ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1209
SUITSID TUSHUNCHASI VA UNING JAHON PSIXOLOGIYASIDA O‘RGANILISHI
Ochilova Ozoda
Buxoro viloyati, Qorako’l tumani 30-maktab psixologi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11317603
Annotatsiya.
Ushbu maqolada suitsidal holatlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish
va ularni oldini olishning ijtimoiy-psixologik omillarini tadqiq qilish masalalariga to’xtalib
o’tilgan.
Kalit so’zlar:
suitsidal holatlarning kelib chiqish sabablari, zamonaviy shaxs, ijtimoiy
strukturalar.
THE CONCEPT OF SUICIDE AND ITS STUDY IN WORLD PSYCHOLOGY
Abstract.
This article focuses on the issues of studying the causes of suicidal situations and
researching the socio-psychological factors of their prevention.
Key words:
causes of suicidal situations, modern personality, social structures.
ПОНЯТИЕ СУИЦИДА И ЕГО ИЗУЧЕНИЕ В МИРОВОЙ ПСИХОЛОГИИ
Аннотация.
Данная статья посвящена вопросам изучения причин суицидальных
ситуаций и исследования социально-психологических факторов их профилактики.
Ключевые слова:
причины суицидальных ситуаций, современная личность,
социальные структуры.
Zamonaviy shaxs o‘z rivojlanishi mohiyatiga ko‘ra murakkab dunyoda yashamoqda.
Shaxsining dinamik rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy strukturalar tizimi jumladan,
oila, maktab, norasmiy uyushmalar va ijtimoiy institutlarda ham keskin o‘zgarishlar ro‘y
bermoqda. Shuningdek, ba’zan ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan ma’lumotlar ham
shaxslarning emotsional-irodaviy jabhalari hamda qiziqishlar tizimiga ta’sir etib, ularning hulq-
atvorlari va psixikasida turli buzilishlarga sabab bo‘lmoqda.
Shunday buzilishdan biri suitsidal holatlarga urinish, o‘z joniga qasd qilish bo‘lib, tan olish
kerakki, to hozirga qadar mazkur muammoning mohiyati munozaralidir. Uni kayfiyat tasnifi yoki
sindromi sifatida yoinki alohida bir kasallik tarzida tushuniladi. Uning asosiy sababi birinchidan,
depressiv simptomatika bo‘lib, u turli yoshga oid psixologik xususiyatlarni namoyon qiladi va
ikkinchidan tashqi ifodalnishida “niqoblanganlik” xarakteriga ega bo‘ladi.
Shaxsning suitsidal holatlarga urinishi va uning keltirib chiqaruvchi omillar murakkab
tuzilishga ega bo‘lib, u: a) mehnat faoliyatini o‘zlashtira olmaslik; b) o‘zga insonlar jamoasiga
moslasha olmaslik; v) o‘ziga xos psixologik muhofaza reaksiyasini o‘zida mujassamlashtiradi.
Ayrim olimlar uning kelib chiqishida stressogen omillarga urg‘u berib, o‘ziga xos
“sivilizatsiya kasalligi” deb ataydilar. Olimlardan B.S.Polojiy (1996) fikricha, jamiyatdagi
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy chuqur o‘zgarishlar shaxsda jiddiy buzilishlarga sabab bo‘ladi yoki
madaniy hamda ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashaolmaslik muammosi shular jumlasidandir.
