Authors

  • Iroda Murodqulova
  • Shoira Omonturdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33078

Abstract

The simile is always explained according to the imagination and creativity of each creator. This article discusses the side effects of similes. We know that simile is created mainly by comparison, but other phenomena besides comparison are also considered to be related to simile.

background image


424

DINIY MATNLARDA O’XSHATISHLARNING LEKSIK XUSUSIYATI

Murodqulova Iroda Sharofiddinovna

TerDu FiLologiya fakulteti 4-bosqich talabasi.

Omonturdiyeva Shoira

Ilmiy rahbar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11243908

Annotatsiya.

O’xshatish har doyim har bir ijodkorning tasavvur olamiga, ijodiga qarab

bayon qilinadi. Mazkur maqolada o’xshatishlarning yondosh hodisalari haqida fikr yuritliadi.

Bilamizki o’xshatish asosan qiyoslash orqali vujudga keladi ammo qiyosdan tashqari boshqa

hodisalar ham o’xshatsihga yondosh hodisa hisoblanadi.

Kalit so’zlar:

o’xshatish, metafra, qiyos, sof qiyosiy konstruksiya, o’xshatish

konstruksiyasi, troplar.

LEXICAL CHARACTERISTICS OF SIMILES IN RELIGIOUS TEXTS

Abstract.

The simile is always explained according to the imagination and creativity of

each creator. This article discusses the side effects of similes. We know that simile is created

mainly by comparison, but other phenomena besides comparison are also considered to be related

to simile.

Key words:

simile, metaphor, simile, pure comparative construction, simile construction,

tropes.

ЛЕКСИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СРАВНЕНИЙ В РЕЛИГИОЗНЫХ

ТЕКСТАХ

Аннотация.

Cравнений всегда описывается согласно воображению и творчеству

каждого создателя. В этой статье обсуждаются побочные эффекты сравнений. Мы

знаем, что сравнение создается главным образом путем сравнения, но к сравнению

относятся и другие явления, помимо сравнения.

Ключевые слова:

сравнение, метафора, сравнение, чистая сравнительная

конструкция, конструкция сравнения, тропы.

Tilshunoslikda o’xshatish va unga yondosh hodisalar mavjud. Ular adabiyotlarda

ya’ni ilmiy adabiyotlarda alohida ajratib berilgan.Xususan o’xshatishlar haqida yondosh

hodisalar sifatida metafra, qiyos yoinki adabiyotshunslikdagi tashbeh ham o’xshatishning

yondosh hodisalari deyishimiz mumkin. Xususan o’xshatishlar haqida yondosh hodisalar

deb M.Mukarramov metafra, sifatlashni D.Xudoyberganova ham metafra va qiyos, Z.Umruqulov


background image


425

qiyosning yondosh hodisalari deb metafra, qiyos, epitetlarni sanab o’tgan. Aslini olganda bu

hodisalarnig barchisi o’zaro yaqin hodisalar bo’lib o’xshatish kostruksiyasining to’rtdan

biri ishtirok etishi yoki etmasligiga qarab turli xil nomlanib o’z shakliy va xususiyatlariga

ega hodisalardir. Bilamizki har bir hodisa o’zining alohida xususiyatlariga ega bo’lib o’xshash

va farqli jihatlari bilan ajralib turadi. M.Mukarramov ta’biri bilan aytganda, o’xshatishning

adabiyotshunoslikda tasviriy vositalalari va badiiylik, obrazliligiga ko’proq urg’u berib

o’rganilsa, tilshunoslikda material sifatida qanday leksik ma’no anglatishi va qanday grammatik

vositalar bilan aks etishi muhim ahamiyatga egadir.

O’xshatishlar sodda ko’chim sanaladi va ma’no ko’chishni oddiydan murakkabga

tomon talqin etish uchun sharoit tug’diradi. Qurilishi jihatdan ko’p tarkibli va har bir tarkibiy

qism haqida alohida so’z yuritishimiz namunaviy tahlil uchun qulay imkoniyat hozirlaydi.

Turli jihatlardan tasniflash imkonini beradi.O’xshatish o’zida leksik xususiyatlarni biriktirib

keladi.

