ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
825
OʼZBEK XALQ KITOBLARI TADQIQOTCHISI
Oqbutayev Botir Xaydarovich
Termiz davlat universiteti oqituvchisi
Ozbekiston, Termiz
e-mail:
oqbutayevbotir7575@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.11236833
Annotatsiya.
Ushbu maqolada filologiya fanlari nomzodi, dotsent H. S. Oqboʼtaevning
oʼzbek adabiyotining koʼpmingyillik tarixida xalq ogʼzaki ijodi (folьklor) va yozma adabiyot
asarlarini ijodiy qayta ishlash asosida vujudga kelgan xalq kitoblari, ularning tasnifi, poetikasi,
variantlari, litografik nusxalari hamda xalq kitoblarida avtorlik masalasiga oid qarashlari tahlil
qilingan. Shuningdek, olimning tarjimai holi va А. Navoiy, O. Miriy, Hamza, S. Аyniy, Oybek, Sh.
Saʼdulla kabi oʼzbek adiblarining ijodi va oʼzbek xalq ogʼzaki ijodi, “Аlpomish” dostoni, “Tohir
va Zuhra”, “Qissai Sanobar” kabi xalq kitoblari hamda Fozil shoir, Ergash Jumanbulbul oʼgʼli,
Xushboq Mardonaqulov kabi xalq ijodkorlarining repertuarlariga bagʼishlangan tadqiqotlari
hamda badiiy ijod bilan ham shugʼullanib, Respublika va viloyat matbuotida oʼzining topishmoq,
lapar, sheʼrlari bilan ishtirok etib Xalqiy taxallusi bilan ijod qilgani haqida maʼlumotlar berilgan.
Kalit sozlar:
o’zbek adabiyoti, xalq ogʼzaki ijodi (folьklor) va yozma adabiyot, xalq
kitoblari, mif, afsonalar, qahramonlik eposi, qoʼshiq, lirik sheʼr, folkloristika va
adabiyotshunoslik, xalq kitoblari, ularning tasnifi, poetikasi,variantlari, litografik nusxalari,
muallifi maʼlum va muallifi nomaʼlum xalq kitoblari.
UZBEK FOLK BOOK RESEARCHER
Abstract.
In this article, Philologie candidate, Associate Professor H.S.In the multi-
thousand-year history of Uzbek literature, Oqbotaev's views on the issue of author (Author) lik
were analyzed in folk books, their classification,poetics, variants, lithographic copies, and folk
books, which arose on the basis of creative processing of folk oral creativity(folklore)and written
works of literature. Also, the scientist A. Navoi, O. Miry, Hamza, S. Ayniy, Aybek, Sh. Sadulla the
works of Uzbek ADIBS such as ' dulla and Uzbek folk oral creativity, the epic "Alpomish", folk
books such as "Tohir and Zuhra", "Qissai Sanobar", as well as research devoted to the repertoire
of folk creators such as Fozil poet, Ergash Jumanbulbul son, Khush Mardonakulov, as well as
artistic creation, were also noted in the Republican and regional press.
Keywords:
uzbek literature, folk oral fiction (folklore) and written literature, folk books,
myths, legends, heroic epic, song , lyric poetry, folkloristics and literary studies, folk books, their
classification, poetics, variants, lithographic copies, known author and unknown author folk
books.
ИССЛЕДОВАТЕЛЬ УЗБЕКСКОЙ НАРОДНОЙ КНИГИ
Аннотация.
В этой статье, кандидат филологических наук, доцент X.C.Акбутаев
многотысячелетняя история узбекской литературы, взгляды Акбутаева на проблему
авторского лика были проанализированы в народных книгах, их классификации, поэтике,
вариантах, литографских копиях и народных книгах, которые возникли на основе
творческой обработки народного устного творчества (фольклора) и письменных
произведений литературы. Также ученые А. Навои, О. Миры, Хамза, С. Айний, Айбек, Ш.
Саъдулла произведения узбекских адибов, узбекское народное устное творчество, эпос
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
826
"Алпомиш", народные книги, такие как "Тохир и Зухра", "Кисай Санобар", а также
исследования, посвященные репертуару фольклорных творцов, таких как поэт Фозил, сын
Эргаша Джуманбулбула, Хушвак Мардонакулов, а также художественному творчеству,
также были отмечены в республиканской и региональной прессе.
