Authors

  • Davlat Sattorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33402

Abstract

Ushbu maqolada jinoyat protsessida ehtiyot choralarini qoʻllashning maqsadi, vaziflari va oʻziga xos xususiyatlari, shaxsiy kafillik va jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi ehtiyot choralarini tartibga soluvchi normalar va ularni qoʻllash amaliyotining tahlili, kafillik bilan bogʻliq ehtiyot choralarinini qoʻllash boʻyicha ayrim xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi, shuningdek, ushbu turdagi ehtiyot choralarini qoʻllash jarayonida vujudga keladigan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bir qator takliflar keltirib oʻtilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1150

JINOYAT PROTSESSIDA SHAXSIY KAFILLIK VA JAMOAT BIRLASHMASI YOKI

JAMOANING KAFILLIGI EHTIYOT CHORALARINING OʻRNI VA OʻZIGA XOS

JIHATLARI.

Sattorov Davlat Gʻayratovich,

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasi

“Tergov faoliyati” yoʻnalishi tinglovchisi.

E-mail:

d.g.sattorov@gmail.com

Tel: (93) 141-71-17

https://doi.org/10.5281/zenodo.11305843

Annotatsiya.

Ushbu maqolada jinoyat protsessida ehtiyot choralarini qoʻllashning

maqsadi, vaziflari va oʻziga xos xususiyatlari, shaxsiy kafillik va jamoat birlashmasi yoki
jamoaning kafilligi ehtiyot choralarini tartibga soluvchi normalar va ularni qoʻllash
amaliyotining tahlili, kafillik bilan bogʻliq ehtiyot choralarinini qoʻllash boʻyicha ayrim xorijiy
davlatlarning ilgʻor tajribasi, shuningdek, ushbu turdagi ehtiyot choralarini qoʻllash jarayonida
vujudga keladigan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bir qator takliflar
keltirib oʻtilgan.

Kalit so‘zlar:

Jinoyat protsessi, tergov, ehtiyot choralari, shaxsiy kafillik, jamoat

birlashmasi yoki jamoaning kafilligi, huquq va erkinliklarni cheklash, majburiyat yuklash.

THE ROLE AND SPECIAL ASPECTS OF PRECAUTIONS OF INDIVIDUAL

GUARANTEE AND COMMUNITY OR COMMUNITY GUARANTEE IN CRIMINAL

PROCEEDINGS.

Abstract.

In this article, the purpose, duties and specific features of the use of precautionary

measures in criminal proceedings, the norms regulating the precautionary measures of personal
surety and public association or collective surety and the analysis of their application practice,
the advanced experience of some foreign countries in the use of precautionary measures related to
surety, as well as this a number of suggestions on how to eliminate some problems and
shortcomings that arise in the process of applying precautionary measures.

Key words:

Criminal proceedings, investigation, precautionary measures, personal

guarantee, public association or group guarantee, restriction of rights and freedoms, imposition
of obligations.

РОЛЬ И ОСОБЕННОСТИ МЕР ПРЕДОСТОРОЖНОСТИ ИНДИВИДУАЛЬНОЙ И

ОБЩЕСТВЕННОЙ ИЛИ ОБЩЕСТВЕННОЙ ГАРАНТИИ В УГОЛОВНОМ

ПРОИЗВОДСТВЕ.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются цель, обязанности и особенности

применения мер пресечения в уголовном судопроизводстве, нормы, регулирующие меры
пресечения личного поручительства и общественного объединения или коллективного
поручительства, а также анализ практики их применения, передовой опыт некоторых
зарубежных стран в применении мер пресечения, связанных с поручительством, а также
представлен ряд предложений по устранению некоторых проблем и недостатков,
возникающих в процессе применения их.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1151

Ключевые слова:

Уголовное производство, расследование, меры пресечения, личное

поручительство, поручительство общественного объединения или группы, ограничение
прав и свобод, возложение обязанностей.

Kirish.

