Authors

  • Aliyor O’rozboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33255

Abstract

This article is about the developing mutual cooperation between the Republic of Uzbekistan and the United Nations. Relations between the UN and other international organizations of Uzbekistan, mutual exchange, historical and cultural dialogues, mutual agreements and agreements were highlighted and analyzed based on sources.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1032

O’ZBEKISTON VA BMT HAMKORLIGI (2016-2023)

O’rozboyev Aliyor G’anisher o’g’li

Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti,

Tarix yo’nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11285359

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar tashkiloti

o‘rtasidagi rivojlanib borayotgan o‘zaro hamkorliklar haqida. O’zbekistonning BMT, va boshqa
xalqaro tashkilotlari o’rtasidagi aloqalar, o’zaro almashinuv, tarixiy-madaniy muloqotlar, o’zaro
kelishuv va bitimlar manbalar asosida yoritildi va taxlil etildi.

Kalit so‘zlar:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, vakolatxona, inson huquqlari, sessiya,

xalqaro huquq, hamkorlik.

СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И ООН (2016-2023 гг.)

Аннотация.

Данная статья посвящена развитию взаимного сотрудничества

между Республикой Узбекистан и Организацией Объединенных Наций. На основе
источников были освещены и проанализированы отношения между ООН и другими
международными организациями Узбекистана, взаимный обмен, историко-культурный
диалог, взаимные соглашения и соглашения.

Ключевые слова:

Организация Объединенных Наций, права человека, сессия,

международное право, сотрудничество.

COOPERATION OF UZBEKISTAN AND THE UN (2016-2023)

Abstract.

This article is about the developing mutual cooperation between the Republic of

Uzbekistan and the United Nations. Relations between the UN and other international
organizations of Uzbekistan, mutual exchange, historical and cultural dialogues, mutual
agreements and agreements were highlighted and analyzed based on sources.

Key words:

United Nations, representation, human rights, session, international law,

cooperation.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyodagi 200 ga yaqin mamlakat a’zo bo’lgan eng yirik

xalqaro tuzilma hisoblanib, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga, davlatlar o’rtasidagi
hamkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan, davlatlar xalqaro hayoti va hamkorligining barcha
yo’nalishlarida faoliyat ko’rsatadigan betakror, tarixan universal tashkilotdir.

O‘zbekiston va BMT o‘rtasida keng miqyosdagi loyihalarini yanada rivojlantirish, uning

mamlakatimizdagi vakolatxonasi va o‘nga yaqin agentlik faoliyatini takomillashtirish uchun
barcha shart-sharoit va imkoniyatlar vujudga keltirilgan. Zero, O‘zbekiston mazkur xalqaro
tashkilotning ijtimoiy sohadagi muammolarni hal etish bo‘yicha nufuzini saqlash, obro‘-e’tiborini
yanada oshirish, u bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan manfaatdordir.

BMTning O‘zbekiston bilan bevosita hamkorligi masalasiga to‘xtalagidan bo‘lsak, bu

aloqalar, avvalo, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, Markaziy Osiyoni yadro
qurolidan xoli zona deb e’lon qilinishi tamoyilini rivojlantirish va amaliyotga tatbiq qilish,
mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti, fuqarolik jamiyati institutlari va demokratik
qadriyatlarni qaror toptirish yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liqdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1033

O‘zbekiston BMT bilan aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga intilib, dunyo

miqyosida hamda mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xalqaro xuquq tartibotini
mustahkamlashga munosib xissa qo‘shib kelmoqda. Davlatimizning avvalo milliy
manfaatlarimizga tayangan, izchil va samarali tashqi siyosati jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof
etilib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborining ortishiga xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, Yurtboshimizning zamonaviy tahdidlarning oldini olish, global va mintaqaviy

xavfsizlik tizimini mustahkamlash, BMT va uning tuzilmalari, birinchi navbatda, Xavfsizlik
Kengashini davr talablari asosida isloh etish borasidagi taklif va tashabbuslari beqiyos ahamiyat
kasb etadi.

O‘zbekiston nuqtai nazariga ko‘ra, hozirgi tezkor va tahlikali davrda insoniyat

taraqqiyotini chigallashtirishi mumkin bo‘lgan turli tahdid va mojarolarning oldini olishda BMT
asosiy vosita bo‘lishi kerak.

