ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1181
LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH MAJBURLOV CHORASINI QO‘LLASHNING
HUQUQIY ASOSLARI VA TARTIBI
Davronov Isroiljon G‘ofurjon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
“Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturа tinglovchisi.
E-mail:
Phone: +998 93 428 76 67.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11317000
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklari
hamda qonuniy manfaatlari yuqori o‘ringa qo‘yilishi, uning asosiy huquqlaridan biri mehnat
qilish huquqi ekanligi, mehnat qilish huquqi faqat sud qarori orqali qonunda belgilangan tartibda
cheklanishi lozimligi, bu haqida yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida ham batafsil belgilanganligi keltirib o‘tilgan.
Bundan tashqari maqolada lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini qo’llash
qonuniyligi va tartibi, mazkur majburlov chorasini qo’llash mumkin bo’lgan subyektlar,
muddatlari, apellatsiya shikoyati keltirish tartibi yoritilgan. Amalga oshirilgan tadqiqot asosida
umumiy xulosalar hamda mazkur majburlov chorasini qo‘llashda amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar, lavozimdan chetlashtirish, majburlov
chorasi, Jinoyat-protsessual kodeksi, iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror.
LEGAL BASIS AND PROCEDURE OF APPLYING THE COMPULSORY MEASURE
OF DISMISSAL
Abstract.
In this article are given human rights and freedoms and legal interests is high
priority in the Republic of Uzbekistan, one of its main rights is the right to work and the right to
work should be limited only by a court decision in accordance with the law. It is stated in detail in
the Constitution of the Republic of Uzbekistan.
In addition, the article is described the legality of applying the coercive measure of
dismissal, the entities to which this coercive measure can be applied, the terms, the procedure for
applying it, and the procedure for filing an appeal. Based on the conducted research are given
general conclusions and practical recommendations for the application of this coercive measure.
Key words:
Constitutional rights and freedoms, removal from office, oercive measure,
Criminal Procedure Code, decision to initiate a petition.
ПРАВОВОЕ ОСНОВАНИЕ И ПОРЯДОК ПРИМЕНЕНИЯ ПРИНУДИТЕЛЬНОЙ
МЕРЫ УВОЛЬНЕНИЯ
Аннотация.
В данной статье указано, что правам и свободам и законным
интересам человека уделяется первоочередное внимание в Республике Узбекистан, что
одним из его основных прав является право на труд, что право на труд должно быть
ограничено только по решению суда в соответствии с законодательством, что также
подробно определено в принятой Конституции Республики Узбекистан.
Кроме того, в статье описаны законность применения меры принуждения в виде
увольнения, субъекты, к которым может быть применена данная мера принуждения,
сроки, порядок ее применения, а также порядок подачи апелляционной жалобы. На основе
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1182
проведенного исследования даны общие выводы и практические рекомендации по
применению данной меры принуждения.
Ключевые слова:
Конституционные права и свободы, отстранение от должности,
мера принуждения, УПК, решение о возбуждении ходатайства.
KIRISH
Darhaqiqat bugungi kunda, inson huquqlarini amalga oshirish har bir shaxsning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Jamiyatda inson shaxs sifatida shakllanar ekan, o‘zining asosiy
huquqlari bilan birga vazifalarini ham ado etmog‘i lozim. Buning uchun asosiy yordamchi sifatida
davlat o‘z funksiyalarini bajarish orqali namoyon qiladi.
Hozirgi zamonda shaxsning huquq va erkinlari nafaqat milliy qonunchiligimizda, balki
umume’tirof etilgan normativ hujjatlarda ham o‘z aksini topgan.
Jumladan “Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi” ning 11-moddasida “Har bir inson
mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay ish sharoitiga ega bo‘lish va ishsizlikdan
himoya qilinish huquqiga ega. Har bir inson hech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq
olish huquqiga ega.”-ekanligi qayd qilingan.[1]
Haqiqatdan ham mehnat qilish har bir insonning uzviy huquqlaridan biri hisoblanadi.
Shunday ekan bunday huquqdan mahrum qilish asosli va qonunda belgilangan tartibda
amalga oshirilmog‘i lozim.