Bugun yurtimiz demokratik tamoyillar, inson huquq va erkinliklari borasida

umume'tirof etilgan prinsip va normalarga asoslangan, bosh maqsadi xalq uchun erkin, obod
hamda farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatga aylandi. Inson qadri ulug‘lanadigan
demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish maqsadida keng qamrovli
yangilanishlar va islohotlar amalga oshirildi, bu borada boy tajriba to‘plandi.

O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yib, adolatli va xalqparvar

davlat barpo etish yo‘lida dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish
maqsadida ko‘lamiga monand va munosib bo‘lgan yangi mustahkam konstitutsiyaviy makonni
shakllantirdi.

Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish, inson huquq va

erkinliklariga ogʻishmay rioya etilishini ta'minlash mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada
rivojlantirish, aholining farovonligini yuksaltirish, huquqiy demokratik davlat qurish borasida
amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlardan koʻzlangan maqsadlarga erishishning muhim
sharti hisoblanadi.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyamizning 27-moddasida “Hech kim qonunga asoslanmagan

holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi
boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas” deb belgilangan. [1]

Shu oʻrnida, jinoyat protsessida protsessual majburlov choralarining tarkibiga kiruvchi

shaxsiy kafillik va jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi ehtiyot choralarining mazmuni,
qoʻllanilish asoslari va oʻziga xos jihatlarini tahlil qilib koʻramiz.

Amaldagi jinoyat protsessual qonunchiligimizda “ehtiyot choralari”ga alohida ta'rif

berilmagan boʻlsa-da, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 236-moddasida
“Ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan boʻyin
tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish; uning ish
boʻyicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yoʻl qoʻymaslik; hukmning ijro
etilishini ta'minlash maqsadida qoʻllaniladi” [2] deb koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat – protsessual kodeksida quyidagi ehtiyot choralarinig

turlari ushbu moddalarida oʻz aksini topgan:

1) qamoqqa olish JPK ning 242-moddasi;
2) uy qamogʻi JPK ning 242

1

-moddasi;

3) garov JPK ning 249-moddasi;
4) munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat JPK ning 250-moddasi;
5) shaxsiy kafillik JPK ning 251-moddasi;
6) jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi JPK ning 252-moddasi;
7) voyaga etmaganlarni kuzatuv ostiga olishi uchun topshirish JPK ning 253-moddasi;
8) harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi JPK ning 254-

moddasi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1152

JPKning 251-moddasida “Shaxsiy kafillik ishonchga sazovor bo‘lgan shaxslarning

ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanliklari haqida yozma
majburiyat olishidan iboratdir. Kafillar sonini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud
belgilaydi. Alohida hollarda yuksak ishonchga sazovor bo‘lgan bitta shaxs ham kafil bo‘lishi
mumkin. Kafillar ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan ayblovning mohiyati,
ayblanuvchiga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo, oldini olish maqsadida kafillik tariqasidagi
ehtiyot chorasi ko‘rilgan harakat ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda
kafillarning javobgarligi haqida ogohlantirilishi lozim.

Bu ma’lumotlar kafillikka berish bayonnomasida qayd qilinib, uni shu ehtiyot chorasini

qo‘llayotgan mansabdor shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi va kafillar imzolashi lozim yoki bu
ma’lumotlar sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Bundan tashqari, har bir kafillikka oluvchi
kafillik to‘g‘risida tilxat beradi. Kafillar ularni javobgarlikka tortish uchun sabab bo‘ladigan
asoslar kelib chiqqunga qadar o‘z zimmalariga olingan majburiyatlardan voz kechishlari mumkin.

Kafillar

ayblanuvchining,

sudlanuvchining

xulq-atvorini

kuzatishga

imkoni

bo‘lmaganligini bahona qilishga haqli emaslar, ular bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatning
ta’sirini isbotlab beradigan hollar bundan mustasno. Ayblanuvchi, sudlanuvchi oldi olinishi uchun
shaxsiy kafillik qo‘llanilgan harakatlarni sodir etgan taqdirda, kafil qonunda belgilangan
javobgarlikka tortilishi mumkin.” [2] deb ko‘rsatilgan.

