Authors

  • Ulug`bek Abdurasulov
  • Furqat Sobirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33348

Keywords:

Written speech handwriting examination identification sign general signs special signs expert opinions.

Abstract

In this article, the identification signs of written speech during forensic examination, in particular, the concept of forensic examination, the concept of written speech, the concept of identification signs of written speech, end the statistical data of recent years are analyzed and discussed.

background image


520

SUD-XATSHUNOSLIK EKSPERTIZASINI O`TKAZISHDA YOZMA NUTQNING

IDENTIFIKATSION BELGILARINI QO`LLASH AMALIYOTI

Abdurasulov Ulug`bek Rashid o`g`li

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Akademiyasi 3-bosqich 325-guruh kursanti.

Sobirov Furqat Bahromboy o`g`li

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi

boshlig`i o`rinbosari, kapitan, yuridik fanlar

bo`yicha falsafa doktori (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.11352093

Annotatsiya.

Ushbu maqolada sud-xatshunoslik ekspertizasini o`tkazishda yozma

nutqning identifikatsion belgilari haqida, xususan sud-xatshunoslik ekspertizasi tushunchasi,

yozma nutq tushunchasi, yozma nutqning identifikatsion belgilari tushunchasi va so`nggi

yillardagi statistik ma’lumotlar tahlil qilinib ular haqida ham to`xtalib o`tilgan.

Kalit so`zlar:

yozma nutq, xatshunoslik, ekspertiza, identifikatsiya, belgi, umumiy belgilar,

xususiy belgilar, ekspertiza xulosalari.

THE PRACTICE OF USING IDENTIFICATION SIGNS OF WRITTEN SPEECH

DURING FORENSIC EXAMINATION

Abstract.

In this article, the identification signs of written speech during forensic

examination, in particular, the concept of forensic examination, the concept of written speech, the

concept of identification signs of written speech, end the statistical data of recent years are

analyzed and discussed.

Key words:

Written speech, handwriting, examination, identification, sign, general signs,

special signs, expert opinions.

ПРАКТИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ОПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ ПРИЗНАКОВ

ПИСЬМЕННОЙ РЕЧИ ПРИ СУДЕБНО-МЕДИЦИНСКОЙ ЭКСПЕРТИЗЕ.

Аннотация.

В данной статье анализируются и обсуждаются идентификационные

признаки письменной речи при судебно-медицинской экспертизе, в частности, понятие

судебно-медицинской

экспертизы,

понятие

письменной

речи,

понятие

идентификационных признаков письменной речи, а также статистические данные

последних лет ``поднят.''


background image


521

Ключевые слова:

письменная речь, переписка, экспертиза, идентификация,

признаки, общие признаки, особые признаки, экспертные заключения.

O`zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining jinoyatchilikka qarshi

kurash faoliyati samaradorligini juda ko`p jihatdan zamonaviy fan va texnik yutuqlaridan faol va

o`z vaqtida foydalanishga bog`liq jarayondir.

Bugungi kunda jinoyatlarning sodir etilish usullari yildan-yilga mukammal ko`rinish hosil

qilayotgan bir davrda, sud ekspertining xulosasi ish bo`yicha asosiy dalillardan biri sifatida etirof

etilishi tobora oddiy holga aylanib bormoqda.

Dunyoda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni ochishga qaratilgan zamonaviy texnik

vositalar o`z rivojlanishining cho`qqisiga erishgan hamda kompyuter texnikasi orqali sud

ekspertlik tadqiqotlarida deyarli barcha belgilarni identifikatsiya qilish bo`yicha dasturlar

yaratilgan bo`lsada, xatshunoslik ekspertizasida mazkur dasaturlardan foydalanish orqali ma’lum

bir xulosaga kelish imkoni mavjud bo`lmagan kam sonli ekspertiza tadqiqotlaridan biri

hisoblanadi.

Sud-xatshunoslik ekspertizasi kriminalistik ekspertizalarning eng ko`p qo`llaniladigan

turlaridan biri bo`lib, jinoyat, va`vuriy va fuqarolik ishlari bo`yicha haqiqatni aniqlashga ko`mak

beradi. Uning yordamida tergovga qadar tekshiruv dastlabki tergov jarayonida ish uchun

ahamiyatli bo`lgan holatlarga oydinlik kiritiladi.

Qo`lyozma matnlar bo`yicha amalga oshiriladigan xatshunoslik ekspertizasida yozuvning

shakliy jihatiga muhim ahamiyat kasb etib, ushbu ekspertizalarni o`tkazishda namunalarga katta

e’tibor qaratish lozim. Afsuski namunalar yetarli bo`lmagan taqdirda ekspertizalarni o`tkazish va

xulosa berishning imkoniyati yo`q. Bundan tashqari bugungi kunda yozma nutqnig identifikatsion

elementlari juda muhim rol o`ynaydigan ayrim metodik yondashuvlar yo`qligI bu sohadayanada

ko`proq tadqiqotlar o`tkazilishi kerakligini taqozo etmoqda, shu o`rinda yozma nutq

identifikatsion belgilarining yuzaga kelish omillari qo`lyoza matnlar bo`yicha o`tkaziladigan

ekspertizalarda juda muhim hisoblanadi.