Bundan tashqari, 1966 yilda qabul qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi
Xalqaro Paktining 9-moddasida “Har bir inson erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Bunday huquqlardan faqat sudning qarori orqaligina cheklanishi mumkinligi”,-ko‘rsatilgan.[2]
Shuni ta’kidlash lozimki keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ham shaxsiy
huquqlarni ta’minlashga doir bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, jamiyatda
shaxsning haqiqatda ham birinchi o‘rinda qo‘yish lozimligini ko‘rsatmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi taxrirda qabul qilinishi
yuqoridagi so‘zimizning isboti bo‘lishi mumkin.
Zero Konstitutsiyamizning 28-moddasida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs
uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan
isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb
hisoblanishi qat’iy belgilandi.[3]
Inson huquqlari oliy qadryat hisoblanib, uni cheklash faqat qonuniy tartibda amalga
oshirilishi lozimdir. Zero Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kunidagi
“2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi
PF-60-sonli qarorining 14-maqsadida fuqarolarga huquqiy ta’sir ko‘rsatish, shu jumladan
harakatlanish erkinligini cheklash bilan bog‘liq choralarni qo‘llashda qonuniylikni so‘zsiz
ta’minlash belgilab qo‘yilganligi ham keyingi yillarda mazkur yo‘nalishda asоsiy e’tibor inson
huquqlarini cheklashda qonuniylikka rioya qilishni ta’milashga qaratilganligini ko‘rsatmoqda.[4]
Bu borada jinoiy-sud ishlarini yuritishni yanada takomillashtirish muhum bo‘lib,
majburlov chorasi, ayniqsa lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini isloh qilish dolzarb
masala hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1183
Majburlov choralari, xususan jinoyat protsessida lavozimdan chetlashtirish majburlov
chorasi bir qator dunyo va o‘zbek olimlari tomonidan o‘rganilgan.
Jumladan, dastlabki tergov davomida lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasi rus
olimlaridan A.Axpanov, B.Bulatov, A.Boykov, V.Vetrova, E.Kutueyeva, G‘arbiy davlatlardan
professor Viktoras Justickis, Sandra Kaija, Jains Teivans-Trenovskis asarlarida ko‘rib chiqilgan.
O‘zbek olimlaridan esa G.Tulaganova, M.Rustamboyev, D.Bazarova, V.Davlatov,
B.Salomov va boshqalarning ishlarida to‘xtalib o‘tilgan.
Maqolada ob'ektiv voqelikni bilishning dialektik usulidan foydanlanilgan. Shuningdek,
maqolada tizimli, tarixiy, sotsiologik, qiyosiy huquqiy, rasmiy mantiqiy ma'lumotlardan kompleks
foydalanilgan.
Tadqiqotda ilmiy bilishning boshqa usullaridan ham foydalanilgan: tahlil, sintez,
induksiya, deduksiya, taqqoslash, umumlashtirish va boshqalar.
MUHOKAMA VA NATIJA
Har bir majburlov chorasini qo‘llashdan oldin uni qanday asoslarga ko‘ra qo‘llash
maqsadga muvofiqligini aniqlash lozim.
Bizga ma’lumki tergovchi tomonidan qaror qabul qilish jarayoni bir necha bosqichlarni o‘z
ichiga oladi.
Rus olimi P. A. Lupinskaya har qanday qonuniy qarorni qabul qilish ikki asosiy bosqichni
o‘z ichiga olishiga e’tibor qaratgan:
Birinchisi qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan muayyan asoslar va shartlarning
mavjudligi (emasligi) to‘g'risida xulosa chiqarishga olib keladigan ma’lumotlarni to‘plash va
baholash;
Ikkinchisi qayta ishlangan ma’lumotlarga asoslanib amalda qaror qabul qilish[5].
Shundan kelib chiqib biz ham lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini qo‘llashning
huquqiy asoslariga to‘xtalib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Kodeksga ko‘ra lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini qo‘llash quyidagi
bosqichlari mavjud:
- ayblanuvchi yoki sudlanuvchini lavozimdan chetlashtirish lozim deb topish asoslarini
aniqlash;
- tergovchi yoki surishtiruvchi tomonidan iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror qabul
qilish;
- prokuror roziligini olish;
- sud tomonidan lavozimdan chetlashtirish masalasini hal qilish;
- ajrim ijrosini ta’minlash;
- qarorning qonuniyligini tekshirish;
Keling siz bilan ushbu bosqichlarni birma bir ko‘rib chiqsak.
Lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini qo‘llash bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib
O‘zbekiston Respiblikasi Jinoyat-protsessual kodekining 29-bobidagi moddalar asos bo‘lib hizmat
qilmoqda.
Mazkur bob 255-260 moddalarni o‘z ichiga oladi.
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish asoslari va muddatlari ham
alohida tartibga solingan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1184
Jinoyat-protsessual
kodeksining
255-moddasida
ayblanuvchining
lavozimdan
chetlashtirish asoslari va muddatlari keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z ish
joyida qolsa, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan
zararning o‘rnini qoplashga to‘sqinlik qiladi yoxud jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb
hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, ular lavozimidan chetlashtirilishi mumkinligi
belgilangan.
Demak
mazkur
huquqiy
normadan
kelib
chiqib
lavozimdan
chetlashtirish
3 ta asos keltirib o‘tilgan:
-jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash
-jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga to‘sqinlik qilishi
-jinoiy faoliyatini davom ettiradi deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa qo‘llaniladi.
Jinoyat protsessida qaror qabul qilishning nazariy asoslarini tahlil qilish orqali ma’lumotlar
har qanday qaror qabul qilishining asosi ekanligi haqida xulosaga kelish mumkun[6].
Biroq tergovchi, prokuror, yoki sud mavjud ma’lumotlarni o‘zing ichki ishonchi va qonun
talablaridan kelib chiqib baholasi lozim.
Bundan tashqari, majburlov chorasini qo‘llash vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar ham
jamiyatning bir qismi sifatida unda yashaydilar va ular ham boshqa shaxslar kabi yozilmagan
ahloqiy xulq-atvor qoidalariga bo‘ysunadilar.
Ya’ni, huquqni muhofaza qiluvchi organ hodimlari ham qonuniy va asoslantirilgan qaror
qabul qilishlari ularga ichki mas’uliyatni yuklaydi.
Yuqoridagilarga ko‘ra shuni ta’kidlash lozimki, lavozimdan chetlashtirish majburlov
chorasini qabul qilish uchun asoslar (shuningdek, har qanday boshqa qarorlar) murakkab
xususiyatga ega, ya’ni quyidagi elementlarga asoslanadi.
1)
jinoyat huquqi va jinoyat-protsessual huquqi normalari
2)
Faktik va boshqa ma’lumotlarni
3)
Ichki ishonch
4)
Ahloqiy me’yorlarga asoslanadi.
Birinchisi me’yoriy (yoki huquqiy) asoslarni, ikkinchisi - axborot, uchinchisi - psixologik
va to‘rtinchisi – axloqiy[7] me’yor hisoblanadi.
Bundan tashqari, har bir majburlov chorasini qo‘llashdan aniq bir maqsad bo‘lishi lozim.
Ushbu maqsadga yetmasdan turib uni qo‘llab bo‘lmaydi. Biroq mazkur chorani qo‘llash
maqsadi kodeksda berib o‘tilmagan.
Shu o‘rinda Jinoyat-protsessual kodeksining 213-moddasiga ya’ni majburlov chorasini
qo‘llash tartibiga to‘xtalib o‘tsak.
Kodeksga ko‘ra jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini amalga
oshirishga to‘sqinlik qilayotgan, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan bo‘lsa,
shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish va hukm
ijrosini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ushbu Kodeksda
belgilangan hollarda hamda tartibda majburlov choralarini qo‘llashga haqli ekanligi ko‘rsatib
o‘tilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1185
Ya’ni qonun chiqaruvhci Kodeksda majburlov chorasini qo‘llashdan aniq bir maqsadni
ochiq ko‘rsatib o‘tmagan. Xususan yuqoridagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda
zaruriyat yuzaga
kelsa
ushbu majburlov chirasini qo‘llash lozimligini ta’kidlagan.