1

Bundan anglashiladiki o’xshatish uchun leksik xususiyatlar alohida ahamiyat kasb

etadi, leksik xususiyat haqida so’z yurutishdan avval leksikaga ta’rif bersak: Leksika(yunincha-

so’zga oid, lug’aviy )-tildagi barcha so’zlar iboralar yig’indisi, tilning lug’at tarkibi

2

degan

ma’noni anglatadi.

O’xshatishlarni leksik, morfologik va sintaktik vositalar yordamida ham tahlil

qilishimiz mumkin misol uchun:

O’xshatishlarning morfologik vositalari: -

day//dek, -namo,

-

larcha, -simon, -dan.

Masalan:

farishtadek beg’ubor, toshday qattiq, guldan nafis, oysimon.

O’xshatishlarning leksik vositalari:

kabi, singari, xuddi, misli, misoli, go’yo.

Misol uchun:

parilar kabi, misli yulduz, tong namozi singari v.h

O’xshatishlarning sintaktik vositalari: bunda ko’proq so’z birikmalari vositasida amalga

oshirilgan o’xshatishlar kiradi.

Ularning ko’zidan quvonch yoshlari oqar qalblari esa

kofirlarga nisbatan nafrat bilan to’lgan edi.(Qaytish va qasd 105- bet)

Ushbu misoldan

anglashiladiki bu yerdagi sintaktik birikma sifatida olingan

ko’zlaridan quvonch yoshlari oqar.

Ushbu so’z birikmasining leksik ma’nosiga qaraydigan bo’lsak inson ko’z yosh to’kadi

ammo uni qay maqsadda ko’z yosh to’kishi insonlar o’xshatishi bilan bog’liq hodisa. Bu

ko’z yoshlarni g’am- qayg’u ko’z yoshlari yoki quvonch ko’zyoshlari deyish ham mumkin. Bu

jarayon insonlarning ichki kechinmalari bilan bog’liq hodisa.Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan

bo’lsak quvoch yoshlari xursandchilikdan ya’ni quvochdan yig’lashni anglatgan.

1

Usmonov F.O’zbek tilidagi o’xshatishlarning lingvomadaniy tadqiqi: Filol.fan.b.f.d-ri diss.-Toshkent ,2020.-b.150

2

Wikipedia


background image


426

M.Mukarramov o’xshatishlarda so’zlar o’z ma’nolari bilan qiyoslansa, metafra

doimo ko’chma ma’noda qo’llanishi; o’xshatishda ikki komponent o’xshatiluvchi obyekt

va o’xshatma belgi mazmunini ham o’zida olib kelishi; ya’ni metafra bir komponentli

ekani; o’xshatishlar kengayib, birikma, bir gap,hatto bir necha abzas holida kelishi mumkinligi;

metafralar esa bunday kengayish xususiyatiga ega emas va ular ko’chma ma’nolikni

ifodalagan bir so’zdan yoki so’z birikmasidan iborat bo’lishi; o’xshatishlar ko’pincha

–day//dek, -simon, -larcha, kabi, singari o’xshamoq va boshqa vositalar orqali yuzaga

kelishi, metafralarda bu vositalarga ehtiyoj sezilmasligini aytib o’tgan. O’xshatishlar badiiy

matnlarda ko’proq aksini ko’rsatishi ularda o’xshatish qiyosning mavjudli o’xshatish

komponentlarini ishtirokini ushbu misol orqali ham ko’rishimiz mumkin.Masalan:

Ushbu misolimizda o’xshatish etaloni vazifasini bajaruvchi so’z buloq so’zi bo’lib

ot so’z turkumi, o’z qatalam, yasalmagan, gapda ot kesim vazifasini bajarmoqda. Bu yerda

namoz o’qishning uni bajo keltirishning mashaqqatini yaxshiliklar bulog’iga o’xshatilayapti

ya’ni bu yerda uch komponent ishtirok etgan namozni subyekt deb qaraydigan bo’lsak,asos

yaxshilik, o’xshatish etaloni esa bulog’dir. Anglashimiz mumkinki metafrdada o’xshatish

vositasiga hech qanday ehtiyoj sezilmadi.Yoinki, ushbu misolga e’tibor qaratsak:

Xatolar

ko’prikning chirigan yog’ochlaridir.(“Hidoyat” jurnali )

O’xshatish va metafora qo’llanishida sema tarkibi va shaklning bu xil farq qilinishi

uslubiy jihatdan bu ikki tropni farqlaydi. O’xshatishda hamma semalarning yuzaga chiqishi

mazmunan, o’xshatuvchi unsurlarning ishtirok etishi shaklan o’xshatilayotgan va o’xshayotgan

narsani bir butun deb tasavvur qilishga to’siq bo’ladi. Metaforada esa go’yo bu chegara

olinadi va ular bir butundek - bittadek tushuniladi

3

.