Shaxsning o‘ziga xos suitsidal xulq-atvorning asosida mehnat faoliyati jarayonidagi
noto‘g‘ri psixologik ta’sir, soha xodimlarining shaxslilik xususiyatlari va emotsional holatlaridagi
salbiy urinishlarga, ichki ishlar xodimlarining o‘z jamoadoshlari tomonidan yetarli e’tibor
berilmasligi sababli yuzaga kelgan ijtimoiy dezadaptatsiya (moslashaolmaslik), ijtimoiy
integratsiyaning pasayishi va beqarorligi yotadi. Shaxsning ijtimoiy atrof-muhitdagi o‘zaro
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1210
munosabatlarining buzilishi, shaxslararo munosabatlarning qiyinlashuvi, yaqinlari tomonidan
subyekt ehtiyojlari, qiziqishlari inobatga olinmagan holda o‘tkazilgan bosim, ularda hayot
mazmuni, xavfsizlik va "kerak"lilik hissining yo‘qolishi, ko‘pincha suitsidal xulq-atvor namoyon
bo‘lish sabablaridan biri hisoblanadi.
Suitsid
– lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘z joniga qasd qilish, ongli ravishda o‘zini
hayotdan mahrum qilish ma’nosini bildiradi. Suitsidal xulq-atvor - suitsiddan kengroq tushuncha
bo‘lib, o‘zida suitsidal xatti-xarakat, o‘z joniga qasd qilish xodisalarini qamrab oladi.
Adabiyotlarda
ko‘pincha
suitsidal
xatti-harakatlar
bilan
solishtiriladigan,
“autatravmatizm” (o‘ziga jarohat yetkazish), “autoagressiv xatti-harakat” terminlari uchraydi.
Agar autoagressiv harakatning oxirgi maqsadi o‘z joniga qasd qilish bo‘lsa, uni
suitsidal xatti – xarakatlarga bog‘lash mumkin. Zamonaviy, ayniqsa xorijiy adabiyotlarda
“autodestruktiv” (o‘ziga zarar yetkazish bilan bog‘liq xulq-atvor) “o‘zini- o‘zi yo‘q qilish”
xulq-atvori tushunchasi keng tarqalgan. Psixologik – ruhiy – og‘riq, og‘ir inqirozli holatning
umumiy belgisi hisoblanadi. Ko‘ngil og‘rig‘iga chiday olmaslik, uni har qanday yo‘l bilan
to‘xtatishga olib keladi, inqirozli vaziyatdagi odamga esa suitsid o‘z muammolardan qutilish
va hal etish usulidek ko‘rinadi.
G‘arb psixologiyasida sitsidal xulq-atvor muammolarini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab ilmiy
tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shu o‘rinda E.Dyurkgeym, Z.Freyd, A.Adler, K.Menninger,
G.K.Yung, G.K.Yung, G.S. Salliven, K.Rodjers, E.Shneydman, N.Farberou va boshqalar
tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari samarali natijalarni bergan. Biz quyida ular
tomonidan amalga oshirgan ilmiy tadqiqot ishlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
E.Dyurkgeym suitsid holatlarini o‘rganib, uni keltirib chiqaruvchi omillarni ko‘rsatib
berishga harakat qilgan. E.Dyurkgeymning o‘z joniga qasd qilishning ijtimoiy nazariyasiga
muvofiq, suitsidal fikrlar avvalo shaxsning ichki shaxsiy aloqalarining uzilishi, o‘zi taalluqli
bo‘lgan ijtimoiy guruxdan begonalashuvi oqibatida paydo bo‘ladi.
Uning qarashlariga muvofiq, suitsidning uchta asosiy ko‘rinishlari mavjud. Birinchi
turi, ko‘pgina o‘z joniga suiqasd harakatlari egoizmni bildiradi va ko‘pgina holatlarda o‘zini
– o‘zi yo‘q qilish individning o‘zini jamiyatdan, oilasi va do‘stlaridan begonalashgan va
yakkalangan deb his qilishi bilan shartlangandir. Ikkinchi turi, anomik o‘z joniga suiqasd
qilish bo‘lib, u shaxsning ijtimoiy gurux bilan o‘zaro aloqasini buzilishiga olib keladigan
jamiyatdagi o‘zgarishlarga moslashishdagi muvaffaqiyatsizliklarni oqibatida yuz beradi.