Kodeksda lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini qo‘llashdan maqsadni aniq berib
o‘tilmganligi ushbu majburlov chorasini qo‘llashda tushunmovchiliklar yuzaga kelayotganligini
ko‘rsatadi.
Shuning uchun ham kodeksga nafaqat lavozimdan chetlashtirish, balki umumiy majburlov
chorasini qo‘llashdan ko‘zlangan maqsadni kiritish lozim deb hisoblaymiz.
Bundan tashqari mazkur moddaning o‘zida majburlov chorasi qo‘llash mumkin
bo‘lgan
subyektlar keltirib o‘tilgan.
Unga ko‘ra mazkur majburlov chorasi faqat ishga ayblanuvchi yoki sudlanuvchi sifatida
ishga jalb qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini faqat
aybalnuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qo‘llashni o‘zi yetarli emas deb hisoblaymiz.
Ya’ni nafaqat ayblanuvchi balki gumon qilinuvchi ham yuqoridagi asoslar mavjud bo‘lgan
taqdirda lavzoimdan chelashtirish majburlov chorasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Bizningcha mazkur majburlov chorasini qo‘llashdan asosiy maqsadlardan biri jinoyat sodir
etgan shaxsni o‘z harakatlarini davom ettirmaslik maqsadida qo‘llaniladi.
Shunindek ayrim adabiyotlarda, mazkur majburlov chorasi quyidagi hollarda qo‘llanilishi
mumkinligi ko‘rsatilgan:
a) ayblanuvchining ish joyida tarbiyaviy, profilaktika ishlarini olib borish uchun
qo‘llanilishi mumkin. Ya’ni shaxs lavozimdan chetlatilganligi jamoa darhol bilinadi va jinoyat
sodir etishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan uning mansab mavqeidan qat’iy nazar adolatli,
majburiy va zidlik bilan qo’llanilgan chora sifatda baholanadi.
b) ayblanuvchi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib jinoiy haratkatlarini davom ettirishni
davom ettirishga yo‘l qo‘ymaslik;
v) ayblanuvchi tomonidan tergovga halaqati qilishni oldini olish (guvohga, sheriklariga va
boshqalarga ta’sir ko‘satishni oldini olish maqsadida);
d) ayblanuvchi ishlayotgan muassasa yoki davlat organining nufuzini saqlash;
e) ayblanuvchining o‘ziga nisbatan tarbiyaviy majburlov chorasi sifatida»[8] qo‘llash
mumkinligi ko‘rsatilgan.
Yuqorida lavozimdan chetlashtisih majburlov chorasini qo‘llash asoslari va maqsadlari
tahlil qilingan bo‘lsa, endi uni qo‘llash tartibi haqida so‘z yuritsak.
Jinoyat-protsessual kodeksining 255-moddasida ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish
to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish
haqidagi masala esa Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan
hal qilinadi.
Kodeksning 423-moddasida sud majlisida ajrim chiqarish tartibi belgilangan bo‘lib, sud
muhokamasi vaqtida hal qilinadigan barcha masalalar yuzasidan sud ajrim chiqaradi.
Jumladan, sud ehtiyot choralarini qo‘llash (o‘zgartirish, bekor qilish) to‘g‘risidagi,
pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi
ayblanuvchini,
sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi
, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1186
to‘g‘risidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish
haqidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi, rad qilishlar haqidagi ajrimlarni,
boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan o‘zga ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni
alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi
va sud tomonidan imzolanadi.
Boshqa barcha ajrimlar sudning xohishi bilan yo yuqorida ko‘rsatilgan tartibda, yoki o‘z
joyida chiqarilib, bu ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Bundan tashqari kodeksning 438-moddasida iltimoslar qilish va ularni hal etish tartibi
belgilangan.
Unga ko‘ra sud majlisining tayyorlov qismi iltimoslar bor-yo‘qligini aniqlash bilan
yakunlanadi. Raislik qiluvchi taraflardan yangi guvohlar, ekspertlar yoki mutaxassislar chaqirish,
ashyoviy dalillar va hujjatlar talab qilib olish to‘g‘risida ularning iltimoslari bor-yo‘qligini
so‘raydi. Iltimos qiluvchi taraf qo‘shimcha dalillar aynan qaysi holatlarni aniqlash uchun
zarurligini ko‘rsatishi shart.
