Authors

  • Mohiraxon Chibilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32833

Abstract

This thesis describes the advantages of using information technologies in the activity of civil courts, the problems that arise in this regard and their elimination.

background image


376

FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHNI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Chibilova Mohiraxon Qushbekovna

Andijon viloyati bojhona boshqarmasi katta inspektori.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215537

Annotatsiya.

Ushbu tezis fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatida ahborot

texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari, bu borada yuzaga kelayotgan muammolar va

ularni bartaraf etish haqida bayon qiladi.

Kalit so‘zlar:

elektron shaklda xabardor qilish, elektron hujjatlar aylanish, sud hujjatlari,

Axborot olish, Elektron raqamli imzo, Elektron hujjat.

PROSPECTS OF DIGITIZATION OF CIVIL COURT PROCEEDINGS

Abstract.

This thesis describes the advantages of using information technologies in the

activity of civil courts, the problems that arise in this regard and their elimination.

Key words:

notification in electronic form, circulation of electronic documents, court

documents, Information retrieval, Electronic digital signature, Electronic document.

ПЕРСПЕКТИВЫ ЦИФРОВИЗАЦИИ ГРАЖДАНСКОГО СУДОПРОИЗВОДСТВА

Аннотация.

В данной диссертации описаны преимущества использования

информационных технологий в деятельности судов по гражданским делам, проблемы,

возникающие при этом, и их устранение.

Ключевые слова:

уведомление в электронной форме, обращение электронных

документов, судебные документы, Информационный поиск, Электронно-цифровая

подпись, Электронный документ.

Darhaqiqat, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish fuqarolik

ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatida elektron hujjatlar aylanishini tezlashtiradi, tegishli axborotlarni

to‘plash, ishlash, tizimlashtirish va saqlanishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, sud muhokamasi

ishtirokchilarini axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilish va ularga sud hujjatlarini

hamda boshqa xat-xabarlarni yuborish imkoniyatini yaratadi. Bularning barchasi oxir-oqibat odil

sudlov samaradorligini oshirishga, uning tezkorligi va qulayligini ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda bu borada bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan,

O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”

1

, “Axborot

1

Ўзбекистон Республикасининг “Ахборот эркинлиги принциплари ва кафолатлари тўғрисида”ги Қонуни //

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2003 й., 1-сон, 2-модда; 2015 й., 52-сон, 645-


background image


377

olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”

2

, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”

3

, “Elektron raqamli

imzo to‘g‘risida”

4

, “Elektron tijorat to‘g‘risida”

5

, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi

6

Qonunlar va boshqa ko‘plab qonunosti hujjatlari bevosita axborotlashtirish sohasini huquqiy

tartibga solish, sohani axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat

kasb etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi

“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama

himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–4848-son

7

, 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh

qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4850-son

8

, 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-son

9

, 2017 yil 21

fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati

samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–4966-son

10

, 2018 yil 13 iyuldagi “Sud-

модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон; Қонунчилик
маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон.

2

Ўзбекистон Республикасининг “Ахборот олиш кафолатлари ва эркинлиги тўғрисида”ги Қонуни //

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 й., 4-5-сон, 108-модда; 2001 й., 1-2-сон,
23-модда; 2015 й., 52-сон, 645-модда; Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й.,
03/21/683/0375-сон.

3

Ўзбекистон Республикасининг “Ахборотлаштириш тўғрисида”ги Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий

Мажлисининг Ахборотномаси, 2004 й., 1-2-сон, 10-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари
тўплами, 2014 й., 36-сон, 452-модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.03.2021 й.,
03/21/679/0256-сон;

Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон.

4

Ўзбекистон Республикасининг “Электрон рақамли имзо тўғрисида”ги Қонуни // Қонунчилик маълумотлари

миллий базаси, 13.10.2022 й., 03/22/793/0918-сон.

5

Ўзбекистон Республикасининг “Электрон тижорат тўғрисида”ги Қонуни // Қонунчилик маълумотлари

миллий базаси, 30.09.2022 й., 03/22/792/0870-сон.

6

Ўзбекистон Республикасининг “Электрон ҳужжат айланиши тўғрисида”ги Қонуни // Ўзбекистон

Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 20-сон, 230-модда; Қонунчилик маълумотлари миллий
базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон.

