Authors

  • Dilnoza Fayzullayeva
  • Malikaxon Vosijonova
  • Nilufar Toshboltayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33283

Abstract

Zamonaviy rivojlangan davrda maktablarda xorijiy tilni o’rgatishda yuzagan kelaidgan muammolarni yechimini izlagan holda, bolalarga zamonaviy texnologiyadan unumli foydalanish, kelgusida zamonaviy o’qituvchi uchun qo’yiladigan talablarga javob bergan holda, ta’limda inovatsion usullarni qo’llagan holda dars o’tish, xorijiy tillarni o’rgatishdagi ijobiy ko’rsatkichlarni yanada yaxshilash zamon talabi bo’lib kelmoqda.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1099

O’RTA TA’LIM MANTABLARDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYADAN

FOYDALANISH VA XORIJIY TILNI O’RGATISH.

Fayzullayeva Dilnoza

Scientific advisor.

Vosijonova Malikaxon

Students.

Toshboltayeva Nilufar

Samarkand State Institute of Foreign Language.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11316236

Annotatsiya.

Zamonaviy rivojlangan davrda maktablarda xorijiy tilni o’rgatishda yuzagan

kelaidgan muammolarni yechimini izlagan holda, bolalarga zamonaviy texnologiyadan unumli
foydalanish, kelgusida zamonaviy o’qituvchi uchun qo’yiladigan talablarga javob bergan holda,
ta’limda inovatsion usullarni qo’llagan holda dars o’tish, xorijiy tillarni o’rgatishdagi ijobiy
ko’rsatkichlarni yanada yaxshilash zamon talabi bo’lib kelmoqda.

Kalit so’zlar:

texnologiya, inovatsiya, Zoom platformasi, Moodle, internet, xorijiy til,

instructor, STEAM, Massachusets.

USING MODERN TECHNOLOGY AND TEACHING A FOREIGN LANGUAGE IN

SECONDARY SCHOOLS

Abstract.

Looking for solutions to the problems that arise in teaching a foreign language

in schools in the modern, developed era, effective use of modern technology for children, meeting
the requirements for a modern teacher in the future, using innovative methods in education,
improving the positive indicators of teaching foreign languages is the need of the hour.

Keywords:

technology, innovation, Zoom platform, Moodle, internet, foreign language,

instructor, STEAM, Massachusetts.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И ПРЕПОДАВАНИЕ

ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА В СРЕДНИХ ШКОЛАХ

Аннотация.

Поиск решения проблем, возникающих при обучении иностранному

языку в школах в современную развитую эпоху, эффективное использование современных
технологий для детей, удовлетворение требований, предъявляемых к современному
учителю будущего, обучение с использованием инновационных методов в образовании.
Назрела необходимость дальнейшего улучшения положительных показателей в
преподавании иностранных языков.

Ключевые слова:

технологии, инновации, платформа Zoom, Moodle, интернет,

иностранный язык, преподаватель, STEAM, Массачусетс.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan, ta’lim rivoji uchun amalga

oshirilayotgan islohotlar samarasi o’laroq, kundan kunda mamlakatimizdagi chekka hududlardan
tortib toki markaziy hududlardagi o’rta ta’lim dargohlarida xorijiy tilni o’rgatishda, ularga
qo’yiladigan talablar yanada dolzarb vazifa sifatida o’qituvchilar zimmasiga yuklatilgan.

Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev shunday degan edilar: “Biz ota-onalar bilan

yetarlicha ishlay olmayapmiz. Toki ularning maktabga, ustozga munosabati o‘zgarsin. Men


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1100

Janubiy Koreya islohotlarini ko‘p o‘rganaman. Ular 50-60 yil oldin juda qiyin vaziyatdagi
kambag‘al davlat bo‘lgan.

Oltini yo‘q, misi yo‘q, nefti yo‘q kichkinagina davlat bugun iqtisodi bo‘yicha o‘ntalikka

kirgan. Zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha esa mutlaq yetakchi. Ular ham qiyin davrlarni
o‘tkazishgan. Qaysiki o‘quvchi maktabga bormasa, eshigini taqillatib “Sen jamiyatga qarshi ish
qilyapsan” deya tushuntirishgan. Biz afsuski ana shunday ishlay olmayapmiz”.