Ключевые слова:
узбекская литература, народное устное творчество (фольклор) и
письменная литература, народные книги, мифы, легенды, героический эпос, песня,
лирическая поэзия,фольклористика и литературоведение, народные книги, их
классификация, поэтика, варианты, литографические копии, народные книги известного
автора и неизвестного автора.
Oʼzbek adabiyotining koʼpmingyillik tarixida xalq ogʼzaki ijodi (folklor) va yozma
adabiyot asarlarini ijodiy qayta ishlash asosida vujudga kelgan xalq kitoblarining salmoqli oʼrni
bor. Insoniyatning eng qadimgi zamonlarga oid ogʼzaki adabiyot yodgorliklari - mif, afsonalar,
qahramonlik eposi, qoʼshiq, lirik sheʼr shaklida shakllanib, asrlar osha yozma adabiyotning
vujudga kelishiga, uning taraqqiyotiga boy maʼnaviy-badiiy manba, asos vazifasini bajaradi va oʼz
navbatida, yozma adabiyot ham xalq ogʼzaki ijodi(folklor)ning takomiliga samarali taʼsir etadi.
Xalq kitoblari mana shu jarayonda, yaʼni, folkloristika va adabiyotshunoslikning oʼzaro
aloqalari, munosabatlari jarayonida paydo boʼladi. Bu mavzudagi tadqiqotlarda “ogʼzaki adabiyot
bilan yozma adabiyotni bir-biriga chambarchas bogʼlovchi” [1-32]hamda “ Folklor asari ijodiy
qayta ishlanib kitobat qilinar ekan, unga yozma adabiyotning ayrim tendentsiya va xususiyatlari
singib boradi, xuddi shuningdek, yozma adabiyot asari ham folklorga xos xususiyatlarga ega
boʼlib, “xalq kitobi” tusini oladi”- deya taʼkidlanadi. [2-254]
Insoniyat tarixidan maʼlumki, har bir xalq adabiyoti boshqa bir qator xalqlar bilan madaniy
aloqada boʼlgan holda, oʼziga xos milliy adabiy-estetik tafakkur asosida shakllanadi, ravnaq
topadi, umumjahoniy ahamiyat kasb etadi. Bashariyatning asrlar davomidagi bunday madaniy
aloqalari oʼzbek xalq kitoblarida ham koʼrinadi. Jumladan, “Kalila va Dimna”, “Toʼtinoma”,
“Kitobi Jamshid”, “Rustami Doston” kabi oʼzbek xalq kitoblariga hind, arab, fors-tojik adabiyoti
taʼsiri masalalari misolida ham sezish mumkin. Oʼzbek xalq kitoblarining yaratilishi, takomili, janr
xususiyatlari, kompozitsion qurilishi, gʼoyaviy mundarijasi,obrazlar tizimi va uslubi, badiiy -
estetik, tarixiy ahamiyatini ilmiy tadqiq qilish XX asr boshlarida boshlangan hamda qator
fundamental ilmiy tadqiqotlar qilingan boʼlsa-da, hozirgi kunda ham bu borada oʼz ilmiy tadqiqini
kutayotgan masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu haqda oʼzbek mumtoz adabiyoti
fanining bilimdoni, fil.fan.doktori, professor N.M.Mallaevning quyidagi fikrlari bugungi oʼzbek
adabiyotshunosligi va bir qator ijtimoiy-gumanitar soha fanlari uchun ham muhim masaladir:
“Аyrim dastlabki izlanish va urinishlarni hisobga olmaganda, oʼzbek xalq kitoblari
oʼrganilmagan katta qoʼriq boʼlib kelmoqda. Ilk odimlar xalq kitoblarini toʼplash, ularni
tekstologik va filologik jihatdan tadqiq etish va keng kitobxonlar jamoatchiligiga taqdim etish
zaruriyatini yana bir bor taʼkidlamoqda. Odatan, “qissa” deb yuritilgan xalq kitoblari tarix,
etnografiya, sanʼatshunoslik kabi fanlar uchun ham qimmatli manbadir. Аfsuski, bu manba shu
sohalarning mutaxassislari eʼtiboridan chetda qolib kelmoqda ”.[3-345]
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
827
Oʼzbekistonda xalq kitoblarini oʼrganish, ular haqida ilmiy tadqiqotlar qilish XX asr
ikkinchi yarmida boshlandi va bu sohada dastlabki ilmiy tadqiqotlar sifatida R. Majidov va H.
