Authors

  • Nasiba Xaitaliyeva
  • U Turamuratov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33397

Abstract

Mazkur maqolada akademik mobillik tizimini qo`llashning pedagogik asoslari maqsad, vazifalari hamda akademik mobillikning turlari xususida so’z yuritilgan. Talabalarda akademik mobillik dasturi to`g`risida ko`nikma shakllantirish hamda uning afzalliklarini ko`rsatish masalalari haqida bazi ma`lumotlar keltirib o`tilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1133

OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA AKADEMIK MOBILLIK TIZIMINI

QO`LLASHNING MAZMUNI HAMDA MAQSAD VA VAZIFALARI

Xaitaliyeva Nasiba

Termiz Davlat Pedagogika Instituti magistri

Turamuratov U

Termiz Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika kafedrasi mudiri (PhD) taqrizi asosida.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11305530

Annotatsiya.

Mazkur maqolada akademik mobillik tizimini qo`llashning pedagogik

asoslari maqsad, vazifalari hamda akademik mobillikning turlari xususida so’z yuritilgan.
Talabalarda akademik mobillik dasturi to`g`risida ko`nikma shakllantirish hamda uning
afzalliklarini ko`rsatish masalalari haqida bazi ma`lumotlar keltirib o`tilgan.

Kalit so`zlar:

mobillik, Erasmus, akademik mobillik, nizom, xalqaro hamkorlik,

xalqarolashtirish, afzalliklar.

THE CONTENT AND GOALS AND TASKS OF THE USE OF THE ACADEMIC

MOBILITY SYSTEM IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

Abstract.

This article talks about the pedagogical foundations of the application of the

academic mobility system, the goals, tasks, and types of academic mobility. Some information
about the issues of forming skills and showing the advantages of the academic mobility program
for students was given.

Key words:

mobility, Erasmus, academic mobility, regulation, international cooperation,

internationalization, advantages.

СОДЕРЖАНИЕ, ЦЕЛИ И ЗАДАЧИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СИСТЕМЫ

АКАДЕМИЧЕСКОЙ МОБИЛЬНОСТИ В ВУЗАХ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются цель, задачи и виды академической

мобильности. Была дана информация о вопросах формирования навыков и показа
преимуществ программы академической мобильности для студентов.

Ключевые

слова

:

мобильность,

Эразмус,

академическая

мобильность,

регулирование, международное сотрудничество, интернационализация, преимущества.

Kirish.

So‘nggi yillarda akademik mobillik, V.A.Galichinning fikriga ko‘ra, inson sifatini

oshirishning samarali vositalaridan biri sifatida tan olingan. Globallashuvning rivojlanishi bilan
mamlakatlar o‘rtasida fan va ta’lim sohasidagi almashinuv tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Bu
mazkur yo‘nalishda millatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga, milliy ta’lim
tizimlarining raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Zamonaviy Yevropa ta’lim tizimining asosiy prinsipi - bu mutaxassisning shaxsiy

muvaffaqiyatiga e’tibor qaratish tamoyili - insonning kasbiy o‘sishini ta’minlash, uning martaba
pog‘onasida ko‘tarilishini va iqtisodiy hayotini ta’minlashga qaratilgandir. Ushbu tamoyilni
amalga oshirishning asosiy sharti - bu individuallashtirish va o‘quv jarayonining
moslashuvchanligini oshirishdir.

Ta’lim dasturlari darajasida bu modulli tuzilishga va ta’lim yutuqlarini qayd etishning

moslashuvchan tizimiga o‘tishni anglatadi. Tarkibiy va institutsional darajada - bir nechta
muassasalarda malaka oshirish imkoniyatlarini ta’minlash va norasmiy sektorni ta’lim sohasiga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1134

kiritish (qisqa kurslar, o‘quv markazlari, korporativ ta’lim va malakasini oshirish tizimlari)
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Aynan yuqoridagi maqsad va vazifalarni amalda tadbiq etish,
butun dunyo ta`lim sifatini oshirish uchun akademik mobillik tizimi ishlab chiqildi va ushbu dastur
asosida talabalarni turli qulay davlatlar va ilmiy salohiyati yuqori bo`lgan universitetlarda o`qitish
va ularning ilmiy salohiyatini oshirish hamda dunyoqarashlarini kengaytirish maqsad qilib
qo`yildi.

1.

Akademik mobillik dasturi o`zi nima? U qanday ishlaydi? Uning maqsad va

vazifalari nimalardan iborat?

