Authors

  • Viloyat O`ktamova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33403

Abstract

Mazkur maqolada ijtimoiy amaliyot kishilik jamiyati uchun ijtimoiy munosabatlarning ba’zi turlarini mustahkamlash hayotiy zarurat ekanini, ularni muayyan jamiyat yoki muayyan ijtimoiy guruh a’zolari uchun majburiy qilish kerakligini ko’rsatmoqda. Bu, avvalo, shunday ijtimoiy munosabatlarga taalluqliki, ularga kirishgan ijtimoiy guruh a’zolari ushbu guruhning yaxlit ijtimoiy birlik sifatidagi muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo’ladigan eng muhim ehtiyojlarini qondiradi. Xususan, moddiy boyliklarni takror ishlab chiqarishga bo’lgan ehtiyoj odamlarni ishlab chiqarish munosabatlarini mustahkamlash va saqlab turishga majbur qiladi; o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiylashtirish va yoshlarni guruh madaniyati namunalari asosida tarbiyalash ehtiyoji oilaviy munosabatlarni, yoshlarga ta’lim berish munosabatlarini mustahkamlash va saqlab turishga majbur etadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1159

SOTSIAL INSTITUT TURLARI: OILA, SIYOSAT, DIN, IQTISOD, TA’LIM, HUQUQ.

O`ktamova Viloyat Hamid qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 1-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11305932

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ijtimoiy amaliyot kishilik jamiyati uchun ijtimoiy

munosabatlarning ba’zi turlarini mustahkamlash hayotiy zarurat ekanini, ularni muayyan jamiyat
yoki muayyan ijtimoiy guruh a’zolari uchun majburiy qilish kerakligini ko’rsatmoqda.

Bu, avvalo, shunday ijtimoiy munosabatlarga taalluqliki, ularga kirishgan ijtimoiy guruh

a’zolari ushbu guruhning yaxlit ijtimoiy birlik sifatidagi muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun
zarur bo’ladigan eng muhim ehtiyojlarini qondiradi. Xususan, moddiy boyliklarni takror ishlab
chiqarishga bo’lgan ehtiyoj odamlarni ishlab chiqarish munosabatlarini mustahkamlash va
saqlab turishga majbur qiladi;
o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiylashtirish va yoshlarni guruh
madaniyati namunalari asosida tarbiyalash ehtiyoji oilaviy munosabatlarni, yoshlarga ta’lim
berish munosabatlarini mustahkamlash va saqlab turishga majbur etadi.

Kalit so`zlar:

Sotsial institut, oila, nuklear oila, poligamiya, jamoatchilik fikri, din,

mafkura, mentalitet, dunyoviylashish, latent funktsiya, politeizm.

TYPES OF SOCIAL INSTITUTIONS: FAMILY, POLITICS, RELIGION,

ECONOMY, EDUCATION, LAW.

Abstract.

In this article, social practice shows that strengthening some types of social

relations is a vital necessity for the society of individuals, and they should be made mandatory for
members of a certain society or a certain social group. This applies, first of all, to such social
relations that the members of the social group entering into them satisfy the most important needs
necessary for the successful functioning of this group as a whole social unit.

In particular, the need to reproduce material wealth forces people to strengthen and

maintain production relations; The need to socialize the growing generation and educate young
people based on the examples of group culture forces to strengthen and maintain family relations
and educational relations for young people.

Key words

: Social institution, family, nuclear family, polygamy, public opinion, religion,

ideology, mentality, secularization, latent function, polytheism.

ТИПЫ СОЦИАЛЬНЫХ ИНСТИТУТОВ: СЕМЬЯ, ПОЛИТИКА, РЕЛИГИЯ,

ЭКОНОМИКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ПРАВО.

Аннотация.