Oqboʼtaevlar tomonidan yoqlangan nomzodlik ilmiy tadqiqotlarini koʼrsatish mumkin.[4-5]
Oʼzbek xalq kitoblarining tadqiqotchilaridan biri, folklorshunos olim, fil. fan. nomzodi,
dotsent Haydar Oqboʼtaev 1942 yil 4 iyunda Oʼzbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati,
Jarqoʼrgʼon (hozirda Qumqoʼrgʼon) tumanidagi “Ochamoyli” qishlogʼida tugʼilgan. U 1960 yili
oʼrta maktabni faxriy yorliq bilan tugatgan va 1960-61 yillarda Y. Oxunboboev nomli 15- oʼrta
maktabda oʼqituvchi boʼlib ishlagan. U 1961 yili Buxoro davlat pedagogika institutining oʼzbek
tili va adabiyoti boʼlimiga oʼqishga kirgan hamda 1962-1964 yillari harbiy xizmatni oʼtagan. U
harbiy xizmatdan qaytgach, yana oʼqishni davom ettirib, 1967 yilda shu boʼlimni imtiyozli diplom
bilan tamomlagan va shu yili yoʼllanma bilan Termiz davlat pedagogika institutiga ishga
yuborilgan. U 1969-1972 yillarda Toshkent davlat universitetining Oʼzbek adabiyoti kafedrasida
aspiranturada oʼqigan. Haydar Oqboʼtaev 1973 yil 4 oktyabrda taniqli olim, fil. fan. doktori,
professor Gʼ. Karimov ilmiy rahbarligida “Oʼzbek xalq kitoblarining gʼoyaviy va adabiy
xususiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Uning oʼzbek xalq kitoblari
mavzuida olib borgan ilmiy ishlari “Oʼzbek adabiyoti tarixi” koʼp tomlik kitobiga kiritilgan.[6-
173]
Olimning koʼpgina ishlari А. Navoiy, O. Miriy, Hamza, S. Аyniy, Oybek, Sh. Saʼdulla
kabi oʼzbek adiblarining ijodi va oʼzbek xalq ogʼzaki ijodi, “Аlpomish” dostoni, “Tohir va Zuhra”,
“Qissai Sanobar” kabi xalq kitoblari hamda Fozil shoir, Ergash Jumanbulbul oʼgʼli, Xushboq
Mardonaqulov kabi xalq ijodkorlarining repertuarlariga bagʼishlangan. H. Oqboʼtaev badiiy ijod
bilan ham shugʼullangan, Respublika va viloyat matbuotida oʼzining topishmoq, lapar, sheʼrlari
bilan ishtirok etib Xalqiy taxallusi bilan ijod qilgan. U “Sharq xalqlarining ogʼzaki va yozma
adabiyotida “Tohir va Zuhra” syujeti” nomli mavzu ustida doktorlik ilmiy tadqiqot ishi uchun
izlanishlar olib borgan. Haydar Oqboʼtaev – 1967-2000 yillarda Termiz davlat universitetining
Oʼzbek adabiyoti kafedrasida ishlagan, olimning 40 dan ortiq ilmiy maqolasi Respublika va
viloyat matbuotida eʼlon qilingan. U 2007 - yil, 29 - sentyabrda vafot etgan. Olimning oʼzbek
xalq kitoblariga oid tadqiqotlari: “Oʼzbek xalq kitoblarining tasnifi masalasida”(M. T. Oybek
nomidagi Termiz DPI tezislar toʼplami, 1972 yil), “Oʼzbek xalq kitoblarida avtorlik masalasi” (M.
