ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1300
O‘ZBEKISTONDA FUQUROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI SHAKLLANTIRISH
VA RIVOJLANTIRISH.
Mahmudova Muslima Ma’rufjon qizi
Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
Universiteti o‘zbek tili ta’limi fakulteti ijtimoiy-
Gumanitar fanlar kafedrasi sotsiologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11372395
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonda fuqorolik jamiyati institutlarini
shakllantirish va rivojlantirish nima ekanligi haqida ma‘lumot va u haqida kimlar o‘z
maqolalarida keltirganligi va fuqorolik jamiyati institutlarining mamlakat hayotidagi o‘rni va
ahamiyatilar haqida qisqacha ma’lumot kiritilgan.
Kalit so‘zlar: Fuqorolik jamiyati, huquq, siyosat, demokratik, iqtisod, davlat, akt, partiya,
konstitutsiya.
FORMATION AND DEVELOPMENT OF CIVIL SOCIETY INSTITUTIONS IN
UZBEKISTAN.
Abstract. This article contains information about the formation and development of civil
society institutions in Uzbekistan, and who has written about it in their articles, as well as brief
information about the role and importance of civil society institutions in the life of the country.
Key words: Civil society, law, politics, democratic, economy, state, act, party, constitution.
ФОРМИРОВАНИЕ И РАЗВИТИЕ ИНСТИТУТОВ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА
В УЗБЕКИСТАНЕ.
Аннотация. В данной статье содержится информация о том, что такое
становление и развитие институтов гражданского общества в Узбекистане и кто
упомянул об этом в своих статьях, а также краткие сведения о роли и значении
институтов гражданского общества в жизни страны.
Ключевые слова: Гражданское общество, право, политика, демократия,
экономика, государство, акт, партия, конституция.
Kirish.
Fuqarolik jamiyati bu qisqacha qilib aytganda, haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy
bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga
ega odamlardan iborat jamiyatdir. O‘zbekistonda Fuqarolik jamiyati deyilganda esa fuqarolarning
huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqiy madaniyatning rivojlanishi va huquqiy bilimni
oshirish yo‘nalishida faoliyat olib borish hisoblanadi. Ushbu jamiyat, demokratik hamkorlik,
huquqiy tartib va fuqarolar o‘rtasidagi barqaror munosabatlar asosida O‘zbekiston jamiyatining
huquqiy mehnatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tashkilotlardan biri hisoblanadi.
Fuqarolik
jamiyati – konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga
asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy
hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda
erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-
xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy
tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy va huquqiy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1301
jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy
partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar.
Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar,
davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa
mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa,
milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash,
pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini
yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari
bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.
Metod va materiallar:
Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning “Siyosat”
asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va
qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda
qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar XVII asrga kelib
keng rivojlandi.
Fuqarolik jamiyati institutlari – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok
etishiga xizmat qiladigan nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, oila, mahalla,
ijtimoiy harakatlar va boshqa tuzilmalar majmuidir.
1
Fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakat hayotidagi o‘rni va ahamiyati aholining turli
ijtimoiy guruhlari manfaatlarini ifoda etishda, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni
mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan
demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda, davlat va hokimiyat
tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borishning asosiy vositasi, butun jamiyat
ahamiyatiga molik masalalarni hayotga tatbiq etishda davlatning teng huquqli ijtimoiy sherigi,
hamkori sifatida namoyon bo‘ladi.
Umuman olganda fuqarolik jamiyati bu ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va
aralashuvlaridan, ma’muriy tazyiqlardan xoli bo‘lgan hamda insonlarning xususiy turmush
sohasini tashkil etuvchi munosabatlar majmuidir.
2
Fuqarolik jamiyatini tashkil etuvchi munosabatlarda huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yib
bo‘lmaslik va fuqarolik jamiyatining barcha a'zolari uchun teng erkinlikni targ‘ib etuvchi huquqiy
g‘oyalar adolat-ning oliy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish
muammolari asosan XVII asrda G.Grotsiy, T.Gobbs, D.Lokk, XVIII asrda J.J.Russo,
Sh.Monteske, V.Gumboldt, D.Viko kabi mutafakkirlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa-da, aslida
antik davr namoyondasi Aristotelning siyosiy-huquqiy qarashlarida ilk bora fuqarolik jamiyatiga
oid fikrlar uchraydi. Demak, fuqarolik jamiyatini shakl-lantirish masalalari doimo insoniyat
nazarida bo‘lib kelgan.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bir necha asr davom etgan bo‘lib, uning
ayrim elementlari antik davrda G‘arbiy Yevropaning ba’zi bir hududlarida mavjud bo‘lgan. Bu
mintaqada hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivoji tovar-pul munosabatlarini vujudga keltirgan
holda xususiy huquqqa oid bir qator institutlar (xususan Rim xususiy huquqi) shaklida
1
Matyaqubov X. O‘zbekistonning eng yangi tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent. 2021. – 75-b.
2
Odilqoriyev X. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022. – 451-b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1302
mustahkamlangan. Ammo ular fuqarolik jamiyatining eng sodda ko‘rinishdagi o‘choqlari bo‘lib,
ba’zi mintaqalarda sinfiy jamiyatlar bilan uyg‘unlashgan holda mavjud bo‘lgan. Fuqarolik
jamiyati insoniyatning taraqqiyot mahsuli sifatida huquqiy davlatning shakllanishining
boshlanishi davrida paydo bo‘ladi. Barcha fuqarolarda xususiy mulk asosida iqtisodiy
mustaqillikka erishish imkoniyatining paydo bo‘lishi fuqarolik jamiyati vujudga kelishining
zaruriy sharti hisoblanadi. Jamiyat demokratik taraqqiyotning muayyan bosqichidagina fuqarolik
jamiyatiga aylanadi va davlatning iqtisodiy, siyosiy rivoji darajasiga, xalqning moddiyma’naviy
farovonligi, madaniyati hamda ongi o‘sishiga qarab shakllanadi.