В данной статье социальная практика показывает, что укрепление

некоторых видов общественных отношений является жизненной необходимостью
общества индивидов, и они должны быть обязательными для членов определенного
общества или определенной социальной группы. Это относится, прежде всего, к таким
общественным отношениям, при которых вступающие в них члены социальной группы
удовлетворяют важнейшие потребности, необходимые для успешного функционирования
этой группы как целостной социальной единицы. В частности, необходимость
воспроизводства материальных благ заставляет людей укреплять и поддерживать
производственные отношения; Необходимость социализации подрастающего поколения и
воспитания молодежи на примерах групповой культуры вынуждает укреплять и
поддерживать семейные и образовательные отношения молодежи.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1160

Ключевые слова

: Социальный институт, семья, нуклеарная семья, полигамия,

общественное мнение, религия

,

идеология, менталитет, секуляризация, латентная

функция, политеизм.


Sotsial institut mavzusi sotsiologiyada dolzarb masalalarni qamrab oladi. Institut

tushunchasi aslida sotsiologiya faniga huquqshunoslikdan o’tgan bo’lib, u lotincha «institutum»
so’zidan olingan va sotsiologik adabiyotlarda muassasa, o’rnatish, belgilash hamda tartiblash kabi
ma’nolarini ifodalaydi

1

. Tor ma’noda institut tushunchasi konkret muassasa, tashkilotning nomini

belgilaydi. Masalan, Toshkent davlat Sharq Shunoslik instituti, O’zbekiston Respublikasi fanlar
akademiyasining tarix instituti va hokazolar. Keng ma’noda sotsial institut jamiyat a’zolarining
Shaxsiy va ijtimoiy hayotlarini muvofiqlashtiradi va tartiblaydi.

Davlat instituti haqidagi ta’limotida Forobiy bu institutning ichki va tashqi vazifalari

haqida fikr yuritadi. Ichki funktsiyaning mohiyati shundaki, davlatning fuqarolarni haqiqiy baxtga
erishishi uchun o’tkazadigan tadbirlari asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlar quyidagilardir:
adolatning o’rnatilishi, xalqning savodini Chiqarish, uni borliq haqidagi asosiy bilimlar bilan
tanishtirish, aholini axloqiy va intellektual sohada samarali tarbiyalash, yaxshi va namunali
ishlarni keng tarqatish. Iqtisodiy va siyosiy muammolar asosiy maqsadga – insonlarni ma’naviy
kamolatga erishishlariga bo’ysinishlari lozim.

Faqat iqtisodiy muammolar bilan chegaralanib qolish, siyosatni esa

asosiy maqsadga

aylantirib qo’ygan davlatni Forobiy johil davlat, deb ataydi. Forobiy boshqaruv instituti
shakllariga ham o’zining katta e’tiborini qaratdi. Bunda bu muammo ikkilamchi xisoblanib,
asosiysi esa kishilarni baxtu-saodatga erishishlarida namoyon bo’ladi. Boshqaruv instituti bu
asosiy maqsadni amalga oshirishning vositasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqaruv instituti
funktsiyalari bevosita davlat boshlig’iga qo’yiladigan talablaridan kelib chiqadi. Forobiy ideal
davlat boshlig’iga 12 talab qo’yadi: salomatlik, farosatlilik, kuchli xotira, zukkolik, notiqlik,
ma’rifatga intilish, nafsni jilovlash, haqiqatga muhabbat, oriyatlilik, mol-dunyo ketidan
quvmaslik, adolatparvarlik, qat’iylik va jasurlik.

2

Ijtimoiy hayotni tashkil etuvchi barcha sotsial institutlar asosiy va asosiy bo’lmagan

kategoriyalarga bo’linadi. Shuningdek, tashkil topish davri va mavjud bo’lish holati ham sotsial
institutlarni tasniflash mezoni bo’lib xizmat qiladi. Amrikalik sotsiolog R. Mills zamonaviy
jamiyatda faoliyat ko’rsatayotgan beshta asosiy institutlar turini alohida ajratib ko’rsatadi:

iqtisodiy institutlar (ho’jalik faoliyatini tashkil etuvchilar);

siyosiy institutlar (hokimiyat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi);

oila institut (jinslar o’rtasidagi munosabatlar, bolalarni tug’ilishi va ularning

ijtimoiylashuv jarayonini tashkil etuvchi);

harbiy institutlar (jamiyat xavfsizligini ta’minlash bilan shug’ulanuvchilar);

diniy institutlar (jamoaviy tarzda ilohiyotni ulug’lashni muvofiqlashtiruvchi).

