ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
999
OILA MODELLARINING XUSUSIYATLARI
Ravshanova Sitoraxon Xaitali qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
“sotsiologiya” yo‘nalishi 1-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11275946
Annotatsiya. Ushbu maqolada oilaning an’anaviy, zamonaviy va innovatsion modellari
tahlil qilingan. Shuningdek, oiladagi yetakchilik muammosi, oila a’zolarining majburiyatlarini
anglashi, bir-birlariga hurmat va o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lishi kabi xususiyatlari tadqiq
qilingan va 3 oila turidan qaysi biri ko‘proq amalda ekanligi ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar: Oila, oila modellari, an’anaviy oila, zamonaviy oila, innovatsion oila,
Abdulla Avloniy, “Turkiy Guliston yoxud axloq”.
CHARACTERISTICS OF FAMILY MODELS
Abstract.
Traditional, modern and innovative models of the family are analyzed in this
article. Also, characteristics such as the problem of leadership in the family, understanding of
family members' obligations, respect for each other and good relations with each other were
studied, and which of the 3 types of families is more practical was considered.
Key words: Family, family models, traditional family, modern family, innovative family,
Abdulla Avloni, "Turkish Gulistan or ethics".
ХАРАКТЕРИСТИКИ СЕМЕЙНЫХ МОДЕЛЕЙ
Аннотация.
В статье анализируются традиционные, современные и
инновационные модели семьи. Также были изучены такие характеристики, как проблема
лидерства в семье, понимание обязанностей членов семьи, уважение друг к другу и хорошие
отношения друг с другом, а также рассмотрен какой из 3-х типов семьи более
практичный.
Ключевые слова: Семья, модели семьи, традиционная семья, современная семья,
инновационная семья, Абдулла Авлони, «Турецкий Гулистан или этика».
Oila
— nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining
birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bogʻlangan.
Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson
zot
ini davom ettirishdan, bolalarni
tarbiya
lashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh
vaqt
ini samarali uyushtirishdan
iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy,
iqtisodiy,
mafkura
viy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga
muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.[1]
Dunyo amaliyotiga nazar tashlansa, oila modeli uchta asosiy turga ajratiladi: an’anaviy,
zamonaviy va innovatsion oila. Ushbu modellar parallel tarzda harakatda bo‘lishi mumkin, biroq
yaqqol ifodalangan tarixiy ketma-ketlikka ega.
An’anaviy oila modelida erkaklar va ayollarning roli anniq taqsimlangan va biriktirilgan
bo‘ladi. Erkak- moliyaviy resurslar to‘plangan oila boshlig‘i va asosiy qarorlarni u qabul qiladi.
Shu munosabat bilan oila ichidagi rollarning biriktirilishi paydo bo‘ladi. Ayol erkakka bo‘ysunadi,
u uy yumushlari va farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Bolalar o‘z navbatida, ota-onalariga
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1000
bo‘ysunadilar, har qanday oila a’zosining nufuzi uning jinsiga va yoshiga bog‘liq. Oilaviy
qadriyatlar “ota-onalar- bolalar” munosabati uchun asos hisoblanadi.
“Zamonaviy oila modeli”da esa, ayolning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy maqomi oshishi oila
ichidagi rollar va oila hayoti me’yorlarining o‘zgarishiga olib keladi. Ota-ona professional
karyerasini va oilaviy majburiyatlarini mutanosib ravishda (tengma-teng) olib boradi.
Farzandlarga tadbirkorlik ko‘nikmalari va mustaqil bo‘lish fikri singdirib boriladi.
