Authors

  • Jamshid Fazilov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32835

Abstract

Attracting investments and financing is a rather complicated process. There is sufficient experience in attracting and financing investments at the international and national level. Investment financing mainly depends on the country's economic policy, legislation, development and level of investment attraction infrastructure, and the country's economic situation. This article talks about the trends of attracting foreign investors to the national capital market.

background image


393

MILLIY KAPITAL BOZORIGA XORIJIY INVESTORLARNI JALB QILISH

TENDENSIYALARI

Fazilov Jamshid Ravshanovich

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215547

Annotatsiya.

Investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirish ancha murakkab jarayon

hisoblanadi. Xalqaro va milliy darajada investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishda yetarli

tajribalar mavjud. Investitsiyani moliyalashtirish asosan, mamlakatdagi iqtisodiy siyosat,

qonunchilik, investitsiyani jalb qilish infratuzilmasini rivoji, darajasi va mamlakatning iqtisodiy

ahvoliga bogʻliq. Ushbu maqolada milliy kapital bozoriga xorijiy investorlarni jalb qilish

tendensiyalari xususida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiya, investitsiyalar moliyaviy

mexanizmlari, ichki investitsiyalar, akselerator modeli, kapitalga cheklangan moyillik, kapital

samaradorligi, investitsiyalardan samarali foydalanish.

TRENDS IN ATTRACTING FOREIGN INVESTORS TO THE NATIONAL CAPITAL

MARKET

Abstract.

Attracting investments and financing is a rather complicated process. There is

sufficient experience in attracting and financing investments at the international and national

level. Investment financing mainly depends on the country's economic policy, legislation,

development and level of investment attraction infrastructure, and the country's economic

situation. This article talks about the trends of attracting foreign investors to the national capital

market.

Key words:

foreign investment in the national economy, financial mechanisms of

investments, domestic investments, accelerator model, limited inclination to capital, capital

efficiency, effective use of investments.

ТЕНДЕНЦИИ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТОРОВ НА

НАЦИОНАЛЬНЫЙ РЫНОК КАПИТАЛА

Аннотация.

Привлечение инвестиций и финансирования – достаточно сложный

процесс. Имеется достаточный опыт привлечения и финансирования инвестиций на

международном и национальном уровне. Финансирование инвестиций во многом зависит

от экономической политики страны, законодательства, развития и уровня

инфраструктуры привлечения инвестиций, а также экономического положения страны.


background image


394

В данной статье говорится о тенденциях привлечения иностранных инвесторов на

национальный рынок капитала.

Ключевые слова:

иностранные инвестиции в национальную экономику, финансовые

механизмы инвестиций, внутренние инвестиции, модель акселератора, ограниченное

влечение к капиталу, эффективность использования капитала, эффективное

использование инвестиций.

Kapital jalb qilishda fond bozorining ahamiyati va o‘rni haqida to‘xtalishdan avval kapital

atamasining mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz. Kapital atamasiga o‘zbek tilining izohli lug‘atida

«(nem. Kapital; lot. Capitalis - bosh, asosiy), sarmoya - keng ma’noda - o‘z egasiga daromad

keltirish xususiyatiga ega bo‘lgan jami vositalar va mablag‘lar; yangi qiymat keltiruvchi, o‘zini

o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan

yaratilgan resurslar; tor ma’noda — ishlab chiqarish vositalari ko‘rinishidagi ishga qo‘yilgan,

ishlab turgan daromad manbai»1 - deb ta’rif berilgan.

Kapital tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasining shakllanishi bilan bog‘liq hisoblanadi.

