ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1110
NASRIY MATNLARDA UNDALMANING QO‘LLANILISHIGA DOIR AYRIM
MULOHAZALAR
Alimova Dilnoza Komil qizi
Sharof Rashidov nomidagi SamDU talabasi.
Yusupova Orzubonu Sunnatovna
Ilmiy rahbar: Dots.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11316600
Annotatsiya.
Mazkur maqolada undalmaning nasriy matnlarda qo‘llanilishi haqida so‘z
boradi. Tadqiqot obyekti sifatida O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan parchalar
keltiriladi. Undalmaning lingvopoetik xususiyatiga urg‘u beriladi.
Kalit so‘zlar:
undalma, shaxsiy munosabat, xalqchillik, individuallashtirish,
lingvopoetika, gender xususiyat, emotsional-eksvpressivlik.
SOME CONSIDERATIONS ON THE USE OF PROCESS IN PROSE TEXTS
Abstract.
This article talks about the use of the imperative in prose texts. Excerpts from
O'tkir Hashimov's short story "Dunyoning ishlari" are presented as the object of research.
Emphasis is placed on the linguopoetic nature of undalma.
Key words:
personal attitude, nationalism, individualization, linguopoetics, gender
characteristic, emotional-expressiveness.
НЕКОТОРЫЕ СООБРАЖЕНИЯ ПО ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ПРОЦЕССА
В ПРОЗАХ
Аннотатц.
В данной статье говорится об употреблении повелительного
наклонения в прозаических текстах. В качестве объекта исследования представлены
отрывки из рассказа Откира Гашимова «Мировые дела». Акцент сделан на
лингвопоэтической природе ундальмы.
Ключевые слова
: личностная установка, национализм, индивидуализация,
лингвопоэтика, гендерная характеристика, эмоционально-выразительность.
Ilmiy manbalarda so‘zlovchining nutqi qaratilgan, tinglovchi shaxsni ifodalovchi, undash,
nomlash, so‘zlovchining shaxsiy munosabatini ko‘rsatish, muloqot o‘rnatish, nutq jarayonini
mustahkamlash kabi bir qancha vazifalarni bajaradigan sintaktik birlik undalma deb yuritiladi [1;
3; 5; 6]. Undalma matnda, ayniqsa, badiiy matn turlarida mana shu jihatlari sababli faol
qo‘llaniladi. Badiiy matnda nafaqat murojaat birligi sifatida, balki so‘zlovchining tinglovchiga
nisbatan munosabatini ko ‘rsatish, his-tuyg‘u ifodasi, ta’sirchanlikni oshirish maqsadida ham
qo‘llaniladi.
Yozuvchining o‘ziga xos uslubini hosil qilishda, qahramon nutqini individuallashtirishda,
qahramon xarakterini ochib berishda, nutqning ixtisoslashuvida, milliy mentalitetni, xalqchillikni
ko‘rsatishda undalmaning o‘rni nihoyatda katta. Biz yuqorida aytilgan fikrlarni nasriy asarlarda
undalmaning qo‘llanilishini izohlash orqali isbotlashga harakat qilamiz va O‘tkir Hoshimovning
“Dunyoning ishlari” asaridan foydalanamiz. Bilamizki, O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”
qissasi o‘zbek kitobxonlarining qalbidan o‘rin olgan, o‘zbek onasining bir namunasi nihoyatda
mahorat bilan tasvirlangan qissa hisoblanadi. Bu asar muvaffaqiyatining bir tomoni asar mavzusi
bo‘lsa, ikkinchi tomoni bu mavzuning til birliklari orqali mohirona tarzda ochib berilganligidadir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1111
Bu asarda har bir til birligi, jumladan, undalmalar ham ma’lum vazifa bajargan,
lingvopoetik ahamiyat kasb etgan.
Masalan, bu qissada undalmalar shunchaki murojaat birligi sifatida qo‘llanmagan, unda
ta’sirchanlik, suhbatdoshga hurmat, mehr-muhabbat singari ottenkalarni mavjud. Quyidagi gap
qo‘shni ayolning Hakima ayaga kelini to‘g‘risidagi dard-hasrati, xushxabar emas. Biroq shu gapda
undalma orqali so‘zlovchining o‘ziga xos nutqi, xarakteri ham ifodalanmoqda:
Kecha itni kunini
boshimga soldi, aylanay! Xotin olgandan keyin ona kerak bo‘lmay qolarkan. Shuni oldi-yu o‘g‘lim
ham aynidi-qoldi, qoqindiq (“Dunyoning ishlari”,66).
Qissada undalmalar juda faol qo‘llanilgan
bo‘lib, o‘zida gender xususiyatlarini ham tashigan, ya’ni erkak va ayol nutqida qo‘llaniladigan
undalmalar qissada alohida ajralib turadi. Milliylik buning ustiga yana bir alohidalik yuklaydi:
Jigar-jigar, digar-digar ekan, o‘rgilay, - deydi yig‘lamsirab (66).
Qissada gapning oxirida
kelgan undalmalar subyektiv munosabatni ifodalashga xizmat qilgan: –
Bormisan, oppoq qizim
(98).
Gap boshida kelganda esa ko‘pincha emostionallikdan holi, faqat o‘z vazifasi – undash,
murojjat vazifasini bajargan
: Bolalar, uning yong‘oqqa tosh otganini hech kim ko‘rmadimi? (25).
