Authors

  • Б.К. Oltinov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32753

Abstract

The article analyzes the literature on the occupation of Central Asia, including Uzbekistan by Tsarist Russia, first of all, its innumerable natural resources, huge raw material base, expansion of foreign trade zones.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

684

O’RTA OSIYO HUDUDIDA, JUMLADAN: O’ZBEKISTONDA CHOR ROSSIYASI

TOMONIDAN AMERIKA PAXTA NAVINING IQLIMLASHTIRILISHI VA UNING

NATIJALARI

Oltinov B.K.

70220302 – Tarix

(yo‘nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11212751

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida Chor Rossiyasi tomonidan Amerika

paxta navining mahalliylashtirilishi, Turkiston hududida paxta maydonlarining kengayishi,
irrigatsiya tizimining yangi bosqichga ko’tarilishi, buning natijasida ulkan xomashyo bazasiga
ega bo‘lgan podsho hukumatining tashqi savdo hududlarini kengaytirish bilan bog’liq
ma’lumotlar adabiyotlar tahlili orqali keltirilgan.

Tayanch so’zlar:

paxtachilik, paxta monokulturasi, paxta sanoati, sanoat korxonalari,

bojxona, moddiy boyliklar, mustamlakachilik.

ACCLIMATIZATION OF THE AMERICAN COTTON VARIETY BY CZARIST

RUSSIA IN CENTRAL ASIA, INCLUDING UZBEKISTAN, AND ITS RESULTS

Abstract.

The article analyzes the literature on the occupation of Central Asia, including

Uzbekistan by Tsarist Russia, first of all, its innumerable natural resources, huge raw material
base, expansion of foreign trade zones.

Keywords:

cotton, cotton monoculture, cotton industry, industrial enterprises, customs,

material wealth, colonialism.

АККЛИМАТИЗАЦИЯ АМЕРИКАНСКОГО СОРТА ХЛОПКА ЦАРСКОЙ

РОССИЕЙ В СРЕДНЕЙ АЗИИ, ВКЛЮЧАЯ УЗБЕКИСТАН, И ЕЕ РЕЗУЛЬТАТЫ

Аннотация.

В данной статье рассматривается локализация царской Россией

американского сорта хлопка на территории Узбекистана, расширение хлопковых полей на
территории Туркестана, поднятие ирригационной системы на новый уровень, в
результате чего Царское правительство, обладающее огромной сырьевой базой,
расширяет внешнеторговые территории. Информация представлена на основе анализа
литературы.

Ключевые

слова:

хлопководство,

хлопковая

монокультура,

хлопковая

промышленность, промышленные предприятия, обычаи, материальные блага,
колониализм.

«Mahalla g‘o‘za» navining xaridorlar talabini qondira olmayotgani O‘rta Osiyo chor

Rusiyasi tomonidan zabt etilmasdan oldinoq ayrim savdo-hunarmandchilik vakillariga, xususan
Rusiya bilan savdo-sotiq olib borayotgan kishilarga ayon edi. Ular daromadlari ko‘payishini
ko‘zlab Amerika paxtasini o‘lkamizda iqlimlashtirishga uringanlar. Masalan, XIX asr o‘rtalarida
yirik savdogarlardan biri X. Saidumarov Rusiya orqali Amerika paxtasi urug‘i va tolani chigitdan
ajratadigan yevropacha qo‘l mashina (Jin)ni Buxoroga olib kelgan. Amerikaliklar navi kam hosil
bersada, tolasi sifatli bo‘lgani uchun faqat Nijniy Novgorod yarmarkasiga sotish uchun olib
borilgan. Lekin Buxoroda paxtaning bu yangi navini iqlimlashtirishga hali shart-sharoit
yaratilmagan edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

685

Amerika paxtasini iqlimlashtirishda N.N. Raevskiy tashabbusiga alohida to‘xtab o‘tish

lozim, deb o‘ylayman. U bundan oldin paxtani Qrimda iqlimlashtirish ustida ish olib borgan edi.

1866 yili u Orenburgda paxtachilikni yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqib, general-gubernator

nomiga Amerika paxtasi urug‘i va «Paxta yetishtirish usullari» degan qo‘llanmasini yuborgan.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, o‘sha yili Amerika paxtasi urug‘i ekish uchun

Toshkentga ham yuborilgan ekan. O‘lkada paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan bu sa’y-
harakatlar chippakka chiqadi.