Bozorda o‘ziga xos, alohida tovar - ishchi kuchining paydo bo‘lishi bilan oddiy tovar ishlab

chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar

muomalasidagi pul kapitalga aylanadi. Kapital ishlab chiqarishda ishtirok etishiga ko‘ra: bir necha

sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok

etadigan va to‘liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo‘linadi. Kapital ishlab chiqarish omillaridan

biri hisoblanib, qiymatning ko‘payishi inson mehnati (ishchi kuchi) va ishlab chiqarish vositalari

(xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda paydo bo‘ladi. Kapital shartli ravishda bir qancha

shakllarda bo‘ladi. Masalan, sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali, sudxo‘rlik kapitali

shakllarida mavjud bo‘ladi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kapitalning korxona,

firma, banklar kapitali, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik kapitali, zahira

kapitali, ustav kapital singari ko‘rinishlari mavjud. Kapitalning katta qismi tadbirkor jismoniy

shaxslarga tegishli bo‘lgan dastmoyalardan kelib chiqadi.

«Dastmoya - mayda savdo muomalasida amal qiluvchi aylanma mablag‘; savdo - sotiq

ishlarida aylantirib turiladigan, foyda keltiradigan dastlabki asosiy mablag‘. Ilgari kosiblar

qo‘lidagi aylanma mablag‘ (xom ashyo, materiallar olish uchun ishlatiluvchi mablag‘) ham

dastmoya deyilgan. Tovar - pul munosabati kengayib, ayrim kosib va mayda savdogarlar boyib

ketsa, ular qo‘lidagi dastmoya yirik mablag‘ - kapital (sarmoya)ga aylangan»2.


background image


395

Yuqoridagidan kelib chiqadigan bo‘lsak, yirik biznes kapitalining asosiy kelib chiqishi

kichik biznes sub’ektlarida moliyaviy resurslarining ko‘payishi hisoblanib, shu boisdan moliyaviy

resurslarni jalb qilish va milliy iqtisodiyotda kapital hajmini oshirish uchun avvalambor kichik

biznes sub’ektlari bazasini ko‘paytirish imkoniyatlarini oshirish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari,

jismoniy shaxslar va kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy resurslarini yo‘naltirish va kapital

harakatini jadallashtirishda fond bozorini ahamiyatini oshirish zarur. Buning uchun albatta,

ulardagi dastmoyalar hajmini joriy xarajatlardan ortiqcha qismini oshirish, ya’ni kapitalga

yo‘naltirish imkoniyati mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar hajmini orttirish zarurdir.

Milliy iqtisodiyotga kapital oqimini ko‘chaytirish avvalambor investitsion mexanizmning

qanday tashkil etilganligiga bevosita bog‘liqdir. Investitsion mexanizm deganda - investitsiya

dasturlarini amalga oshirish uchun minimal riskli vaziyatni yaratish uchun talab darajasini

o‘rganish va shu talabni qondirish uchun investitsiya jarayonlarini boshqarish, ularni tartibga

solish instrumentlari, tashkiliy tuzilmasi va institutlar tizimi tushuniladi.

Kapital oqimini fond bozori orqali jalb qilish mexanizmi ham qimmatli qog‘ozlar bozori

institutlari va instrumentlaridan foydalangan holda turli investitsion dasturlarni moliyalashtirishni

amalga oshirish tizimidir. Ushbu mexanizmning samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa kapital

oqimi hajmi shuncha yuqori bo‘ladi. Albatta ushbu mexanizmning samaradorligi birinchi navbatda

investitsiya muhiti (iqlimi) bilan bog‘liq.

Investitsiya muhitini esa dunyo miqyosida tan olinadigan bir qancha xalqaro

tashkilotlarning reyting tizimlari orqali aniqlash mumkin bo‘ladi. Misol uchun, Jahon banki

tomonidan har yil aniqlanadigan reytingning «Doing Business 2020» indikatorida

O‘zbekistonning 2020 yildagi o‘rni 2019 yilga nisbatan 7 band yuqorilaganligi katta ijobiy natija

hisoblanadi. O‘zbekiston 190 ta mamlakat ichida 2019 yilda 763 o‘rindan 2020 yilda 694 o‘ringa

ko‘tarilganligi investitsiya iqlimi mamlakatimizda yaxshilanayotganligidan dalolat beradi.