7

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 5 октябрдаги ПФ-4848-сон “Тадбиркорлик

фаолиятининг жадал ривожланишини таъминлашга, хусусий мулкни ҳар томонлама ҳимоя қилишга ва
ишбилармонлик муҳитини сифат жиҳатидан яхшилашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги
Фармони // "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2016 йил 10 октябрь, 40-сон, 467-модда.

8

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 21 октябрдаги “Суд-ҳуқуқ тизимини янада ислоҳ

қилиш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ишончли ҳимоя қилиш кафолатларини кучайтириш чора-
тадбирлари тўғрисида”ги ПФ–4850-сон Фармони //Халқ сўзи газетаси, 22.10.2016 й., 209 (6644)-сон.

9

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 8 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада

ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони // "Ўзбекистон Республикаси қонун
ҳужжатлари тўплами", 2017 йил 13 февраль, 6-сон, 70-модда.

10

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 21 февралдаги “Ўзбекистон Республикаси суд тизими

тузилмасини тубдан такомиллаштириш ва фаолияти самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”
ПФ–4966-сон Фармони // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 8-сон, 109-модда;
Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.09.2017 й., 06/17/5195/0033-сон, 20.07.2018 й.,
06/18/5487/1543-сон; 24.07.2020 й., 06/20/6034/1103-сон; 21.01.2021 й., 06/21/6143/0052-сон.


background image


378

huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5482-son

11

, 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030”

strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6079-

son

12

, 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov

samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6034-son

13

Farmonlari va 2017 yil 30 avgustdagi “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3250-son

14

, 2020

yil 3 sentyabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi qarori

15

larini qabul qilinishi natijasida sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini bir qator dasturlari joriy etildi. Xususan, sudlarga masofadan

turib murojaat qilish, sud majlislarida videokonferensaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish,

sudyalar o‘rtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash, sud qarorlarini Internet tarmog‘ida e’lon

qilish, ijro hujjatlarini elektron shaklda majburiy ijroga yuborish, «Ye-XSUD» axborot tizimlari

joriy etildi.

Biroq hozirgi kunda sudlar faoliyatiga yangi zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish,

sudlar faoliyatini raqamlashtirish, sun’iy intellektni joriy qilish, sud jarayonlarni optimallashtirish,

shaffofligini ta’minlash, sud bilan boshqa organlar o‘rtasida elektron hujjatlar, ma’lumotlar

almashinuvini yanada takomillashtirish, sohada inson omilini qisqartirish, onlayn sudlar tashkil

etish, sudlar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar turini

kengaytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, dolzarb masalalardan biridir. Bu borada ayniqsa

11

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 13 июлдаги “Суд-ҳуқуқ тизимини янада

такомиллаштириш ва суд ҳокимияти органларига ишончни ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5482-
сон Фармони // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 14.07.2018 й., 06/18/5482/1506-сон;
13.01.2021 й., 06/21/6134/0021-сон; 21.01.2021 й., 06/21/6143/0052-сон; 11.03.2021 й., 06/21/6186/0200-сон,
20.05.2021 й., 06/21/6230/0473-сон).
12 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 5 октябрдаги “Рақамли Ўзбекистон – 2030”
стратегиясини тасдиқлаш ва уни самарали амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ–6079-сон
Фармони // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 06.10.2020 й., 06/20/6079/1349-сон; 02.04.2021
й., 06/21/6198/0269-сон; Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2021 й., 06/21/6261/0667-сон,
12.08.2021 й., 06/21/6277/0788-сон, 26.08.2021 й., 07/21/5234/0826-сон,

26.08.2021 й., 07/21/5234/0826-сон,

30.11.2021 й., 06/21/26/1111-сон

).

13

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 24 июлдаги “Судлар фаолиятини янада

такомиллаштириш ва одил судлов самарадорлигини оширишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги
ПФ–6034-сон Фармони //Қонун ҳужжатларининг миллий маълумотлар базаси, 24.07.2020 y., No
06/20/6034/1103.

