Buning uchun albatta soʻngi
yillarda kapital bozorini rivojlantirish agentligi “Kapital bozorining yagona kodeksi” 3 ni
amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrayotganligidan xabarimiz bor, bu albatta kapital bozorini
tartibga solish, investorlar huquqlarini himoya qilish va yangi investorlarni iqtisodiyotimizga
kapital kiritishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.



background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

678

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi “Kapital bozorini
qo„llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo„shimcha chora-
tadbirlari to„g‟risida” PQ-90-son Qarori.

https://lex.uz/docs/-5825745

2.

Rongwu Zhang, Wenqiang Fu, Tong Lu. Capital market opening and corporate
environmental performance: Empirical evidence from China. // Finance Research Letters,
Volume 53, May 2023.

3.

Alikulov

A.

T.,

Oʻrinov

K.

OʻZBEKISTONDA

KAPITAL

BOZORI

RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI //Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 690-
695.https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1544612322007632

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi “Kapital bozorini qo„llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo„shimcha chora-tadbirlari to„g‟risida” PQ-90-son Qarori. https://lex.uz/docs/-5825745

Rongwu Zhang, Wenqiang Fu, Tong Lu. Capital market opening and corporate environmental performance: Empirical evidence from China. // Finance Research Letters, Volume 53, May 2023.

Alikulov A. T., Oʻrinov K. OʻZBEKISTONDA KAPITAL BOZORI RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 690-695.https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1544612322007632