JPKning 252-moddasida esa “Jamoat birlashmasi yoki jamoa ishda ayblanuvchi,

sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsni kafillikka olish to‘g‘risida qaror qabul
qilishga haqlidir. Jamoat birlashmasi yoki jamoa o‘z qarorini ayblanuvchining, sudlanuvchining
munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanligi to‘g‘risidagi yozma majburiyat tarzida bayon
qiladi. Bu majburiyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilinadi, ular jamoat
birlashmasi yoki jamoaning qaroriga rozi bo‘lsalar, shunday ehtiyot chorasini tanlab, bu haqda
qaror yoki ajrim chiqaradilar. Ayni vaqtda jamoat birlashmasi yoki jamoa vakiliga ushbu ehtiyot
chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga esa,
basharti xulq-atvori nomunosib bo‘lsa, ehtiyot chorasi jiddiyrog‘i bilan almashtirilishi mumkinligi
tushuntirilgani to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa ishga o‘tgan
yoxud istiqomat joyini o‘zgartirgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa bu haqda ehtiyot
chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol xabar berishi shart.

Bunday hollarda jamoa kafilligi bekor qilinadi va boshqa ehtiyot chorasi bilan

almashtirilishi mumkin. Ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvori nomunosib bo‘lgan
taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa kafillikdan voz kechishga haqlidir.” [2] deb ko‘rsatilgan.

Dastlabki tergov va sud amaliyotida kafillik bilan bog‘liq ehtiyot choralari kamdan-kam

holatlarda qo‘llanilmoqda. Bunga sabab, ushbu turdagi ehtiyot choralarining ayblanuvchi yoki
sudlanuvchiga ta'sir etish kuchining yetarli darajada emasligi, ushbu turdagi ehtiyot choralari
qo‘llanilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga biror-bir majburiyat qonuniy asoslarda
yuklanmasdan, uning nomunosib xulq-atvori natijasida kafillik majburiyatini olgan shaxs(lar)ga
javobgarlikni nazarda tutadi.

E'tiborli jihatlaridan biri jamoat birlashmasi yoki jamoa kafilligi еhtiyot chorasi

qo'llanilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi xulq-atvori nomunosib bo‘lsa, faqatgina ehtiyot chorasi
jiddiyrog‘i bilan almashtirilishi mumkinligi belgilangan. Shu o‘rinda 2 ta muhim savol tug'iladi:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1153

1) Аgar shaxsiy kafillik tariqasidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan ayblanuvchi, sudlanuvchi

tomonidan nomunosib xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda, kafillarning javobgarligi O‘zbekiston
Respublikasi MjtKning 208-moddasida ko‘rsatilgan mamuriy huqubuzarlik doirasida
chegaralanadimi?

2) Nima sababdan ayblanuvchi yoki sudlanuvchini shaxsiy kafillikka olgan shaxs

javobgarlikka tortilishi mumkin, lekin jamoat birlashmasi yoki jamoa uchun bunday shartlar
bеlgilanmagan?

Vaholanki, barcha turdagi ehtiyot choralarining vazifasi ayblanuvchi, sudlanuvchi

surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning bundan
buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish, uning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan
urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik va hukmning ijro etilishini ta’minlash hisoblanadi.

Rus olimlari A.Smirnov va K.Kalinovskiylarning fikriga koʻra "shaxsiy kafil jamiyatning,

shuningdek, ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning ishonchini qozongan, barqaror ijtimoiy mavqe,
hurmat, obro'-e'tiborga ega, o'tmishda hech qanday huqubuzarlikka aloqasi bolmagan ayblanuvchi
(sudlanuvchi) bilan yaqin munosabatlardagi shaxs boʻlishi lozim" [3] deb taʻkidlaganlar.

Boshqa bir rus olimasi O.Kopilova esa “Kafil zimmasisiga yuklatilgan vazifalarni bajarish

uchun halollik, qonunga itoatkorlik, ayblanuvchiga ta'sir qilish va ma'lum ta'sir ko'rsatish
qobiliyati kabi fazilatlarga ega bolishi kerak ” [4] deb yozadi.