Innovatsion oila modeli esa, jamiyatni rivojlantirish istiqbollari, jahon iqtisodiyoti
talablariga hamohangdir. Bu, bir tomondan asosiy madaniy qadriyatlar va munosabatlarning
avlodlararo aylanishini, boshqa tomondan esa oila muammolarining alohida emas, balki global
tarzda namoyon bo‘lishiga e’tibor qaratiladigan, shuningdek, har tomonlama rivojlangan shaxsni
shakllantirish, innovatsion g‘oyalarni yaratish va amalga oshirishga qodir bo‘lgan yoshlar sonini
oshirish mas’uliyatini nazarda tutadi.[2]
Yosh avlodni ota-bobolar va onalar o‘gitlari, turmush tarzi asosida oilaviy hayotga
tayyorlash oliy ta’lim tizimi oldida turgan muhim va mas’uliyatli vazifalardan biri bo‘lmog‘i
lozim. Har bir ota-ona o‘z farzandini dunyodagi eng tolei baland, ma’rifatli va saodatli bo‘lishini
istaydi va bunga erishish yo‘lida harakat qiladi. Bolaparvarlik xalqimizning qalbiga singib ketgan
fazilatdir. Farzand Alloh tomonidan ato etilgan ulug‘ ne’mat bo‘lishi bilan birga, u ota-onaga
topshirilgan mas’uliyat hamda omonat hamdir. Bu borada ota-onalarning oilada farzand tarbiyasi
va ma’naviy-axloqiy, ruhiy va jismoniy kamoloti uchun zarur bo‘lgan ijobiy ota-onalik
ko‘nikmalarini o‘zlashtirib borishi katta ahamiyatga ega.
Farzandlar oila mustahkamligini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Oilada
ulg‘ayadigan bolaning qanday inson bo‘lib shakllanishi, eng avvalo ota-onaga bog‘liq.
Tarbiya shaxsning ma’naviy va aqliy qiyofasini, qolaversa butun taqdirini belgilovchi
omil. Oiladagi ma’naviy muhit, shaxslararo munosabatlar, bolaning tarbiyasida juda katta rol
o‘ynaydi. Ulug‘ mutafakkir Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobida “Alloh
taollo insonlarni asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi bilan yomonni, foyda bilan zararni, oq
bilan qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya
bilan bo‘lur. Qush uyasida ko‘rganini qilar”, deydi.[3]
Farzandlarning xulqiga e’tibor berish juda zarur. Ota-onalar o‘z farzandlariga ijobiy
fazilatlarini oldindan ko‘ra olishlari kerak. “Odamga bolalikdan singdirilgan odatlar yosh daraxt
tanasiga o‘yib yozilgan harflarga o‘xshaydiki, ular daraxt bilan birga o‘sadi, voyaga yetadi,
daraxtning tarkibiy qismiga aylanib qoladi”, deydi Viktor Gyugo. Ota-onalar qancha ko‘p tanbeh
bersalar, yomon axloq shuncha ko‘p takrorlanadi. Ular ko‘plab tanbeh olishganda bolalar o‘zini
yomon tutishi kerak bo‘lgan yomon bola sifatida tushinishni boshlaydilar. Shunday tarzda ular o‘z
xulqlarini tuzatish uchun motivatsiyani his qilmaydilar. Ota-onalar bilishadiki, eng samarali
yondashuv o‘z bolalarining yaxshi sifatlarini tan olish va e’tirof etish hisoblanadi.Buni bajarish
uchun barcha imkoniyatni ishga solishga to‘g‘ri keladi, shunda tezda farzandlarning xulqi
yaxshilanadi.
