Authors

  • X. U. Samatov
  • Mardon Sultonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32931

Abstract

This article analyzes the social impact of PUBG Mobile, a game with millions of users worldwide. The article explores the social connections formed through gaming, the player's identity, and the impact of gaming on culture and society. The article provides insight into the social changes occurring within and outside of gaming and new ways of social communication through gaming. The analysis also looks at the global cultural effects of the PUBG Mobile game. The main goal of the article is to reveal the interactions between games and society by highlighting the impact of digital games on social structure and personality formation.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

774

PUBG MOBILE O’YININIG IJTIMOIY TASIRINING SOTSIOLOGIK TAHLILI

X. U. Samatov

Ilmiy rahbar.

Sultonov Mardon

Toshkent Axborot Texnologiyasi Universiteti

Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakulteti DI 21-11-guruh talabasi.

Telefon raqam: +998915551207

Elektron pochta manzili:

mardonultonov8@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11223430

Annotatsiya.

Ushbu maqola, jahon bo'ylab millionlab foydalanuvchilarga ega bo'lgan

PUBG Mobile o'yinining ijtimoiy ta'sirini tahlil qiladi. Maqola, o'yin orqali shakllanadigan
ijtimoiy aloqalar, o'yinchi shaxsiyati, shuningdek, o'yin o'ynash madaniyati va jamiyatga ta'sirini
o'rganadi. Maqola, o'yin ichida va tashqarisida yuzaga keladigan ijtimoiy o'zgarishlar va o'yinlar
orqali ijtimoiy muloqotning yangi usullari haqida tushuncha beradi. Tahlil, shuningdek, PUBG
Mobile o'yinining global madaniy ta'sirlarini ham ko'rib chiqadi. Maqolaning asosiy maqsadi,
raqamli o'yinlarning ijtimoiy tuzilish va shaxsiyat shakllanishi ustidagi ta'sirini yoritish orqali
o'yin va jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sirlarni ochib berishdir.

Kalit so’zlar:

integratsiya, donat, Mikrotransaktsiyalar, e-sport.

SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF THE SOCIAL IMPACT OF PUBG MOBILE GAME

Abstract.

This article analyzes the social impact of PUBG Mobile, a game with millions of

users worldwide. The article explores the social connections formed through gaming, the player's
identity, and the impact of gaming on culture and society. The article provides insight into the
social changes occurring within and outside of gaming and new ways of social communication
through gaming. The analysis also looks at the global cultural effects of the PUBG Mobile game.
The main goal of the article is to reveal the interactions between games and society by highlighting
the impact of digital games on social structure and personality formation.

Key words:

integration, donat, Microtransactions, e-sport.

СОЦИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СОЦИАЛЬНОГО ВОЗДЕЙСТВИЯ

МОБИЛЬНОЙ ИГРЫ PUBG

Аннотация.

В данной статье анализируется социальное влияние игры PUBG

Mobile, которая имеет миллионы пользователей по всему миру. В статье исследуются
социальные связи, формируемые посредством игр, личность игрока, а также влияние игр
на культуру и общество. В статье дается представление о социальных изменениях,
происходящих внутри и за пределами игр, а также о новых способах социальной
коммуникации через игры. В анализе также рассматривается глобальное культурное
влияние игры PUBG Mobile. Основная цель статьи — раскрыть взаимодействие игр и
общества, подчеркнув влияние цифровых игр на социальную структуру и формирование
личности.

Ключевые слова:

интеграция, донат, микротранзакции, киберспорт.

Zamonaviy jamiyatda raqamli o'yinlar nafaqat ko'ngilochar vosita sifatida, balki o’zaro

munosabatlar maydoni sifatida tobora muhim o'rin egallamoqda. PUBG Mobile, o'zining keng


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

775

tarqalgan populariteti va global miqyosdagi ta'siri bilan, shubhasiz bu jarayonda yetakchi rol
o'ynaydi. Ushbu maqola, PUBG Mobile o'yininig ijtimoiy o'lchovlarini va uning o'yinchilar
hayotidagi ta'sirini sotsiologik nuqtai nazaridan o'rganadi. Maqolaning maqsadi, PUBG Mobile
ning jamiyatdagi o'rnini chuqurroq tahlil qilib, o'yin madaniyati ijtimoiy munosabatlarga qanday
ta'sir qilayotganini ko'rsatishdir. Shuningdek, maqola o'yin orqali shakllanadigan ijtimoiy aloqalar,
shaxsiy va guruh bo’lib o'ynash jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy integratsiya holatlarini
o'rganishga qaratilgan. Bundan tashqari, bu tahlil PUBG Mobile foydalanuvchilari orasida
kuzatiladigan gender va madaniy farqlarni ham ko'rib chiqadi, shuningdek o'yinlar orqali
shakllanadigan global ijtimoiy o'zgarishlarni baholaydi.