Ular ijtimoiy – iqtisodiy inqirozlar vaqtida ko‘payadi, biroq ijtimoiy yuksalishda ham
saqlanib qoladi, chunki farovonlikning tezlik bilan o‘sishi oldingi hayotiy sharoitlardan farq
qiluvchi yangilariga moslashishni keltirib chiqaradi. Muallif o‘z hayotiga suiqasdning oxirgi,
uchinchi ko‘rinishini altruistik suitsid deb nomlagan. Suitsidning ushbu turida odamning
jamiyatning yoki guruxning obro‘li shaxsi (avtoriteti) tomonidan uning egoidentligini
bostirishi oqibatida u jamiyat foydasi, qandaydir ijtimoiy, diniy yoki falsafiy g‘oya uchun
o‘zini qurbon qilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Atoqli psixiatr Z.Freydning suitsid borasidagi tasavvurlari esa odamdagi mavjud ikkita
asosiy mayl konsepsiyasiga asoslanadi: Eros – hayot instinkti va tanatos – o‘lim instinkti.
Olimning fikricha, inson hayoti ular o‘rtasidagi jang maydoni hisoblanadi. Inson
nafaqat yashashni, suyukli bo‘lishni va o‘zini davomini farzandlarida ko‘rishni istaydi –
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1211
shunday davrlar yoki ruxiy holatlar bo‘ladiki, bunda o‘lim istalgan bo‘ladi. Yosh o‘tishi
bilan Eros o‘lib boradi, Tanatos kuchli, qat’iyatli bo‘lib boradi va odamni o‘limga olib
borib, o‘zini to‘liq ro‘yobga chiqaradi. Freydga muvofiq suitsid va o‘ldirish tanatosning
buzg‘unchi ta’sirining namoyon bo‘lishidir, ya’ni agressiyaning.
A.Adler suitsid muammosini o‘rganib, odam bo‘lish, avvalo, o‘zining nomukammalligini
his etishdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, hayot anglanmasligi mumkin bo‘lgan
maqsadga intilishdan iborat, biroq u individning barcha harakatlarini yo‘naltiradi va yashash
uslubini shakllantiradi. Nomukammallik hissi ilk bolalik davrida paydo bo‘ladi va turli
yetishmovchiliklar bilan og‘irlashadigan jismoniy va psixologik zaiflikka asoslanadi. Inson
uchun boshqa odamlar bilan umumiylikni his etish ekzistensial (hayotiy) muhimdir.
Ekzistensiya – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “existre” – ajratib turish, paydo bo‘lish,
mavjud bo‘lmoq kabi ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun inson butun hayoti davomida
nomukammallikni yengish yoki o‘rnini to‘ldirish harakatida bo‘ladi. Ushbu harakat, qidirish
odam xulq – atvorining harakatlantiruvchi kuchiga aylanadigan va hayotni mazmunli qiladigan
o‘zini-o‘zi namoyon qilish, hokimiyatga intilishda amalga oshadi.
Biroq bunday qidirish, harakat sezilarli to‘siqlarga duch kelishi va suitsidga “qochish”
bilan boshlanadigan inqirozli vaziyatga olib kelishi mumkin. Birlik hissi yo‘qoladi;
qiyinchilikni ko‘tara olmaslikni oqlovchi, odam va atrofdagilar bilan “masofa” o‘rnatiladi;
emotsiya sohasida “start oldi qattiq hayajon” (talvasa)ni eslatuvchi, affektiv jazava, nafrat va
o‘ch bilan yo‘g‘rilgan nimadir paydo bo‘ladi. A.Adlerning ta’kidlashicha, odamga ko‘pincha
ongsiz ravishda maqsad sari ichki intilish hos ekan, bunda autoagressiv holatidagi xatti –
harakatlarning ketma – ketligini bilgan holda uni oldini olish mumkin.