T .Oybek nomidagi Termiz DPI tezislar toʼplami, 1972 yil), “Turkiston litografiyasida bosilgan
kitoblarni tasniflash tajribasidan”(Toshkent DU ilmiy toʼplami, 1973 yil), “Xalq kitobi “Tohir va
Zuhra” haqida”(Toshkent DU ilmiy toʼplami, 1973 yil), “Xalq kitobi “Tohir va Zuhra”
poetikasi”(“Oʼzbek tili va adabiyoti” jurnali, №4, 1973 yil), “Xalq kitoblari”(“Sharq yulduzi”,
1978 yil, №8), “Xalq kitoblariga folьklor v yozma adabiyot taʼsiri”(Toshkent DU ilmiy toʼplami,
1977 yil), “Xalq kitobi “Tohir va Zuhra”ning variantlari”(Toshkent DU ilmiy toʼplami, 1980 yil),
“Qissai Sanobar poetikasi haqida”(Toshkent DU ilmiy toʼplami,1981 yil).
Tadqiqotchining oʼzbek xalq kitoblari, ularning tasnifi, poetikasi, variantlari, litografik
nusxalari hamda xalq kitoblarida muallif(avtor)lik masalasiga oid qarashlari diqqatga molik.
Jumladan, olim xalq kitoblarini oʼrganish bilan bogʼliq boʼlgan murakkab muammolardan
biri muallif(avtorlik)lik masalasi ekanligini taʼkidlaydi. Uning fikricha, oʼzbek adabiyotida
koʼplab muallifi nomaʼlum (anonim)boʼlgan asarlar uchrashi, bunday xususiyatni “Malikai
Dilorom”, “Malikai Dilnavoz”, “Gulfarah”, “Oshiq Gʼarib va Shohsanam”, “Goʼroʼgʼli Sulton”,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
828
“Varaqa va Gulshoh”, “Vomiq va Uzro”, “Shohzoda Karam va Аsilxon”, “Huriliqo”, “Boʼz yigit”,
“Hakim joʼgi”, “Аldarkoʼsa va kulfatda qolgan yigit”, “Nasriddin Аfandi” kabi hajviy(satirik-
yumoristik), ishqiy, qahramonlik, fantastik va boshqa mavzulardagi liroepik va nasriy xalq
kitoblari misolida koʼrish mumkin. Bu haqda olim yozadi: “Аyrim xalq kitoblarida uning yozilgan
joyi, yaratilgan yili, kim tomonidan yozilgani yoki koʼchirilganligi, kim tomonidan bosmaga
tayyorlanganligi va nashr qilingan joyi koʼrsatilmaydi. Shu tariqa avtorlari nomaʼlum boʼlgan-
anonim asarlar sikli maydonga keladi. Bizningcha, bunday anonim asarlarning yuzaga kelishini
quyidagicha izohlash mumkin boʼladi: xalqchil asar avtorlarini taʼqib ostiga olish, xattotlarning
kitobni koʼchirish vaqtida asar avtori nomini ongli ravishda tushirib qoldirishi (chunki xattot va
qissaxon biror asarni koʼchirganda yoki kuylaganda unga ijodiy yondashib, turli oʼzgartishlar
kiritishgan. Natijada, birinchi avtor nomini qoʼyishga imkoniyat qolmagan va keyingi avtorlar
birinchi avtor nomini va oʼz nomini ham qoʼyishni lozim topishmaganga oʼxshaydi), asarning
xattot va qissaxonlar tomonidan batamom qayta ishlanishi va baxshilar tomonidan
improvizatsiyaga uchrashi natijasida dastlabki avtor nomining tushib qolishi va boshqa sabablarga
koʼra anonim asarlar yuzaga kelgan.” [7-76]
Shuningdek, u “Qissai Sayfulmuluk” (Majlisiy), “Qissai Yusuf va Zulayho”(Durbek),
(Аndalib), “Qissai Farhod va Shirin” va “Qissai Layli va Majnun”(Umar Boqiy va Mahzun),
“Qissai Gul va Sanobar”(Shaydoiy), “Qissai Bahrom va Gulandom”(Sayqaliy), “Qissai Tohir va
Zuhra”(Sayyodiy), “Qissai Yusufbek va Аhmadbek”(Maʼrufiy) va boshqa mualliflari maʼlum
boʼlgan xalq kitoblarining ham ulardan ancha farq qiladigan mualliflari nomaʼlum boʼlgan
variantlari ham koʼplab uchrashini taʼkidlaydi. Tadqiqotchi xalq kitobi “Tohir va Zuhra”ning
oʼzbek adabiyotida Sayyodiy va Saadi, turkman adabiyotida Mulla Nafas muallifi sifatida tilga
olinib, maʼlum va mashhur boʼlgan boʼlsa - da, Turkiston litografiyasida nashr qilingan xalq
kitoblari orasida “Tohir va Zuhra” nusxalarini koʼzdan kechirganda shoir Sayyodiy, Saadi va
Mulla Nafas variantlaridan keskin farq qiluvchi namunalarning borligini, bu asarlar muallifi
maʼlum boʼlgan variantlardan ancha farq qilsa-da, birinchi muallif nomini saqlab qolganini qayd
etadi. Olimning xalq kitoblariga oid tadqiqotlari, jumladan, xalq kitoblari va mumtoz nasr
munosabatlariga oid qarashlari toʼgʼrisida fil. fan. doktori, professor H. Homidiy “Vaholanki,
klassik nasrimiz bir tizimda, tadrijiy takomilda oʼrgatilishi zarur. Toʼgʼri, Respublikamiz olimlari
bu sohada hozirga qadar birmuncha ishlarni amalga oshirdilar. Olimlarimizdan H. Oqboʼtaev, T.