Taraf arz qilgan har bir iltimosni muhokama qilib, sud boshqa tarafning fikrini tinglaydi va
basharti, iltimos ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lsa, uni
qanoatlantiradi, aks holda qanoatlantirishni rad etadi.
Iltimosning rad etilishi sud muhokamasi davomida tarafni keyinchalik boshqa asoslarga
ko‘ra yana shu iltimos bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi.
Sud o‘zining tashabbusi bilan yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza tayinlash, hujjatlarni
va boshqa qo‘shimcha dalillarni talab qilib olish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqlidir.
Basharti sud qo‘shimcha dalillarni tekshirishni lozim deb topsa, sud majlisiga yangi
guvohlar, ekspertlar kelishini yoki hujjatlar talab qilib olinishini ta’minlash choralarini ko‘rib, ayni
chog‘da muhokamani yo davom ettiradi yoki uni keyinga qoldiradi.
Lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini qo‘llash muddatlari.
Lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini qo‘llash muddatlari bo‘yicha aniq
muddatlar belgilanmagan. Xususan ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish
mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlar bekor bo‘lguniga
qadar o‘tgan vaqt mobaynida qo‘llanilishi kodeksning 255-moddasida keltirib o‘tilgan.
Demak ushbu moddaga ko‘ra faqat yuqoridagi uchta asos bekor bo‘lgunga qadar bo‘lgan
davr davomida qo‘llanadi. Bu jarayon hoh sud davomida hoh tergov davomida bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual
majburlov chorasi qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda surishtiruvchi, tergovchi,
prokuror, sud tomonidan bekor qilinadi.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini
qo‘llash rad qilingan yoki u bekor qilingan taqdirda, aynan o‘sha ayblanuvchiga nisbatan mazkur
masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga lavozimdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladigan
yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish
to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish.
Mazkur majburlov chorasi ikkita vaziyatda qo‘llaniladi.
-Ish sudda ko‘rilayotgan vaqtda sudlanuvchiga nisbatan;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1187
-ishni sudga qadar yuritish bosqichida ayblanuvchiga nisbatan.
Agar shaxs ishda ayblanuvchi sifatida ishga jalb qilingan bo‘lsa, uni lavozimdan
chetlashtirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ayblanuvchini
lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur protsessual
majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi
qarorda:
-lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs haqidagi ma’lumotlar;
- uning ish joyi;
- lavozimdan chetlashtirish asoslari ko‘rsatiladi.
Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Surishtiruvchining, tergovchining ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida
iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomaning
asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish
to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Shu o‘rindan lavozimdan chetlashtirish masalasida vakolatli shaxslar doirasi aniq
belgilanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Jumladan iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilish vakolati surishtiruvchi,
tergovchi, prokukor qilish mumkinligini ko‘ramiz.
Mazkur moddada shuningdek qarorning asosligini tekshiruvchi alohida subyekt haqida
ham belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra prokuror qarorning asosliligini o‘rganib, tegishli tartibda sudga
yuborish mumkinligi ko‘rsatilgan.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
Jinoyat-protsessual kodeksining 257-moddasida ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish
to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishga
vakolatli bo‘lgan sudlar toifasi
ham alohida
belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra:
- surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman
(shahar) sudi;
-hududiy harbiy sudi;
- Mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish
to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan
taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi
tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnomani sud
tomonidan ko‘rib chiqish muddatlari ham belgilab qo‘yilgan. Kodeksning 257-moddasiga ko‘ra
ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida,
materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran
qirq sakkiz soat
dan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa,
himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi sudga
chaqirilishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1188
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning
kelmaganligi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
uchun monelik qilmaydi.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash
zaruratini asoslab beradi. So‘ngra ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar
eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun
alohida xonaga kiradi.
Iltimosnomani ko‘rib chiqish tartibi.
Kodeksning 258-moddasiga sudya ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi
iltimosnomani ko‘rib chiqib quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi
-ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida;
-ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi.
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi ajrimida: lavozimidan
chetlashtiriladigan shaxs haqidagi ma’lumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari;
ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida tegishli korxona, muassasa, tashkilot
rahbariga qo‘yiladigan talab ko‘rsatiladi.