Shuningdek, O‘zbekistonni BMTning YUNESKO va boshqa tashkilotlari bilan o‘zaro

manfaatli hamkorligi ham o‘smoqda. Fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, terrorchilik va
ekstremizmga qarshi kurash sohasidagi o‘zaro hamkorliklar mamlakatimiz farovonligini
yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston BMT doirasidagi xalqapro
aloqalar bilan cheklanib qolgani yo‘q. Bu kabi munosabatlar Osiyo, Afrika, Yevropa, Amerika
qit’alaridagi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar ha rivlanib bormoqda. Ayniqsa,
O‘zbekiston davlati Shanxay Hamkorlik Tashkiloti faoliyatidagi ishtirokida turli tashabbuslar
bilan chiqib, mintaqada tinchlikni saqlashga katta hissa qo‘shmoqda.

1.O‘zbekistonning mustaqillikka erishib, xalqaro munosabatlar subektiga aylanishi, unga

BMTning to‘la huquqli a’zo bo‘lishi uchun xalqaro huquqiy asos yaratib berdi.

2.O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligi to‘la teng huquqlilik va o‘zaro ishonch asosiga

qurilgandir. Mamlakatimizning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyatni tiklash, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va
boshqa sohalarni ham qamrab olmoqda. Bunda bir tomonning boshqasiga nisbatan imtiyozga ega
bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

3.Endilikda O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari bilan ikki

tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorligi keng tus olmoqda. Bu hamkorlikda inson huquqlari va
erkinliklarini himoya qilish ham yetakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. BMT mamlakatimizda
inson huquqlarini himoya qilish sohasida olib borilayotgan ishlarga beg‘araz yordam bermoqda.

Bu yordam BMTning inson huquqlari va boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash dasturiga

asoslangan holda amalga oshirilmoqda.

4.O‘zbekistonda demokratiyalash jarayonlarining chuqurlaishib borishi mamlakatimizning

BMT bilan aloqalari va hamkorligining yanada kengayib borishiga asos bo‘lmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi BMT bilan hamkorlikni va o‘zaro munosabatlarni tobora chuqurlashtirish
tashabbuskori bo‘lishi bilan birga, bu xalqaro tashkilotning inson huquqlari va erkinliklarini
himoya qilishni ta`minlaydigan qudratli tashkilotga aylanishining tarafdori bo‘lib qolmoqda,

5.YUNESKOning bir qator xalqaro konvensiya va deklaratsiyalariga qo‘shilishi

O‘zbekistonni makon madaniy hamjamiyatiga integratsiyalashuvning huquqiy asosi bo‘lib xizmat
qilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1034

6.O‘zbekistonning YUNESKOning boshqaruv organlarida ishtiroki to‘g‘rsida masalasini,

umuman xalqaro tashkilotlar tushunchasini tashkil etadigan asosiy belgilardan biri bo‘lgan,
ularning doimiy organlarining yoki unga tegishli tashkiliy tuzilmasi masalasini o‘rganib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyevning ilk marta Bosh Assambleyada 2017 yil 12- sentyabrda, BMTning

Nyu-Yorkdagi bosh shtab-kvartirasida qilgan chiqishi, ayniqsa, Tashkilot Bosh Assambleyasining
75-sessiyasida o’zbek tilida so’zlagan nutqi O‟zbekiston-BMT munosabatlarining yangi
bosqichini boshlab berdi. Mirziyoyev 75-sessiyadagi nutqida quyidagilarni bayon qildi:

• Pandemiya davrida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
• Yoshlar siyosati
• Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik
• Afg’onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilishi
• Global iqlim o’zgarishi va Orol muammosi
• Jahonda qashshoqlikka qarshi kurashish
Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi o’zbek tilidagi

chiqishi O’zbekiston-BMT hamkorlik munosabatlarini rivojlantiribgina qolmay, ona tilimiz-
o’zbek tilining xalqaro maydondagi nufuzini ham oshirdi. O’zbekistonning Xalqaro
hamjamiyatdagi o’rni, diplomatiyasi va BMT prinsiplariga mos keluvchi olib boradigan siyosatini
e’tirof etmoq kerak. Jumladan, BMT inson huquqlari bo’yicha kengashining 46-sessiyasida nutqi
bilan ishtirok etgan O’zbekiston prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O’zbekiston Inson huquqlari
bo’yicha kengash a’zosi sifatida Xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umum e’tirof etilgan
prinsip va normalarini qat’iy himoya qiladi va faol ilgari suradi” so’zlari ham bu fikrni tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabr kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. Ularni
amalga oshirish doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari
muntazam o‘tkazilmoqda. Xususan, ikkinchi shunday uchrashuv o‘tgan yili noyabr oyida
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

2018 yil mart oyida poytaxtimizda Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro

konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi, uning yakunida afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini
boshlash bo‘yicha o‘ziga xos “yo‘l xaritasi”ga aylangan deklaratsiya qabul qilingan edi.