3
Fuqorolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan: - siyosiy
sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi; - butun jahon hamjamiyatida
yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan
huquqiy himoyasi; - individlarni mulkka ega bo‘lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish
huquqiga asoslangan iqtisodiy mustaqilligi; - qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari,
kasbiy belgilari bo‘yicha davlatdan va partiyadanmustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish
imkoniyatlari; - partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi; -
fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida
ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va
boshqa sharoitlarni yaratish; - faqat qonun bilan cheklangan davlat tsenzurasidan tashqari OAV
yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi; - davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatni
barqarorlashtiradigan mexanizmni mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat
organlari tomonidan xavfsizligini ta’minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo‘ladimi, norasmiy
bo‘ladimi, u o‘z ichiga qonuniy (akt) larni, xalq vakillarini demokratik saylov bilan hokimiyatning,
o‘z – o‘zini boshqarish turli organlari va h.k. tayinlash kabilar oladi.
Fuqarolik jamiyatisiz zamonaviy davlatchilikni tasavvur qilish mumkin emas. Kuchli
fuqarolik jamiyati demokratik davlatning muhim belgisi bo‘lib, aholi turli qatlamlari manfaatlarini
samarali himoya qilish imkonini beradi. Fuqarolarning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki
fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri hisoblanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, harakatlar, kasaba
uyushmalari, jamoat birlashmalari va jamg‘armalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mustaqil
ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlaydigan mustahkam qonunchilik
bazasi yaratilgan. Ular O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining institutlari tuzilmasini tashkil etadi
va fuqarolarning mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni
bajarishda faol ishtirokini taʼminlashga ko‘maklashadi.
4
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolik jamiyati qurish uchun jahonda taraqqiy etgan
mamlakatlarning ijtimoiy-sinfiy tuzilish tajribasini o‘rganish zarur. Rivojlangan davlatlarda
asosan uch sinf tashkil topgan - boylar, mulkdorlar, o‘rta mulkdorlar va kambag‘allar.
O‘zbekistonda ham mustaqillikka erishilgandan so‘ng mulk davlat tasarrufidan chiqarilib,
xususiylash-tirilib (chet el kompaniyalari bilan birga qo‘shma korxonalar qurilib) mulkdorlar sinfi
paydo bo‘la boshladi. Ishbilarmon va tadbirkorlarga keng yo‘l ochildi. Davlat ularga barcha zarur
3
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1303
imkoniyatlarni yaratib berdi va bermoqda. Chunki, tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, mulkdorlar sinfi
qancha ko‘paysa iqtisodiy sohada o‘sish shuncha tezlashadi va fuqarolar turmushi yaxshilanadi.
REFERENCES
1.
Matyaqubov X. O‘zbekistonning eng yangi tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent. 2021. –
75-b.
2.
Odilqoriyev X. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar
publish, 2022. – 451-b.
3.
4.
5.
Gulnоz J., Bunyоd N. YОSHLАR IJTIMОIY-SIYОSIY FАОLLIGINI ОSHIRISH–
USTUVОR VАZIFА //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY MANZARASI VA
JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
6.
Sherbutayevna J. G. et al. YOSHLAR HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH–
DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR VAZIFASI //ZAMONAVIY DUNYONING
IJTIMOIY MANZARASI VA JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. –
2024. – Т. 1. – №. 1.
7.
Джиянмуратова Г. YOSHLARNING SIYOSIY INSTITUTLARGA NISBATAN
ISHONCHI MUAMMOSI: NAZARIY ASOSLAR //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ
ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №. SI-1.
8.
Sherbutayevna J. G. et al. ABSENTEIZM IJTIMOIY HODISA SIFATIDA //Tafakkur
manzili. – 2023. – Т. 2. – С. 4-10.
9.
Sh J. G. Gofurov O. Ul. Mehnat bozori. Bandlik va ishsizlik muammolari. Risola.–Toshkent:
O ‘zMU, 2023.–117 b.
10.
Жиянмуратова Г. Ш. Ёш сайловчи электорал хулқ-атворига таъсир кўрсатувчи
омиллар/ЎзМУ хабарлари.–Тошкент, 2022. – № 1/11/1.–Б. 86-89./https://scholar.
google. com/citations.
11.
Джиянмуратова
Г.
Ш.
ELEKTORAL
XULQ-ATVORGA
RATSIONAL-
INSTRUMENTAL YONDASHUVNING PAYDO BO ‘LISHI VA RIVOJLANISHI
TARIXI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2022. – Т. 5. – №. 3.
12.
Sherbutaevna J. G. Rational-instrumental theory of electoral behavior. – 2022.
13.
Жиянмуратова Г. Ўзбекистон ёшларининг электорал маданияти. Монография.–
Тошкент, 2021.–122 б.
14.
Gulnoz J. Sotsiologiya tarixi.–T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020.–466 b.
15.
Zaitov E.X., Jiyanmuratova G.Sh., Nurqulov B.G., Ilhomov U.U.
. – Toshkent: Zuxro baraka biznes, 2024. – 180 b. /