Amerikalik olim K.Menninger suitsidning chuqur motivlarini tadqiq etib, Z.Freydning
bu boradagi tasavvurlarini rivojlantiradi. U suitsidal xulq-atvorni uchta tarkibiy qismlarini
ajratdi. Uning fikriga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish uchun quydagilar zarur: o‘ldirish xohishi
– o‘z joniga qasd qiluvchi ko‘pincha infantil shaxs bo‘lib, o‘z xohishlarini amalga oshirish
yo‘lidagi to‘siq va qiyinchiliklardan g‘azabga keladi; o‘ldirilish istagi – agar qotillik
agressiyaning oxirgi shakli bo‘lsa, suitsid o‘zida tobelikning yuqori darajasini ko‘rsatadi:
odam axloqiy me’yorlarni buzilish oqibatidagi vijdon azobi va qiyinchiliklarni ko‘tara
olmaydi, shuning uchun ham aybini yuvishni faqatgina o‘z hayotini tugatishda ko‘radi; o‘lish
istagi – u o‘z hayotini asosiz xavfga soluvchi odamlar, shuningdek, o‘lim tana va ruhiy
azoblardan qutqaruvchi yagona dori deb hisoblovchi bemorlar orasida keng tarqalgan.
Shunday qilib, K. Menninger tomonidan tavsiflangan odamdagi uchala xohish birdaniga
paydo bo‘lsa, suitsid oldini olib bo‘lmaydigan haqiqatga (voqeylikka) aylanadi. Ushbu
istaklarning vaqt bo‘ylab tarqalishi autoagressiv xulq-atvorning yengil ko‘rinishda namoyon
bo‘lishi bilan shartlanadi.
Atoqli olim G.K.Yungning suitsid muammolariga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlari alohida
e’tiborga loyiq. Muallif o‘z joniga qasd qilish muammosiga to‘xtalib, suitsidning sababi sifatida,
odamning ma’naviy qayta tirilishga ongli intilishini ko‘rsatib o‘tgan. Ushbu intilish turli
ko‘rinishlarni qabul qiluvchi jamoaviy ongsizlik arxetiplarining dolzarblashuvi bilan asoslangan.
Ular quyidagilardan iborat:
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1212
metempsixoz (ruxlarning ko‘chishi) bunda odam hayoti tanaga turli hosliklarni
gavdalantirish orqali cho‘ziladi.
yangi shaklga kirish, shaxsning uzluksizligini saqlab qolishni va inson tanasida
yangitdan tug‘ilishni nazarda tutadi.
inson hayotining o‘limdan so‘ng «nozik tana» deb ataladigan holatida qayta yaralish
– tiklanish.
individual hayot doirasi o‘ladigan mavjudoddan o‘lmaydiganga aylanishi bilan
birgalikdagi qayta tirilish.
shaxsdan tashqarida ro‘y beradigan transformatsiya yo‘li orqali qayta yaralish.
K.Xorni esa suitsidal xulq-atvor muammolari bilan shug‘ullanib, bir qator ibratli fikrlarni
bayon qilgan. Muallif psixodinamik yo‘nalish va ego psixologiyada suitsid borasida shunday
fikrni taxmin etgan, ya’ni odamlar o‘rtasidagi munosabatlar buzilishida bazaviy xavotirdan
kelib chiqqan asabiy nizo paydo bo‘ladi. U bolalik davridayoq atrofdagi dushmanlikni his etish
bilan boshlanadi. Xavotirlikdan tashqari, odam asabiy vaziyatda yolg‘izlik, ojizlik, tobelik
va dushmanlikni his etadi. Ushbu fenomenlar suitsidal xulq-atvorning asosi bo‘lib chiqishi
mumkin (masalan, katta odamdagi chuqur nomukammallik hissi va ideal “Men” obrazi yoki
ijtimoiy standartlarga nomuvofiqligi bilan birgalikdagi bolalarcha tobeligi). Dushmanlik
nizoda dolzarblashadi, deb hisoblagan K.Xorni. U suitsidal xulq-atvor shakliga kirmasligi
ham mumkin, biroq nafrat ijirg‘anish yoki global rad etish ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi
mumkin. Agar tashqi qiyinchiliklar odamning egotsentrik ustanovkalari yoki illyuziyalari
bilan uyg‘unlashsa, ular kuchayadi. Bunda o‘ziga va o‘zgalarga bo‘lgan nafrat va dushmanlik
shunchalik kuchli bo‘lishi mumkinki, o‘zining o‘limi qasosning jozibali usuli bo‘lib chiqadi. Bir
qator xollarda xohishga ko‘ra o‘lim o‘z “Men”nini tasdiqlashning yagona usuli bo‘lib chiqadi.
