343
JAHON SANOAT TARMOQLARI GEOGRAFIYASI
Soataliyeva Madina Adhamjon qizi,
Andijon davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi,
Sarikulov Mirkomil Olimovich
Tabiiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi.
Andijon shahar Do`stlik ko`chasi 4 uy
https://doi.org/10.5281/zenodo.11215492
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
jahon xo`jaligining asosiy yetakchi tarmog`i hisoblangan
sanoat tarmoqlari va ularning geografik jihatlari haqida so`z boradi. Bundan tashqari jahon
sanoatining davrlar mobaynida tadrijiy o`zgarishlari va tarraqqiyoti haqida ma`lumotlar
berilgan.
Kalit so`zlar:
ishlab chiqarish, jahon xo’jaligi, jahon sanoati, tog’-kon, yoqilg’i
energetika majmuasi, metallurgiya sanoati, mashinasozlik sanoati, kimyo sanoati, yengil
sanoat, prokat, martin pechi, sellyuloza
GEOGRAPHY OF WORLD INDUSTRY NETWORKS
Abstract
. This article will talk about industries and their geographical aspects, which are
considered the main leading branch of world economy. In addition, information about the
evolutionary changes and expansion of the world industry throughout the periods is given.
Key words:
production, world economy, world industry, mining, fuel energy complex,
metallurgical industry, mechanical engineering industry, chemical industry, light industry, rolled,
martin furnace, cellulose.
ГЕОГРАФИЯ МИРОВЫХ ПРОМЫШЛЕННЫХ СЕТЕЙ
Аннотация.
В данной статье говорится об отраслях промышленности и их
географических аспектах, которые считаются основными ведущими отраслями мировой
экономики. Кроме того, дана информация о постепенных изменениях и развитии мировой
промышленности с течением времени.
Ключевые слова:
производство, мировая экономика, мировая промышленность,
горнодобывающая
промышленность,
топливно-энергетический
комплекс,
металлургическая промышленность, машиностроение, химическая промышленность,
легкая промышленность, подвижной состав, печь Мартина, целлюлоза.
344
Asosiy qism: Sanoat
- deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar
ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon,
shaxta, elektrostansiya, ferma va h/k) majmuasiga aytiladi. 20-asrning 80-yillarida qabul qilingan
tasniflashga koʻra, sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi:
-elektroenergetika sanoati;
-yoqilgʻi sanoati;
-qora metallurgiya sanoati;
-rangli metallurgiya sanoati;
-kimyo va neft kimyosi sanoati;
-mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati;
-oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza qogʻoz sanoati;
-qurilish materiallari sanoati;
- qurilish konstruksiyalari va detallari sanoati;
-oyna va chinni fayans sanoati;
-yengil sanoat;
-oziq-ovqat sanoati;
-mikrobiologiya sanoati;
-unyorma va aralash yem sanoati;
-tibbiyot sanoati;
-poligrafiya sanoat;
Sanoatni joylashtirish va rivojlantirishda turli sharoitlar va omillar qatnashadi.
Ularni asosan ikki guruhga bo’lish mumkin:
1. Iqtisodiy geografik omillar: ya’ni mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi,
ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlari shakllari, energetika, transport, infrastruktura
holati, ishlab chiqarishning moddiy texnika bazasi.
2. Tabiiy geografik omillar: ya’ni tabiiy sharoit, iqlim, relyef, tabiiy resurslar mineral va
suv resurslari.
Sanoat ishlab chiqarishni ilmiy tahlil qilish samaradorligini, o’sishini aniqlash uchun
uning tarmoqlarini guruhlarga ajratish lozim.
Mahsulotning iqtisodiy mazmuniga ko’ra sanoat ikki yirik guruhga bo’linadi:
1. Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi
(“A” guruh)
2. Iste’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi
(“B” guruh)
Shuningdek, sanoat ishlab chiqarishi tarmoq tarkibiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi.
345
1.Yoqilg’i energetika sanoati:
a) energetika, b) neft, v) gaz, g) ko’mir
2. Metallurgiya sanoati:
a) qora metallurgiya, b) rangdor metallurgiya
3. Mashinasozlik sanoati:
a) og’ir mashinasozlik; b) umumiy mashinasozlik; v) o’rta mashinasozlik yoki harbiy
mashinasozlik; g) nozik mashinasozlik; d) metall buyumlar va xilma-xil mahsulotlar
tayyorlash. Shuningdek, mashinasozlikni yana quyidagi tarmoqlarga ajratiladi:
• Avtomobilsozlik
• Traktorsozlik va qishloq xo’jaligi mashinasozlik
• Paxta tozalash sanoati mashinasozligi
• To’qimachilik mashinasozligi
• Radioelektronika, elektronika
• Asbobsozlik.