14

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 30 августдаги “Судлар фаолиятига замонавий ахборот-

коммуникация технологияларини янада кенгроқ жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ–3250-сон
Қарори // https://lex.uz/docs/3327998

15

Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.09.2020 й., 07/20/4818/1255-сон)


background image


379

butun dunyoda ro‘y bergan koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishi, pandemiya sharoitida

sudlar faoliyatini raqamlashtirishni, sud jarayonlarini onlayn shaklda olib borishni talab qildi.

Shuning uchun ham mamlakatimizda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi

sari” prinsipiga asosan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28

yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan“Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga

mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”ni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga

oshirishga oid Davlat dasturida “Sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, byurokratik

g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining odil sudlovga

erishish darajasini tubdan oshirish” kabi muhim maqsadlar belgilandi

16

. Bu esa kelgusida sud

hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining

ular bilan elektron hamkorligini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur

ma’lumotlar talab qilib olinadigan davlat organlari va tashkilotlari bilan ma’lumotlarning elektron

almashinuvini yo‘lga qo‘yish, sudlar tomonidan ijro varaqalarini inson omilisiz elektron shaklda

yuborish orqali ushbu jarayonni to‘liq raqamlashtirish kabi muhim ustuvor vazifalarni amalga

oshirishni taqozo etadi. Shuning uchun ushbu masalada avvalo rivojlangan xorijiy davlatlar

tajribasini o‘rganish muhim o‘rin tutadi.

Ko‘plab rivojlangan davlatlarda sud ishlarini yuritish to‘laligicha zamonaviy axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan hamda sudlar faoliyatini to‘liq

raqamlashtirilgan. Masalan, Germaniyada da’vo arizasini berishdan tortib, toki elektron sud ishini

davlat arxiviga saqlash uchun topshirilishi elektron shaklda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, har

bir shaxsning o‘z elektron raqamli imzosi bo‘lib, ushbu imzo orqali har bir shaxsni identifikatsiya

qilish imkoni mavjud. Da’vogar o‘z elektron manzilidan arizasini yuborgach, unga suddan ushbu

ariza qabul qilinganligi yuzasidan ma’lumot keladi. Ta’kidlash joizki, sudga ketgan va undan

kelgan hujjatlar ma’lum shifrga solinib, uchinchi shaxslarning ushbu hujjatlarni o‘qishini istisno

etadi

17

.

AQSHda sudga oid ma’lumotlar elektron shaklda olish Public Access to Court Electronic

Records (PACER) tizimi orqali va sudga elektron shaklda ariza taqdim etishni nazarda tutuvchi

“Case Management/Electronic Case Files” (CM/ECF) deb nomlanuvchi global tizim orqali amalga

16

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022 – 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг

тараққиёт стратегияси тўғрисида” 2022 йил 28 январдаги ПФ–60-сон Фармони // Қонунчилик маълумотлари
миллий базаси, 29.01.2022 йил, 06/22/60/0082-сон.URL: https://lex.uz/uz/docs/5841063.

17

Гражданский процессуальный кодекс Германии //http://www.gesetze-im-internet.de


background image


380

oshiriladi. Ushbu tizimdan foydalanish pullik hisoblanadi. Ushbu to‘lov summalari shu tizimga

xizmat qilish va axborot tizimini qo‘llab quvvatlash uchun foydalaniladi.

Public Access to Court Electronic Records (PACER) tizimida arizani qabul qilinganligi

reyestrni, ish ko‘rish va qaror qabul qilish jarayoni, qachon sud majlisi o‘tkazlishi haqida

ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. “Case Management/Electronic Case Files” (CM/ECF) – bu

Federal sud tizimining kompleks ishlarni boshqarish tizimi bo‘lib, sudlarga onlayn rejimda

hujjatlar bo‘yicha murojaat qilish, arizalarni elektron shaklda taqdim etish imkoniyatini yaratadi

18

.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida elektron odil sudlov turlicha rivojlangan. Yevropa Ittifoqi

tomonidan elektron odil sudlov portali yaratildi. “Avtomatik ishlov berish (ishlash)” milliy

sudlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Sud muhokamasi davomida axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadida ko‘plab

mamlakatlarda qonun hujjatlari o‘zgartirilib kelinmoqda. Ayrim mamlakatlarda Internet kabi

aloqa tarmoqlari sud ish yuritishning barcha turlarida, boshqalarida esa faqat ayrimlari

qo‘llaniladi.

