Authors

  • Tamam Madatova
  • U. U. Shukurova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33281

Abstract

This article discusses the role of the family in society, the psychological and social functions of the family in raising children. In the article, the impact of the stability of family relations on the upbringing of children, the main aspects that should be taken into account in the matter of upbringing, as well as the right choice is the reason for the peace of family couples, restraint in the upbringing of children who are brought up in this household. and the issues of the manifestation of calmness aspects are also covered from a psychological point of view.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1171

OILADAGI BOLA TARBIYASINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Madatova Tamam Elman qizi

Guliston davlat pedagogika instituti

6-23 M-PP magistri

U. U. Shukurova

taqrizi ostida

Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),

https://doi.org/10.5281/zenodo.11313826

Anontatsiya.

Mazkur maqolada jamiyatda oilaning o’rni, farzand tarbiyasida oilaning

psixologik hamda ijtimoiy vazifalari hususida fikr yuritilgan. Maqolada oilaviy munosabatlarning
barqarorligi farzand tarbiyasiga ko’rsatadigan ta’siri, tarbiya masalasida berilishi lozim bo’lgan
asosiy e’tiborli jihatlar, shuningdek to’g’ri tanlanganlik oilaviy juftliklarning tinch-totuvligi
sabab, bu xonadonda tarbiya ko’rgan farzandlarning ham tarbiyasida vazminlik va xotirjamlik
jihatlari yaqqol namoyon bo’lishi masalalari ham psixologik nuqtai nazardan keng yoritilgan.

Kalit so’zlar:

oila, jamiyat, farzand, tarbiya, maktab, mahalla, ijtimoiy muhit, genetika,

ta’lim, psixologik yondashuv, qadriyat.

SOCIAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF CHILD EDUCATION IN

THE FAMILY

Abstract.

This article discusses the role of the family in society, the psychological and

social functions of the family in raising children. In the article, the impact of the stability of family
relations on the upbringing of children, the main aspects that should be taken into account in the
matter of upbringing, as well as the right choice is the reason for the peace of family couples,
restraint in the upbringing of children who are brought up in this household. and the issues of the
manifestation of calmness aspects are also covered from a psychological point of view.

Key words:

family, society, child, upbringing, school, neighborhood, social environment,

genetics, education, psychological approach, value.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА

ОБРАЗОВАНИЯ ДЕТЕЙ В СЕМЬЕ

Аннотация.

В данной статье рассматривается роль семьи в обществе,

психологические и социальные функции семьи в воспитании детей. В статье рассмотрено
влияние стабильности семейных отношений на воспитание детей, основные аспекты,
которые следует учитывать в вопросе воспитания, а также правильный выбор является
причиной спокойствия семейных пар, сдержанности. в воспитании детей,
воспитывающихся в этом домашнем хозяйстве, освещаются и вопросы проявления
аспектов спокойствия с психологической точки зрения.

Ключевые слова:

семья, общество, ребенок, воспитание, школа, соседство,

социальная среда, генетика, образование, психологический подход, ценность.

Kishilik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, bola shaxsining

kamoloti oilada shakllanadi. Oila — jamiyat hayotining kichik bir debochasi bо‘lib, har
tomonlama sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ma’sul bо‘lgan g‘oyat muhim
tarbiya о‘chog‘dir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1172

Oila tarbiyasi

— oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash.

Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy

tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining
yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola
shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish,
oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga
olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik
sifatlarini qoʻllab- quvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat
samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona
obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi

lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-
rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi.

Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya

bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga
erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-
shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir.

Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari

lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham
Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining
ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir
kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq
jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi
pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson
qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning
uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari
katta ahamiyatga ega. Ota-onalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar,
ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar.

Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan

maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar
ota-ona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan
xabardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi,
bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib
turishi lozim.

O’z navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda

oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan
muammolarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining
aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan
mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari,
mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama
kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin.

Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1173

Oila,

odob-axloq

va

ta'lim-tarbiyaga

e'tibor

qon-qonimizga

singib

ketgan

burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qо‘shni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga
xos. Mana shu maqolning о‘zi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog‘lik muhim
ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar kо‘chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech
qachon beparvo о‘tib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib tо‘g‘ri yо‘lga chaqirgan. Zero, har
tomonlama chiroyli, odobli, gо‘zal xulqli bо‘lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz
oilaga katta ahamiyat beradi.

Istiqlol tufayli xalqimiz chet-el yurtlarini kezib yangi xalq va urf-odatlarni guvohi bо‘lib

qaytmoqdalar. Shu jumladan Yevropa davlatlariga sayr qilib kelayotgan fuqarolarimiz bugungi
kunda g‘arb о‘smirlari orasida boshqa mamlakatlar yoshlariga qaraganda uyushgan jinoyatchilik
va zо‘ravonlikka berilish holati yuqori. Bunga sabab bolalarga keragidan ortiq erkinlik berilgani
ekan. Ularni hozirdan aysh-ishratga berilib, turli axloqsiz hatti-harakatlarga ruju qо‘yishdan hech
kim qaytarmasligini aytib berishmoqda. Inson hayoti davomida biror shaxsni о‘ziga о‘rnak deb
biladi, bundan inson u kabi hayot kechirishni, u erishgan yutuqlar kabi muvaffaqiyatlarga
erishishni, yuksak chо‘qqilarga chiqishni kо‘zlaydi. Bugun jamiyatning yosh a'zolari о‘z hayotlari
uchun boshqa madaniyat vakillarining fikrlash va hayot tarzini о‘rnak qilib olishlari kо‘p
muammolarni keltirib chiqarmoqda. XXI asrda turli hayot tarzlari va g‘oyalar raqobatga kirishdi.

Bunda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat о‘zligini saqlagan holda diniy va milliy

qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega bо‘lishi lozim. Aks holda,
о‘zlikni yо‘qotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe,
mustaqil fikri yо‘q manqurtga aylantirib qо‘yadi.

Hozirgi kunda g‘arazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan

fitnalar ba'zi millatlarning о‘zligini yо‘qotishga qaratilganini sezish mumkin. Bunda e'tibor
xududlarini egallash emas, balki inson ongini egallashga yо‘naltirilgan. Аlbatta bola tarbiyasi о‘ta
murakkab va ma'suliyatlidir. Bu har bir otaonadan о‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar
tarbiyasiga oid barcha ma'lumotlardan baxobar bо‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu
shunchaki tajriba, oddiy kо‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki о‘z ichiga diniyaxloqiy
bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab
oladigan murakkab jarayondir.

Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat taraqqiy

etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa
oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya, axloqiy tarbiya berish sifati va kо‘lamini oshirish talabini
qо‘yadi. Ta'lim-tarbiya, odob-axloq bolalikdan berilgani ma'qul. Rasululloh (a.s.): “Birontangiz
о‘z farzandlaringizni tartib-intizomga о‘rgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir”, deya
marhamat qilganlar.

Oilada psixologik tarbiya muhimdir, chunki uni o'zida mujassam etgan oila farzandlar

tarbiyasida ham ancha harakatlar samarasini ko’radi hamda bola erkinlik orqali oziga ishonchi
oshadi. Psixologik tarbiya kelajakda o'zingiz, do'stlaringiz va xayotingiz bilan qanday o'zaro
munosabatlarni o'rganishda juda muhim bo'ladi. Eng muhim qismi, bolalar uchun qulay va
ko'tarilgan atmosferani yaratishdir. Ular o'z fikrlari va hissiyotlarini ifodalash uchun o'zi mustaqil
o'qish va tushunchalarga ega bo’lishi uchun keng imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1174

Psixologik tarbiya keng ko'rinishda oilaning farzandlarga sodiqlik, adolat, empatiya va

boshqa odamlarga qarshi hurmatni qanday ko’rsatishni ham asosiy tarbiya vositasi sifatida
tushunadi. Bolalar o'zlari yaxshi namoyon etmagan voqealarda ham ota-onalari ularni tushunish
va qo'llab-quvvatlashiga ehtiyoj sezishlari ham mumkin.

