Authors

  • Gulzoda Adizova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33259

Abstract

Maqolada Talabalarda tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan amaliy-kasbiy talablar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

600

TALABALARDA TARBIYAVIY JARAYONLARNI TASHKIL ETISHGA

YO‘NALTIRILGAN AMALIY-KASBIY TALABLAR

Adizova Gulzoda Mehriddinovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11210071

Annotatsiya.

Maqolada Talabalarda tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan

amaliy-kasbiy talablar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Talabalar, tarbiyaviy jarayonlar, kitobxonlik, professor-o‘qituvchilar,

talaba-yoshlar, innovasion yondashuv, auditoriya, ilmiy tadqiqot ishlari.

PRACTICAL AND PROFESSIONAL REQUIREMENTS FOR THE ORGANIZATION

OF EDUCATIONAL PROCESSES IN STUDENTS

Abstract.

The article provides information about the practical and professional

requirements for the organization of educational processes in students.

Key words:

Students, educational processes, reading, professors and teachers, students-

youth, innovative approach, audience, scientific research works.

ПРАКТИЧЕСКИЕ И ПРОФЕССИОНАЛЬНЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К ОРГАНИЗАЦИИ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА У СТУДЕНТОВ

Аннотация.

В статье представлена информация о практических и

профессиональных требованиях к организации учебного процесса у студентов.

Ключевые слова:

Студенты, образовательные процессы, чтение, профессорско-

преподавательский состав, студенческая молодежь, инновационный подход, аудитория,
научно-исследовательские работы.

Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro yetakchi tajribalarni hisobga olgan holda talaba-

yoshlarni kitobxonlikka oid bilimlarini shakllantirish va rivojlantirish sifatini oshirish, professor-
o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini ko‘tarish, ta’limda texnologiyalar, zamonaviy yondashuvdan
foydalanish jarayonlari dunyo ta’limida munosib o‘ringa ega ekanligini hisobga olib, bu boradagi
ilmiy tadqiqot ishlari tahlil eish va quyidagi muammolar: birinchidan, talaba-yoshlarni
kitobxonlikka oid bidlimlarini shakllantirish usullari, vositalari va jarayonlarini to‘liq tushunib
yetmasliklari, ikkinchidan, talaba-yoshlarni kitobxonlikka oid bilimlarini shakllantirishda
pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasi, pedagogik va kitobxonlikka doir bilimlar
integratsiyasi, innovasion yondashuv asosida auditoriya, auditoriyadan tashqari mash g‘ulotlar
hamda pedagogik amaliyot jarayonlarini tashkil etish texnologiyalari haqidagi tasavvurlarning
yetarli darajada emasligi, uchinchidan, esa, talaba-yoshlarni kitobxonlikka oid bidlimlarini
mustaqil ma’lumot avlodlar tajribasini, fan-texnika yutuqlarini o‘z ichki tuyg‘ulari asosida
mustaqil o‘rganishga qaratilgan harakatlar majmuining natijasi bo‘lib, kitobxonlik insonning
shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni hisoblanadi. Kitobxonlik talaba shaxsi rivojlanishida,
tajribalarni egallashida qulayliklar yaratsa, mustaqil ta’lim esa ta’lim olishning asosi hisoblanadi.

Mustaqil ta’lim – bu insonning o‘zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida avlodlar

tajribasini, fan-texnika yutuqlarini o‘rganishga y o‘naltirilgan shaxsiy harakatlar jarayoni.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

601

Bunda insonning ichki dunyosi, his-tuy g‘ulari, mustaqil fikrlash qobiliyati asosiy rol

o‘ynaydi.

Demak, pedagogik jarayonni samaradorligi nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda

tashkil etishga, balki mustaqil ta’limni yo‘lga qo‘yish, talabalarda o‘zini-o‘zi tarbiyalash
ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, refleksiv ta’limiy muhitni hamda o‘zaro ta’sir
jarayonini tashkil etishga bo g‘liq b o‘ladi.