Ushbu mavzuda ilmiy tadqiqotlar olib borgan G.To'laganova “kafillik bilan bog‘liq ehtiyot

choralari jinoyat sudlov ishlarini demokratlashtirish majburlash doirasini toraytirish, ijtimoiy
hayotning axloqiy negizlarini takomillashtirish, davlat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarda
ishonchga suyanish bilan chambarchas bog‘langan, u shaxs va davlatning qonuniy manfaatlariga
rioya etilishini ta’minlaydi” [5] degan.

Fikrimizcha, kafillilk bilan bog'liq ehtiyot choralarining jinoyat-protsessual

qonunchiligimizda mavjud boʻlishi to‘g‘ri. Chunki, ushbu turdagi ehtiyot choralari shaxs
erkinliklarini minimal miqdorda cheklab, unga ongli ravishda ta‘sir o‘tkaza oladigan kafilning
imkoniyatlaridan foydalangan holda, uni surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin
tovlamaslikka, jinoiy faoliyatni davom ettirmaslikka, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga halal
beradigan urinishlar qilmaslikka unday olishi bilan ahamiyatlidir.

Qonun chiqaruvchi shaxsiy kafillik ehtiyot chorasini qo‘llashning asosiy sharti etib

“ishonchga sazovor bo‘lgan” shaxs yoki shaxslarning yozma majburiyat berishini nazarda tutadi.

Biroq, shaxsni “ishonchga sazovor” deb topish uchun uning aynan qaysi jihatlari e‘tiborga

olinishi lozimligi bo‘yicha aniq huquqiy asoslar ochiq qoldirilgan.

Ko'rinib turibdiki, kafil, bir tomondan, ushbu ehtiyot chorasini qo'llash vakolatiga ega

bo'lgan mansabdor shaxslarning ishonchiga sazovor bo'lishi kerak, ikkinchi tomondan,
ayblanuvchi yoki sudlanuvchi bilan alohida ishonchli munosabatlarda bo'lishi kerak. Мantiqan,
ishonchga sazovor shaxs ayblanuvchi yoki sudlanuvchining roziligi bilan uning shaxsiy kafili
bo'lishi kerak.

Biroq, amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligimizda ayblanuvchi, sudlanuvchi va

shaxsiy kafil bir-birini tanishi kerak degan talablar mavjud emas. Kodeksning ushbu qismi ehtiyot
chorasini qo'llash vakolati bolgan organning ishonchiga sazovor bo'lgan har qanday shaxs
ayblanuvchi, sudlanuvchiga shaxsiy kafolat berishi mumkinligiga ruxsat etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1154

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning potensial kafilga bo'lgan ishonchiga kelsak,

ushbu ishonch shaxsiy kafil sifatida ko'rsatilayotgan nomzod to'g'risidagi ma'lumotlarni dastlabki
tahlil qilish asosida shakllantirilishi mumkin.

Shaxsiy kafilning ishonchga sazovor bo'lishining sharti u haqidagi malumotlardan tashqari,

uning shaxsiy xususiyatlari, ijtimoiy mavqei, mehnat faoliyati va boshqalar kirishi mumkin.

Fikrimizcha, shaxsiy kafil o'z vazifasini bajara olishiga va ayblanuvchi, sudlanuvchini

nomunosib harakatlardan to'xtata olishiga qodir ekanligiga ishonch hosil qilish quyidagilardan:

1)

Voyaga yetgan, aqli raso shaxs bo'lishi;

2)

Sudlanganlik holatining mavjud emasligi;

3)

Zararli qaramliklaning yo'qligi (alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar);

4)

Davlat yoki jamiyat uchun xizmat qiladigan sohalarda rahbarlik lavozimini egallashi yoki

ushbu sohalarda faoliyat olib borishi;

5)

Faxriy unvonlar, davlat mukofotlari yoki jamoaning obro'-e'tiboriga sazovor bo'lishi va

boshqalardan kelib chiqib belgilanishi mumkin.

