ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1137
BOSHQARUV TIZIMI UCHUN ZAMONAVIY KADRLAR TAYYORLASHNING
PEDAGOGIK MASALALARI
Geldimurodova Merjan Otamurod qizi
Termiz davlat pedagogika instituti "Pedagogika tarixi va nazariyasi"yo'nalishi magistranti.
Tel:995041799
email:
mgeldimurodova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11305619
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta'lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim
va pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishda munosib hissa qo'shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun
professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg'or ta'lim texnologiyalarini joriy qilish
kerakliligi asosiy maqsad ekanligi qayd etilgan.Boshqaruv tizimi uchun zamonaviy kadrlar
tayyorlashning pedagogik masalalarini o‘rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular
bilan samarali ishlash tufayli yuqori pedagogik ta’lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar
tajribasi tahlil etiladi.
Kalit so'zlar:
pedagog kadr, sivilizatsiya, o'qituvchi, ta'lim dasturlari, strategiya, tizim,
tarkibiy o'zgarishlar, dolzarblik, tamoyil, shaxs, davlat, jamiyat, davlat ta'lim standartlari,
uzluksiz ta'lim, shartnomalar.
PEDAGOGICAL ISSUES OF MODERN PERSONNEL TRAINING FOR THE
MANAGEMENT SYSTEM
Abstract.
In this article, the provision of professional pedagogic personnel for the further
improvement of the field of education, the training of highly qualified specialists who have the
skills to apply modern knowledge and pedagogical technologies, and make a worthy contribution
to the socio-economic development of our country, advanced education in the field the need to
introduce technologies is noted as the main goal. Based on the study of pedagogical issues of
modern personnel training for the management system, the experience of countries that have
achieved high pedagogical education processes due to the training of pedagogical staff and
effective work with them is analyzed.
Key words:
teaching staff, civilization, teacher, educational programs, strategy, system,
structural changes, relevance, principle, person, state, society, state education standards,
continuing education, contracts.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ ПОДГОТОВКИ ПЕРСОНАЛА
ДЛЯ СИСТЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ
Аннотация.
В данной статье рассматривается обеспечение профессиональными
педагогическими кадрами для дальнейшего совершенствования сферы образования,
подготовки высококвалифицированных специалистов, обладающих навыками применения
современных знаний и педагогических технологий, вносящих достойный вклад в социально-
экономическое развитие страны. В нашей стране в качестве основной цели отмечается
необходимость внедрения передовых технологий в сфере подготовки современных кадров
для системы управления, опыта стран, добившихся высоких процессов педагогического
образования. анализируется подготовка педагогических кадров и эффективная работа с
ними.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1138
Ключевые слова:
педагогический коллектив, цивилизация, педагог, образовательные
программы, стратегия, система, структурные изменения, актуальность, принцип,
человек, государство, общество, государственные образовательные стандарты,
непрерывное образование, контракты.
KIRISH
Butun jahonda pedagogning qobiliyati va salohiyatidan innovatsiyalarni, raqamli
boshqaruv tizimi va axborot kommunikatsiya vositalarini joriy qilish asosida samarali
foydalanishni keng tadbiq etilayotgan bugungi kunda, pedagog kadrlar tayyorlashdagi bir qancha
kamchiliklarga yo'l qo'yilmoqda.Pedagogika oliygohi bitiruvchisi, nafaqat fuqarolarni bilimli qilib
tayyorlash va shu bilan birga mavjud o'qituvchilik qadriyatlarini asrab-avaylash, rivojlantirish va
keyingi avlodga uzatishda ham muhim bo'g'in hisoblanadi.
Shuningdek ohirgi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida (iqtisodiy taraqqiy etgan
mamlakatlarda ham) ta'lim tizimining barcha bosqichlarida yuqori malakali pedagog kadrlar
yetishmasligi achinarli holatdir. Respublikamizda ham kadrlar bo'shlig'ini to'ldirish, shu jumladan,
umumta'lim maktablarida pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarni qondirish juda muhim. Ushbu
masalalarni hal qilish mexanizmlarini ilg'or horijiy tajribalar asosida ishlab chiqish zarurati
tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi va ushbu ishning tadqiqot mavzusi sifatida tanlanishiga asos
bo'ldi.