Qobulov, R. Majidov, R. Jumaniyozov, I. Ostonaqulov, S. Jamolov, M. Mirzamuhamedova va
boshqalar nasr namunalari tahliliga doir tadqiqotlar yaratishgan.” - deya eʼtirof etadi.[8-323]
Shu bilan birga, olimning o’zbek xalq og’zaki ijodi, uning janrlari, baxshichilik san’ati
haqidagi qarashlari sohaga oid tadqiqotlarda ham e’tirof etilgan.[9-304]
Xalq kitoblari tadqiqotchisi haqida “Og’zaki va yozma adabiyot munosabatlarini
o’rganishda muhim nuqtalardan biri folklor va adabiyot zaminida yuzaga kelgan qissalar ( “Xalq
kitoblari”)ni tadqiq etishdir. Bu muhim masala hamon tekshiruvchilar diqqatidan chetda
qolmoqda. Shu nuqtai nazardan V. Abdullayevning “O’zbek adabiyoti tarixi” darsligidagi
mulohazalari, R. Majidovning “Xurshed va Malikai Dilorom”, H. Oqbo’tayevning “Tohir va
Zuhra” qissalari materiallari asosidagi kuzatishlari diqqatga sazovordir. ”- deb ta’kidlanadi. [10-
39]
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
829
Folklorshunos olim H. Oqboʼtaev oʼzbek xalq ogʼzaki ijodining boy janrlaridan biri
termalar haqida yozar ekan, bu janrning paydo boʼlishi tarixi, termalarning mashhur oʼzbek
baxshilari Ergash Jumanbulbul oʼgʼli, Fozil shoir, Islom shoir, Poʼlkan shoir hamda Sherobod
dostonchilik maktabining Sherna baxshi, Xoliyor baxshi, Mardonaqul Аvliyoqul oʼgʼli,
Toshmurod baxshi, Mamatraim baxshi, Xushboq Mardonaqul oʼgʼli, Shoberdi baxshi, Shodmon
baxshi, Аbdinazar baxshi, Xolli baxshi, Boboraxim baxshi kabi xalq ijodkorlari repertuarlaridagi
oʼrnini taʼkidlaydi. Shu oʼrinda, Xoʼshboq baxshi Mardonaqul oʼgʼli bisotidagi “Mehmondir”,
“Dunyosan -dunyo”, “Oxir oʼtarsan”, “Baxshilar”, “Doʼmbiram”, “Qiziriq”, “Bu dunyo”,
“Ustozlar”, “Deydilar”, “Bilmadim”, “Ne deysiz”, “Kunlarim” kabi termalari xaqida maʼlumot
beradi va termalardan misollar keltiradi:
Doʼmbira ohangi ona allasi,
Soʼz keladi misli savr jalasi.