Taqdirga tan berish, ya’ni bunda autodestruktivlik ustunlik qiluvchi moyillik bo‘lib
chiqishini, K.Xorni, o‘zini-o‘zi o‘ldirishning latent (yashirish) shakli sifatida ko‘rgan.
Amerikalik psixoanalitik Garri Stek Salliven suitsidni o‘zining shaxslararo muloqot
nazariyasi nuqtai nazaridan talqin etgan. Uning fikricha, individning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi
o‘zgalarning unga bo‘lgan munosabatidan kelib chiqadi. Bunday vaziyatga autoagressiya sodir
etish yo‘li bilan azoblarni to‘xtatish va “yomon men”ni “men emas”ga aylanishi imkonli yoki
yagona alternativ variant bo‘lishi mumkin. Biroq odam ushbu xatti – harakat bilan bir
vaqtning o‘zida odamlarga va butun dunyoga o‘zining dushmanligini namoyon etadi.
K.Rodjers va uning tarafdorlari esa suitsidal xulq-atvorning kelib chiqishida xavotirlanish
va boshqa emotsional kechinmalarning roli haqida o‘z qarashlarini ilgari surgan. K.Rodjers uchun
xavotir nafaqat belgi (simptom) edi, balki turmushning ekzistensial ko‘rinishi va inson
hayotidagi muhim konstruktiv kuch hamdir. Olim uni “borliq va yo‘qlik uchrashuvini”
kechirish va “erkinlik va odamning real borligi paradoksi” deb hisoblagan.
K.Rodjersning ta’kidlashicha, hayotning asosiy yo‘nalishi (g‘oyasi) atrof muhit va
boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlarda shakllanuvchi, “Men”ning dolzarblashuvi,
saqlanishi va kuchayishidan iborat. Agar “Men”ning tuzilishi rigid bo‘lsa (qotib qolgan), shaxs
hayotiga xavf sifatida qabul qilinuvchi, unga muvofiq kelmaydigan real tajriba buziladi yoki rad
etiladi. Odam uni tan olmasa, go‘yoki qamoqqa qamaydi. Bunda istalmagan tajriba “Men”dan
uzoqlashadi, voqelik bilan aloqa yo‘qotiladi. Shu tariqa “Men” boshida o‘zining tajribasiga
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1213
ishonmay oxir oqibatda o‘ziga ishonchni butunlay yo‘qotadi. Bu esa butunlay yolg‘izlikni
anglashga olib keladi. O‘ziga ishonch yo‘qoladi, hayotga nafrat va ijirg‘anish paydo bo‘ladi, o‘lim
ideallashtiriladi, bunday holat suitsidal moyilliklarni keltirib chiqaradi.
Logoterapiya asoschisi, V.Frankl o‘zini-o‘zi o‘ldirishni hayot mazmuni va odam erki
kabi tushunchalar qatorida, shuningdek, o‘lim va o‘lish psixologiyasi bilan bog‘liqlikda tadqiq
etgan. Mavjudlikning anglanganligi xos bo‘lgan odam, o‘zining turmush usuliga nisbatan
munosabatlarida erkindir. Biroq u hayotda uchta darajada ekzistensial cheklovga duch keladi: u
muvaffaqiyatsizlikka duch keladi, qiynaladi va o‘lishi kerak. Shuning uchun odamning vazifasi
o‘zining cheklanganligini anglab, omadsizlik va azobni ko‘tarishdan iboratdir. V.Frankl o‘zini-
o‘zi o‘ldirishga afsus bilan munosabatda bo‘lgan va unga qonunan, jumladan, ahloqan oqlash
yo‘qdir, deb ta’kidlagan. Suitsid ro‘y berganda hayot mag‘lubiyatga uchraydi. Oxir oqibat o‘z
joniga qasd qiluvchi o‘limdan qo‘rqmaydi - u hayotdan qo‘rqadi, deb xisoblardi V.Frankl.