Shaxsiy kafil ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan alohida ishonchli munosabatlarda bo'lishining

mezonlari asosida:

1)

Ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan oilaviy yoki boshqa ijtimoiy aloqalarining bo‘lishi -

masalan, uning otasi, amakisi, qaynotasi, qo'shnisi va vokazo;

2)

Shaxsiy kafil ayblanuvchi, sudlanuvchiga nisbatan mehnat yoki hokimiyatga asoslangan

boshqa munosabatlarda rahbarlik lavozimida bo'lishi - xususan, ayblanuvchi, sudlanuvchining ish
beruvchisi yoki u ishlayotgan bo'lim boshlig'i, oliy ta’lim muassasasining o‘qituvchisi va
hokazolar kafil bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, qonun chiqaruvchi “oldini olish maqsadida kafillik tariqasidagi ehtiyot

chorasi ko‘rilgan harakat”lar jumlasiga aniq to‘xtalmaganligini, bu esa normaning turli shaklda
talqin qilinishiga sababchi bolishi mumkin.

Masalan, G.To'laganova va A.Abdullayevlarning fikricha “kafillikning barcha

ko‘rinishlarida, agar kafillikdagi shaxs o‘zi tomonidan berilgan va’dalarni bajarmasa, intizomni
buzsa, spirtli ichimliklarni iste’mol qilsa va hokazo hollarda kafil undan voz kechish huquqiga
egadir. Shu tariqa kafillikdan voz kechish uchun asoslar axloqiy tusda bo‘lishi mumkin”. [5] [6]

Biz ushbu fikrga qo‘shilmagan holda, ushbu holatni boshqa rakursdan sharhlashga urinib

koramiz: kafillik bilan bogʻliq ehtiyot chorasi ayblanuvchi (sudlanuvchi)ga surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan u surishtiruvdan, dastlabki tergov va suddan bo‘yin
tovlamasligi, jinoiy faoliyatini davom ettirmasligi, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga halal
bermasligi maqsadida, ayblanuvchi (sudlanuvchi)ga munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat
ehtiyot chorasini qollash uchun yetarli darajada ishonmagan vaqtlarda, alternativ ehtiyot chorasi
sifatida qoʻllaniladi. Ushbu jarayonlarda ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning kafil yoki vakolatli
organga u yoki bu harakatlarni sodir etmasligi toʻgʻrisida va'da berishi, birinchidan mazkur ehtiyot
chora mazmunini oʻzgartirib qoʻyadi, ikkinchidan ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning ayrim
huquqlarini qonuniy asoslarsiz cheklanishiga olib keladi.

Masalan, jinoyat-protsessual qonunchilik ushbu ehtiyot choraning normasida shaxsning

biror-bir mahsulotni yoki ichimlikni, xususan, spirtli ichimliklarni isteʻmol qilish taqiqlashni
nazarda tutmagan. Yoki ayblanuvchi (sudlanuvchi) biror-bir tashkilotda ishlasa, maʻlum


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1155

sabablarga koʻra ishga kech qolishi, uning intizom buzishi hisoblanadi. Shunday ekan, kafilning
shu asoslarda oʻz kafilligidan voz kechishi notoʻgʻri.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “oldini olish maqsadida kafillik tariqasidagi ehtiyot chorasi

ko‘rilgan harakat”lar amaldagi qonunchilikda kafillik bilan bogʻliq ehtiyot choralari
qoʻllanilishidan oldin kafilga ayblanuvchining (sudlanuvchi) tergov va suddan yashirinmasligini,
jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmasligini, jinoiy faoliyat bilan
shugʻullanmasligini, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelishini, ularning
ijozatisiz oʻzi istiqomat qilayotgan aholi punktidan uzoq muddatga ketmasligi, shu aholi punkti
doirasida oʻz istiqomat joyini oʻzgartirsa, bu haqida ehtiyot chorasini qoʻllagan organni xabardor
qilishini, Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etmasligini taminlash hamda ushbu cheklovlar
ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilayotganligi haqida vakolatli organga xabar berishi
shartligi toʻgʻrisidagi majburiyatlar norma doirasida aniq belgilash lozim.