Ta'limda ixtisoslashtirishning ilmiy asoslangan tizimi joriy qilinmaganligi, ta'lim
tarmoqlarida moddiy-texnik va innovatsiya tizimining talab darajasida emasligi, oliy ma'lumotli
professional pedagog kadrlar tayyorlaydigan Oliy ta'lim muassasalari (OTM)ning malaka oshirish
va qayta tayyorlash muassasalari bilan integratsion munosabatlaridagi muayyan muammolarning
yuzaga kelishi natijasida xalq ta'limi tizimida ayrim fanlar (boshlang'ich ta'lim, rus tili va
adabiyoti, ingliz tili, matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, fizika va
astranomiya) bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyoj qondirilmay qolmoqda.
METOD VA METODOLOGIYASI
Pedagogik kadrlar tayyorlash va pedagogik faoliyat bilan bog'liq ta'limotlar eramizgacha
yaratilgan asarlarda ham o'z aksini topgan va Sharqda zardushtiylik ta'limotining manbai "Avesto"
(eramizgacha I asr) da, Islom dinining muqaddas kitobi "Qur'oni Karim" (VII asr) va "Hadisi
sharif" (Imom al-Buxoriy "Al-jome' as-sahih", IX asr) da, O'rta Osiyo uyg'onish davri
mutafakkirlaridan Abu Nasr al-Farobiy ("Fozil odamlar shahri", 20-asrning 70-80-yillari), Abu Ali
Ibn Sino ("Donishnoma", XI asr), Burxoniddin Zarnudjiy (Ta'lum al-Mutaalallim, XII asr,),
Muslihiddin Sa'diy Sheroziy ("Bo'ston", 1257, "Guliston", 1258), Alisher Navoiy ("Mukammal
asarlar to'plami" 20 jildlik, 1987-2003) larning badiiy - falsafiy asarlarida, pedagogik faoliyat va
uning mazmuni to'g'risida qimmatli fikrlarni ifodalagan.
Pedagoglar tayyorlash hamma davrda aniq tarixiy tavsifga ega va shunday bo'lib qoladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4623-son Qarorida pedagogikta'lim
sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo'llash
ko'nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo'shuvchi
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1139
sohaga ilg'or ta'lim texnologiyalarini joriy qilish kerakliligi asosiy maqsad ekanligi qayd
etilgan.2022-2026-yillarga mo'ljallangan O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da ham ushbu
mavzu yuzasidan fikrlar yuritilib, bir qancha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Ma'lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimini, xususan, pedagogikani
jamiyatning yangi talablariga muvofiq, tez o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar,
umuman ta'lim paradigmasining o'zgarishi bilan isloh qilishga katta ahamiyat berilmoqda.
O'zbekistonda salohiyatli pedagogik ta'lim tizimi azaldan mavjud. Shu bilan birga o'zbek
pedagogik ta'lim tizimining ijobiy jihatlaridan biri, O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanayotgan va
mehnat bozorining barqaror bo'lmagan sharoitida pedagogika ta'lim yurti bitiruvchisi o'z kasbi
bo'yicha faoliyat yuritmasa ham, shu diplom bilan boshqa sohada o'z faoliyatini davom ettira olish
imkoniyati kengligidir.
Chet el universitetlarida, shu jumladan, Amerika pedagogika oliy o'quv yurtlari
bitiruvchilarining tor doiradagi mutaxasislari mehnat bozori ehtiyojlari va o'zgarishlariga
moslashuvida hamda ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchi-mutaxasislarni tayyorlashda muammolar
paydo bo'lmoqda. Shunga ko'ra, O'zbekistonda pedagogika ta'lim yurtlari bitiruvchilarining
umumiy va kasbiy malakasi yuqoriligi o'tish davri iqtisodiyoti uchun qulay bo'ldi.
Yevropa mamlakatlarida maxsus pedagogika oliy ta'lim muassasalari yo'q, biroq
pedagogika institutlarini o'z ichiga olgan yirik universitetlar faoliyat yuritadi. Yevropa
standartlariga ko'ra, ta'lim doirasida turli tarmoqlar va kasblar o'rtasida harakatlanishga imkoniyat
ko'plab oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim dasturlari orqali ta'minlanadi va ular bo'lajak
o'qituvchiga yetarli darajadagi malaka beradi.