A.I.Kravchenko ijtimoiy hayotni tashkil etuvchi fundamental institutlar quyidagi

maqsadga erishish mexanizmi bo’lib xizmat qilishini alohida ta’kidlab o’tadi

3

:

1

Sovremennаya zаpаdnаya sotsiologiya (slovаr). –Moskvа.: «Politizdаt».1990. -S.116-118.

2

Xolbekov А. Boshqаruv sotsiologiyasi. -Toshkent.: «Аkаdemiya», 2007. B.49-51

3

Krаvchenko А.I. Sotsiologiya. –Moskvа.: «Prospekt». 2006. -S.193.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1161

-

avlodni davom ettirishga bo’lgan ehtiyoj (oila va nikoh institutlari;

-

ijtimoiy xavfsizlik va tartibga bo’lgan ehtiyoj (siyosiy, huquqiy va davlat institutlari);

-

yashash uchun vositalarga ega bo’lishga ehtiyoj (iqtisodiy institutlar, ishlab chiqarish);

-

bilimlarni uzatish, voyaga etayotgan avlodning ijtimoiylashuvi, mutaxassislarni

tayyorlashga bo’lgan ehtiyoj (keng ma’nodagi ta’lim instituti, shuningdek, fan va madaniyat
institutlari);

-

ma’naviy va hayot mazmuni muammolar echimiga mos ehtiyoj (din instituti).

Sotsial institutlar ma’lum bir funktsiyalarni, ya’ni vazifalarni bajaradilar. Funktsiya

tushunchasi lotincha «functio» so’zidan olingan bo’lib, bajarish, amalga oshirish ma’nolarini
bildiradi. Kundalik hayot terminida gapirilsa, sotsial institutlarning funktsiyasi bu – jamiyatga
foyda keltirish, ya’ni hal qilinayotgan vazifalar, maqsadlarga erishish va ko’rsatilayotgan
xizmatlarning yig’indisidir.

Sotsiologiyadagi institutsional maktab vakillari: S.Lipset, D.Landberg va boshqalar sotsial

institutlarning quyidagi funktsiyalariga asosiy e’tiborlarini qaratadilar:

-

jamiyat a’zolarini ko’paytirish. Bu vazifani bajaruvchi asosiy institut - oiladir;

-

ijtimoiylashuv – kishilar tomonidan mazkur jamiyatda o’rnatilgan hulq-atvor namunalari

va faoliyat vositalarini boshqa kishilarga uzatish. Oila, ta’lim, tarbiya, din, madaniyat va boshqa
sotsial institutlar bu jarayonni sodir etilishining asosiy omillari bo’lib xizmat qilishadi;

-

moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash. Iqtisodiy institutlar ushbu

vazifalarni bajaruvchi asosiy institutlardan hisoblanadi;

-

ma’naviy-ma’rifiy muammolarni hal qilish. Bunda asosan ta’lim, tarbiya, din va boshqa

institutlar faoliyati muhim ma’no kasb etadi.

Dinni sotsial institut sifatida bajarayotgan funktsiyalari tufayli bunday salbiy ilatlar yo’liga

ishonchli to’siqlar qo’yishi mumkinligi bugun barcha jamiyatlarda o’z dolzarbligini saqlab qoladi.

Demak, sotsial institut

keng qamrovli sotsial hodisa bo’lib, uning asosida jamiyat a’zolari

o’z oldilarga qo’ygan maqsadlariga erishish, shaxsiy va jamoaviy ehtiyojlarini qondirish
imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Shuningdek, bu jarayonda kechadigan ularning hulq-atvorlari
ma’lum bir tartib-qoidalarga solinadi.

Ijtimoiy hayot sotsial institutlar faoliyatining yig’indisidan tashkil topar ekan, ular

s.S.Frolovning fikricha bir-birlariga faol ta’sir ko’rsatadilar va shu nuqtai nazardan o’zaro
munosabatlarga kirishadilar

4

.