Oiladagi psixologik tarbiya a'zolari o'rtasidagi qarashlarni amalga oshirish, muomala

qilishning ishonchli va himoyador usullarini o'rganish va o'rnatishda muhim ahamiyatga ega.

Oilada psixologik tarbiya, farzandlarni o'z xatolaridan o'qib olish va ularni o'z xatolaridan

to’g’ri xulosa qilishni o'rgatishga, o'zlarini yangilovchi va shaxsiy rivojlantiruvchi yondashishga
olib keladi. Bo'lgan voqea negativ bo'lsa yoki yaxshi bo'lsa, oiladagi psixologik tarbiya uning
muammosini tahlil qilishga va yechim topishga yordam bera olishi kerak. Bu tarzda munosabatlar
va harakatlar oila a'zolari orasidagi aloqalarni kuchaytiradi va oilaning o'sishiga yordam beradi.

Oila tarbiyasida insonning rolini o'rganish uchun sifatli intervyular va miqdoriy so'rovlarni

birlashtirgan aralash usulli yondashuv qabul qilindi. Turli xil diniy va ma'naviy kelib chiqishni
ifodalovchi turli xil oilalar namunalari tanlandi. Ishtirokchilar orasida turli yosh guruhlarini
qamrab olgan ota-onalar va ularning farzandlari bor edi. Oilada insonni tarbiyalash murakkab va
ko'p qirrali jarayon bo'lib, bolalarda diniy yoki ma'naviy e'tiqodlar, qadriyatlar va amaliyotlarni
singdirishni o'z ichiga oladi. Ushbu tarbiya sog'lom psixikani shakllantirishda muhim rol o'ynaydi
va inson rivojlanishiga chuqur ta'sir ko'rsatadigan psixologik mohiyatga ega.

Oilada inson tarbiyasining tarkibiy qismlari va ahamiyatini batafsil ko'rib chiqamiz:

Axloqiy qadriyatlar:

e'tiqod tarbiyasi ko'pincha bolaning xulq-atvori va qaror qabul

qilishiga rahbarlik qiluvchi axloqiy va axloqiy qadriyatlarni berishni o'z ichiga oladi. Bu
qadriyatlar sevgi, rahm-shafqat, halollik, kechirimlilik va kamtarlik kabi tushunchalarni o'z ichiga
olishi mumkin.

Marosimlar va amaliyotlar

: insonni tarbiyalash ibodat, meditatsiya, diniy marosimlarda

qatnashish va diniy bayramlar yoki marosimlarda qatnashish kabi diniy yoki ma'naviy marosimlar
va amaliyotlarni o'z ichiga olishi mumkin. Ushbu marosimlar jamoat va urf-odatlar tuyg'usini
ta'minlaydi va ular bolaning hayotida qulaylik va tuzilishni taklif qilishi mumkin. Jamiyat va
ijtimoiy aloqa: ko'pgina dinlar jamiyat va ijtimoiy aloqalarning muhimligini ta'kidlaydilar. Diniy
jamoada ishtirok etish tegishlilik hissi va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni kuchaytirishi mumkin.

Ushbu munosabatlar xavfsizlik tarmog'i va bolalar va oilalar uchun hissiy yordam manbai

bo'lishi mumkin.

Psixologik foydalar:

inson tarbiyasining psixologik mohiyati hissiy farovonlik, ichki

tinchlik va maqsad tuyg'usini targ'ib qilishni o'z ichiga oladi. Inson odamlarga stress, tashvish va
depressiyani boshqarishga yordam beradi va bu umumiy hayotdan qoniqishning oshishiga yordam
beradi.

