ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1261
DEVID RISMENNING “OLOMONDAGI SHAXSLAR” ASARI
Hamroyeva Oynisa Azamatovna
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti,
O’zbek tili ta’limi fakulteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi,
Sotsiologiya yo’nalishi 1-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11352965
Annotatsiya.
Maqola Devid Rismanning ilmiy ishlarini, sotsiologiyaga qo’shgan xissasi
va asosiy asarlaridan biri bo’lgan “Olomdagi shaxslar” asarining tahlilini yoritib beradi.
Kalit so’zlar.
Olomon, shaxs, sotsial, ijtimoiy, freydizm, neofreydizm, psixoanaliz, erkin-
radikal.
PERSONS IN THE CROWD BY DAVID RISMAN
Abstract.
The article sheds light on the scientific work of David Riesman, his contributions
to sociology, and the analysis of one of his works, "Persons in the World".
Key words:
Crowd, individual, social, social, Freudianism, neo-Freudianism,
psychoanalysis, free-radical.
ЧЕЛОВЕКИ В ТОЛПЕ, ДЭВИД РИСМАН
Аннотация.
В статье освещается научная деятельность Дэвида Рисмана, его
вклад в социологию, а также анализ одной из его работ «Человек в мире».
Ключевые слова:
Толпа, индивидуальность, социальная, социальная, фрейдизм,
неофрейдизм, психоанализ, свободный радикал.
Kirish.
Sotsiologiyada freydizm neofreydizmga qadar yo‘lni bosib o‘tgan. Neofreydizm,
asosan, AQSHda, ruhiy tahlilning amerikacha sotsiologiya bilan birlashuvi zamirida vujudga
keldi, uning asosiy namoyandalari esa Erix Fromm va Devid Rismen edi. Neofreydizmda shaxs
ruhiyatiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy omillar ahamiyati sezilarli kuchayadi. Freydda asosiy tushuncha
hisoblangan va unda faqat biologik mexanizmlar bilan bog‘liq bo‘lgan ongsizlik neofreydizmda
ijtimoiy va ruhiy tuzilmalar o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘inga aylandi.
Bundan tashqari Devid Rismen psixoanalizda Erix Fromm bilan birga erkin- radikal oqim
tarafdari ham hisoblanadi.
Metod va materiallar.
Erix Frommning nazariy g‘oyalari, ayniqsa kapitalizm sharoitida
sotsial xarakater va shaxsning begonalashuvi konsepsiyalari sohasidagi qarashlari o‘z zamonasi
ijtimoiy tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sirni boshidan o‘tkazgan tadqiqotchilardan biri -
amerikalik sotsiolog, ijtimoiy ruhshunos, Amerika sotsiologiya maktabining ruhiy tahlil
namoyandasi Devid Rismen (1909-2002) edi. Uning asosiy asarlari: “Yolg’iz olomon: amerikacha
tabiat o‘zgarishi tadqiqoti” (1950, N.GIeyzer va R.Denni bilan hammualliflikda), “Olomondagi
shaxslar” (1952) kabi asarlari hisoblanadi.
Rismen eng ommabop mualliflar va sotsial xarakater konsepsiyalari asoschilaridan biri
bo‘ldi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1262
U o’zining “Olomondagi shaxs” asarida jamiyatning uch tipiga xos bo‘lgan uch tipdagi
xarakter haqida fikr yuritadi. Birinchi tip – urug’-aymoqlar, tabaqa, toifada urf bo‘lgan xulq-atvor
namunalariga qaratilgan konservativ tipdir. U industriallashuvdan oldingi jamiyatga xos
1
.
Xarakterning ikkinchi tipini Rismen “o‘zini o‘ylaydigan shaxs” deb belgiladi. Bunday
shaxs an'analari unutilayotgan, ommaviy axborot vositalari bo'lmagan yoki rivojlanmagan,
birlamchi guruhlar tomonidan sust nazorat qilinuvchi ilk industrial jamiyatga xosdir. Bu tipdagi
xarakter sohibi bo‘lmish shaxs kuchli, sobitqadam, tadbirkor, yangiliklar va o‘zgarishIarga
moyildir. Shu bilan birga, bu yerda ham an'anaviy me'yorlar va qadriyatlar ahamiyati saqlanib
qolgan. Uchinchi tipdagi xarakter iste’molchi, ya’ni rivojlangan industrial jamiyatga o'tish davrida
tug‘iladi va “tashqi muhitni o‘ylaydigan shaxs” nomini oladi. Bunday xarakterga ega shaxsning
xulq-atvori qog‘ozbozlik, ommaviy axborot vositalari, moda, aloqa va munosabatlarning hukmron
tizimi ta’sirida shakllanadi, ammo zinhor an'analar va tamoyillar, qabul qilingan me'yorlar va
qadriyatlar ta’sirida emas.