Yuqoridagi sotsiologik an’anaga tayanib, shunday fikrga kelish mumkinki, jamiyatda

sotsial institutlarning roli huddi tabiatdagi biologik instinktlar bajarayotgan vazifaga mos keladi.

Masalan, jonvorlar atrof muhitga o’zlarining instinktlari orqali moslashadilar. Instinktlar

ularga shavqatsiz hayvonot olamida tirik qolish va o’z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi.

Kishilik jamiyatida bu funktsiyani asrlar davomida kechgan madaniy evolyutsiya negizida

shakllangan sotsial institutlar bajaradi. Ular ham kishilarga, albatta alohida kishiga emas, balki
jamiyatni hamma a’zolariga ijtimoiy hayotda mavjud bo’lish va faoliyat olib borish uchun
kurashda yordam beradi.

4

Frolov S.S. Obshаya sotsiologiya. –Moskvа.: «Prospekt». 2011.-S.160.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1162

Demak, sotsial institularni ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir sohasini (oila, ishlab

chiqarish, davlat, ta’lim, din va hokazolar.) muvofiqlashtiruvchi me’yor va mexanizmlar yig’indisi
sifatida talqin qila turib, sotsiologiya bizni ushbu mexanizmni jamiyatning fundamenti yoki
bazoviy elementi sifatida tushunishimizga asos topib berdi, desak sira mubolag’a bo’lmaydi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, sotsial institutlar muammosining tahlili sotsiologiyadagi

evolyutsionistik maktab, aniqrog’i, ingliz sotsiologi Gerbert Spenserning tabiat va jamiyat
hodisalarini aynanlashtiruvchi yondashuvi xususiyatiga o’xshab ketadi.

REFERENCES

1.

Sovremennaya zapadnaya sotsiologiya (slovar). –Moskva.: «Politizdat».1990.

2.

Platon. Sochineniya v Chetirex tomax. Tom 3. Chast1. //Gosudarstvo. -Cankt-Peterburg.
Izd-vo s.-Peterb. un-ta; Izd-vo Olega Abi Shko. 2007.

3.

Xolbekov A. Boshqaruv sotsiologiyasi. -Toshkent.: «Akademiya», 2007.

4.

Iskandarov B. O’rta Osiyoda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fikrning Shakllanishi va
rivojlanishi tarixidan lavhalar. -Toshkent.: «O’zbekiston», 1993

5.

Frolov S.S. Sotsiologiya. – Moskva.: «Prospekt». 2012

6.

Kravchenko A.I. Sotsiologiya. –Moskva.: «Prospekt», 2006

7.

Radugin.A.A., K.A.Rudugin. Sotsiologiya. –Moskva.: «TSentr». 1999

8.

Russo J.J. Grajdanskoe ispovedanie veri: pochemu gosudarstvu vajno, Chtobi kajdiy
grajdanin imel religiyu? //Religiya i obshestvo. Xristomatiya po sotsiologii religii. –
Moskva.: «Aspkt-Press». 1996

References

Sovremennaya zapadnaya sotsiologiya (slovar). –Moskva.: «Politizdat».1990.

Platon. Sochineniya v Chetirex tomax. Tom 3. Chast1. //Gosudarstvo. -Cankt-Peterburg. Izd-vo s.-Peterb. un-ta; Izd-vo Olega Abi Shko. 2007.

Xolbekov A. Boshqaruv sotsiologiyasi. -Toshkent.: «Akademiya», 2007.

Iskandarov B. O’rta Osiyoda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fikrning Shakllanishi va rivojlanishi tarixidan lavhalar. -Toshkent.: «O’zbekiston», 1993

Frolov S.S. Sotsiologiya. – Moskva.: «Prospekt». 2012

Kravchenko A.I. Sotsiologiya. –Moskva.: «Prospekt», 2006

Radugin.A.A., K.A.Rudugin. Sotsiologiya. –Moskva.: «TSentr». 1999

Russo J.J. Grajdanskoe ispovedanie veri: pochemu gosudarstvu vajno, Chtobi kajdiy grajdanin imel religiyu? //Religiya i obshestvo. Xristomatiya po sotsiologii religii. – Moskva.: «Aspkt-Press». 1996