Darhaqiqat, har bir hududda ta’limda texnologiy jarayonlar yanada jadal rivojlanmoqda,

bunga sabab esa globalizm zamonida, axborot-texnologiya rivojlangan asr bilan hamnafas
birgalikda yashayotganimiz tufaylidir. Texnologiya so’zi grekcha: „techno“ – hunar, usta va
„logos“ – fan, taʼlim ma’nosini anglatadi.Ta’limda texnologiyadan foydalanish Kovid
pandemiyasidan keyin yanada jadal rivojlanib, insonlarga undan kengroq foydalanishga turtki
berdi.Shuningdek, ta’limda texnologiyadan foydalanish dastlab Aqshda paydo bo’lgan, hozirga
kelib butun dunyodagi ta’lim dargohlarida STEAM ta’lim tizimi mavjud. Bu ta’lim tizimida
STEAM so’zning qisqacha ma’nosida quyidagicha:

S — science, T — technology, E — engineering, A — art va M — math. Ingliz tilida bu

so’zlar mana shunday ma’noni beradi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va
matematika.Bu yo’nalishlar hozirgi kunga juda ham ommabop bo’lib ulgurgan.Har bir ta’lim
dargohi sekin asta shu tizim asosida qayta tashkillashtirilib borilmoqda.STEAM asosida tahsil
oladigan bolalar ham nazaiy, ham amaliy bilim oladilar, bir vaqtni o’zida ham miyalarini,
shuningdek jismoniy qobilyatlarini ham birlashtirib, foydali bilimni o’rganishadi.Bolalar bu
tizimda bilim olib, keyinchalik uni amaliyotda qo’llaydilar.

STEAM asosidagi oliy dargohlardan biri masalan Massachusets texnologiya dargohi

sanaladi, Bu ilm dargohing shiori lotinchada: “Mens et Manus” ya’ni aql va qo’l degan ma’noni
anglatadi.Bu shiorni o’zidan ko’rinadiki, yosh avlod o’sishi uchun hammasi tayyor va hamohang
qilingan.Masalan Osiyo taraqqiyot banki yurtimizda STEAM tizimini rivojlantirish, uni 2030-
yilgacha yangi bosqichga olib chiqish uchun ham 100 mln dollar mablag’ ajratgan.Bu raqamdan
ma’lumki, mamlakatimizda yoshlar uchun har jihatdan imkoniyatlar bor.Bundan tashqari
yurtimizdagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida xorijiy tilni yanada yaxshiroq o’rgatish uchun
audio-lingual uslubdan foydalanib, maktabda tinglash, gapirish ko’nikmasini yanada
rivojlantiruvchi, CD disklar, ovoz kuchaytiradigan apparatdan foydalangan holda ilg’or
texnologiya asosida darslar tashkil qilinadi.Bundan tashqari youtube platformasidan foydali
kontentlarni ajratib, foydali link, mashg’ulotlar uchun vazifalar ta’lim dargohlaridagi onlayn
platformalarda joylanadi.Har bir talaba Hemis, Moodle kabi platformalardan o’ziga kerakli
kontentni yuklab, foydalanib, o’rgangan narsasini yanada chuqur anglab yetadi. Darslarda SVOD
metodi, turli klasterlar, posterlar tayyorlab, taqdimotlar yasab, berilgan vazifalarni yanada tezroq,
yaxshiroq bajarish mumkin.

Chunki ba’zida maktabda mavzuni eshitib o‘tirishdan ko‘ra o’quvchi, uni amaliyotga

to’liq tadbiq etilgan variantini tomosha qilish yanada qiziqroq, tomosha qilishdan ko‘ra uni o‘zida
amalda bajarishi orqali ham o‘rganuvchi uchun yaxshigina muvaffaqiyatga erishsa bo‘ladi degan
fikrlar bor. Yurtimizdagi maktablarda xorijiy tillarni namunaviy adabiyotlar asosida zamonaviy
texnologiyani qo’llab dars o’tish usuli bolalarni bilim olishiga ko’proq imkon yaratib, ularni til


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1101

o’rganishga bo’lgan ishtiyoqini yanada oshiradi. Bundan tashqari Montessori metodikasi asosida
ko’plab maktablarida Finlandiya ta’lim tizimini olib kirish orqali ko’plab yutuqlarga erishilmoqda.