Shuningdek, pedagogik jarayonlarni talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida olgan

tushunchalari asosida samarali tashkil etish va mazkur jarayonda ularni ijodiy fikrlashga o‘rgatish
asosida innovatsion faolligini ta’minlash, shuningdek, ularning refleksiv qobiliyatlarini
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu o‘z navbatida talabalarning mustaqil ishlashi va mustaqil o‘rganishi uchun alohida

topshiriqlar berish va unda ularning boshlan g‘ich tushunchalari darajasini hamda moyilligini
o‘rganish asosida berilayotgan topshiriqlarni bajarishga ularda qiziqishni shakllantirish kabi qator
talablarni belgilaydi.

Pedagogik jarayonlarni tashkil etishda shaxslararo munosabatlarda pedagogik tafakkurni

rivojlanishiga ta’sir k o‘rsatuvchi tarbiyaviy munosabatlarning mavjudligi va ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini ham inobatga olinishi zarur.

Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishda, ta’lim-tarbiya jarayoni

ishtirokchilari, ya’ni o‘qituvchi hamda talabalar o‘zaro ma’lum bir belgilangan munosabatda b
o‘ladilar, bu munosabatlarni iqtisodiy, siyosiy va boshqa munosabatlardan farqli ravishda
tarbiyaviy munosabatlar deb aytishimiz mumkin.

Tarbiyaviy munosabatlar insonlarning o‘zaro tajriba almashinishi, tajribalarni

o‘zlashtirishi, qo‘llashi, ular o‘rtasidagi doimiy munosabat, ya’ni aloqalar tizimi b o‘lib, inson-
inson, inson-texnika-inson, inson-kitob-inson, inson-tabiat-inson, inson-san’at-inson kabi
tarbiyaviy munosabatlar shaklida vujudga keladi va mazkur jarayonda inson ikkinchi bir insonga
bevosita o‘zining xatti-harakatlari bilan yoki vositalar yordamida ta’sir o‘tkazishi mumkin, bu
jarayon ixtiyoriy ta’lim muassasalaridagi rahbarlar bilan xodimlar, o‘qituvchi va talabalar
o‘rtasidagi munosabatlarni ham qamrab oladi.

Tarbiyaviy jarayondagi o‘zaro munosabatlar insonlar o‘rtasidagi doimiy munosabat

(aloqalar) b o‘lib, ular inson shaxsini rivojlantirishga, ya’ni mustaqil ma’lumot, mustaqil ta’lim
olish va o‘zini- o‘zi tarbiyalashni shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek, bu pedagogik
jarayon hisoblanadigan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda turli shakllarda namoyon
bo‘ladi, ya’ni mazkur jarayonda ishtirok etayotgan ma’lum bir insonning bilimi, muomala va
muloqot madaniyati, kiyinishi, gavda harakatlari, qobiliyati, fan-texnika, san’at va tabiatga
bo‘lgan munosabati hamda qiziqishi ikkinchi bir insonga va boshqa insonlarning faoliyatiga, ya’ni
fikrlashi, tasavvuri va dunyoqarashining o‘zgarishiga hamda tafakkurining rivojlanishiga o‘z
ta’sirini k o‘rsatadi

Yuqorida keltirilgan tarbiyaviy munosabatlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “inson-inson”

munosabatlari shaklida birinchi o‘rinda talabaning o‘z o‘rtoqlari bilan “talaba-talaba”,
o‘qituvchining o‘z talabalari bilan “o‘qituvchi-talaba” munosabatlarini ko‘rish mumkin, talabalar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda va talaba bilan o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabatlarda tarbiyaviy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

602

munosabatlarning mavjudligini, ya’ni mazkur munosabatlarda pedagogik tafakkurning
rivojlanishiga ta’sir k o‘rsatuvchi bevosita ta’sir jarayoni mavjudligini k o‘ramiz.

Demak, talabalar o‘rtasidagi hamda o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi o‘zaro

munosabatlar jarayonida vujudga keluvchi bevosita ta’sir jarayonini inobatga olish zarur b o‘lib,
bu bevosita ta’sir muloqot jarayonida yoki masofadan turib ham vujudga kelishi mumkinligi
pedagogik jarayonlarda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Masalan, inson-inson munosabatlarida bevosita ta’sir vujudga keluvchi muloqot jarayonini

ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni mavzusida tashkil etiladigan
suhbat jarayonida ixtiyoriy ishtirokchining, ya’ni suhbat jarayonidagi o‘qituvchi yoki talaba ( o‘z
fikrini bildirayotgan shaxs)ning pedagogik faoliyatning mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyati
yo‘nalishidagi tushunchalari, kasbiy qiziqish, kasbiy faoliyat, kreativlik, kommunikativlik,
kognitivlik, umummilliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar va ularni qadrlashi, Davlat ramzlariga
bo‘lgan hurmati va e’tibori uning samimiy va diqqat bilan so‘zlashi, o‘z fikrini to‘la va to‘g‘ri
ifodalashi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan yangiliklar,
qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar haqida gapirayotganda ma g‘rurlanib va ehtiroslarga berilib
so‘zlashi, uning yuzidagi tabassum, samimiylik va jo‘shqinlik, o‘z suhbatdoshiga qarab turishi va
uni tinglay bilishi, suhbatdoshi uchun ham o‘z fikrlarini bildirishi va samimiy suhbatlashishi
uchun imkon yaratishi mazkur jarayon ishtirokchilarida pedagogik kasbiga muhabbat, fidoiylik,
Vatanga muhabbat, sadoqat va e’tiqod, Konstitutsiya va qonunlarga, Davlat ramzlariga,
umuminsoniy qadriyatlar va milliy urf-odatlarga hurmat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar va rivojlanishlarga moyillik va islohotlarning natijalariga qiziqish, kelajakka ishonch
shakllantirishga hamda ularda tinchlik, mustaqillik, erkinlik va ba g‘rikenglikni qadrlash,
tariximizni o‘rganish va tahlil qilish, yaratilayotgan yangiliklar va yutuqlardan ma g‘rurlanish
kabi his-tuy g‘ularni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Talabalar va o‘qituvchilar ma’lum bir belgilangan munosabatda b o‘lsalarda, talabalar va

o‘qituvchilarning o‘z funksional vazifalari b o‘lib, mazkur funksional vazifalarni, ya’ni o‘qish va
o‘qitish, o‘rgatish va o‘rganish kabi funksional vazifalarni amalga oshirish jarayonida doimiy
jonli muloqotda b o‘lavermaydi. Shunga qaramasdan, barcha talabalar o‘rtasida hamda
o‘qituvchilar bilan talabalar o‘rtasida, shuningdek, o‘qituvchilar o‘rtasida ham bevosita o‘zaro
ta’sir mavjudligi tarbiyaviy munosabatlarda namoyon b o‘ladi.

Bizning fikrimizcha, mazkur bevosita ta’sir jarayoni masofadan turib, muloqotsiz

tarbiyaviy jarayonda vujudga keladi. Masalan, talaba o‘z o‘qituvchisining eslaganda, uning
ismini eshitganda yoki o‘qituvchi so‘zini eshitganda, shuningdek, unga o‘rnak b o‘layotgan yoki
uni ranjitgan o‘qituvchini uzoqdan k o‘rganda, u haqida fikr yuritadi va mazkur jarayonda
o‘qituvchining bilimi, dunyoqarashi, kiyinishi, jamoadagi mavqei, o‘zi kabi o‘qituvchilar
o‘rtasidagi obr o‘si, mustaqillikka, Vatanga, Davlat ramzlariga, umuminsoniy qadriyatlar va milliy
urf odatlarga b o‘lgan munosabati hamda bularga ijobiy munsabatda b o‘lgan talabalarga b o‘lgan
munosabatlari haqida talaba o‘ylaydi, bu o‘z navbatida talabaning dunyoqarashini o‘zgarishiga
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Inson-inson munosabatlarini hamda inson-inson munosabatlari jarayonida, hattoki

muloqotsiz jarayonda ham o‘zaro ta’sir mavjudligini inobatga olish va mazkur jarayonlarni to‘g‘ri
tashkil etishga e’tiborni kuchaytirish zarur.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

603

REFERENCES

1.

Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy. Hadis II qism. - T.: Qomuslar bosh
tahririyati, 1997. - 607 b.

2.

Avesto // Tarixiy-adabiy yodgorlik: Asqad Mahkam tarjimasi. – T.: Sharq, 2001. – 400 b.

3.

Musurmonova O. Yuqori sinf o‘quvchilari ma’naviy madaniyatini shakllantirishning
pedagogik asoslari: Ped.fan.dok....diss. – T., 1993. – 364 b.