E.Shneydman o‘zining qarashlarida birinchi bo‘lib suitsidning yaqinlashayotganini
bildiruvchi belgilarni tavsifladi va ularni “suitsidga olib boruvchi kalitlar” deb atadi. U
jamiyatdagi mavjud suitsid haqidagi afsonalarni, shuningdek shaxsning suitsidal xulq-atvorini
asoslovchi o‘ziga hosligini sinchiklab o‘rgandi. Ushbu o‘ziga hosliklar o‘zi tarafidan
yaratilgan, individlarning original tipologiyasida o‘z aksini topgan, ular ko‘pincha ongli
ravishda o‘z o‘limlarini yaqinlashtiradilar. Ularga quyidagilar taaluqli:
o‘lim qidiruvchilar, qutqarilish imkoniyatini pasaytirib, ataylab hayot bilan
vidolashuvchilar;
o‘lim tashabbuskorlari, uni ataylab yaqinlashtiruvchilar (masalan, og‘ir kasallar,
o‘zini hayotiy ta’minlovchilaridan ongli ravishda uzuvchilar);
o‘lim bilan o‘ynashuvchilar, hayotini garovga qo‘yish imkoniyati mavjud vaziyatlarni
qidirishga moyillar, tirik qolish imkoniyati pastligi bilan ajralib turadi;
o‘limni ma’qullovchilar, ya’ni hayot bilan vidolashishga faol intilmaslik bilan bir
qatorda o‘zining suitsidal istaklarini yashirmaydilar: bu masalan yolg‘iz qariyalarga yoki Ego
– identlik inqirozi vaqtidagi emotsional noturg‘un ichki ishlar xodimlari va o‘spirinlarga
hosdir.
E.Shneydman suitsidlarning shart-sharoitlarning va ularni amalga oshirishning
turlichaligiga qaramay, barcha suitsidlarga xos bo‘lgan hamma belgilarni tavsifladi va ajratdi:
1.
Suitsidlarning umumiy maqsadi yechimni qidirishdir.
2.
Suitsidning umumiy maqsadi ongni to‘xtatishdir.
3.
Suitsidning umumiy turtkisi chidab bo‘lmaydigan ruhiy og‘riqdir.
4.
Suitsida umumiy stressor psixologik ehtiyojlarning frustratsiyaga uchrashidir.
5.
Umumiy suitsidal emotsiyalar ojizlik va umidsizlikdir.
6.
Suitsidga umumiy ichki munosabat ambivalentlikdir.
7.
Suitsidda psixikaning umumiy holati kognetiv sohaning torayishidir.
8.
Suitsiddagi umumiy harakat qochishdir (agressiya).
9.
Suitsida umumiy kommunikativ harakat o‘z niyati haqida xabar berishdir.
10.
Umumiy qonuniyat bo‘lib suitsidal xulq – atvorning hayot davomidagi xulq –
atvorning umumiy uslubiga muvofiq kelishidir (belgilariga).