“Tashqi muhitni o‘ylaydigan shaxs”da kuchli mustaqil “Men” hissi bo‘lmaydi deb
ta’kidlaydi Devid Rismen o’zining “Olomondagi shaxslar” asarida. “O’ta men” hissini esa bundan
ham murakkabroq ekanini bildiradi. Bu bir qolipga solingan va qiyofasini yo‘qotgan, ortdan turib
boshqarish obyekti va begonalashuv hosilasi bo‘lgan shaxsdir. Bunday tipdagi shaxs chin insoniy
fazilatlarga (muhabbat, ehtiros, haqqoniylik, halollik va hokazolarga) intiladi, ammo butun tashqi
ta ’sir tizimi unga halal beradi. Barcha aytib o‘tilgan xarakter tiplari zamonaviy jamiyatda yonma-
yon yashaydi, deb hisoblaydi Rismen.
2
Ammo ulardan har birining salmog‘i va ta’siri turlichadir,
ular iqtisodiy, ijtimoiy, demografik omillarga, jamiyatning urbanizatsiya darajasiga bog‘liq.
So‘nggi, uchinchi tip “olomonda yolg‘izlik”ni ifodalaydi, ammo ayni damda chinakamiga ijobiy
sotsial xarakter - aniq, oqilona maqsadlarga ega bo‘lgan, iste'molparast jamiyatga va madaniy
muhit ta’sirlariga qaram bo‘lmagan “mustaqil shaxs”ga intilishni paydo qiladi. Rismen sotsial
xarakaterlarga erkin tanqid nuqtayi nazaridan qaraydi, ba’zan juda qattiq tanqid qiladi. Bu tanqid
qog‘ozbozlikka, iste'molparast jamiyatga qarshi qaratilgan. U hayotning turli jabhalariga - mehnat,
o‘yinlar, ta’lim, hordiq, din, hokimiyat, erkinlik va hokazolarga taalluqli. Sotsiolog o‘z tanqidida
ba’zan klassik kapitalizm davrini birmuncha ideallashtirib yuboradi.
Xulosa.
Kitob asosan zamonaviy muvofiqlikni o'rganish bo'lib, u "ichki yo'naltirilgan" va
"boshqa yo'naltirilgan" shaxslarning mavjudligini tasdiqlaydi. Rismanning ta'kidlashicha, Ikkinchi
jahon urushidan keyingi Amerika jamiyatining xarakteri odamlarni "boshqa tomonga
yo'naltirilganlik" ga undaydi, buning eng yaxshi namunasi zamonaviy shahar atrofi bo'lib, u erda
odamlar qo'shnilarining roziligini izlaydilar va o'z jamiyatlaridan chetlatishdan qo'rqishadi. Ushbu
turmush tarzi majburlash ta'siriga ega bo'lib, odamlarni o'z hayotining "ichki yo'nalishi" dan voz
kechishga majbur qiladi va ularni o'z jamiyatining maqsadlari, mafkurasi, yoqtiradigan va
yoqtirmaydigan narsalarni olishga undaydi
3
.
1
Зборовский Г.Е. История социологии: современный этап: учеб. доя вузов. 2-е изд., испр.и доп. - Сургут [и
др.]: РИО СурГПУ, 2015. - С. 89.
2
"David Riesman". American Academy of Arts & Sciences. Retrieved 2022-08-09.
3
Todd Gitlin, "David Riesman, Thoughtful Pragmatist", The Chronicle of Higher Education, 2002-05-24 accessed
2006-11-29.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1263
Bu bir-birining xohish-istaklarini bajarishga qodir bo'lmagan odamlarning qattiq
guruhlangan olomonini yaratadi. Kitob Amerika xarakterining muhim tadqiqoti hisoblanadi
4
.
Risman yirik jamoat ziyoli, shuningdek, sotsiolog edi va sotsiologlar hozir “jamoat
sotsiologiyasi” deb ataydigan narsaning dastlabki namunasini ko'rsatdi
5
.
REFERENCES
1.
Зборовский Г.Е. История социологии: современный этап: учеб. доя вузов. РИО
СурГПУ, 2015.
2.
"David Riesman". American Academy of Arts & Sciences. Retrieved 2022-08-09.
3.
Todd Gitlin, "David Riesman, Thoughtful Pragmatist", The Chronicle of Higher
Education, 2002.
4.
"Neil McLaughlin, Critical Theory Meets America, 2001.
5.
"APS Member History". search.amphilsoc.org. Retrieved, 2022.
6.
Jiyanmuratova Gulnoz. Sotsiologiya tarixi. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 466 b. /
7.
Gulnоz J., Bunyоd N. YОSHLАR IJTIMОIY-SIYОSIY FАОLLIGINI ОSHIRISH–USTUVОR
VАZIFА //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY MANZARASI VA JAMIYAT
TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
4
"Neil McLaughlin, Critical Theory Meets America (2001).
5
"APS Member History". search.amphilsoc.org. Retrieved 2022-08-09.