O‘sha yilning dekabr oyida esa BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy

bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bugungi kunda BMTning Yoshlar huquqlari
bo‘yicha konvensiyasi loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu konvensiyaning
dolzarbligi joriy yil avgust oyida o‘tgan “Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror
taraqqiyot va inson huquqlari” Samarqand forumining xalqaro ishtirokchilari tomonidan yana bir
bor qayd etildi.

Ikki yil avval tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p

sheriklik asosidagi Trast fondi amaliy faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar

jahon hamjamiyati tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentyabr kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Vatanimiz tarixida birinchi
marta o‘zbek tilida nutq so‘zladi. Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasi sessiyasi tarixda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1035

birinchi marta butunlay yangi formatda — koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot
rejimida bo‘lib o‘tayotganliini qayd etdi. ‘Bunday global falokat sayyoramizda so‘nggi yuz yilda
kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatdi. Hozirgi tahlikali
va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda
muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi’, — dedi u. ‘Shu
yo‘lda barchamiz hukumatlar, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro
sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va
salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik. Maqsadimiz — har
bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli
global tizimni birgalikda yaratishdir’, — deya ta’kidladi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy

majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi. Ushbu hujjatda har bir
davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi
lozim.Shuningdek, Prezident tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrishning inqirozli vaziyatda oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan sammitni o‘tkazish
bo‘yicha taklifini ma’qullashini ta’kidladi. Ushbu sessiyada Pandemiya davrida xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish, Yoshlar siyosati, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik,
“Afg‘oniston — Markaziy Osiyoning ajralmas qismi”, Global iqlim o‘zgarishi va Orol muammosi,
Jahonda qashshoqlikka qarshi kurashish kabi bir qator muhim masalalar ham Yurtboshimiz
tomonidan ta’kidlangan edi.

Xulosa o’rnida aytganda, uzoq muddatli tinchlikning faol tarafdori va hamkorlikni har

tomonlama kengaytirish tashabbuskori sifatida O’zbekiston bundan buyon ham BMT va unga a‘zo
davlatlar bilan hamkorlikka katta e‘tibor qaratadi. Bunda BMT rahbariyatining har tomonlama
qo’llab-quvvatlashiga ishonch bildirish mumkin. Zero, O’zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan
tashabbuslar BMT global maqsadlari, shu jumladan, sayyoramizda tinchlik, barqarorlik va
farovonlikni mustahkamlashga qaratilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga to’liq mos keladi.

REFERENCES

1.

Независимостъ и возрождение основ националъной государственности. Книга-
альбом, посвящённый 20-летию независимости Республики Узбекистан. Ташкент :
Ўзбекистон, 2011. C.144.

2.

М.Рахимов, Ш. Рахматуллаев, Р.Турсунова, Р. Назаров “ Очеркиновейшейистории
Узбекистана”, Т. “Адабиёт учқунлари” 2016. C. 311.

3.

Қирғизбоев А. Ўзбекистон Республикасининг Осиё мамлакатларибиланхалқаро
ҳамкорлиги. – Т.: Фан, 2004. – Б.68.

4.

Қирғизбоев А. Ўзбекистон Республикасининг Осиё мамлакатларибиланхалқаро
ҳамкорлиги…. – Б. 68.

5.

Абдуллаев О. Ўзбекистон – Европада Хавфсизлик ва Ҳамкорлик Ташкилоти.//Илм
сарчашмалари. – Урганч, 2004. – №1. – Б..36

6.

Omongaldi o’g’li, O. I. (2023). OʻRTA OSIYODA TARIXIY BILIMLARNING
TARAQQIYOTI. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC
RESEARCHER'S THEORY, 1(3), 9-15.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1036

7.

Ochilov, I. (2023). Importance of pedagogical technologies in forming thinking and skills
in history lessons.