Sud-xatshunoslik ekspertizasi

an’anaviy turdagi kriminalistik ekspertizalarning alohida

bir turi bo`lib, jinoyat, fuqarolik protsessida qaror qabul qilishda daliliy ahamiyatga ega bo`lgan

faktik ma’lumotlarni aniqlash uchun qo`lyozma yozuv(raqam) va imzolar ijrochisini o`rganish

usullari to`g`risidagi bilimlar majmui hisoblanadi.

Yozma

nutq

bu

bevosita

psixologik,

nevrologik,

fiziologik

impulslarning

kombinatsiyasidan iborat murakkab jarayon. Vizual idrok va keskinlik, shaklni tushunish,


background image


522

markaziy asab tizimining yo`llari, qo`l va qo`l suyakalrui mushaklarining anatimiyasi hamda

fiziologiyasi kabi omillarning barchasi kerakli natijani hosil qilish uchun birlashadi. [Gamble,

1980-30].

Yozma nutqning identifikatsion

belgilari odamning madaniyat darajasini aks ettiradi

yozuv(xat)ning mazmunini ifodalaydi.

Yozma nutqning umumiy belgilari

yozma nutqni umumiy jihatdan tavsiflaydi va qo`lyozma

matn muallifini yozma nutqni qay darajada egallagani bo`yicha farqlash imkonini beradi.

Yozma nutqning xususiy belgilari

muayyan bir odamning yozma nutqni bilish

ko`nikmalarining muayyan bir tomonlarini ifodalaydi.

Sud-xatshunoslik ekspertizasini o`tkazish jarayonida ko`zdan kechirish, o`lchash,

taqqoslash, mikroskopioya va eksperiment usullaridan foydalaniladi. Sud-xatshunoslik

ekspertizasining obyektlari bo`lib qo`lyozma tarzda bajarilgan turli yozuv va imzolar hisoblanadi.

So`nggi yillarda o`tkazilgan ekspertizalar ko`rsatkichi quyidagicha, respublikamizda 2022-

yilda umumiy jinoyatchilik 2021-yilga nisbatan 5,3% ga kamayishiga qaramasdan, ekspert-

kriminalistika bo`linmalarida umumiy ekspertiza o`tkazilish holati 25,3% ga oshgan. O`z

navbatida 2022-yilda ekspert-kriminalistika bo`linmalari tomonidan 8425 ta xatshunoslik

ekspertizasi bo`yicha xulosalar rasmiylashtirilgan bo`lib, bu 2021-yilga nisbatan 34,5% ga ko`p

bo`lishi bilan birga, an’anaviy kriminalistik ekspertiza turlari ichida eng yuqori ko`rsatkich

hisoblanadi.

Yuqoridagi statistika malumotlarini o`rganadigan bo`lsak xatshunoslik ekspertizasi

murakkabligiga qaramasdan, o`zining ko`p o`tkazilishi va yildan yilga bu ko`rsatkich o`sib

borayotganini ko`rishimiz mumkin. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu ekspertizani o`tkazishda

zamonaviy uslubda ishlab chiqilgan dasturlardan foydalanib tekshirish yoki xulosa berishning

imkoni yo`qligida deyishimiz maqsadga muvofiq. An`anaviy ekspertizalarning boshqa turlari

masalan daktiloskopiya, portret ekspertizasi kabilarda zamonaviy ilm-fan yutuqlarini qo`llagan

holda ishlab chiqilgan dasturlar yordamida ekspertiza tadqiqotlari o`tkazilayotgani va xulosalar

berilayotganini ko`rishimiz mumkin, lekin shu holatda ham xatshunoslik ekspertizasi an`anaviy

ekspertizalar ichida eng ko`p o`tkazilayotganiga yuqoridagi statistik ma`lumotlar yaqqol misol

bo`laoladi.

REFERENCES

1.

F.B.SOBIROV

Sud –xatshunoslik ekspertizasi bo`yicha ekspertiza xulosalarini

rasmiylashtirish qoidalari. O`quv-uslubiy qo`llanma. TOSHKENT-2024.-67 bet


background image


523

2.

T.B. Mamatqulov

Xshunoslik ekspertizasi. Ma`ruzalar kursi/ -T.2017.-220b

3.

Gamble D.

The handwriting of identical twins, Canadian Society of Forensic Science

Journal (1980) 13:11–30.

4.

Jinoyat ishini yuritishda ekspertiza: mazmuni, ahamiyati, tayinlash va o`tkazish asoslari.

Uslubiy qo`llanma/ -T.<<Sharq>>, 2016.-328 bet

References

F.B.SOBIROV Sud –xatshunoslik ekspertizasi bo`yicha ekspertiza xulosalarini rasmiylashtirish qoidalari. O`quv-uslubiy qo`llanma. TOSHKENT-2024.-67 bet

T.B. Mamatqulov Xshunoslik ekspertizasi. Ma`ruzalar kursi/ -T.2017.-220b

Gamble D. The handwriting of identical twins, Canadian Society of Forensic Science Journal (1980) 13:11–30.

Jinoyat ishini yuritishda ekspertiza: mazmuni, ahamiyati, tayinlash va o`tkazish asoslari. Uslubiy qo`llanma/ -T.<>, 2016.-328 bet