1868-1869 yillari Toshkentda, Xo‘jandda va Samarqandda Xo‘ja Yunusov degan kishi

Spridonov bilan hamkorlikda Amerika hamda Misr paxta navlarini iqlimlashtirishda

muvaffaqiyatga erishadi.

1

1869 yili «Rus sanoati va savdosi o‘sishiga yordam berish jamiyati» kengashida I.N.

Raevskiy «Rusiya va unga qo‘shni Sharq mamlakatlarida paxtachilikni rivojlantirish» mavzuida
ma’ruza qiladi. O‘sha kengashda to‘qimachilik sanoati va savdo-sotiq doiralari vakillari faol
qatnashadilar. Ma’ruzachi Rusiyaga O‘rta Osiyo va boshqa paxtakor joylardan xom ashyo
keltirilishi har jihatdan foydali va qulayligini isbotlab beradi. Uning ta’kidlashicha, Rusiyaga jami
3 088 285 pud (42 710 136 so‘mlik) paxta keltirilgan bo‘lib, shundan 639192 pud (5 972 491
so‘mlik) paxta sharq o‘lkalaridan olib kelingan ekan. Bu Rusiyaga keltirilgan paxtaning 21 foizini
tashkil etgan. Albatta, ko‘p miqdordagi paxtani xarid qilish uchun millionlab so‘m mablag‘
sarflangan. Rusiyada savdo floti bo‘lmaganidan paxta Yevropa mamlakatlari floti va temir
yo‘llarida olib kelingan, natijada ulovidan tushovi qimmatga tushgan.

2

1871 yili I.N. Raevskiyning shaxsan o‘zi Toshkentga kelib Amerika paxtasini

iqlimlashtirish borasida katta ishlarni amalga oshiradi. Samarqandda Amerika paxtasi navini

ekadi. Turkiston general-gubernatori Kaufman uning yuqoridagi taklifiga binoan ikki kishini paxta
yetishtirishdagi bilimini boyitish uchun Amerikaga yo‘llaydi.

3

I. N. Raevskiy Toshkentda yetishtirilgan Amerika paxtasi sifatini bilish uchun Moskva

to‘qimachilik sanoati sohiblariga yuborgan. Korchalonlar paxta sifatini yaxshi baholaydilar.

Toshkentda Amerika paxtasini 1875 yili birinchi bo‘lib ekkan kishi Mulla Yo‘lchi

To‘ychiboevdir. Xorijiy paxta navi urug‘i Buxoro xonligida, shuningdek, 1878 yilda Andijon,
Namangan, Qo‘qon va Marg‘ilonda ham qadalgan. O‘z-o‘zidan ayonki, aynan o‘sha davrda
Amerika paxtasini o‘lkamizda iqlimlashtirishga qaratilgan harakatlar jadal tus olgan.

4

Amerika paxtasini iqlimlashtirish tajribalari tufayli undan mahalliy «malla g‘o‘za»siga

nisbatan sifatliroq, tolasi uzunroq paxta navi yaratishga erishiladi. Biroq bu nav kam hosilli edi.

O‘shanda Amerikaning «Seansland» va «Petit» navlari ekilib tajriba qilingan. Baribir ular

mahalliy sharoitga mos tushmagan. Shuning baravarida Amerika paxtasining boshqa navlari ham

sinab boriladi. 1877 yili Toshkentda paxta tajriba firmasi ochiladi. Bu yerda Amerika paxtasining

1

Ҳайитов Ж.Ш. Туркистонда янги экин навларининг тарқалиши ва улардаги ўзгаришлар (XIX аср охири-XX

аср бошлари). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация.
Андижон-2020. –Б.18.

2

Зиёев Ҳ. Ўзбекистон мустамлака ва зулм исканжасида. Тошкент. Шарқ. 2006. -Б.110.

3

Ҳайитов Ж.Ш. Туркистонда янги экин навларининг тарқалиши ва улардаги ўзгаришлар (XIX аср охири-XX

аср бошлари). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация.
Андижон-2020. –Б.18.

4

Зиёев Ҳ. Ўзбекистон мустамлака ва зулм исканжасида. Тошкент. Шарқ. 2006. -Б.112.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

686

bir necha turlari ekiladi va ularning urug‘lari mahalliy aholiga ulashiladi. G‘o‘za maydonlarida
birinchi marotaba plug va paxta tozalash qo‘l mashinasidan foydalaniladi. Natijada, agrotexnika
ishlari bir muncha yengillashib, paxta tannarxi arzonlashadi. Shuningdek, paxtani toylash ham
joriy etiladi. Tajriba maydonlarida yetishtirilgan paxta tolasi Moskva to‘qimachilik sanoati
korxonalariga yuboriladi. Sanoatchilar paxta tolasi uzunligi va sifatini e’tirof etishadi. Ammo
yangi navlardan hamon kam hosil olinardi. Nihoyat, XIX asrning 80 -yillariga kelib, Amerika
paxtasi urug‘lari orasida «Upland» navi mahalliy sharoitda sifatli va ko‘p hosilli bo‘lib chiqdi.
To‘qimachilik sanoati talablariga har jihatdan mos tushdi.