Ijtimoiy-falsafiy asarlarda oila va oila munosabatlari bir qancha vektorlarda ko‘rib
chiqilgan. Xususan, Sharq allomalari Mahmud Zamaxshariy, Muhammad Sharif al Buxoriy,
Nasriddin Burxoniddin Rabg‘uziy, Rizouddin Ibn Faxruddin, Husayn Voiz Koshifiy, Alisher
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1001
Navoiy, buyuk jadidchi Abdurauf Fitrat va boshqalarning asarlarida oila masalalari bo‘yicha ulkan
meros qoldirilgan.[4]
Yurtimizda oila modellari bo‘yicha sobiq “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi izlanish
olib borgan bo‘lib, hozirda u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-
iyundagi 367-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti sifatida faoliyat
yuritmoqda. Sobiq markaz tomonidan 2018-yil o‘tkazilgan tadqiqot natijasida oila modellari
tasniflanib, ularning xususiyatlari, qadriyatlari va ularga nisbatan xalq fikri o‘rganilib chiqilgan.[5]
An’anaviy, zamonaviy va innovatsion oila modellari O‘zbekistonda parallel, biroq turli
miqyoslarda ishlab turibdi. An’anaviy oila modeli ko‘proq uchraydi. Yirik shaharlarda ta’lim
olishga, sog‘lom turmush tarziga va moddiy farovonlikka asoslangan zamonaviy oila modeli keng
tarqalgan. Faqat oilalarning kichik qismigina innovatsion modelga kiradi. Bu oilalar yuqori ijodiy
va ilmiy potensialga ega bo‘lib, ularda oila a’zolarining nuqtai nazari o‘z oilasining shaxsiy
muammolariga emas, balki jamiyatning muammolariga qaratilgan. Bunda oilaviy qadriyatlar va
oila an’analari “er va xotin” “ota-ona-farzandlar” munosabatlari uchun negiz bo‘lib qoladi.
Oila modelining o‘zgarishlari oilaviy qadriyatlar va oila-nikoh munosabatlari
normalarining ham o‘zgarishiga, xususan, ko‘p avlodli oilalardan chekinishga, individualizm
qadriyatlarining o‘sishi va norasmiy ittifoqlarning (ro‘yxatdan o‘tkazilmagan “fuqarolik”
nikohlari) tarqalishiga olib keladi. Bundan tashqari, turmush sharoitlarining o‘zgarishlari
(urbanizatsiya), ayollarning ijtimoiylashuvi ajrashishlar sonining o‘sishi, yolg‘iz onalarning
ko‘payishi va boshqa noxush oqibatlarga olib keladi. Bunday hodisalalarning oqibatlari
farzandlarga, er-xotinning o‘ziga va umuman, jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa shuki, O‘zbekiston oilalarining ko‘z o‘ngida an’anaviy oila – bu o‘zaro hurmat va
hamjihatlik asosida qurilgan, oila boshlig‘ining yuqori obro‘si va yoshi kattalarni qadrlash hamda
farzandlar haqida qayg‘urish bilan tavsiflanadigan bir necha avlodli oiladir.
Oila barqarorligi yoshlarning aqliy rivojlanish, darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Zotan, har bir yigit-qizdan aqliy rivojlanish, tafakkur va intellektual qobiliyat, nikohga
kirishning mohiyati va kelajakda o‘z oilasi oldida mas’uliyatni his etishini ta’minlaydi. Bugungi
kunda nazarimizda turli axborot manbalari orqali kirib kelayotgan yevropacha oilaviy hayot tarzi
yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmayapti. Shuning uchun ham yosh avlodni oilaviy
hayotga tayyorlash muammosiga Respublikamizda mustaqillik yillarida ayniqsa bugungi kunda
har tomonlama e’tibor kuchaytirilib, bunga oila bilan bir qatorda maktab, mahalla, o‘quv yurtlari,
jamoat tashkilotlari, har bir fuqaroning mas’ulligiga e’tibor qaratildi va oila muammosi davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi.
REFERENCES
1.
H.T.Husanova, G.G.Tagieva Oila va gender sotsiologiyasi. Darslik.-Samarqand: SamDU
nashriyoti, 2021.-304.
2.
N.Tolibov “Oila ijtimoiy-madaniy qadriyat sifatida (O‘zbekiston va Janubiy Koreya
misolida)” mavzuidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1002
3.
Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”
Davlat ilmiy nashriyoti,-2004
4.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi. T., 2020 y