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1214
E.Shneydman N.Farberou bilan birgalikda amaliyotga o‘zini-o‘zi o‘ldirishning
psixodinamikasini tushunishni chiqurlashtirgan psixologik autopsii metodini ( o‘z joniga qasd
qilganlarning o‘lim oldi xatini tahlilini o‘z ichiga oluvchi) kiritdi. Ushbu metod asosida ular
tomonidan suitsidning uch turi ajratilgan:
egotik o‘zini o‘ldirish; ularning sababi intra (ichki) – psixik dialog, “Men”ning qismlari
o‘rtasidagi nizo, tashqi sharoitlar esa qo‘shimcha rol o‘ynaydi; masalan, eshituv
gallyutsinatsiyalaridan qiynaladigan psixik kasallarning o‘zini o‘ldirishi;
diadik o‘zini o‘ldirish; asosi ahamiyatli bo‘lgan yaqin odamga tegishli amalga
oshmagan ehtiyoj va xohishlarda namoyon bo‘ladi; shu tariqa, ushbu harakatni boshqasiga
munosabat aktiga aylantiruvchi tashqi omillar ustunlik qiladi;
agenerativ o‘zini o‘ldirish, bunda biror bir avlodga yoki insoniyatga tegishlilik hissini
yo‘qotish oqibatida yo‘q bo‘lish hissi sabab bo‘ladi, masalan, qarilik davridagi suitsid.
N.Farberou esa odamning o‘zini-o‘zi yo‘q qilish xulq-atvori konsepsiyasi yaratuvchisi
hisoblanadi. Uning yondashuvi muammoga kengroq qarash imkoniyatini beradi, u nafaqat
amalga oshirilgan o‘z joniga suiqasdni, balki autoagressiv xulq – atvorning boshqa shakllarini
xam ko‘rib o‘tadi: alkogolizm, toksikomaniya, narkotik tobelik, delekvent xatti – harakatlar,
ishga qattiq berilish, oqlanmagan xavf-xatarga moyillik, noadekvat qiziqish va h.k. Ushbu
yondashuv N.Faberouga o‘zini o‘ldirishning oldini olishni zamonaviy tamoyillirini ishlab
chiqish imkonini berdi. Bundan tashqari u “tirik qolganlar” – o‘zini o‘ldirishni eplay olmaganlar
va o‘zini o‘ldirganlarning qarindoshlari va do‘stlarining psixologiyasini tadqiq etish bilan
shug‘ullanadi.
Shunday qilib, o‘zini o‘ldirish barcha tadqiqotchilar tomonidan shaxsning nizolarni
kechirish sharoitidagi ijtimoiy psixologik dezodaptatsiyasi oqibati sifatida qaralgan. Bunda
suitsid o‘zida shaxsning favqulotda vaziyatlardagi xulq – atvorining variantlaridan birini
namoyon etadi, shu bilan birga vaziyatning suiqasdga mosligi bilan emas, balki subyektning
o‘ziga hosliklari, uning hayotiy tajribasi, intelekti, ichki shaxsiy aloqalarning mustahkamligi
bilan aniqlanadi.
REFERENCES
1.
Shneydman E. Desyat obshix chert samoubistv i ix znacheniye dlya psixoterapii //
Suitsidologiya: proshloye i nastoyasheye. Problema samoubiystva v trudax filosofov,
sotsiologov, psixoterapevtov i xudojestvennix tekstax / Sost. A.N. Moxovikov. M., Kogito
– sentr, 2001.
2.
Suleymanova T.G. O‘smirlik davriga xos suitsidal xulqningpsixologik korreksiyasi
xususiyatlari. Nom. dis.Toshkent - 2011.
3.
Sh.R.Barotov E.M.Muxtorov. O‘smirlarda o‘z-o‘zini psixologik muhofaza qilish
haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning ilmiy-amaliy asoslari. Monografiya. –T.:
“Fan” nashriyoti. 2008 yil.
4.
Vasilev.V.A. Yuridicheskaya psixologiY.Uchebnik. –S.P. : Piter.2010.
5.
Ruxiyeva.X.A. Sud-psixologik ekspertizasi. O‘quv qo‘llanma – T.: 2012
6.
Ruxiyeva.X.A. Sotsialno-psixologicheskiy tren .Uch.metod.pos. –T.2008.