Alloh yo’lida do’stlashganlarning yuzlaridan nur taralib turarkan.Boshqa Jannat

ahillari Olloh do’stlashganlarning nurni go’zallikni ko’rish uchun boshqa Jannat ahillari

yuringlar Alloh yo’lida do’stlashganlarni ko’ramiz deb chaqirarkanlar.Qachon ularni ko’rsalar

ularni husnlari,go’zalliklarni Jannat ahliga nur taratib turarkan xuddi dunyo ahliga quyosh

nur sochgandek

(

o’xshatish) ( Nuriddin Xoliqnazarov ma’ruzasi

) barchamizga ma’limki ,Jannatni

hech kim ko’rmagan u yerdagi ne’matlarning shakli tuzilishi qanday holatda ekanligini esa

faqatgna eshtganmiz va ular predmet yoki osmon jismlariga o’xshatib qiyoslagan holda faraz

qilishimiz mumkin. Shu sababli ham alloh yo’lida do’stlashgan insonlarning yuzlaridan shunday

nur taralar ekanki bu dunyoda quyosh bizga nur sochib turganga o’xshar ekan.

3

Qobuljonova . G Metafraning sistemaviy lingvistik talqini:Filol.fan.nomz.diss.-Toshkent,200.-b.56.


background image


427

Tilshunoslikda qiyoslash keng ma’noda ma’lum bir millatning tarixiy taraqqiyoti

natijasida ega bo’lingan bilimlarning natijasi aks etgan lisoniy o’xshashlik sifatida talqin

etiladi. Psixologiyada qiyoslash amaliyoti inson tomonidan tevarak atrof olamni, unda o’zining

o’rnini idrok etishdagi, shuningdek kognitiv-kommunikativ masalar yechimiga qaratilgan eng

muhim operatsiyalardan biri sifatida tan olinadi. Har qanday mantiqiy baho munosabatining

asosida aynan shunday operatsiya yotadi, deb hisoblanadi.

4

“Qiyoslash,-deydi olim, -bilingan

narsa –xususiyat vositasida bilinmagan narsa-xususiyatni osonlik bilan bilish imkoniyatini

beradi, masalan, toshning kattaligi bilingan xususiyat bo’lsa, endi boshqa narsalarning shu

xususiyati toshga qiyosan (toshdan qattiq)yoki toshga o’xshatish orqali (toshday qattiq)osonlik

bilan idrok etilaverishi mumkin”.

Tilshunoslikda, odatda, qiyoslashning maqsadidan kelib chiqib,uning ikki turi farqlanadi:

1)Sof qiyosiy konstruksiy;

2)O’xshatish konstruksiyasi.

Sof qiyosiy konstruksiya- ikki predmet yoki tushuncha ular o’rtasidagi farqni ko’rsatish

maqsadida qiyoslangan bo’lsa, shakllanadi (masalan, yer toshdan qattiq).O’xshatish

konstruksiyasi- qiyoslash o’xshatish maqsadini ko’zda tutganda,shakllanadi (masalan,yer

toshday qattiq). Sof qiyosga qaraganda o’xshatishlar nutqda sezilarli darajada katta badiiy-

uslubiy va lingvopoetik imkoniyatlarga ega bo’lgan konstruksiyasidir. Shuning uchun ham

o’xshatishlar dunyo filologiya ilmida eng qadimgi davrdan boshlab nutq ta’sirchanligini

ta’minlaydigan vosita sifatida tadqiqotchilarning diqqat markazida bo’lib kelgan.

