ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1011
VAXTA USULIDA ISHLOVCHI SHAXSLARNING MEHNATINI HUQUQIY
JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O’razaliyeva Rushana Abduvahob qizi
Navoiy viloyati yuridik texnikumi.
Telefon: +998918560510.
Orazaliyevarushana@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.11277131
Annotatsiya. Ushbu maqola Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatini huquqiy
jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Vaxta usulida ishlash, vahta usulida ishlovchilarga ish haqi to’lash, ta’til
muddatlari, vahta shaharchalari, o’rmon xo’jaligi, energetika obyektlari.
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF LEGAL REGULATION OF THE WORK
OF PART-TIME WORKERS
Abstract. This article talks about the specific features of the legal regulation of the labor
of persons working in the Vakhta method.
Key words: Hourly work, payment of wages to hourly workers, vacation periods, hourly
settlements, forestry, energy facilities.
ОСОБЕННОСТИ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ТРУДА
СОВМЕСТНИКОВ
Аннотация. В данной статье говорится об особенностях правового регулирования
труда лиц, работающих повременным методом.
Ключевые слова: почасовая работа, оплата труда почасовикам, периоды отпусков,
почасовые расчеты, лесное хозяйство, энергетические объекты.
Xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta’minlash imkoni bo‘lmagan
taqdirda hamda ish joyi ish beruvchining joylashgan joyidan sezilarli darajada uzoq masofada
joylashganda, ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy shuningdek boshqa obyektlarni qurish,
ta’mirlash yo bo’lmasa rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis
hududlarda yoki alohida tabiiy sharoitlarga ega bo‘lgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan
foydalanishni ta’minlash uchun, shu bilan birga, boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga
oshirish uchun bajariladigan ishlar
vaxta usulidagi ish
hisoblanadi.
Quyidagi holatlarda vaxta usulida ishlashni qo‘llash mumkin:
-o‘rmon xo‘jaligi, geologiya-qidiruv, aloqa hamda temir yo‘l transporti tashkilotlarida;
-qurilish-montaj, shu bilan birga, rekonstruksiya-ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan
qurilish tashkilotlarida;
-energetika obyektlaridan foydalanishda (ekspluatatsiya qilishda);
-neft hamda gaz sanoati obyektlarida, shuningdek, quvur o‘tkazuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi
va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar hamda quvur transporti tashkilotlarida;
-rangli hamda qimmatbaho metallar, ko‘mir va boshqa tabiiy boyliklar konlarini
o‘zlashtirishda;
-vaxta usuli qo‘llangan tashkilotlar xodimlariga xizmat ko‘rsatayotgan tibbiy, savdo va
umumiy ovqatlanish, transport tashkilotlarida;
-avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda boshqa tashkilotlarda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1012
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq to‘lash O’zbekiston Respublikasi
Mehnat kodeksining 472-moddasiga ko’ra quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-vaxta vaqtida bajarilgan ish uchun haq to‘lashni;
-vaxtada ortiqcha ishlangan vaqt uchun vaxtalar oralig‘idagi qo‘shimcha dam olish
kunlariga haq to‘lashni;
-vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama haqni va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki
mehnat haqidagi boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan o‘zga to‘lovlarni.
Agar jamoa shartnomasida, ichki hujjatda yoki mehnat shartnomasida yuqoriroq haq
to‘lash belgilanmagan bo‘lsa, vaxtadagi ish jadvali doirasidagi ish vaqtida ortiqcha ishlaganlik
munosabati bilan har bir dam olish kuni (vaxtalar oralig‘idagi dam olish kuni) uchun kunlik tarif
stavkasi, kunlik stavka (bir kunlik ish uchun maoshining bir qismi) miqdorida haq to‘lanadi.
Vaxta usulida ishlovchi shaxslar uchun vaxta davrida ishlarni bajarish joylarida bo‘lgan
har bir kalendar kun uchun, shuningdek ish beruvchining joylashgan eridan (yig‘ilish punktidan)
ish joyigacha borish va orqaga qaytish chog‘ida yo‘lda bo‘lingan haqiqiy kunlar uchun sutkalik
o‘rniga vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama to‘lanadi.
Maxsus tashkil etilgan vaxta shaharchalari yoki boshqa ish beruvchi hisobidan
moliyalashtiriladigan turar joy binolarida, yotoqxona, mehmonxona va boshqa turar joylarda
Xodimlar obyektda bo‘lgan paytda yashashlari mumkin.. Xodimlarning turar joylari kerakli
jihozlar hamda maishiy texnikalar bilan ta’minlangan, tibbiy va maishiy xizmat ko‘rsatish tashkil
etilgan bo‘lishi shart.Bunday obyektlarda texnik va maishiy xizmatlar tegishli smena xodimlari
tomonidan ko‘rsatiladi.
Vaxta usulidagi ishlarni amalga oshirishda, odatda bir oy, bir chorak yoki boshqa uzoq
muddatli, lekin 12 oydan ko‘p bo‘lmagan davr uchun jamlab hisob yuritiladi.
Hisobga olinadigan davr xodimning vaxtada bo‘lgan davridagi ish vaqti, ish beruvchining
joylashgan joyidan yoki to‘planish joyidan ish bajariladigan joyga borish hamda qaytish chog‘ida
yo‘lda bo‘lish, mazkur kalendar davrga to‘g‘ri keladigan dam olish vaqtini qamrab oladi.
Bunday holatda hisobga olingan davr uchun har kungi ish vaqtining maksimal davomiyligi
12 soatdan oshmasligi kerak.
REFERENCES
1.
2.
3.
4.
5.
6.