Amerika paxtasi tolasi uzunligi va sifati jihatidan «malla g‘o‘za» navi tolasiga nisbatan

ustun va hosildor bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan dehqonlar Amerika paxtasi navi ekilgan maydonlarni
oshira berganlar. 1884 yili xorijiy navlar 300 desyatinaga ekilgan bo‘lsa, 1890 yilga kelib 58859
desyatinani tashkil etgan.

Amerika va «mahalla g‘o‘za» navidan olingan tola 1890 yilda 2 million pudga, 1896 yilda

2 665 337 pudga yetadi. Tolaning asosiy qismi Amerika paxtasidan olingan. Paxta, asosan
Farg‘ona vodiysida yetishtirilgan. Sirdaryo, Samarqand va Kavkazorti viloyatlarida ham bu
qimmatbaho xom ashyo navlari ekilgan. 1900 yilga kelib paxta ekilgan maydon 257 501 gektarni
tashkil qilgan.

5

Amerika paxtasini iqlimlashtirish Xiva va Buxoro xonliklarida sekinlik bilan amalga

oshirildi. 1887 yili Xivada Amerika urug‘ini iqlimlashtirishga urinish bo‘lgan edi. Bu urinish tez
orada to‘xtab, xonlikda mahalliy «malla g‘o‘za» paxtasi yetishtirish davom ettiriladi. Chunki
xonlik tasarrufida mahalliy paxta sifati yaxshi, tolasi uzunligi tufayli to‘qimachilik sanoati
talablariga birmuncha javob berar edi. Biroq jaydari paxta Amerika paxtasiga nisbatan pastroq

qadrlangan. Xonlikda 1890 yilda paxta maydoni 15000 desyatinani, 1900 yilda 20000 desyatinani
tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich Buxoro amirligida 1880 yili 35 ming desyatina bo‘lsa, 1900 yilga
kelib atigi 50 ming desyatina yerga chigit qadalgan.

6

Turkiston o‘lkasida Amerika paxtasining muvaffaqiyatli iqlimlashtirib borilishi va sanoat

talablariga mos tushishi rus sanoati korxonalari egalarini, savdo ahlini, harbiy xizmatchilarni,
qo‘yingki, puli bor barcha korchalonlarni hayajonlantirib va shoshirib yubordi. Ular o‘lkaga kelib,
bevosita paxtachilik bilan shug‘ullanishga va paxta zavodlari ochishga kirishdilar.

Ular shu tariqa mo‘may daromad ketidan quvib, boyligiga boylik qo‘shishga mukkasidan

tushadilar. Puldor odamlardan Turkiston ma’muriyati nomiga paxta maydonlarini kengaytirish,
paxta zavodlarini ochishga ruxsat so‘rab yozilgan arizalar birin-ketin tusha boshlaydi. Rossiyada
«Paxta vasvasasi» avjga minadi. Natijada, o‘lkada rus paxta maydonlari va paxtachilikka bog‘liq
zavodlar miqdori ortib boradi. Savdo-sanoat doiralarining asosiy dardi-fikri paxtaga egalik bo‘lib
qolish edi. O‘sha vaqt iborasi bilan aytganda, ularning butun vujudini paxtaning «oltin
yomg‘iripda cho‘milish fikri chulg‘ab olgan edi.

XIX asr oxirlarida, Toshkent shaqri atrofida ruslarga qarashli paxtazorlar 4000 desyatina

yerni egallab, bu umumiy paxta maydonining 20 foizini tashkil etardi. Masalan, savdogar

5

Ҳайитов Ж.Ш. Туркистонда янги экин навларининг тарқалиши ва улардаги ўзгаришлар (XIX аср охири-XX

аср бошлари). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация.
Андижон-2020. –Б.19.