Singapurda axborotlarni elektron tizim orqali yuborish (EFS-Electronic Filing System)

Oliy sud va quyi turuvchi sudlar tomonidan deyarli uch yil mobaynida turli sinov va

eksperimentlardan o‘tgach 2000 yilning 1 martidan e’tiboran amalga kiritildi. Singapur tajribasiga

ko‘ra, hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish tizimiga kirish uchun undan foydalanuvchi albatta

ro‘yxatdan o‘tishi, kerakli texnik uskunalarga va lisenziyalangan dasturiy ta’minotga ega bo‘lishi

talab etiladi. Sudlar o‘z navbatida mustaqil sertifikatsiyalovchi markaz vazifasini bajaradi:

ro‘yxatdan o‘tgach foydalanuvchiga sifrli sertifikat joylashtirilgan va EFSga kirish uchun ruxsat

beradigan smart-karta beriladi. Shundan so‘ng u elektron tizim xizmatidan foydalanishi mumkin

bo‘ladi. Singapurda mazkur tizimni tashkil etishning dastlabki yillarida sudlarga elektron shaklda

hujjatlarni taqdim etishni rag‘batlatlantirish maqsadida qonun bilan ushbu shakldagi arizalar uchun

sudga umumiy tartibda murojaat qilinganda undiriladigan bojning 15 foiz miqdorida chegirmalar

joriy etilgan.

Hozirgi kunda sud prosesslarida foydalanilishi mumkin bo‘lgan barcha hujjatlar sudga EFS

tizimi orqali yuborilishi talab etiladi. Axborotlarni sudga elektron shaklda taqdim etishning

mazkur tizimi boshqa dasturiy ta’minotlar yordamida yaratilgan hujjatlarni qabul qilishni rad

qiladi.

18

М.К. Сулейменов.Цифровизация в гражданском судопроизводстве: зарубежный опыт//https://online.zakon.

kz/Document/?doc_id=33588044&pos=6;-106#pos=6;-106


background image


381

Foydalanuvchi tegishli parol, ya’ni shartlashilgan maxfiy so‘zni kiritganidan so‘ng

hujjatlarni sudga EFS tizimi orqali taqdim etishi talab etiladi. Sud esa o‘z navbatida mazkur

hujjatni qabul qilishdan avval uning prosessual qonundagi talablarga muvofiq kelishini tekshiradi.

Sudga ariza taqdim etish uchun yig‘im avtomatik ravishda undiriladi. Hujjatning sud tomonidan

qabul qilinganligini tasdiqlovchi sertifikat avtomatik ravishda tizim orqali hosil bo‘ladi va u kelib

tushgan vaqtdan e’tiboran besh daqiqa ichida foydalanuvchiga yuboriladi.

Mazkur sertifikat sudga hujjat taqdim etilganligini tasdiqlovchi dalil vazifasini ham

bajaradi.

Hujjatni qabul qilish vaqtida foydalanuvchiga avtomatik ravishda yagona identifikator

beriladi, sudga murojaat qilgan yuridik shaxslarga esa yuridik firmaning yagona identifikatori

beriladi. EFS tizimida hujjatlarning metama’lumotlari uchun muayyan andaza (shablon) mavjud

(ushbu hujjatning mazmuni, konteksti va hajmi) bo‘lib, har qanday hujjat o‘ziga xos rekvizitlarga,

ya’ni hujjatning raqami, uning taqdim etilgan sanasi, uning asosida yuritilayotgan ish sanasi va

yagona raqamiga ega bo‘lishi talab etiladi. Hujjat EFS tizimiga kiritilganidan keyin sud

metama’lumotlarni o‘zgartirishga haqli bo‘lmaydi.

2016 yildan boshlab Singapurda sud hujjatlari javobgarga Facebook, Skype yoki internet-

forumlar, shuningdek messendjerlar, telefon nomerga ulangan (WhatsApp, Viber va boshq.)

orqali yuborilishi mumkinligi belgilandi

19

.

Avstraliya Federal sudida ham e-filing (elektron ro‘yxatga olish) atamasi bilan

yuritiladigan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish tizimidan foydalaniladi. O‘z navbatida

Federal sud Reglamenti mazkur onlayn-xizmatni amalga oshirishning normativ asosi sifatida

xizmat

qiladi.