Shaxsiy kafillik ehtiyot chorasi Rossiya, Moldova, Turkmaniston, Ozarbayjon

qonunchiligida turli xil bayon etilgan boʻlsa-da, mazmunan bir maqsadni koʻzlashini tushunish
qiyin emas. Xususan, MDH davlatlari jinoyat-protsessida ushbu ehtiyot chorasi kafillar tomonidan
ayblanuvchining muayyan xulq-atvor qoidalariga rioya qilishi to'g'risidagi yozma majburiyatni
berishiga asoslanadi. Ukrainada ayblanuvchi yoki sudlanuvchini dastlabki tergov yoki sud
organiga yetib kelishini taminlashni, Belarus va Tojikiston qonunchiligiga binoan ayblanuvchi
uchun bunday xatti-harakatlar qoidalari tergov va suddan yashirmaslik, ishni sudda tergov qilish
yoki ko'rib chiqishga aralashmaslik, jinoiy faoliyat bilan shug'ullanmaslikni nazarda tutadi.

Rossiya, Qozog'iston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Moldova qonunchiligida ehtiyot

chorasini qoʻllagan organ tomonidan chaqirilganda, oʻz vaqtida kelish majburiyati, Qirg'izistonda
esa tergovchi, prokuror va sudning ruxsatisiz yashash joyini tark etmaslik majburiyati hamda
Ozarbayjonda jamoat tartibiga va normalariga rioya etish majburiyatlari ko'rsatilgan.

Biroq, xorijiy mamlakatlar jinoyat-protsessual qonunchiligida jamoat birlashmasi yoki

jamoaning kafilligi ehtiyot chorasi deyarli uchramaydi.

Bunga sabab, ushbu ehtiyot chorasi shaxsiy kafillik ehtiyot chorasini mantiqan takrorlaydi.
Shunga qaramay, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi ayblanuvchi,

sudlanuvchining xatti-haraktlarini nazorat qiluvchi subyekt to‘g‘risidagi ma‘lumotni abstrakt
holatda qoldiradi. Ya‘ni, ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanilgan taqdirda, ayblanuvchi, sudlanuvchi
tomonidan nomunosib harakatlar sodir etmasligiga jamoat birlashmasi yoki jamoaning barcha
a‘zolari mas'ul bo‘ladimi? Yoxud ular tomonidan belgilangan vakil(lar) mas'ul bo‘ladimi?

O‘ylashimizcha, ushbu joyda konkretlilik mavjud bo‘lmaganligi sababli, qonun

chiqaruvchi ayblanuvchi yoki sudlanuvchini kafillikka olgan jamoat birlashmasi yoki jamoaga
nisbatan javobgarlikni nazarda tutmasdan, aybnuvchi, sudlanuvchi tomonidan ehtiyot chorasi
talablari buzilgan taqdirda, faqatgina ehtiyot chorasini jiddiyrog‘iga almashtirilishi bilan
kifoyalanadi.

Bir tomondan qaraganda, 2 yoki undan ortiq shaxslarga jamoa sifatida qarashimiz mumkin,

shaxsiy kafillik bilan bog‘liq normaning o‘zi kafillar sonini 2 yoki undan ortiq bo‘lishiga ruxsat
etadi. Bu esa, ushbu ehtiyot choralari mazmunan bir-birini takrorlashini ko‘rsatadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shaxsiy kafillik va jamoat birlashmasi yoki jamoaning

kafilligi ehtiyot choralarini umumlashtirib, kafillik ehtiyot chorasi sifatida bayon etishni, uning


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1156

asos va shartlarini, kafil (lar) va ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning majburiyatlarini, javobgarlik
masalalarini va cheklovlar doirasini aniq belgilash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bundan tashqari, oʻziga nisbatan kafillik bilan bogʻliq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan

ayblanuvchi yoki sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqishiga
taqiq qoʻyilishi, aynan shu modda doirasida tartibga solinmagan. Vaholanki, ushbu ehtiyot
chorasining maqsadlaridan biri ayblanuvchi yoki sudlanuvchining tergov va suddan
yashirinmasligini koʻzda tutadi.