5

Yuqoridagi

fikrlardan anglashiladiki o’xshatish va qiyos o’zaro bog’liq holda bo’lib o’xshatishda

o’xshatilayotgan narsaning sifatini vositasini o’xshata olish ya’ni aniq yoki mavhum o’xshatish

orqali aniqlanadi, qiyosda esa ikki predmet yoki hodisani o’zaro bir biri bilan taqqoslash

natijasida yuzaga chiqadi ammo o’xshatishda budnay holat kuzatilmaydi. Masalan:

Minnat tufayli qilgan ezgu amallarimizga soya tushadi,saxovatimizga putur yetadi,Bu

haqida Alloh Qur’oni karimda bunday dedydi: “Ostingdan anhorlar oqib turadigan,xurmoyu

mevalari mol bog’ egasi keksayib,notavon (yosh)bolalari bilan qolgan paytida o’sha bog’ni

olovli to’fon urub yonib ketishini xohlaydimi?!Tafakkur qilsangiz,deb Alloh o’z oyatlarini

sizlarga shunday bayon qiladi”(Baqara surasi 266 –oyat)(mehrob.uz)

Ushbu oyatda Alloh

yo’lida qilingan xayrli ishlar,savob amallar serhosil boqqa qiyos qilinib ,o’tli bo’ron bog’ni

4

Самойленко Е.С.Проблемы сравнения в псичологическом исседовании.-М.:Институт психологии

РАН,2010.-С.8.

5

Mahmudov H,Xudoyberganova D.O’zbek tili o’xshatishlarining izohli lug’ati.-Toshkent:Ma’naviyat,2013.-b.4.5.


background image


428

kuydurganidek, sadaqa va saxovat ketidan qilingan minnat solih amallarni yo’qqa chiqarishga

qodir ekanligi aytilgan. Qiyos sifatida olingan bog’ so’zimiz ot so’z turkumi, o’z qatlam,

yasalmagan gapda esa to’lduruvchi vazifasida kelgan.

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki,o’xshatish va unga yondosh hodisalar deb o’xshatish

komponentlarining to’rtdan biri ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligiga qarab turli xil

nomlanadi.O’xshatishga yondosh hodisa hisoblangan qiyosda ko’proq –dan affiksi faoldi va

shu orqali aniqlashimiz mumkin.O’xshatish va metafra orqasidagi farq esa ikki komponent

ko’proq rol o’ynaydi ya’ni o’xshatish etaloni va o’xshatish asosi faol qatnashadi.

REFERENCES

1.

Usmonov F.O’zbek tilidagi o’xshatishlarning lingvomadaniy tadqiqi: Filol.fan.b.f.d-ri

diss.-Toshkent ,2020.-b.150

2.

Qobuljonova. G Metafraning sistemaviy lingvistik talqini: Filol.fan.nomz.diss.-

Toshkent,200.-b.56.

3.

Самойленко Е.С.Проблемы сравнения в псичологическом исседовании.-

М.:Институт психологии РАН,2010.-С.8.

4.

Mahmudov H,Xudoyberganova D.O’zbek tili o’xshatishlarining izohli lug’ati.-

Toshkent:Ma’naviyat,2013.-b.4.5.

5.

M.Mukarramov.O’zbek tilida o’xshatish [matn]. –Toshkent:O’zbekiston SSR Fan

nashriyoti 1976.-86 b

6.

www.wikipedia.org//religioustexts

References

Usmonov F.O’zbek tilidagi o’xshatishlarning lingvomadaniy tadqiqi: Filol.fan.b.f.d-ri diss.-Toshkent ,2020.-b.150

Qobuljonova. G Metafraning sistemaviy lingvistik talqini: Filol.fan.nomz.diss.-Toshkent,200.-b.56.

Самойленко Е.С.Проблемы сравнения в псичологическом исседовании.-М.:Институт психологии РАН,2010.-С.8.

Mahmudov H,Xudoyberganova D.O’zbek tili o’xshatishlarining izohli lug’ati.-Toshkent:Ma’naviyat,2013.-b.4.5.

M.Mukarramov.O’zbek tilida o’xshatish [matn]. –Toshkent:O’zbekiston SSR Fan nashriyoti 1976.-86 b

www.wikipedia.org//religioustexts