Ammo, bu qo‘rsatkich ham O‘zbekiston imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yetarli emas

deb baho berishimizga asos bor. Chunki bu indikatorda eng salbiy bo‘lib turgan ko‘rsatkichlarni

shunchaki hujjatlar tarkibini kamaytirish, o‘zaro ishonchni oshirish va vijdonli kadrlar (boshqaruv

va xizmat hodimlar)ning xizmati bilan erishsa bo‘ladi. Bu uchun yangilik yaratish yoki katta

xarajatlar talab qilinadigan munosabatlarga zarurat yo‘q. Shu boisdan biz investorlarni jalb qilish

uchun o‘zimiz haqimizda qancha ijobiy natijalarni ko‘rsatishga harakat qilmaylik, ular shu kabi

reyting ko‘rsatkichlaridan o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib oladilar. Bu ularning qabul qilayotgan

investitsion qarorlarini biz uchun ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga yetarli bo‘lib qoladi, nazarimizda.


background image


396

Fond bozorining investitsion mexanizmi samaradorligini asosan mamlakatda moliyaviy

sektorni davlat tomonidan boshqarish tizimining qanday qurilganligiga qarab ham aniqlash

mumkin. Bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, har bir davlat

o‘ziga xos yo‘lni tutganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. «Davlat tomonidan moliya bozorini

tartibga solishni quyidagi ikkita asosiy guruhga bo‘lgan holda o‘rganish mumkin:

- bevosita yoki ma’muriy tartibga solish;

- bilvosita yoki iqtisodiy tartibga solish».

Shu boisdan, xorijiy mamlakatlar tajribasida moliya bozorini bevosita tartibga solish

amaliyotini ko‘rib chiqamiz. Masalan, AQShda Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha

komissiyasi (U.S. Securities and Exchange Commission-SEC) tuzilgan bo‘lib, uning asosiy

vazifasi «...investorlarni himoya qilish, adolatli, tartibli va samarali bozorlarni qo‘llab-quvvatlash

va kapitalni shakllantirishga yordam berishidan iborat.

Komissiya fond birjalari, brokerlar va dilerlar, investitsiya bo‘yicha maslahatchilar va

o‘zaro fondlarni o‘z ichiga olgan qimmatli qog‘ozlar dunyosining asosiy ishtirokchilarini nazorat

qiladi. Birinchi navbatda bozorga tegishli muhim ma’lumotlarni oshkor qilish, adolatli

munosabatlarni ta’minlash va firibgarlikdan himoya qilish bilan shug‘ullanadi»

REFERENCES

1.

Шохаъзамий Ш.Ш. Финансовый рынок и ценные бумаги. Книга II. Учеби

2.

Xamdamova, R. R. Q., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi

operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and Education, 3(1), 1111-1116.нк. Т.:

«IQTISOD-MOLIYA», 2005. 430-с.

3.

Кобулов, Х. А. (2020). Обеспечения финансовой устойчивости местных бюджетов

путем улучшения финансового потенциала региона. In Современная наука:

актуальные вопросы, достижения и инновации (pp. 47-49).

4.

Naimov, S. O. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari. Science

and Education, 3(1), 1099-1103.

5.

Amirqulov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Davlat maqsadli fondlari moliyaviy

resurslaridan samarali foydalanish yo ‘nalishlari. Science and Education, 3(1), 1048-1053.

References

Шохаъзамий Ш.Ш. Финансовый рынок и ценные бумаги. Книга II. Учеби

Xamdamova, R. R. Q., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and Education, 3(1), 1111-1116.нк. Т.: «IQTISOD-MOLIYA», 2005. 430-с.

Кобулов, Х. А. (2020). Обеспечения финансовой устойчивости местных бюджетов путем улучшения финансового потенциала региона. In Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации (pp. 47-49).

Naimov, S. O. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari. Science and Education, 3(1), 1099-1103.

Amirqulov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo ‘nalishlari. Science and Education, 3(1), 1048-1053.