Undan oziq olar koʼngil qalʼasi,
Joʼsh urib, mavjlanib toʼlgan baxshilar. [11-115]
Folklorshunos olimning “Аlpomish” dostonining oʼrganilishida oʼzbek olimlaridan Gʼozi
Olim Yunusov, Hodi Zaripov, Mansur Аbzalov, M. Murodov, N. Karimov, M. Saidov, Toʼra
Mirzaev, S. Yoʼldosheva, M. Qoʼshmoqov, B. Sarimsoqovlarning xizmatlarini eʼtirof etadi va
“Darhaqiqat, “Аlpomish” dostoni nafaqat oʼzbeklar orasida, balki, Markaziy Osiyoda yashovchi
xalqlar orasida ham keng tarqalgan, asrlar davomida baxshilar tomonidan maroq bilan kuylab
kelingan. Ularning buyuk maʼnaviy mulkiga aylanib ketgan. Bu toʼgʼrida, А. А. Devaev, А. K.
Borovkov, K. Аyimbetov, I. T. Sagitov, N. Davkaraev, А. Karimov, N. U. Ulagashov, А. N.
Keriev, А. А. Valitova kabi tatar, qoraqalpoq, qozoq, boshqird, oyrot olimlarining olib borgan
ilmiy kuzatishlari diqqatga sazovor.” - deydi.[12-83-86]
Xullas, bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni milliy oʼzlik, ilmsevarlik,
vatanparvarlik, xalq ogʼzaki ijodi va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda fil. fan.
nomzodi, dotsent H. Oqboʼtaevning oʼzbek xalq ogʼzaki ijodi, uning janrlari, “Аlpomish” dostoni,
xalq baxshilari, oʼzbek xalq kitoblari, ularning tasnifi, poetikasi, variantlari, litografik nusxalari
hamda xalq kitoblarida muallif(avtor)lik masalasiga oid qarashlarini oʼrganish muhim ahamiyat
kasb etadi.
REFERENCES
1.
Аbdullaev. V. “Oʼzbek adabiyoti tarixi”. Ikkinchi kitob, T-:. 1964 yil. “O’qituvchi”, B-32.
2.
Mallaev. N. “Аlisher Navoiy va xalq ijodiyoti”.T-:.2015 yil. “Gʼafur Gʼulom nomidagi
nashriyot- matbaa ijodiy uyi”, B-254.
3.
Homidiy H. “Koʼhna Sharq dargʼalari”.T-:1999 yil. “Sharq” nashriyot – matbaa kontserni
bosh tahririyati, B-345.
4.
Majidov R. “Uzbekskie narodnыe knigi i proizvedenie Rizoi “Xurshid i Malikai Dilorom”,
Аvtoreferat, kand, dis., Samarqand, 1971.
5.
Аkbutaev X. “Ideyno – xudojestvennыe osobennosti uzbekskix narodnыx knig”, Tashkent,
1974.
6.
O’zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. III – tom. T-:1978 yil. “Fan”, B-173.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
830
7.
Аkbutaev X. “Ideyno – xudojestvennыe osobennosti uzbekskix narodnыx knig”, Tashkent,
1974.
8.
Oqbutaev X. “Oʼzbek xalq kitoblarida avtorlik masalasi”. M.T.Oybek nomidagi Termiz
DPI tezislar toʼplami, 1972 yil, B-76.
9.
Homidiy H. “Koʼhna Sharq dargʼalari”. T-:1999 yil. “Sharq” nashriyot – matbaa kontserni
bosh tahririyati, B-323.
10.
Tursunov S. va boshqalar. “O’zbekistonda baxshichilik san’atining shakllanishi va
taraqqiyoti”. T-:. 2014 yil. “Fan va texnologiyalar”, B-304.
11.
Jiyanmuratova Gulnoz. Sotsiologiya tarixi. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 466 b. /
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:W7OEmFMy1HYC
12.
Imomov K, Mirzayev T, Sarimsoqov B, Safarov O. “O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi”,
darslik, T-:. “O’qituvchi”, 1990 yil, B-39.
13.
Oqboʼtaev. H. S, Bakirov Q. “Oʼzbek folьklorida termalar”.Termiz davlat universiteti
professor - oʼqituvchilarning XXVIII – ilmiy-nazariy konferentsiya tezislari.Termiz-1996
yil, B-115.
14.
Oqboʼtaev. H. S. “Аlpomish” dostonining oʼrganilish tarixi.Termiz davlat universiteti
professor-oʼqituvchilarning ilmiy-nazariy konferentsiya materiallari. Termiz-1999 yil, B-
83-86.