Shu sababli, kafillik ehtiyot chorasining qoʻllanillishi boshqa ehtiyot choralari kabi

shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqishiga maʻlum muddatga cheklov
oʻrnatishga huquqiy asos boʻlishini belgilash lozim.

Shuningdek, amaldagi jinoyat-protsessual qonunchilikda kafillik bilan bogʻliq ehtiyot

chorasining muddati aniq belgilanmagan. Agar JPK ning 351-moddasida koʻrsatilgan dastlabki
tergovning muddatlari yoki 381

7

-moddasida nazarda tutilgan surishtiruv yuritish muddatlaridan

kelib chiqadigan boʻlsak, ushbu ehtiyot chorasining turli muddatlarda qoʻllanilishiga ham, turli
muddatlarda qoʻllanilishining biror bir aniq asosga ega emasligiga ham guvoh boʻlamiz.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, JPK ning 251-moddasini quyidagi tahrirda bayon qilishni

taklif qilamiz:

“251-modda. Kafillik.
Kafillik ayblanuvchi (sudlanuvchi) bilan ijtimoiy aloqalarga ega ishonchga sazovor shaxs

yoki shaxslar guruhi tomonidan ayblanuvchi (sudlanuvchi)ni tergov va suddan yashirinmasligini,
jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmasligini, jinoiy faoliyat bilan
shug‘ullanmasligini, yashash uyi yoki manzilini uzoq muddatga tark etmasligini, istiqomat joyini
o‘zgartirsa, bu haqida ehtiyot chorasini qo‘llagan mansabdor shaxsni xabardor qilishini,
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqmasligini, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror
va sudning chaqiruvi bilan yetib kelishini ta'minlashi boyicha bergan yozma majburiyati.

Kafillar soni bir nafar yoki undan ortiq bolishi mumkin.
Kafillar ularni javobgarlikka tortish uchun sabab bo‘ladigan asoslar kelib chiqqunga qadar,

o‘z zimmalariga olgan majburiyatlaridan voz kechishlari mumkin. Kafillarning o‘z zimmalariga
olgan majburiyatlaridan voz kechishlari ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan uy qamogʻi yoki
qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga asos bo‘lmaydi.

Kafillar

ayblanuvchining,

sudlanuvchining

xulq-atvorini

kuzatishga

imkoni

bo‘lmaganligini bahona qilishga haqli emaslar, ular bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatning
ta’sirini isbotlab beradigan hollar bundan mustasno.

Ayblanuvchi, sudlanuvchi oldi olinishi uchun shaxsiy kafillik qo‘llanilgan harakatlarni

sodir etgan taqdirda, kafil qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar. Ayblanuvchi yoki
sudlanuvchiga nisbatan uy qamogʻi yoki qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga
asos bo‘ladi”.

252-modda. Kafillik ehtiyot chorasini qoʻllash tartibi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror kafillika berish togrisida qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Qaror yoki ajrimda ayblanuvchi yoki sudlanuvchini kafillika berish sababi, kafilning

ma'lumotlari, unga yuklatilayotgan majburiyatlar, ehtiyot chorasining amal qilish muddati


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1157

korsatiladi. Qaror yoki ajrim nusxasi ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga, shuningdek kafilga taqdim
etiladi.

Kafil(lar) ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan ayblovning mohiyati,

ayblanuvchiga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo, ushbu Kodeksning 251-moddasi 1-qismida
korsatilgan talablar ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan sodir etilishiga yoʻl qoʻygan taqdirda
kafil(lar)ning javobgarligi haqida ogohlantirilishi lozim.

Bu ma’lumotlar kafillikka berish bayonnomasida qayd qilinib, uni shu ehtiyot chorasini

qo‘llayotgan mansabdor shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi va kafillar imzolashadi yoki bu
ma’lumotlar sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Bayonnoma yoki ajrimda aniq koʻrsatiladi.