Elektron

hujjatlar

Sudning

Internetdagi

sayti

orqali

yuboriladi.

Foydalanuvchilarning ariza taqdim etishlari va yo‘llanma hujjatlari uchun asosiy elektron

interfeys

Ro‘yxatga olishning elektron tizimi (The Electronic Filing System (EFS)) hisoblanadi.

Estoniyada sud muhokamasini boshlash, hujjatlarni taqdim etish, fuqarolik va ma’muriy

ishlar bo‘yicha shikoyat qilish mumkin bo‘lgan elektron sud ishlarini yuritish axborot tizimi

mavjud. Prosessual hujjatlar elektron imzo yordamida taqdim etiladi. Jinoyat prosessida esa siz

sud muhokamasi bo‘yicha hujjatlarni topshirishingiz mumkin. To‘lov topshiriqnomalari va texnik

xizmat ko‘rsatish bo‘yicha da’volar faqat internet tarmog‘i orqali taqdim etiladi, bu esa axborot

texnologiyalari rivojlanishining yetarli darajada yuqori ekanligini, eng muhimi, aholining ushbu

texnologiyalardan foydalanishga tayyorligini ko‘rsatadi.

19

М.К. Сулейменов.Цифровизация в гражданском судопроизводстве: зарубежный опыт//https://online.zakon.

kz/Document/?doc_id=33588044&pos=6;-106#pos=6;-106


background image


382

Sudga da’vo arizasi berish maxsus shakllarni to‘ldirish orqali amalga oshiriladi, bu, albatta,

bu vazifani osonlashtirib, odil sudlovdan foydalanishni yanada qulayroq qiladi. Ish yuritish va

ariza turiga qarab, shakllar farq qilishi mumkin, ammo formati bir xil.

Siz ID-kartangiz yoki mobil identifikatoringiz (Mobile-ID) bilan tizimga kirishingiz

mumkin. Kirish faqat foydalanuvchi identifikatori ostida ro‘yxatdan o‘tgan ishlar va

ma’lumotlarga beriladi. Ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun X-Road milliy axborot tizimi

qo‘llaniladi.

Sud qarorlari, ajrimlari va sudga chaqiruv qog‘ozlari elektron shaklda yoki axborot tizimi

orqali ham yuborilishi mumkin bo‘lib, bunda ularning ochilish sanasi avtomatik ravishda qayd

etiladi yoki ishtirokchining elektron pochtasi orqali ular olinganligi to‘g‘risida sudga xabar

beriladi.

Xitoyda sudlar tomonidan allaqachon onlayn xizmat ko‘rsatish platformalarini tuzilgan.

Siz shunchaki tegishli Oliy sudning veb-saytiga kirishingiz, da’vo arizasini yaratish

sahifasiga o‘tishingiz, kerakli ma’muriy okrugdagi sudni tanlashingiz va ko‘rsatmalarga muvofiq

shaklni to‘ldirishingiz, shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar va dalillarni yuklashingiz va sudga

yuborishingiz lozim.

Ishni ko‘rib chiqish jarayoni arizachi tomonidan kuzatilishi mumkin. 2020-yil 10-sentyabr

kuni XXR Oliy xalq sudi veb-sayti(http://www.court.gov.cn/)da qarorlar ijrosi va huquqiy nazorat

bo‘yicha Milliy platforma yaratilgani haqidagi xabar paydo bo‘lgan. Bunday platformaning

yaratilishi axborot texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish, huquqiy nazoratni

standartlashtirish, sud organlari o‘rtasidagi hamkorlik va axborot almashinuvini mustahkamlashga

qaratilgan

20

.

Fuqarolik sud ishlarini yuritishni raqamlashtirish bo‘yicha ilmiy manbalarda ham fikrlar

bildirib o‘tilgan. Masalan, huquqshunos olim O.Pirmatov fikricha, fuqarolik sud ishlarini

yuritishni raqamlashtirish onlaĭn da’vo arizasidan tortib, sud qarorini onlaĭn e’lon qilishga qadar

bŭlgan prosessual harakatlarni ŭz ichiga oladi

21

.

Yuqoridagi fikrga qo‘shilgan holda ta’kidlash kerakki, ushbu jarayon nafaqat sud jarayoni

balki sud hujjatlarini ijro qilish jarayonini raqamlashtirishni ham o‘z ichiga oladi.