• Kimyo va neft
• Kimyo
• Samolyotsozlik
• Qurulish va yo’l mashinasozligi
• Kommunal xo’jaligi mashinasozligi
• Madaniy maishiy ro’zg’or texnikasi
4. Kimyo sanoati.
• Tog’ kimyo sanoati
• Asosiy kimyo
• Organik sintez kimyosi
• Polimer kimyo
5. Qurilish materiallari sanoati
• Sement sanoati
• Toshtaroshlik (toshga ishlov berish)
• Devorbop materiallar (g’isht sanoati)
• Keramika sanoati (sopol kanalizatsiya)
• Shisha - oyna sanoati
• Yig’ma temir beton sanoati
6. O’rmon sellyuloza sanoati
346
• Yog’och tayyorlash
• Gidroliz, ya’ni yog’ochga kimyoviy ishlov berish
• Qog’oz sellyuloza
7. Yengil sanoat
• Paxta tozalash
• To’qimachilik ipakchilik sanoati
• Shoyi to’qish sanoati
• Trikotaj sanoati
• Kanop sanoati
• Tikuvchilik sanoati
• Ko`n - poyabzal sanoati
• Mo’yna sanoati
• Chinni - fayans
• Mebel sanoati
8. Oziq-ovqat sanoati.
• Go’sht va sut sanoati
• Yog’ moy sanoati
• Un tortish tegirmoni
• Non, yorma, qand shakar, qandolatchilik
• Alkagol ichimlik sanoati
Demak, sanoatning tarkibiy qimlari va tuzilishiga ko’ra: og’ir va yengil sanoat tarmoqlariga
ajratiladi.
Og’ir sanoat
, asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqara-digan tarmoqlardan iboratdir,
ya’ni unda mehnat qurollari (mashinalar, jihozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xom-ashyo,
yoqilg’i va h.k.) ishlab chiqariladi. Og’ir sanoat
mehnat predmetlarini (foydali qazilmalar, yog’och, gidroenergiya resurslari) tabiatdan
oladi.
Yengil sanoat
— xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari ichki
chizimga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki
ishlov berish, ham tayyor mahsulot ichki chizimda amalga oshiriladi. Ye.s.da paxta, ipak, zigir,
kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida
foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik, moʻynadoʻzlik,
poyab-zal sanoatlari hisoblanadi.
347
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, jamiyat taraqqiyotida jahon sanoat tarmoqlari geografiyasi
muhim o`rin tutadi. Sababi
sanoat ishlab chiqarishning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni va
ahamiyati beqiyos. Sanoat ishlab chiqarishning muhim xususiyati shundaki, uning barcha
tarmoqlarida mehnat vositalari va iste’mol tovarlar yaratiladi. Ilmiy texnika taraqqiyoti aniqlanadi
jami ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning katta qismi ishlab chiqariladi hamda yaratiladi.
REFERENCES
1.
1.A.X.Ravshanov, O.L.Muxamedov, O.Х.Quvondiqov., Jahon iqtisodiy geografiyasi
(O’quv qo‘llanma). – Samarqand: Sam DU nashriyoti, 2023. – 220 b.
2.
В.А. Bahritdinov, S.A. Zakirova, G.A. Abdurahimova, S.E. A ’zam Jahon ijtimoiy-
iqtisodiy geografiyasi. (O’quv qo‘llanma). T.: 2008. 220 b.
3.
Алисов Н.В., Хорев Б.С. Экономическая и социальная география мира (общий
обзор). – М.: Гардарики, 2000. – С. 220–224.
4.
Экономическая география / Желтиков В.П., Кузнецов Н.Г., Тяглов С.Г. Серия
«Учебники и учебные пособия». Ростов н/Д: Феникс, 2001. -384 с.
5.
Социально-экономическая география зарубежных стран / Под ред. В.В. Вольского.
– М.: Дрофа, 2001. – С. 58–59.