Ota-ona va bola munosabatlari:

insonni tarbiyalashda oila asosiy rol o'ynaydi. Ota-

onalar ko'pincha o'z e'tiqodlari va harakatlari orqali farzandlarini o'rgatib, namuna sifatida xizmat
qilishadi. Inson haqida ochiq va qo'llab-quvvatlovchi muloqot juda muhim, bu bolalarga xavfsiz
va tarbiyali muhitda savollar berish va o'z e'tiqodlarini o'rganish imkonini beradi.

Tanqidiy fikrlash va izlanish:

bolalarni o'z e'tiqodlari va e'tiqodlarini tanqidiy o'rganishga

undash juda muhimdir. Bu ularga passiv ravishda qabul qilishdan ko'ra, chuqurroq tushunish va
o'z e'tiqodlari bilan shaxsiy aloqani rivojlantirishga yordam beradi. Tanqidiy fikrlash va izlanish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1175

yanada mustahkam va mazmunli inson tajribasiga olib kelishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki,
e'tiqod tarbiyasi madaniy, diniy va falsafiy kelib chiqishiga qarab bir oiladan boshqasiga sezilarli
darajada farq qilishi mumkin.

Inson tarbiyasining bola ruhiyatiga ta'siri ham turlicha. Ko'pchilik buni foydali deb bilsa-

da, shaxsiy e'tiqodlar va oilaviy an'analar o'rtasidagi potentsial ziddiyatlar kabi qiyinchiliklar ham
bo'lishi mumkin.

X.Karimovning ilmiy ishlarida o‘zbek oilasida er-xotin orasidagi nizolar boshqa millat

vakillari (rus, ukrain va boshqa) oilalaridagi nizolardan farqlanishi, ya’ni o‘ziga xos
etnopsixologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan o‘zbek oilalaridagi er-xotin orasida
nizolarning kelib chiqishiga milliy-madaniy muhitiga xos bo‘lgan nikoholdi omillarining
xususiyatlari: ya’ni ba’zida tanishish imkoniyatining bo‘lmasligi yoki qisqaligi ham ta’sir etishi,
natijada yuzaga kelgan nizo sabablarini tomonlar o‘zidan qidirmasligi, uni bartaraf etishda ota-
onalarga tayanish, oiladagi o‘zaro munosabatlar qo‘pollik asosiga qurilishi va boshqa bir qator
salbiy holatlar yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tiladi.

Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi

inqirozli holatlarni bartaraf etish choratadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi. Oilada bola nutqni
egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog‘i
uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog‘i kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga
layoqati borligi namoyon bo‘ladi. fiziologik va psixologiya fanining ko‘rsatilishicha inson bolasi
tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatni ro‘yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir
etadigan potensial imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi.

Tug‘ma layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, go‘yo u «mudroq» holatda bo‘lib, uning

uyg‘onishi rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.Agar bola o‘z layoqatiga mos sharoitda o‘sib
zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha bu bo‘lmasa yo‘q
bo‘lib, ketishi mumkin.Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammosi insoniyat oldida turgan
eng muhim muammollardan biridir. U o‘zida jismonan sog‘lom, aqlan barkamol yangi avlodni
voyaga yetkazishni, kishilarning mehnat qilishi, dam olishini va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishini
to‘g‘ri tashkil etishni, oqilona hayot kechirishi mujassamlashtiradi.Shuning uchun sog‘lom
turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-gigienik, ma’naviy jihatlarni har
tomonlama o‘rganish, vujudga kelgan haqiqiy ahvolni hisobga olib tadqiq etish davr talabidir.

Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma’naviyatini boyitish

sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniyatini tug‘diradi. Sog‘lom turmush tarzi esa
farzandlarni jismonan sog‘lom, ma’nan boy qilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi.