Prezident maktablarida juda ko’plab yoshlarimiz hali yosh bo’lishiga qaramay, xalqaro til

darajasini tasdiqlovchi IELTS, TOEFL kabilardan yuqori natijalarni qayd etishmoqda. Buni
natijasi o’laroq, bu ta’lim tizimizda olib borilgan keng imkoniyatlar samarasi tufayli yuzaga
chiqmoqda.

REFERENCES

1.

Basilaia, G. & Kvavadze, D. (2020): Transition to online education in schools during a
SARS-CoV-2 coronavirus (COVID-19) pandemic in Georgia. Pedagogical Research, 5(4),
10-18.

2.

Ebner, M., Schon, S., Braun, C., Grigoriadis, Y., Haas, M., Leitner, P. & Tapaghi, B.
(2020): Covid-19 epidemic as e-learning boost? Chronological development and effects at
an Austrian university against the background of the concept of “e-learning readiness”.
Future Internet, 12, 94-114

3.

Hampsten, K. (2021): Embracing discomfort and resisting a return to “the good old days”:
A call to communication educators. Forum: Pandemic pedagogy and student learning.
Communication Education, 70(2), 208-210.

4.

Iyer, P., Aziz, K. & Ojcius, D. M. (2020): Impact of COVID-19 on dental education in the
United States. Journal of Dental Education, 84, 718-722.

5.

Rapanta, C., Botturi, L., Goodyear, P., Guardia, L. & Koole, M. (2020): Teaching during
and after Covid-19 crisis: Refocusing teacher presence and learning activity. Postdigital
Science and Education, 2(3), 923-945.

6.

Rizun, R. & Brown, C. (2020): The Covid-19 pandemic and the dissolution of the
university campus: Implications for student support practice. Journal of Professional
Capital and Community, 5(3/4), 343-349.

7.

Singh, J. & Matthews, B. (2021): Facilitating inter professional education in an online
environment during the COVID-19 pandemic: A mixed method study. Healthcare, 9(5),
567-574.

8.

Subedi, S., Nayaju, S., Subedi, S., Shah, S. K. & Shah, J. M. (2020): Impact of e-learning
during COVID-19 pandemic among nursing students and teachers of Nepal. International
Journal of Science and Healthcare Research, 5(3), 68-76

References

Basilaia, G. & Kvavadze, D. (2020): Transition to online education in schools during a SARS-CoV-2 coronavirus (COVID-19) pandemic in Georgia. Pedagogical Research, 5(4), 10-18.

Ebner, M., Schon, S., Braun, C., Grigoriadis, Y., Haas, M., Leitner, P. & Tapaghi, B. (2020): Covid-19 epidemic as e-learning boost? Chronological development and effects at an Austrian university against the background of the concept of “e-learning readiness”. Future Internet, 12, 94-114

Hampsten, K. (2021): Embracing discomfort and resisting a return to “the good old days”: A call to communication educators. Forum: Pandemic pedagogy and student learning. Communication Education, 70(2), 208-210.

Iyer, P., Aziz, K. & Ojcius, D. M. (2020): Impact of COVID-19 on dental education in the United States. Journal of Dental Education, 84, 718-722.

Rapanta, C., Botturi, L., Goodyear, P., Guardia, L. & Koole, M. (2020): Teaching during and after Covid-19 crisis: Refocusing teacher presence and learning activity. Postdigital Science and Education, 2(3), 923-945.

Rizun, R. & Brown, C. (2020): The Covid-19 pandemic and the dissolution of the university campus: Implications for student support practice. Journal of Professional Capital and Community, 5(3/4), 343-349.

Singh, J. & Matthews, B. (2021): Facilitating inter professional education in an online environment during the COVID-19 pandemic: A mixed method study. Healthcare, 9(5), 567-574.

Subedi, S., Nayaju, S., Subedi, S., Shah, S. K. & Shah, J. M. (2020): Impact of e-learning during COVID-19 pandemic among nursing students and teachers of Nepal. International Journal of Science and Healthcare Research, 5(3), 68-76