20

Трансформация и цифровизация правового регулирования общественных отношений в современных

реалиях и условиях пандемии: коллективная монография / Под ред. И. В. Воронцовой. – Казань: Отечество,
2020. С. 52-55. (автор главы О.В. Брянцева); Руководящие принципы Кабинета Министров Совета Европы от
30 января 2019 г. «Электронные доказательства в гражданском и административном судопроизводстве».

21

О.Пирматов. Фуқаролик суди ишлари юритишни рақамлаштиришга қисқача тавсиф // Юриспруденция. №1.

2021й. –Б.42.


background image


383

Hozirgi kunda fuqarolik sud jarayonlarini raqamlashtirish, sud chiqargan hujjatlarini

boshqa davlat organi, tashkilotlar bilan integratsiya qilish bo‘yicha o‘z yechimini kutib turgan bir

qator muammolar mavjud. Xususan, hozirda sudlar tomonidan, fuqaroni muomala layoqatini

cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish, voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga

layoqatli deb e’lon (emansipatsiya) kabi ishlar ko‘rib chiqilib, sud hal qiluv qarorlari

chiqarilmoqda. Biroq ushbu turdagi ishlar bo‘yicha mazkur shaxslar ro‘yxati, ular haqidagi

ma’lumotlar bo‘yicha hech qaysi davlat organi yoki tashkilotda, hattoki Oliy sudning rasmiy veb-

saytlarida ham baza mavjud emas. Bu esa keyinchalik ushbu shaxslar tomonidan bitimlar tuzilishi

yoki biror bir harakatni amalga oshirilishi natijasida ko‘plab nizolarni keltirib chiqarmoqda.

Fikrimizcha, bu boradagi muammolarni oldini olish maqsadida Oliy sudning rasmiy veb-

saytida alohida profil ochib shunda ushbu shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar bazasi

shakllantirishi lozim.

REFERENCES

1.

Ўзбекистон Республикасининг “Ахборот эркинлиги принциплари ва кафолатлари

тўғрисида”ги Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг

Ахборотномаси, 2003 й., 1-сон, 2-модда; 2015 й., 52-сон, 645-модда; Қонун

ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон;

Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон.

2.

Ўзбекистон Республикасининг “Ахборот олиш кафолатлари ва эркинлиги

тўғрисида”ги Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг

Ахборотномаси, 1997 й., 4-5-сон, 108-модда; 2001 й., 1-2-сон, 23-модда; 2015 й., 52-

сон, 645-модда; Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й.,

03/21/683/0375-сон.

3.

Ўзбекистон Республикасининг “Ахборотлаштириш тўғрисида”ги Қонуни //

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2004 й., 1-2-сон, 10-

модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 36-сон, 452-

модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.03.2021 й.,

03/21/679/0256-сон;

Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й.,

03/21/683/0375-сон.

4.

Ўзбекистон Республикасининг “Электрон рақамли имзо тўғрисида”ги Қонуни //

Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.10.2022 й., 03/22/793/0918-сон.


background image


384

5.

Ўзбекистон Республикасининг “Электрон тижорат тўғрисида”ги Қонуни //

Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2022 й., 03/22/792/0870-сон.

6.

Ўзбекистон Республикасининг “Электрон ҳужжат айланиши тўғрисида”ги Қонуни //

Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 20-сон, 230-модда;

Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон.

7.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 5 октябрдаги ПФ-4848-сон

“Тадбиркорлик фаолиятининг жадал ривожланишини таъминлашга, хусусий мулкни

ҳар томонлама ҳимоя қилишга ва ишбилармонлик муҳитини сифат жиҳатидан

яхшилашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони // "Ўзбекистон

Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2016 йил 10 октябрь, 40-сон, 467-модда.

8.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 21 октябрдаги “Суд-ҳуқуқ

тизимини янада ислоҳ қилиш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ишончли

ҳимоя қилиш кафолатларини кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ–4850-

сон Фармони //Халқ сўзи газетаси, 22.10.2016 й., 209 (6644)-сон.

9.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 8 февралдаги “Ўзбекистон

Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги

Фармони // "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2017 йил 13

февраль, 6-сон, 70-модда.