Ushbu savollar bo`yicha quyidagilarni o`rganishimiz mumkin:

akademik mobillik

– yaxshiroq joyda o‘zaro almashib ta’lim olish imkonini beradigan

yangi tizim hisoblanadi, ushbu dastur Oliy Ta`lim Muassasalari bo`ylab o`qishni ko`chirib
o`tkazish o`rniga ishlab chiqilgan samarali dastur sifatida qo`llanilmoqda.

akademik mobillik

– talaba yoki o‘qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi

OTMlarda kelishuv asosida ma’lum muddat o‘qish yoki dars berishini anglatadi.

Akademik mobillik dasturi asosidagi talablar asosan 2 guruhga bo‘linadi:

o

erkin harakatlanuvchilar

– bunday turdagi talabalar o‘z xohish va tashabbuslari bilan

ta’lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

o

dastur doirasidagi talabalar

– bunda OTMning o‘zi yoki uning biror fakulteti boshqa

OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o‘zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi.

Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo‘lishi mumkin. Masalan, Erasmus dasturi

talaba almashinuvi imkonini beradigan mashhur dasturlardan biri. alabalar ma’lum muddat boshqa
bir OTMda o‘qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi. Bunda
talaba o‘zi o‘qiyotgan OTM bilan hamkor bo‘lgan xorij OTMlaridan birida ma’lum muddat o‘qib

qaytishi mumkin. Bunday OTM xoh xorijda, xoh o‘z davlatida bo‘lsin talabaga yangi muhitda
o‘qish imkonini beradi.

Akademik mobillik dasturlari eng qisqasi – 1 haftadan 3 oygacha, eng uzog`i – 6 oydan

bir yilgacha bo‘lishi mumkinligini “Ta`lim to`g`risida” gi qonun nizomidan bilib olishimiz mukin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1135

Akademik mobillik dasturining afzalligi shundan iboratki: deylik, bilim sohasi oʻzaro mos
keladigan 2 ta oliy taʼlim muassasasi muayyan muddatda talabalarini almashgan holda oʻquv
jarayonini tashkil qiladi. Masalan, poytaxtlik talaba oʻqishga topshirish vaqtida beshta taʼlim
yoʻnalishini belgilab, Qashqadaryodagi oliygohga oʻqishga kirdi. Ammo u yerda oʻqish uchun
uning sharoiti yoʻq. Mazkur vaziyatda Toshkentda joylashgan oliy taʼlim muassasasi bilan
Qashqadaryodagi oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida akademik mobillik boʻyicha kelishuv amalga
oshiriladi. Yaʼni talabaning sharoiti inobatga olinib, ota-onasi bagʻrida oʻqishni davom ettirishi
uchun unga sharoit yaratiladi. Bu oldingi bir necha yillardan beri ta`lim sohasidagi eng yaxshi
imkoniyatlardan bir desak xato qilmagan bo`lamiz.

Akademik mobillik oliy taʼlim tizimida yuqori koʻrsatkichlarga erishishning muhim

vositasi hisoblanadi. Bu taʼlim muassasalarini bir-biri bilan solishtirish imkoniyati, muhim
jihatlarini oʻzlashtirish, joriy etish orqali oliy taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Mobillik oliy
taʼlim muassasalari tuzilmalarini, davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalarini takomillashtirishga
zamin yaratadi. Shuning ushbu Akademik mobillik faqatgina Respublika Oliy Ta`lim
muassasalarida emas balki Xalqaro universitetlar o`rtasida ham amalga oshiriladi. Uning
ishtirokchilari talabalar, oliy taʼlim muassasalarining akademik va maʼmuriy personallari boʻlishi
mumkin. Aslida xalqaro mobillik global mehnat bozori sharoitida kasbiy moslashish hamda
taʼlimni davom ettirish imkoniyatini beradi. Ichki akademik mobillik talaba va ularning ota-
onalariga qulaylik yaratadi. Ammo ushbu dasturning ham o`ziga yarasha nizomlari mavjud bo`lib,
uning muhim talablaridan biri: talabalar Oliy Ta`lim Muassasasida yaratilgan akademik mobillik
asosida muayyan muddat davomida oʻqishi mumkin. Bunda muhim talab, bilim sohalari, taʼlim
yoʻnalishlari va fanlar oʻzaro mutanosib boʻlishi kerak. Shuningdek, talabalar bunda muayyan
muddat oʻqiganligi haqida maʼlumotni asosiy oʻqishiga taqdim etadi, tegishli fanlarni
oʻzlashtirgan, kreditlarni toʻplagan holda asosiy oliygohda tahsilni davom ettirishi mumkin.