6

Зиёев Ҳ. Ўзбекистон мустамлака ва зулм исканжасида. Тошкент. Шарқ. 2006. -Б.112.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

687

Belyakov 620, Yaroslavldagi katta to‘qimachilik korxonasi 400, tijoratchi Tarsin 200 desyatina
yerda dehqonchilik qilgan. Farg‘ona vodiysida rus paxta maydonlari 500 desyatina yerni tashkil
etgan. 1890 yilda Samarqand viloyatining Xo‘jand uezdida Kudrin firmasi va boshqa kishilarga
tegishli 300 desyatina yerda Amerika paxtasi yetishtirilgan. Hatto o‘lkani bosib olishda jonbozlik
ko‘rsatgan general-mayor Abramovning Samarqandda shaxsiy paxta maydoni bor edi.

7


REFERENCES

1.

Назаров Ф. Записки о некоторих землях средней части Азии. M.: САБ. 1821. -С.13.

2.

Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (чоризм ва совет мутамлакачилиги даврида
Ўзбекистон миллий бойликларининг ўзлаштирилиши). Тошкент. Шарқ. 2001. -Б.37.

3.

Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида Ўзбекистоннинг янги тарихи.
Биринчи китоб. Тошкент. 2000. -Б.229.

4.

Хайитов,

Жахонгир

Шадмонович.

"ИСТОРИЯ

О

РАСПРОСТРОЕНИИ

ДЕКОРАТИВНЫХ ДЕРЕВЬЕВ В ТУРКЕСТАНСКОМ КРАЕ (В КОНЦЕ XIX-В
НАЧАЛЕ XX В.)."

Россия-Узбекистан. Международные образовательные и

социально-культурные технологии: векторы развития

. 2019.

5.

HAYITOV, J. "History of dissemination of the ornamental trees’ new types in Turkestan
(the end of XIXth-beginning of XXth centuries)."

Scientific journal of the Fergana State

University

1.6 (2019): 61-63.

6.

Hayitov A. S., Hayitov J. S. Comments on uzbek school “model” in Gulja (PRC) //
Academicia: an international multidisciplinary research journal. – 2021. – Т. 11. – №. 2. –
С. 1566-1571.

7.

Hayitov J. O'zbekistonda donli ekin navlarining tarqalishi tarixi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 7. – №. 7.

8.

Хаитов Ш. А., Юлдашев А. Б. Переселенческая политика советского правительства
и история переселения узбеков в Таджикистан //Гуманитарно-педагогические
исследования. – 2019. – Т. 3. – №. 2.

9.

Хайитов Ш. А. Историческая судьба туркестанских военнопленных второй мировой
войны //Метаморфозы истории. – 2015. – №. 6.

10.

Khayitov S. A., Teshaev A. T. THE PROCESS OF UNINON OF GERMANY:
ACTIVITY OF HELMUT KHOL //Scientific reports of Bukhara State University. – 2020.
– Т. 4. – №. 2. – С. 271-275.

11.

Khayitov S. A. UZBEKS IN RUSSIAN FEDERATION: HISTORICAL ANALYSIS
(1991-2015) //Scientific reports of Bukhara State University. – 2020. – Т. 3. – №. 2. – С.

204-207.

12.

Хаитов Ш. А., Норов Ш. С., Сувонова Ж. Ш. ИСТОРИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ
РЕГИОНАЛЬНЫХ

ОБЩЕСТВЕННЫХ

ДВИЖЕНИЙ

УЗБЕКИСТАНА

В

РЕАЛИЗАЦИИ ГОСУДАРСТВЕННОЙ МОЛОДЁЖНОЙ ПОЛИТИКИ (НА
ПРИМЕРЕ НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ) //apni. ru Редакционная коллегия. – 2021. –
С. 16.

7

Зиёев Ҳ. Ўзбекистон мустамлака ва зулм исканжасида. Тошкент. Шарқ. 2006. -Б.113.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

688

13.

Hayitov S. hududiy chegaralanish //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). –
2020. – Т. 1. – №. 1.

14.

Hayitov S. A. THE TURKISTANI MEDIA IN THE TURKISH REPUBLIC (1920-1960)
//Scientific reports of Bukhara State University. – 2020. – Т. 3. – №. 3. – С. 249-254.

15.

Ҳайитов Ш., Мажидов Ж. БУХОРО ХАЛҚ СОВЕТ РЕСПУБЛИКАСИДА
ҚУРУҚЛИК ВА ҲАВО ТРАНСПОРТИ: ЕЧИМ ВА МУАММОЛАР //Scientific
progress. – 2021. – Т. 2. – №. 2. – С. 506-510.

16.

