465
O‘QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Kabulova Sanobar Eshnazarovna
Guliston davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi.
Abdisalomova Dilnura Ilhom qizi
Guliston Davlat Pedagogika Instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti
Oʻzga tilli guruhlarda rus tili yoʻnalishi 2- bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11304048
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta`lim jarayonida zamonaviy innovatsion hamda pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, metodologik asoslari hamda imkoniyatlari ko`rib
chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Ta`lim, innovatsiya, pedagogik texnologiya, metod, o`qitish.
PROSPECTS OF USING MODERN INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN EDUCATION
Abstract.
This article examines the advantages, methodological bases and possibilities of
using modern innovative and pedagogical technologies in the educational process.
Key words:
Education, innovation, pedagogical technology, method, teaching.
ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ИННОВАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация.
В данной статье рассматриваются преимущества, методические
основы и возможности использования современных инновационных и педагогических
технологий в образовательном процессе.
Ключевые слова:
Образование, инновация, педагогическая технология, метод,
обучение.
KIRISH
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interfaol usullarni
qo‘llashga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Bunday qiziqishgaasosiy sabab, shu vaqtgacha
an’anaviy ta’limda talabalar faqat tayyorbilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy
texnologiyalarda esa,ularni bilimni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlilqilishlariga,
hatto xulosalarni o‘zlari chiqarishlariga o‘rgatadi.
Pedagog bujarayonda o‘quvchi shaxsining rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish
vatarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik,yo‘naltiruvchilik
funksiyasini ham bajaradi.
466
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, asosiy ko‘rsatkich: o‘quvchi o‘rinlari sonining normativga
mosligi; texnik vositalarning mavjudligi, o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar, laboratoriya va amaliy
mashg‘ulotlarni bajarish uchun tarqatma materiallar tashkil etadi. Pedagogik mahorat jarayoni
tashkillashtirish metodlarga, maqsad va vazifalarni ifodalashga, maqsadga muvofiq metod va
shakllarni tanlashga, o‘quv-texnik vositalarni tanlay bilishga, rejalarning ilmiyligiga asoslanadi.
Pedagogik mahoratning ayrim maqsad va vazifalarni aniqlaydigan metodlarni ko‘ramiz.
Bu metodlar faoliyatni tashkil etgani uchun tashkiliy va ilmiy nazariya bilan uzviy bog‘liq.
Darsga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun o‘qituvchi o‘ziga kerakli ta’lim
vositalarini tanlaydi.
Ma’lumki, maqsadni amalga oshiradigan vositalar tarkibiga o‘qitish mazmuni, o‘qitish
metodlari, o‘qitishning tashkiliy shakllari, sinf jamoasi va o‘qituvchiga ta’sir etish metodi, o‘quv
texnik vositalari kiradi. O‘quv materialining asosini darslik va rejalashtirish tashkil etganligidan,
o‘qituvchi uning tarkibiga o‘qitish shartlarini bilgan holda o‘zgartirish va to‘ldirish kiritadi. Metod
so‘zi maqsadga erishishni bildiradi.
O‘qitishning muhim tomonlaridan biri bu – o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro
uzviyligidir. Bu jarayonning asosiy funksiyasi, jumladan, o‘quvchilarni o‘qitishda rivojlantirish
va tarbiyalashda yagona metoddan iboratligi hisoblanadi.
O‘qitish metodlari – bu o‘quv-tarbiyaviy masalalar yechimiga qaratilgan o‘quvchi va
o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini yo‘lga qo‘yish demakdir. O‘qitish metodi ta’sirini
oshirishda har bir holat uchun turkumlash turini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi
zamonda o‘qitish metodlari turkumining turli-tumanligi bizga ma’lum. Bular: bilim manbalari
bo‘yicha, o‘quv masalalari bo‘yicha, o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘yicha, o‘quvchining
bilish faoliyati bo‘yicha, binar turkumlash va boshqalar.
Bular zarur bo‘lganda o‘qituvchi didaktik materiallardan foydalanishi mumkin. Nuqtai
nazarimizda o‘qituvchi o‘qitish metodlarini qancha ko‘p bilsa, shuncha darslari qiziqarli o‘tadi,
chunki har bir metodning o‘ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Bunday ijobiy va salbiy
tomonlar aniq shartlar bo‘yicha katta yoki kichik darajali tomonlarni o‘zida aks ettiradi [3].