Akademik mobillikni rivojlantirish g‘oyasi quyidagilarga alohida e’tibor berib, erkin

harakat yo‘lidagi to‘siqlarni yengib o‘tishni o‘z ichiga oladi:

• talabalar uchun - ta’lim va kasbiy tayyorgarlik imkoniyatlaridan foydalanish;
• o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ma’muriy xodimlar uchun - Yevropada tadqiqot, o‘qitish

uchun foydalanilgan vaqtni tan olish hamda kredit, ularning qonun bilan belgilangan huquqlariga
ziyon yetkazmaslik.

O‘qituvchilar va pedagoglarning akademik mobilligini kengaytirish davlatimizning qo‘llab

quvvatlashi bilan mumkin. Bunday tashabbuslarning maqsadi yangi o‘quv dasturlarining Yevropa
tomonlarini rivojlantirish va mavzu tarmoqlarida hamkorlik qilishdir. Bunday davlat siyosati
ikkinchisini taqqoslash va xalqarolashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi.

Xalqaro davlat Oliy Ta`lim muassasalari va universitetlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro

miqyosdagi strategiyalarni ishlab chiqadilar, bu yerda ular aniq harakat qilishlari kerak bo‘lgan
miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari ko‘rsatiladi:

- hamkor universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari soni;
- chet ellik talabalar soni;
- akademik dasturlar;
- mobillik;
- chet ellik talabalar uchun moslashish dasturlari;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1136

- mobillik dasturlarining potensial ishtirokchilari uchun til kurslari va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda ayni vaqtda akademik mobillik dasturining Oliy ta`lim muassasalari

sifatini oshirishga qo`shgan hissasi ko`zga ko`rinarli darajaga yetib ulgurdi. Akademik mobillik
dasturining madsadi- talablarning chet el tarjribalarini o`rganishi, ularning madaniyatini, tilini va
ularda bo`lgan yuqori bilim imkoniyatlarni o`zlashtirish va kelgusida o`z tajribalarini
Respublikamiz Oliy Ta`lim muassasalarida qo`llashi bizning yutug`imiz hisoblanadi. Shu bilan bir
qatorda ushbu tizim orqali nafaqat bizning talabalarimiz balki Respublikamizga tashrif buyurgan
xorij talabalari ham bizning urf-odatlarimizni, madaniyatimizni, sharqona tariximiz va mashxur
adiblarimiz dong`ini butub dunyoga yetkazishga xizmat qiladi. Oliy Ta`lim muassasalarida olib
borilayotgan ushbu akademik mobillik dasturini yanada yaxshilash borasida ayni vaqtda ko`plab
pedagogik ishlari, sinov-tajribalari amalga oshirilmoqda.


REFERENCES

1.

Galichin, V.A. Ta'limning xalqarolashuvi sharoitida akademik harakatchanlik [Matn] /
V.A. Galichin.-M .: Univer. kitob, 2009. -460 b.

2.

https://kun.uz/uz/91559801

3.

https://lex.uz/docs/

4.

14th-TECH-FEST-2023 International Multidisciplinary Conference Hosted from
Manchester, England https://conferencea.org 25th May 2023 126 AKADEMIK
MOBILLIK – BOLONIYA JARAYONLARINING MUHIM SHARTI SIFATIDA

5.

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 6 – TOM 6 – SON / 2023 - YIL / 15 - IYUN
www.bestpublication.org 53 УДК: 37.035.

6.

AKADEMIK

MOBILLIK

BORASIDAGI

MUAMMOLAR

VA

ULARNING

YECHIMLARI

7.

Galichin, V.A. Ta'limning xalqarolashuvi sharoitida akademik harakatchanlik [Matn] /
V.A. Galichin.-M .: Univer. kitob, 2009. -460 b.

8.

https://kun.uz/uz/91559801

9.

https://lex.uz/docs/






References

Galichin, V.A. Ta'limning xalqarolashuvi sharoitida akademik harakatchanlik [Matn] / V.A. Galichin.-M .: Univer. kitob, 2009. -460 b.

14th-TECH-FEST-2023 International Multidisciplinary Conference Hosted from Manchester, England https://conferencea.org 25th May 2023 126 AKADEMIK MOBILLIK – BOLONIYA JARAYONLARINING MUHIM SHARTI SIFATIDA

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 6 – TOM 6 – SON / 2023 - YIL / 15 - IYUN www.bestpublication.org 53 УДК: 37.035.

AKADEMIK MOBILLIK BORASIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

Galichin, V.A. Ta'limning xalqarolashuvi sharoitida akademik harakatchanlik [Matn] / V.A. Galichin.-M .: Univer. kitob, 2009. -460 b.