Yurtimiz ulamolari о‘z asarlarida farzandining chiroyli odobidan umid qilgan ota-ona, uni

muntazam ravishda husni xulq asosi bо‘lgan muomala odobining quyidagi qirralari bilan
tanishtirib borishi muhim ekanini alohida ta'kidlaganlar:

- farzandingiz odamlar bilan muomalada shirinsо‘z, muloyim, bosiq va kamtar bо‘lishiga

e'tibor qarating;

- odamlar xursandchiligini baham kо‘rish, g‘am-anduhidan qayg‘urish, molmulkiga

xiyonat qilmaslik, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish husni xulq egalariga xos
fazilatlardandir.

Shuning uchun farzandingizga ana shu xislatlarni bolalikdan singdirish payida bо‘ling;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1176

- farzandingizga о‘zgalar bilan muomala chog‘ida boshqalarni g‘iybat qilish, о‘zgalarni

mensimaslik, obrо‘si, boyligi yoki mansabiga qarab munosabat kо‘rsatish ham odobsizlik ekanini
uqtirib boring;

- yoshi ulug‘ kishilar, ustozlar bilan muomalada ularning kо‘ziga tik boqmay, gaplarini jim

tinglash, savollarigagina javob qaytarish, buyruqlarini sidqidildan bajarish ham bolalar qalbiga jo
qilishga e'tibor bering.

REFERENCES

1.

Akramova F.A. Oilada ma’naviy muhitni shakllantirishda xotin-qizlarning roli. - T.: «Nixol
Print», 2016. -42-b.

2.

Akramova F.A. Oilada sog‘lom psixologik muhitni tarkib toptirishning ijtimoiy-psixologik
asoslari. - T.: : «Shams ASA», 2014. -185-b.

3.

Akramova F.A.Oilada muomalani tashkil etish psixologiyasi. – T.: «Shams ASA», 2006. -
90-b. 7. Yо‘ldoshev M. Oiladagi ruhiy muhit va uning tarbiyaga ta’siri. – T., 2004. -99-b.

4.

Umida IBAIDULLAYEVA, Rustam ABDURASULOV The influence of the level of
conflict of adolescents on their psychological level/

5.

R Abdurasulov, U Ibaydullayeva METHODS OF OVERCOMING INTERNAL
CONFLICTS BETWEEN TEENAGERS/Архив Научных Публикаций JSPI, 2020

6.

Ibaydullayeva, U., & Mamatqulova, Y. (2022). Ota-ona va farzandlar ortasidagi inqirozli
vaziyatlarda psixologik yordam korsatishning oziga xos xususiyatlari. Zamonaviy
Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari:
Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 471–473. Retrieved from

7.

Qarshiboyeva, G.A., Ibaydullayeva, U.,Oila psixologiyasi// О‘quv qо‘llanma/ 2022, b.256

References

Akramova F.A. Oilada ma’naviy muhitni shakllantirishda xotin-qizlarning roli. - T.: «Nixol Print», 2016. -42-b.

Akramova F.A. Oilada sog‘lom psixologik muhitni tarkib toptirishning ijtimoiy-psixologik asoslari. - T.: : «Shams ASA», 2014. -185-b.

Akramova F.A.Oilada muomalani tashkil etish psixologiyasi. – T.: «Shams ASA», 2006. -90-b. 7. Yо‘ldoshev M. Oiladagi ruhiy muhit va uning tarbiyaga ta’siri. – T., 2004. -99-b.

Umida IBAIDULLAYEVA, Rustam ABDURASULOV The influence of the level of conflict of adolescents on their psychological level/

R Abdurasulov, U Ibaydullayeva METHODS OF OVERCOMING INTERNAL CONFLICTS BETWEEN TEENAGERS/Архив Научных Публикаций JSPI, 2020

Ibaydullayeva, U., & Mamatqulova, Y. (2022). Ota-ona va farzandlar ortasidagi inqirozli vaziyatlarda psixologik yordam korsatishning oziga xos xususiyatlari. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 471–473. Retrieved from

Qarshiboyeva, G.A., Ibaydullayeva, U.,Oila psixologiyasi// О‘quv qо‘llanma/ 2022, b.256