Finlyandiyaning o'qituvchi--pedagoglar tayyorlash tizimi ko'p mamlakatlar uchun na'muna
bo'lib xizmat qiladi. O'tgan asrning oxirida o'qituvchilar uchun magistratura darajasi minimal
ta'lim me'yori deb belgilandi (shu jumladan, boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun ham), bu esa
qaysidir darajada mamlakatdagi o'qituvchilar hurmatini va ijtimoiy maqomini oshirish uchun
muhim hissa qo'shdi.
Finlyandiyada maktab o'qituvchisi bo'lish uchun juda qattiq tanlovdan o'tish zarur:
pedagogika mutaxassisliklarining eng yaxshi talaba-bitiruvchilari 12% atrofida maktablarga ishga
olinadi. Finlyandiya ta'lim tizimining yana bir ijobiy jihati, kichik guruhlarda o'qitishga ustuvorlik
berilishi. Bu shubhasiz, ta'limning yuqori sifatda bo'lishiga olib keladi. Mamlakatda maktab
ta'limining muvaffaqiyati maktab o'quvchilarini qo'llab-quvvatlash tizimi bilan ham bog'liq.
Finlyandiyada jami iqtisodiyotda bandlar ulushida ijtimoiy ishchilar va psixologlar soni
jihatidan, barcha Yevropa mamlakatlari orasida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi.
Buyuk
Britaniyada
ham
o'qituvchilarni
tayyorlash
va
qayta
tayyorlash
tiziminitakomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Malakali o'qituvchi maqomini
olish uchun muqobil ta'lim dasturlari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda ta'lim sohasida yetakchi o'rinni "aqlli maktablar, ziyoli millat" strategik
dasturida o'z aksini topgan mavjud imkoniyatlarni amalga oshirish paradigmasiga ega bo'lgan
Singapur egallaydi. Ushbu strategiyaning asosiy g'oyasi "umrbo'yi ta'lim" g'oyasi bo'lib, u bilan
mamlakat kelajagi uzviy bog'liq. Singapurda Finlandiyadagi kabi o'qituvchilik kasbi ijodkorlik
hisoblanib, o'qituvchi kasbi ijobiy va jamiyatda sharafli hisoblanadi, shuning uchun, o'qituvchi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1140
kasbiga talabgor nomzodlar eng yaxshi deb tan olinishi uchun yetarlicha uzoq va murakkab tanlov
jarayonidan o'tadilar.
Xitoy dunyoda eng katta aholi soniga ega bo'lgan davlat bo'lganligi sababli ham hukumat
qashshoqlikni kamaytirish maqsadida ta'lim tizimini rivojlantirish dasturini ishlab chiqqan. Olib
borilgan islohotlar natijasida keyingi 10 yilliklarda Xitoy ta'lim tizimi katta yutuqlarga erishdi. XX
asrning o'rtalariga qadar Xitoy iqtisodiyoti asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan bo'lib, qo'l
mehnatiga tayangan dehqonchilik bilan shug'ullanishgan. Aholining katta qismi qishloqlarda
istiqomat qilgan va ta'limda ko'proq gumanitar fanlar falsafa, tarix va ijtimoiy sohalarga ustuvorlik
berilgan.
Xitoy ta'lim tizimi asosan maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, o'rta ta'lim va oliy
ta'limdan iborat. Xitoy Xalq Respublikasining "Majburiy ta'lim to'g'risida"gi qonunining qabul
qilinishi barcha uchun majburiy o'rta ta'lim tizimini shakllantirdi. Yangi qonunga ko'ra 9 yillik
ta'lim majburiy va bepul qilib belgilandi.