PUBG Mobile

- bu Tencent Games bo'limi LightSpeed & Quantum Studio tomonidan

ishlab chiqilgan bepul jangovar qirollik video o'yini hisoblanadi. Bu mobil o’yinga 2017 – yil 20-
dekabrda asos solingan. Dastlab u Android va iOS uchun 2018-yil 19-martda global versiyasini
chiqarilgan

[1]

.

PUBG: Battlegrounds

(PlayerUnknownʼsBattlegrounds yoki Pubg nomi bilan tanilgan)

— Krafton shoʻba korxonasi va PUBG Studios tomonidan ishlab chiqilgan onlayn multiplayer
jangovar oʻyin. Oʻyin Brendan Grin tomonidan 2000-yilda premyera qilingan „Battle Royale“
filmidan ilhomlangan holda yaratilgan

[1]

. Oʻyinda yuzga yaqin oʻyinchi orolga parashyutda

tushishadi va oʻzlarini oʻldirishdan qochib, boshqalarni oʻldirish uchun qurol va jihozlarni olib
ketishadi. Oʻyin xaritasining mavjud xavfsiz hududi vaqt oʻtishi bilan oʻlchami kichrayib, omon
qolgan oʻyinchilarni toʻqnashuvlarga majburlash uchun torroq joylarga yoʻnaltiradi. Omon qolgan
oxirgi oʻyinchi (yoki jamoa) raundda gʻalaba qozonadi. PUBG: Battlegrounds 2017-yilning mart
oyida birinchi marta Microsoft Windows foydalanuvchilariga beta talqinda taqdim etilgan.

Oʻyinning toʻliq talqini 2017-yil 20-dekabr oyida eʼlon qilingan

[1]

.

O’yin jarayonlari:

Oʻyinda 100 tagacha oʻyinchi jang qiladi, bunda ayrim xaritalarda

kattaligiga qarab odam soni kamayishi mumkin. Oʻyinchilar soʻnggi omon qolgan boʻlish uchun
oʻzaro kurashadilar. Oʻyinchilar oʻyinga qanday kirishni tanlashlari mumkin: yakka holda,
juftlikda, toʻrt kishilik jamoada. Har qanday holatda ham, oxirgi tirik qolgan kishi yoki jamoa
oʻyinda gʻalaba qozonadi.

Har bir oʻyin barcha oʻyinchilarning samolyotdan 1 x 1 2 x 2, 4 x 4, 6 x 6 yoki 8 x 8 km

xarita boʻylab parashyutdan sakrashi bilan boshlanadi. Samolyotning xarita boʻylab parvoz yoʻli
oʻyin boshida tasodifiy tanlanadi, bu oʻyinchilardan parashyutdan sakrash uchun eng yaxshi vaqtni
tezda aniqlashni talab qiladi. Oʻyinchilar raundni hech qanday jihozlarsiz boshlashadi, oʻyin
jarayoniga deyarli taʼsir qilmaydigan moslashtirilgan kiyimlar bundan mustasno. Oʻyinchilar
qoʻngandan soʻng, ular turli binolar, inshootlar va boshqa inshootlarda qurol, transport vositalari,
kiyim-kechak, zirh, taktik jihozlar, tibbiy buyumlar va boshqa narsalarni qidirishlari mumkin.