Bundan tashqari, har bir kafillikka oluvchi kafillik to‘g‘risida tilxat beradi.
Kafil o'z vazifasini bajara olishiga va ayblanuvchi, sudlanuvchini nomunosib harakatlardan

to'xtata olishiga qodir ekanligiga ishonch hosil qilish quyidagilardan:

1)

Voyaga yetgan, aqli raso shaxs bo'lishi;

2)

Sudlanganlik holatining mavjud emasligi;

3)

Zararli qaramliklaning yo'qligi (alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar);

4)

Davlat yoki jamiyat uchun xizmat qiladigan sohalarda rahbarlik lavozimini egallashi yoki

ushbu sohalarda faoliyat olib borishi;

5)

Faxriy unvonlar, davlat mukofotlari yoki jamoaning obro'-e'tiboriga sazovor boʻlishi va

boshqalardan kelib chiqib belgilanishi mumkin.

Shaxsiy kafil ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan alohida ishonchli munosabatlarda

bo'lishining mezonlari asosida:

1)

Ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan oilaviy yoki boshqa ijtimoiy aloqalarining bo‘lishi;

2)

Shaxsiy kafil ayblanuvchi, sudlanuvchiga nisbatan mehnat yoki hokimiyatga asoslangan

boshqa munosabatlarda bir pogona yuqoriroq lavozimida bo'lishi lozim.

Kafillik ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga faqat jinoyat ishining umumiy muddatlaridan kelib

chiqqan holda qo‘llaniladi.

Kafillik ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan surishtiruvchi, tergovchi,

prokuror yoki sud qaror yoki ajrim nusxasini zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegara
xizmati organlariga yuboradi. Ushbu qaror yoki ajrim nusxasi shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi
hududidan chetga chiqishiga ehtiyot chorasi qoʻllanilgan muddat doirasida cheklov oʻrnatishga
asos boʻladi”.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston
Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.

https://lex.uz/docs/6445145#6446164

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. https://lex.uz/docs/-111460

3.

Смирнов А.В., Калиновский К.Б. Уголовный процесс: учебник / под общ. ред. А.В.
Смирнова. 4-е изд., перераб. и доп. М.: КНОРУС, 2008.– 704 с.

4.

Копылова О.Ю. Уголовный процесс: В 2 ч. Ч. 2. Особенная часть уголовного
процесса: Курс лекций. Тамбов: Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та. 2005. С. 35 – 39


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1158

5.

Г.Тўлаганова. Жиноят процессида эҳтиёт чораларининг қўлланиши муаммолари
(Ўқув қўлланма) Масъул муҳаррир Ғ.А.Абдумажидов Ўзбекистон Республикаси фан
арбоби юридик фанлари доктори профессор. Т. ТДЮИ, 2007 (33 б)

6.

А.Абдуллаев, Г.Султонова. Суриштирув ёки дастлабки терговда жамоат бирлашмаси
ёки

жамоа

кафиллигининг

процессуал

жиҳатлари.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7882358

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. https://lex.uz/docs/6445145#6446164

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. https://lex.uz/docs/-111460

Смирнов А.В., Калиновский К.Б. Уголовный процесс: учебник / под общ. ред. А.В. Смирнова. 4-е изд., перераб. и доп. М.: КНОРУС, 2008.– 704 с.

Копылова О.Ю. Уголовный процесс: В 2 ч. Ч. 2. Особенная часть уголовного процесса: Курс лекций. Тамбов: Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та. 2005. С. 35 – 39

Г.Тўлаганова. Жиноят процессида эҳтиёт чораларининг қўлланиши муаммолари (Ўқув қўлланма) Масъул муҳаррир Ғ.А.Абдумажидов Ўзбекистон Республикаси фан арбоби юридик фанлари доктори профессор. Т. ТДЮИ, 2007 (33 б)

А.Абдуллаев, Г.Султонова. Суриштирув ёки дастлабки терговда жамоат бирлашмаси ёки жамоа кафиллигининг процессуал жиҳатлари. https://doi.org/10.5281/zenodo.7882358