10.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 21 февралдаги “Ўзбекистон

Республикаси суд тизими тузилмасини тубдан такомиллаштириш ва фаолияти

самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПФ–4966-сон Фармони //

Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 8-сон, 109-модда;

Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.09.2017 й., 06/17/5195/0033-сон,

20.07.2018 й., 06/18/5487/1543-сон; 24.07.2020 й., 06/20/6034/1103-сон; 21.01.2021 й.,

06/21/6143/0052-сон.

11.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 13 июлдаги “Суд-

ҳуқуқ тизимини янада такомиллаштириш ва суд ҳокимияти органларига ишончни

ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5482-сон Фармони // Қонун ҳужжатлари

маълумотлари миллий базаси, 14.07.2018 й., 06/18/5482/1506-сон; 13.01.2021 й.,

06/21/6134/0021-сон;

21.01.2021

й.,

06/21/6143/0052-сон;

11.03.2021

й.,

06/21/6186/0200-сон, 20.05.2021 й., 06/21/6230/0473-сон).

12.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 5 октябрдаги “Рақамли

Ўзбекистон – 2030” стратегиясини тасдиқлаш ва уни самарали амалга ошириш чора-


background image


385

тадбирлари тўғрисида”ги ПФ–6079-сон Фармони // Қонун ҳужжатлари маълумотлари

миллий базаси, 06.10.2020 й., 06/20/6079/1349-сон; 02.04.2021 й., 06/21/6198/0269-сон;

Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2021 й., 06/21/6261/0667-сон,

12.08.2021 й., 06/21/6277/0788-сон, 26.08.2021 й., 07/21/5234/0826-сон,

26.08.2021 й.,

07/21/5234/0826-сон, 30.11.2021 й., 06/21/26/1111-сон

).

13.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 24 июлдаги “Судлар фаолиятини

янада такомиллаштириш ва одил судлов самарадорлигини оширишга доир қўшимча

чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПФ–6034-сон Фармони //Қонун ҳужжатларининг

миллий маълумотлар базаси, 24.07.2020 y., No 06/20/6034/1103.

14.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 30 августдаги “Судлар

фаолиятига замонавий ахборот-коммуникация технологияларини янада кенгроқ

жорий

этиш

чора-тадбирлари

тўғрисида”ги

ПҚ–3250-сон

Қарори

//

https://lex.uz/docs/3327998

15.

Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.09.2020 й., 07/20/4818/1255-сон)

16.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022 – 2026 йилларга мўлжалланган Янги

Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида” 2022 йил 28 январдаги ПФ–60-сон

Фармони // Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2022 йил, 06/22/60/0082-

сон.URL: https://lex.uz/uz/docs/5841063.

17.

Гражданский процессуальный кодекс Германии //http://www.gesetze-im-internet.de

18.

М.К. Сулейменов.Цифровизация в гражданском судопроизводстве: зарубежный

опыт//https://online.zakon. kz/Document/?doc_id=33588044&pos=6;-106#pos=6;-106

19.

рансформация и цифровизация правового регулирования общественных отношений в

современных реалиях и условиях пандемии: коллективная монография / Под ред. И.

В. Воронцовой. – Казань: Отечество, 2020. С. 52-55. (автор главы О.В. Брянцева);

Руководящие принципы Кабинета Министров Совета Европы от 30 января 2019 г.

«Электронные

доказательства

в

гражданском

и

административном

судопроизводстве».

20.

О.Пирматов. Фуқаролик суди ишлари юритишни рақамлаштиришга қисқача тавсиф //

Юриспруденция. №1. 2021й. –Б.42.

References

Ўзбекистон Республикасининг “Ахборот эркинлиги принциплари ва кафолатлари тўғрисида”ги Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2003 й., 1-сон, 2-модда; 2015 й., 52-сон, 645-модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон; Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон.

Ўзбекистон Республикасининг “Ахборот олиш кафолатлари ва эркинлиги тўғрисида”ги Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 й., 4-5-сон, 108-модда; 2001 й., 1-2-сон, 23-модда; 2015 й., 52-сон, 645-модда; Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон.

Ўзбекистон Республикасининг “Ахборотлаштириш тўғрисида”ги Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2004 й., 1-2-сон, 10-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 36-сон, 452-модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.03.2021 й., 03/21/679/0256-сон; Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон.