Qoʻngandan keyin bir muncha vaqt oʻtgach, har bir necha daqiqada xaritaning oʻynash

mumkin boʻlgan maydoni tasodifiy joyda qisqara boshlaydi, xavfsiz zonadan tashqaridagi har
qanday oʻyinchi shikastlana boshlaydi, bu oxir-oqibat ularning oʻlimiga va ular uchun oʻyinning
tugashiga olib keladi qachonki ular oʻz vaqtida xavfsiz zonaga etib borishga ulgurmasalar; oʻyinda
oʻyinchi hududning chegarasini vaqt oʻtishi bilan torayib borayotgan moviyrang devor sifatida
koʻradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

776

Yuklab olishlar:

PUBG Mobile 2018-yilning ikkinchi eng ko‘p yuklab olingan mobil

o‘yini bo‘ldi va butun dunyo bo‘ylab 300 millionga yaqin yuklab olingan. O'yinning eng katta
bozori Xitoy bo'lib, o'yinni yuklab olishning 29% ni tashkil etdi, undan keyin Hindiston va AQSh,
har birida taxminan 10% (30 million) yuklab olingan. Bu 2018-yilda eng koʻp oʻrnatilgan jangovar
royale oʻyini boʻlib, Fortnitega qaraganda 200 millionga koʻproq oʻrnatildi. 2021-yil mart oyida
PUBG Mobile Xitoydan tashqarida bir milliarddan ortiq yuklab olingan edi. Jumladan,
Peacekeeper Elite, oʻyinning xitoycha versiyasi va Battlegrounds Mobile India oʻyinida 2022-yil
dekabr holatiga koʻra oʻyinning umumiy oʻyinchilari soni 1,3 milliardga yaqin edi

[1]

.

Daromad:

2018-yilda PUBG Mobile Yaponiyada 3,58 milliard ¥ (32,42 million dollar)

yig‘di. 2020-yil avgustigacha PUBG Mobile 3,5 milliard dollardan ortiq daromad oldi. PUBG
Mobile 2020-yilda 2,6 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi va bu yilning eng yuqori daromad
keltirgan o‘yini bo‘ldi va uning umumiy hajmini oshirdi. 2020-yil dekabr holatiga ko‘ra daromad
4,3 milliard dollardan oshdi. 2022-yil dekabrida bu ko‘rsatkich 9 milliard dollardan oshdi

[1]

.

O’yinning hozirgi statistikasi:

Pubg mobile o’yini bugungi kunga kelib Play Marketdan

500 millondan ortiq yuklab olingan. Yuklab oluvchilar tomonidan

44 397 822 ta shah qoldirilgan va 5/4,5 ball tuplab turibdi. Shundan bilsa bo’ladiki bu o’yin

o’yinchilarga juda manzur kelgan.

[2]

Pubg mobile o’yini yurtimizda ham juda omalashgan o’yinlardan biri hisoblanadi.
Shundan bulsa kerak Pubg mobile o’yini uzbek tilida uynash imkoniyati yatildi. Hozirda

mashhur o’yinlar: “Mobile leginds bang-bang”, ”clash of clans” va boshqa o’yinlarning uzbek
tilida chiqmaganligidan Bu o’yin o’yinchilari orasida uzbek o’yinchilarining soni ham kam
emasligini kursatadi. Bundan tashqar shu o’yin orqali kuplab yangi so’zlar kirib kelmoqda.
Bularga misol qilib: “bot”, “krisa”, “event”, “vector”, “donatr”, “skin”, “us” va boshqalar.

PUBG Mobile o'yinchi bazasini tez o'sishiga yordam bergan asosiy omillardan biri bu

uning ijtimoiy integratsiyasi qobiliyatidir. O'yin do'stlar va tanishlar bilan birga o'ynash imkonini
beradi, bu esa foydalanuvchilarga bir-birlari bilan aloqada bo'lish va yangi do'stlar orttirish
imkonini yaratadi. Jamoaviy o'yinlar, strategiyalar muhokamasi va hamkorlik qobiliyatlari orqali
o'yinchilar bir-biriga yaqinlashishi mumkin bo’ladi. Bundan tashqari PUBG Mobile o'yinida
muvaffaqiyat qozonish uchun strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoa bilan hamkorlik
qilish talab etiladi. Bu ko'nikmalar nafaqat virtual dunyoda, balki real hayotda ham qo'llanilishi
mumkin. O'yinchilar xaritalarni o'rganish, qarshi hujumlarni rejalashtirish va resurslarni
boshqarish orqali murakkab muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Va yana PUBG
Mobile kabi o'yinlarning psixologik ta'sirini e'tiborga olish muhimdir. Ba'zi tadqiqotlar shuni
ko'rsatadiki, uzoq muddatli va haddan tashqari o'yin o'ynash zararli ta'sirlarga olib kelishi mumkin,
masalan, uyqu buzilishi, stress, qattiq hayajon va ijtimoiy aloqalarning pasayishi. Shuningdek,
o'yin davomida paydo bo'ladigan raqobat va g'azab hissi salbiy ruhiy holatlarni kuchaytiradi.