Xitoyda pedagogik ta'lim hozirda xalqaro darajaga etib bormoqda. Rossiya, Yaponiya va
AQSh tajribasidan kelib chiqib, milliy an'analarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
o'z tizimi yaratilmoqda. So'nggi o'n yilliklarda Xitoyda pedagogik kadrlar tayyorlash tizimning
rivojlanishi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha tez va jadallashgan. Yo'naltiruvchi g'oyalardan
biri kasbiy pedagogik kadrlar tayyorlashning iqtisodiyot va umuman jamiyat bilan aloqasini
mustahkamlashga, urbanizatsiya va sanoatlashtirishga qaratildi. Mamlakatda pedagogik kadrlar
tayyorlash ochiqligini oshirishga intilmoqda: mavjud ta'lim muassasalari negizida boshqa oliy
o'quv yurtlari ishtirokidagi pedagogik ta'lim tizimi bosqichma-bosqich shakllanmoqda.
2021-yilda Xitoyda ta'lim tizimini yanada isloh qilish rejalashtirilgan hamda quyidagi
tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda: uzluksiz ta'limning mukammal tizimini yaratish, katta
sonli aholini mehnat bozoriga tayyorlash uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash,
ta'lim va ilmiy-texnik yangiliklar o'rtasida uzviy bog'liqlikni shakllantirish, mamlakat tomonidan
ta'lim tizimini modernizatsiya qilish uchun zarur intellektual qo'llab-quvvatlash.
Xitoy yoshlari uchun pedagogik oliy o'quv yurtlariga qabul qilishning jozibali jihatlaridan
biri bepul ta'lim olishning joriy etilishi bo'ldi. Bu bepul ta'lim uchun talabalar OTMni bitirganidan
so'ng qishloq maktablarida ikki yil davomida ishlab berishi kerak va keyin boshlang'ich yoki o'rta
maktablarda yana o'n yil ishlashlari lozim. Biroq, bunday qat'iy sharoitlarning o'zi o'qituvchilik
kasbini olishga bo'lgan qiziqishni oshirish uchun etarli emas. Shuning uchun o'qituvchilar uchun
ijtimoiy imtiyozlar va yuqori ish haqi oshishi doimiy ko'zda tutilgan.
Tahlillar ko'rsatganidek, ko'pgina mamlakatlarda pedagog kadrlar tayyorlashning asosiy
maqsadi o'z amaliyotini rivojlantirish va butun hayoti davomida mustaqil o'rganishga qodir bo'lgan
o'qituvchini tayyorlashdir.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonning buyuk davlatga aylanishida talim-tarbiya ishlarini
oqilona yo'lga qo'yish, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish
benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma' naviy jihatdan yetuk, texnikaviy
bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun,zamonaviy
fikrlaydigan, yuksak salohiyatli kadrlarni talab etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi tasir
ko'rsatadigan asosiy omil -fan-texnika, madaniyat, marifat, talim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1141
munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng kolamda
o'rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir. Ilm-fan, madaniyat va marifat har qanday
mamlakat va xalqni yuksaklikka ko'taradi, uning taraqqiyotini ta'minlaydi, kelajagini oldindan
ko'rsatib beradi. Talim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berish, bu haqda qayg'urish mamlakat
va xalq istiqbolini o'ylash demakdir.
Xalq ta'limi tizimida ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish
asosida pedagog kadrlar salohiyatiga mos bo'lgan fikr muloxazalar, taklif va tavsiyalarni ishlab
chiqish, bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qoladi.
REFERENCES
1.
O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son
Qonuni.
2.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026- yillarga
mo'ljallangan
O'zbekistonning
taraqqiyot
strategiyasi
to'g'risida"gi
Farmonida
3.1080/02773940309391266
3.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN:
2181-3337
4.
Karimjonov A., Jabborova O. YAN AMOS KOMENSKY'S VIEWS ON EDUCATION
//Ekonomika i sotsium. - 2021. - №. 5-2. - S. 977-983.
5.
Zunnunov A. Pedagogika tarixi. «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh
tahririyati, 2004 yil.
6.
Sh. Paxrutdinov. Barqaror taraqqiyot va rahbar mas'uliyati. T.: "Akademiya", 2011. 303 bet.
7.
Sh. Qurbonov, E. Seytxalilov. Ta'lim sifatini boshqarish. T.: "Turon-Iqbol", 2006. 592 bet.
8.
https://n.ziyouz.com/kutubxona/durdona-to-plamlar/alisher-navoiy-mukammal-asarlar-to-
plami-20-jildlik-1987-2003
9.
https://lex.uz/docs/-4749364
10.
Cyberlineyka.ru