Ўзбекистон Республикасининг “Электрон рақамли имзо тўғрисида”ги Қонуни // Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.10.2022 й., 03/22/793/0918-сон.

Ўзбекистон Республикасининг “Электрон тижорат тўғрисида”ги Қонуни // Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2022 й., 03/22/792/0870-сон.

Ўзбекистон Республикасининг “Электрон ҳужжат айланиши тўғрисида”ги Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 20-сон, 230-модда; Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 5 октябрдаги ПФ-4848-сон “Тадбиркорлик фаолиятининг жадал ривожланишини таъминлашга, хусусий мулкни ҳар томонлама ҳимоя қилишга ва ишбилармонлик муҳитини сифат жиҳатидан яхшилашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони // "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2016 йил 10 октябрь, 40-сон, 467-модда.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 21 октябрдаги “Суд-ҳуқуқ тизимини янада ислоҳ қилиш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ишончли ҳимоя қилиш кафолатларини кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ–4850-сон Фармони //Халқ сўзи газетаси, 22.10.2016 й., 209 (6644)-сон.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 8 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони // "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2017 йил 13 февраль, 6-сон, 70-модда.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 21 февралдаги “Ўзбекистон Республикаси суд тизими тузилмасини тубдан такомиллаштириш ва фаолияти самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПФ–4966-сон Фармони // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 8-сон, 109-модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.09.2017 й., 06/17/5195/0033-сон, 20.07.2018 й., 06/18/5487/1543-сон; 24.07.2020 й., 06/20/6034/1103-сон; 21.01.2021 й., 06/21/6143/0052-сон.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 13 июлдаги “Суд-ҳуқуқ тизимини янада такомиллаштириш ва суд ҳокимияти органларига ишончни ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5482-сон Фармони // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 14.07.2018 й., 06/18/5482/1506-сон; 13.01.2021 й., 06/21/6134/0021-сон; 21.01.2021 й., 06/21/6143/0052-сон; 11.03.2021 й., 06/21/6186/0200-сон, 20.05.2021 й., 06/21/6230/0473-сон).

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 5 октябрдаги “Рақамли Ўзбекистон – 2030” стратегиясини тасдиқлаш ва уни самарали амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ–6079-сон Фармони // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 06.10.2020 й., 06/20/6079/1349-сон; 02.04.2021 й., 06/21/6198/0269-сон; Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2021 й., 06/21/6261/0667-сон, 12.08.2021 й., 06/21/6277/0788-сон, 26.08.2021 й., 07/21/5234/0826-сон, 26.08.2021 й., 07/21/5234/0826-сон, 30.11.2021 й., 06/21/26/1111-сон).

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 24 июлдаги “Судлар фаолиятини янада такомиллаштириш ва одил судлов самарадорлигини оширишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПФ–6034-сон Фармони //Қонун ҳужжатларининг миллий маълумотлар базаси, 24.07.2020 y., No 06/20/6034/1103.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 30 августдаги “Судлар фаолиятига замонавий ахборот-коммуникация технологияларини янада кенгроқ жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ–3250-сон Қарори // https://lex.uz/docs/3327998

Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.09.2020 й., 07/20/4818/1255-сон)

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022 – 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида” 2022 йил 28 январдаги ПФ–60-сон Фармони // Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2022 йил, 06/22/60/0082-сон.URL: https://lex.uz/uz/docs/5841063.

Гражданский процессуальный кодекс Германии //http://www.gesetze-im-internet.de

М.К. Сулейменов.Цифровизация в гражданском судопроизводстве: зарубежный опыт//https://online.zakon. kz/Document/?doc_id=33588044&pos=6;-106#pos=6;-106

рансформация и цифровизация правового регулирования общественных отношений в современных реалиях и условиях пандемии: коллективная монография / Под ред. И. В. Воронцовой. – Казань: Отечество, 2020. С. 52-55. (автор главы О.В. Брянцева); Руководящие принципы Кабинета Министров Совета Европы от 30 января 2019 г. «Электронные доказательства в гражданском и административном судопроизводстве».

О.Пирматов. Фуқаролик суди ишлари юритишни рақамлаштиришга қисқача тавсиф // Юриспруденция. №1. 2021й. –Б.42.