Biroq ayrim hollarda gapdagi boshqa so‘zlar ta’sirida gap boshida kelgan undalmalar ham
ta’sir kuchiga ega bo‘lishi, o‘z vazifasidan tashqari qo‘shimcha vazifa bajarishi mumkin.
– Jon
adasi, aylanay adasi, johillik qilmang, keling, shular to‘ya qolsin. Mayli, sholchani sotamiz(85).
Misoldagi kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan, o‘zbek oilalariga tanish bo‘lgan
adasi
undalmasi oddiy murojaat ko‘rinishidan bir pog‘ona yuqoriga, ta’sir etish vazifasi tomonga
siljigan.
Shu birlikni olib tashlasak, yalinish ma’nosi o‘z o‘rnini maslahat ma’nosiga bo‘shatib
beradi. Asarda gap o‘rtasida keladigan undalmalar ham mavjudki, bunday undalmalar faqat
so‘zlashuv nutqi va badiiy nutqda kelishi bilan o‘ziga xoslik hosil qiladi:
Shoshmanglar,
popuklar, shoshmanglar qoravoylar, yana besh-o
‘
n marta qoqay, hammalaringa yetadi. (55)
Bo
‘
pti, qoravoylar, popuklar, yaqinroq kelinglar (57). Mana, tasadduqlar, pashist
deganiyam jazosini oldi-ku (59).
Ushbu nutq urush tufayli yo‘lg‘iz o‘g‘lidan judo bo‘lgan Ermon
ota nutqidan parcha. E’tibor bersak, Ermon ota bolalarga
qoravoylar, popuklar, tasadduqlar
deb
murojaat qilyapti. Bu murojaatda otaning bolalarga mehri, samimiyati aks etmoqda. Ermon
otaning xotini Habiba buvi nutqida
ko‘paygur
so‘zi undalma sifatida qo‘llanadi:
-Tut yurakni
o‘rtab yuboradi, ko‘paygurlar. Yuringlar, choy ichamiz (52)
. Bosh qahramon Hakima aya hech
kimning ko‘nglini qoldirmaydigan, mehribon, bolajon, sodda, jonkuyar, o‘zbek ayoli, shu sababli
uning nutqida
o‘rgilay, aylanay, opasi, opovsi
kabi undalmalar faol qo‘llanilgan:
Onam yoniga
o‘tirgan juvonga tushuntirdi: Bunaqada bola xuyli bo‘lib qoladi, qizim. Aldab-suldab ovuting-da.
Ana, di-ditga tushdik. Bola endi yig‘lamas, ammo o‘pkasi to‘lib to‘xtovsiz hiqillar edi. Qayoqqa
ketayotgan edinglar, o‘rgilay? — dedi onam ayolni ham yupatuvchi ohangda; Voy o‘rgilaylar! —
dedi onam eski qadrdonlarini ko'rgandek, quvonib. — Xush kepsizlar! U har ikkala ayol bilan
quchoqlashib ko‘rishdi.
Bu undalmalar ham uning Hakima ayaning ijobiy xususiyatlarini ochib
berishda yozuvchiga vosita bo‘lib xizmat qilgan.
\
Dallolning nutqini boshqa qahramonlar nutqidan farqlashda ham undalma (
akam aylanay,
birodar
) ma’lum vazifa bajarmoqda:
– Xudo xohlasa ayni qish chillasida bollarning og‘zi oqarib
qoladi, birodar! (101); Bu zotli mol, akam aylanay! Onasi har yili ikkitadan tug‘adi,-dedi dallol
shang‘illab. Suti sigirnikidan ham yog‘li. Pulingiz yoningizda ketadi, akam aylanay (101).
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1112
Shaddod amma nutqini ochib berishda ham undalma yordamga keladi.
-Ha? -dedi ammam
yog‘on tovushda. –To‘rvasini yoqotgan gadoydek talmovsirab qopsiz, kelinposhsha?!(111).
Amma nutqida qo‘llanilgan ibora va gap oxiridagi undalma, undalmadagi ohangni his
etgan kitobxon ko‘z o‘ngida asardagi amma qiyofasi yaqqol gavdalanadi.
Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, undalma nasriy matnlarda muallif-so‘zlovchi,
qahramon-so‘zlovchining tinglovchiga subyektiv munosabatini ifodalash, qahramon nutqini
individuallashtirish, ta’sirchanlikni ta’minlash, xalqchillikni oshirish kabi qator vazifalarda faol
qo‘llaniladi.
REFERENCES
1.
Акбарова З. Мурожаатнинг моҳияти// Ўзбек тили ва адабиёти, 2012. - №3. –Б.89-92.
2.
Акбарова З. Тил ва мурожаат // Ўзбек тили ва адабиёти, 2014. - №3. –Б.92-95.
3.
Аҳмедова Н. Ўзбек тилида мурожаат бирликларининг
семантик-коннотатив тадқиқи:
Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. – Тошкент, 2008.
4.
Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. Синтаксис. –
Тошкент: Ўқитувчи, 1995. –230 б.
5.
Расулов Р., Аҳмедова Н. Ундалмами ёки мурожаат бирлиги// Ўзбек тили ва адабиёти,
2007. – №2. –Б.85-88.
6.
Сайфуллаев А.Р. Ҳозирги ўзбек тилида ундалма. –Тошкент: Фан, 1968. –74 б.
7.
D.Islamova. Linguistic representation and methods of its expression in artistic text.
International Bulletin of Engineering and Technology (IBET). Volume: 3, Issue: 7. –
Amerika, 2023. – P. 137-141.