Science and innovation

,

2

(B4), 481-484.

8.

Iskandar, O. (2023). The Organization of the Khorazm Soviet Republic.

9.

Ochilov, I. (2022). SPECIFIC GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE HISTORY AND
DEVELOPMENT OF INTERNATIONAL TOURISM.

Science and Innovation

,

1

(6),

228-231.

10.

Iskandar, O. (2022). XIVA TARIXI VA RIVOJLANISHIDA TURIZMNING
AHAMIYATI.

PEDAGOG

,

5

(6), 327-329.

11.

Ochilov, I. (2022). XALQARO TURIZM TARIXI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA
XOS GEOGRAFIK JIHATLARI.

Science and innovation

,

1

(C6), 228-231.

12.

Ochilov, I. (2023). TARIX DARSLARIDA TAFAKKUR, KO’NIKMA VA
MALAKALARNI HOSIL QILISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING
AHAMIYATI.

Наука и технология в современном мире

,

2

(16), 43-46.

13.

Очилов, И. (2024). XIX АСР ИККИНЧИ ЯРМИДА ХИВА ХОНЛИГИДА СИЁСИЙ
ЖАРАЁНЛАР.

TADQIQOTLAR. UZ

,

35

(2), 89-93.

14.

Ochilov,

I.

(2024).

XIVA

XONLIGIDA

SOLIQ

TIZIMI

VA

MAJBURIYATLAR.

Молодые ученые

,

2

(8), 73-75.

15.

Iskandar, O. (2022). OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF PLIGRIMAGE
TOURISM IN OUR REPUBLIC.CONTEMPOPARY ART AND CULTURE,(ISSUE
11),47-49.



References

Независимостъ и возрождение основ националъной государственности. Книга-альбом, посвящённый 20-летию независимости Республики Узбекистан. Ташкент : Ўзбекистон, 2011. C.144.

М.Рахимов, Ш. Рахматуллаев, Р.Турсунова, Р. Назаров “ Очеркиновейшейистории Узбекистана”, Т. “Адабиёт учқунлари” 2016. C. 311.

Қирғизбоев А. Ўзбекистон Республикасининг Осиё мамлакатларибиланхалқаро ҳамкорлиги. – Т.: Фан, 2004. – Б.68.

Қирғизбоев А. Ўзбекистон Республикасининг Осиё мамлакатларибиланхалқаро ҳамкорлиги…. – Б. 68.

Абдуллаев О. Ўзбекистон – Европада Хавфсизлик ва Ҳамкорлик Ташкилоти.//Илм сарчашмалари. – Урганч, 2004. – №1. – Б..36

Omongaldi o’g’li, O. I. (2023). OʻRTA OSIYODA TARIXIY BILIMLARNING TARAQQIYOTI. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY, 1(3), 9-15.

Ochilov, I. (2023). Importance of pedagogical technologies in forming thinking and skills in history lessons. Science and innovation, 2(B4), 481-484.

Iskandar, O. (2023). The Organization of the Khorazm Soviet Republic.

Ochilov, I. (2022). SPECIFIC GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE HISTORY AND DEVELOPMENT OF INTERNATIONAL TOURISM. Science and Innovation, 1(6), 228-231.

Iskandar, O. (2022). XIVA TARIXI VA RIVOJLANISHIDA TURIZMNING AHAMIYATI. PEDAGOG, 5(6), 327-329.

Ochilov, I. (2022). XALQARO TURIZM TARIXI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS GEOGRAFIK JIHATLARI. Science and innovation, 1(C6), 228-231.

Ochilov, I. (2023). TARIX DARSLARIDA TAFAKKUR, KO’NIKMA VA MALAKALARNI HOSIL QILISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI. Наука и технология в современном мире, 2(16), 43-46.

Очилов, И. (2024). XIX АСР ИККИНЧИ ЯРМИДА ХИВА ХОНЛИГИДА СИЁСИЙ ЖАРАЁНЛАР. TADQIQOTLAR. UZ, 35(2), 89-93.

Ochilov, I. (2024). XIVA XONLIGIDA SOLIQ TIZIMI VA MAJBURIYATLAR. Молодые ученые, 2(8), 73-75.

Iskandar, O. (2022). OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF PLIGRIMAGE TOURISM IN OUR REPUBLIC.CONTEMPOPARY ART AND CULTURE,(ISSUE 11),47-49.