O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘ra turib, suhbat yoki hikoya, yozma yoki og‘zaki mashq
bajarish metodlarini tanlaydi. Ammo bunday tanlov o‘quvchining o‘quv faoliyati haqida
tushuncha bermaydi. Faraz etaylik o‘qituvchi suhbat metodini tanladi. Suhbat metodi xuddi hikoya
metodik, tayyor bilimlarni o‘zlashtirishni aniqlaydi. Bu nomlanishi bo‘yicha o‘qitish metodlari,
bilim faoliyatiga imkon beradi.
467
Shunday qilib, o‘quvchidagi o‘qishni o‘rganishni rivojlantirish darajasi bilim manbalari
bo‘yicha tasniflash metodlari, o‘qitish metodlarini tanlash uchun yetarli emas. Bu
yetishmovchilikni bartaraf etish uchun o‘quvchilar bilish faoliyati tavsifi bo‘yicha tavsiflashdan
foydalanish mumkin. Bunda metodlar ikki guruhga bo‘linadi: reproduktiv va produktiv. Birinchi
guruhga quyidagi metodlar kiradi: ko‘rgazmali – tushuntirish (axborot-retseptiv) va reproduktiv.
Ikkinchi guruhga qisman izlanish va tadqiqot. Muammoli bayon ikkala guruh orasidagiga
kiradi, chunki, harakat usullari va izlanish hamda tayyor axborotni o‘zlashtirishni afzal ko‘radi.
Ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish,
o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interfaol uslublardan foydalanish ta’lim maqsadini
samarali amalga oshirishga yordam beradi [2].
Bugungi kunda ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi konsepsiyasi — zamonaviy
innovatsion ta’lim texnologiyalarning turli xil (interfaol metodlar, strategiyalar, grafik organeyzer,
modulli kredit tizimi) ko‘rinishlarini qo‘llash juda yaxshi samara bermoqda.
Ta’lim tizimida intelektual faol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan innovatsion usullardan biri
Case study (keys stadi) metodi bo‘lib, unda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni
ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan
aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga
asoslanadigan ta’lim uslubidir [3,4].
Keys-stadi - ta’lim axborotlar kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim
maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish
jarayonida bashorat qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda
ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan
ta’lim texnologiyasidir.
1-jadval
An’anaviy metodlar va keys metodi asosida dars o‘tishning farqlovchi xususiyatlari
Farqlovchi
ko‘rsatkichlar
O‘qitish metodlari
An’anaviy metodlar
asosida o‘qilgan
ma’ruza
Keys metodi asosida o‘tilgan dars
Maqsad
Bilim berish
- fikrlash;
-
muammoni xal etish ko‘nikmalarini
hosil qilish;
-
kashfiyotlarga intilish hamkorlikka
tayyor bo‘lish sifatlarini rag‘batlantirish;
468
O‘qituvchining vazifasi
O‘z fanining mazmunini
bilish
-O‘z fani mazmunini bilish;
-Muhokama jarayonini boshqara bilishi
O‘qituvchi – talaba
munosabatlari
O‘qituvchining
o‘quvchi – talaba ustidan
hukmronligi
Sheriklik va hamkorlik
Talabalarning o‘z –
o‘zini va bir – birini
o‘qitish jarayonida
ishtiroki
Sust
Faol talabalar o‘qituvchining vazifasi
hisoblanuvchi muhokama rejasini tuzish
asosiy maqsadni aniqlash mustaqil
muhokama qilishga qodir bo‘ladilar
XULOSA VA MUNOZARA
Berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida talabaning tegishli fan bo‘yicha o‘zlashtirgan
bilimlari yanada kengayadi mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanadi hamda unda egallagan
bilimlarini nostandart vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalari shakllanadi.
Xulosa qilib aytganimizda, oliy ta’lim sohasining ta’lim jarayonida innavatsion
ta’limtexnologiyalari bo‘lmish pedagagok va axborot texnologiyalaridan optimal foydalanish
ta’limsamaradorligini oshirishning muxim omili bo‘lib hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Sh.M.Mirziyoev. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. № PQ-3775 05.06.2018 y.
2.
Ahmadaliev A.M., Qosimov A.X. Innovatsion faoliyat va ilg‘or pedagogik texnologiyalar.
O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2016. -67 b.
3.
Klarin M.V. O'qitishdagi innovatsiyalar: metafora va modellar: Xorijiy tajribani tahlil qilish.
M., Nauka, 2017, 223 b.
4.
Farberman L.B, Musina R.G. Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy
usullari. T. 2012.
5.
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2010. -73 b.
6.
Maftuna, G. (2021). Effective ways to Use Triz (The Theory of Inventive Problem Solving)
in Elementary School. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 85-88.
469
7.
Ganieva, M. (2023). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL
STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on
Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).