Hayitov S. A., Rizaev B. N. HOZIRGI BOSQICHDA O ‘ZBEKISTONNING
CHEGARAVIY-HUDUDIY MUAMMOLARI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №.

2. – С. 597-603.

17.

Хайитов Ш. А. Общественные организации Узбекистана в развитии международных
связей страны (70-80-е гг.) : дис. – Академия наук респ. Узбекистан. Ин-т истории,
1991.

18.

Хаитов Ш. А., Норов Ш. С. Исторический процесс разработки и принятие законов,
на основании региональных сущностей о молодежи Узбекистана в период 2016-
2020гг //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY. –
2021. – Т. 2. – №. 2. – С. 81-88.

References

Назаров Ф. Записки о некоторих землях средней части Азии. M.: САБ. 1821. -С.13.

Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (чоризм ва совет мутамлакачилиги даврида Ўзбекистон миллий бойликларининг ўзлаштирилиши). Тошкент. Шарқ. 2001. -Б.37.

Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида Ўзбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб. Тошкент. 2000. -Б.229.

Хайитов, Жахонгир Шадмонович. "ИСТОРИЯ О РАСПРОСТРОЕНИИ ДЕКОРАТИВНЫХ ДЕРЕВЬЕВ В ТУРКЕСТАНСКОМ КРАЕ (В КОНЦЕ XIX-В НАЧАЛЕ XX В.)." Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития. 2019.

HAYITOV, J. "History of dissemination of the ornamental trees’ new types in Turkestan (the end of XIXth-beginning of XXth centuries)." Scientific journal of the Fergana State University 1.6 (2019): 61-63.

Hayitov A. S., Hayitov J. S. Comments on uzbek school “model” in Gulja (PRC) // Academicia: an international multidisciplinary research journal. – 2021. – Т. 11. – №. 2. – С. 1566-1571.

Hayitov J. O'zbekistonda donli ekin navlarining tarqalishi tarixi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 7. – №. 7.

Хаитов Ш. А., Юлдашев А. Б. Переселенческая политика советского правительства и история переселения узбеков в Таджикистан //Гуманитарно-педагогические исследования. – 2019. – Т. 3. – №. 2.

Хайитов Ш. А. Историческая судьба туркестанских военнопленных второй мировой войны //Метаморфозы истории. – 2015. – №. 6.

Khayitov S. A., Teshaev A. T. THE PROCESS OF UNINON OF GERMANY: ACTIVITY OF HELMUT KHOL //Scientific reports of Bukhara State University. – 2020. – Т. 4. – №. 2. – С. 271-275.

Khayitov S. A. UZBEKS IN RUSSIAN FEDERATION: HISTORICAL ANALYSIS (1991-2015) //Scientific reports of Bukhara State University. – 2020. – Т. 3. – №. 2. – С. 204-207.

Хаитов Ш. А., Норов Ш. С., Сувонова Ж. Ш. ИСТОРИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ РЕГИОНАЛЬНЫХ ОБЩЕСТВЕННЫХ ДВИЖЕНИЙ УЗБЕКИСТАНА В РЕАЛИЗАЦИИ ГОСУДАРСТВЕННОЙ МОЛОДЁЖНОЙ ПОЛИТИКИ (НА ПРИМЕРЕ НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ) //apni. ru Редакционная коллегия. – 2021. – С. 16.

Hayitov S. hududiy chegaralanish //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.

Hayitov S. A. THE TURKISTANI MEDIA IN THE TURKISH REPUBLIC (1920-1960) //Scientific reports of Bukhara State University. – 2020. – Т. 3. – №. 3. – С. 249-254.

Ҳайитов Ш., Мажидов Ж. БУХОРО ХАЛҚ СОВЕТ РЕСПУБЛИКАСИДА ҚУРУҚЛИК ВА ҲАВО ТРАНСПОРТИ: ЕЧИМ ВА МУАММОЛАР //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 2. – С. 506-510.

Hayitov S. A., Rizaev B. N. HOZIRGI BOSQICHDA O ‘ZBEKISTONNING CHEGARAVIY-HUDUDIY MUAMMOLARI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 2. – С. 597-603.

Хайитов Ш. А. Общественные организации Узбекистана в развитии международных связей страны (70-80-е гг.) : дис. – Академия наук респ. Узбекистан. Ин-т истории, 1991.

Хаитов Ш. А., Норов Ш. С. Исторический процесс разработки и принятие законов, на основании региональных сущностей о молодежи Узбекистана в период 2016-2020гг //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY. – 2021. – Т. 2. – №. 2. – С. 81-88.