Haddan tashqari kup o’ynash natijasida o’yinga qaramlilik, deprssiya, real dunyodan

uzilish kabi holatlar paydo bulishi mumkin. Bazi bolalar ota-onasi telifonini bermasa bolalar
arazlab biror ish qilmay yoki biror yumushni qilishi uchun ular telifon uynashni talab qiladigan
holatlar paydo bulmoqda. Shunga qaramasdan bazi o’yonchilar o’z o’yinlari orqali daromad
topayotgani ham sir emas albatda. PUBG Mobile o’yini orqali kuplab turnerlar utkaziladi va
kuplab pul mukofotlari va boshqa qimmatbaho sovg’alar beriladi. Bu turnerlarga misol qilib


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

777

PUBG Mobile Global Championship (PMGC), PUBG Mobile Club Open (PMCO), PUBG Mobile
Pro League (PMPL)

[3]

, O’zbekistonda esa Uzbekistan PUBG Mobile Championship,

Universitetlararo va kollejlararo musobaqalar, Mahalliy kafe va o‘yin zallari tomonidan
uyushtirilgan musobaqalar bunga misol bula oladi. Pul yutuqlariga kelsak birgina PUBG Mobile
Global Championship turniri uchun mukofot jamg'armasi taxminan 6 million AQSh dollarini
tashkil etdi, bu turnirning 2021-yildagi kursatkichi va u hozirgacha har yili o’tkaziladi. Turnirlada
qatnashmasdan ham o’z o’yin uynash salohiyatini keng jamoatga kursatib ham daromad topaytgan
o’yinchilar ham kam emas. Ular o’z o’yin o’ynash jarayonlarini YOU TUBE platformasi orqali
jonli efir uyishtib obunachilarni tuplaydi va istalgan odam donat qilishi uchun o’zining plastick
karta raqamlarini ham qoldirishadi va istalgan odam bu karta raqamiga pul utkazishi mumkin
bo’ladi. Hozigi kunda shunday daromad topayotgan shaxslar: Knyaz, Aslamboi, X Mayor,
Asadbek va boshqalar.

Xulosa:

PUBG Mobile o'yini, nafaqat o'yin sifatida, balki ijtimoiy vosita sifatida ham katta

ahamiyat kasb etadi. U foydalanuvchilarni bir-biri bilan aloqada bo'lishga, yangi do'stlar
orttirishga va hatto turli madaniyatlardan kelgan odamlar bilan muloqot qilishga undaydi. O'yin
shuningdek, o'yinchilarga strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish kabi ko'nikmalarini
rivojlantirish imkonini beradi. Ammo, o'yinning raqobatbardosh tabiati ba'zi o'yinchilarda stress,
g'azab va aggressiv xatti-harakatlarni kuchaytirishi mumkin, bu esa o'yinchi va uning
atrofidagilarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan, PUBG Mobile o'yini katta
daromad manbai hisoblanadi, bu esa o'yin sanoatining rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Mikrotransaktsiyalar, professional e-sport musobaqalari va o'yin ichidagi reklamalar orqali

yirik moliyaviy muvaffaqiyatlar qo'lga kiritiladi.

Xulosa qilib aytganda, PUBG Mobile o'yini keng qamrovli ijtimoiy ta'sirlarga ega bo'lib,

u nafaqat o'yinchilar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi, balki turli sotsial va
madaniy muammolarni ham yuzaga keltiradi. O'yinning ijobiy ta'sirlarini maksimal darajada
oshirish va salbiy oqibatlarini minimallashtirish uchun zarur chora-tadbirlarni ko'rish, jumladan,
vaqtini boshqarish, salomatlikni saqlash va moliyaviy mas'uliyatni ta'minlash muhimdir.


REFERENCES

1.

https://www.wikipedia.org/

2.

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tencent.ig&hl=en_US

3.

https://escharts.com/ru/tournaments/pubg-mobile

References