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqidagi ajrimi
asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi ajrimi u o‘qib
eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Ajrim tegishli korxona, muassasa, tashkilot
rahbariga ijro uchun, prokurorga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa ma’lumot uchun yuboriladi.
Sudyaning JPKning 258-modda birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u
chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish
ikki soat ichida
ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy
vakili, lavozimidan chetlashtirilgan ayblanuvchi ishlagan tegishli korxona, muassasa, tashkilot
rahbari tomonidan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest
bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud
qirq
sakkiz soat
ichida ularni materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Shikoyat yoki protest berish sudning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi ajrimi
ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi. Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest
bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran
yetmish ikki soatdan
kechiktirmasdan ko‘rib
chiqishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi
bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz
qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilish va ayblanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish
tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llashga yoki mazkur protsessual majburlov chorasini
bekor qilishga haqli.
Sud ajrimini ijro etish tartibi
Kodeksning 259-moddasida ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish
to‘g‘risidagi ajrimni ijro etish tartibi belgilangan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1189
Xususan, sudning ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi
ajrimi korxona, muassasa, tashkilot rahbari uchun majburiy bo‘lib, rahbar ajrimni olishi bilan
darhol uni ijro etishi hamda bu haqda surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni va sudni xabardor
qilishi shartligi belgilangan.
Shaxsni lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirish oqibatida yetkazilgan
ziyonni qoplash tartibi.
Shuningdek qonunchilikning 260-moddasida shaxsni lavozimidan qonunga xilof ravishda
chetlashtirish oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash tartibi qisqacha ko‘rsatib o‘tilgan.
Ya’ni, shaxsning lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani oqibatida
yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoyat ishi
Jinoyat-protsessual kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tugatilgan bo‘lsa,
to‘la hajmda qoplanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksning 83-moddasida reabilitatsiya uchun asoslar keltirib o‘tilgan.
Jumladan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda aybsiz deb
topilib, reabilitatsiya etilishi lozim:
1) ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o‘tkazilgan ish bo‘yicha
jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa;
2) uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa;
3) uning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasa.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 991-moddasida
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura
organlari va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
masalasi keltirib o‘tilgan.
Qonunga xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot
chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga
xilof qo‘llanish, qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni qonunga xilof tarzda berish, shuningdek har
qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi
muomala hamda jazo turlarini qo‘llash natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va
sudning mansabdor shaxslari aybidan qat’i nazar, qonunda belgilangan tartibda
davlat tomonidan
to‘la hajmda to‘lanadi. Sudning qarori bilan zararni qoplash zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan
mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov,
prokuratura organlari va sudning boshqa tarzdagi qonunga xilof faoliyati natijasida fuqaroga yoki
yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa,
umumiy asoslarda to‘lanadi.
XULOSA
Maqola davomida lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini qo’llash tartibi haqida va
undagi muammolar haqida to’xtalib o’tdik.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki yuqoridagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish orqali
jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish mumkin bo’ladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1190
REFERENCES
1.
10.12.1948
yildagi
“Inson
huquqlari
umumjahon
dekloratsiyasi”
https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
2.
16.12.1966 yildagi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida” Xalqaro pakti
3.
O‘zbekiston Respublikasining 30.04.2023 qilda yangi tahrirda qabul qilingan
Konstitutsiyasi
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kunidagi “2022-2026-
yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-
sonli qaror
5.
Лупинская П. А. Решения в уголовном судопроизводстве: теория, законодательство,
практика. М., 2010. С. 24.
6.
Волынская О. В. Прекращение уголовного дела и уголовного преследования:
теоретические и организационно-правовые проблемы : дис. … д-ра юрид. наук. М.,
2008. С. 234.
7.
Ю. В. Основания и мотивы принятия уголовно-процессуальных решений в стадии
возбуждения уголовного дела : дис. … канд. юрид. наук. Омск, 2001. С. 85.
8.
Уголовно-процессуальному кодексу Молдавской ССР / под ред. А. С. Казанира и А.
И. Санталова. С. 140.
